O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi



Download 13,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/321
Sana15.01.2022
Hajmi13,75 Mb.
#368231
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   321
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

 

 

 

 

 

 


322 

 

 

 

 

 

 

IККINCHI BO‘LIM 

MAКROIQTISODIYOTNING AMAL QILISHI VA UNING 

QONUNIYATLARI 

 

XVII bob. YALPI ICHКI MAHSULOT VA UNI HISOBLASH 

USULLARI 

 

1.  Makroiqtisodiyot  tushunchasining  mazmuni  uning 



o‘lchami va ko‘rsatkichlari. 

2. Nominal va real yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichlari. 

3.  Milliy  mahsulotni  hisoblash  tizimi.  YaIMni  hisoblash  

usullari. 

 

1. Makroiqtisodiyot tushunchasining mazmuni uning o‘lchami 

va ko‘rsatkichlari 

 

Makroiqtisodiyot  –  bu  milliy  iqtisodiyot,  uning  alohida  mulkiy 



sektorlari  va  jahon  xo‘jaligi  darajasida  ishlab  chiqarish  va  xizmat 

ko‘rsatish  sohalarini  bir  butun  qilib  birlashtirgan  iqtisodiyot  tuzil-

masidir. 



323 

Makroiqtisodiyotning  har  qanday  darajasidagi  tarkib  topgan 

tuzilmasi  ijtimoiy  mehnat  taqsimoti  va  ixtisoslashuv  rivojining 

natijasi hisoblanadi. 

    Milliy iqtisodiyot ‒ alohida mamlakat miqyosida mulkchilik-

ning  turli  shakllariga  asoslangan  hamda  mehnat  taqsimoti  orqali 

o‘zaro  bog‘langan  tarmoqlar,  sohalar  va  infratuzilma  muassa-

salaridan iborat yaxlit iqtisodiy tuzilmadir.  

    Iqtisodiyot sektorlari ‒ iqtisodiyotning mulkiy tavsifiga ko‘ra 

alohidalashgan  xususiy,  kooperativ,  davlat  va  aralash  sektorlardan 

iborat bo‘g‘inlaridir.  

    Jahon 

xo‘jaligi 

‒ 

xalqaro 



mehnat 

taqsimoti 

orqali 

tashqi 


iqtisodiy 

munosabatlar  ishtirokchisiga 

aylangan 

alohida 


milliy 

davlatlar 

iqtisodiyotlari 

majmuasidir. 

Har  qanday  darajadagi 

makroiqtisodiyot o‘zining turli 

xil 

o‘lchamlariga 



ega. 

Jumladan,  milliy  iqtisodiyotning  mulkiy,  hududiy,  tarmoq,  takror 

ishlab chiqarish o‘lchamlari farqlanadi. Milliy xo‘jalikning iqtisodiy 

o‘lchamlari makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarda o‘z ifodasini topadi. 

 Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar milliy (yoki jahon) iqtisodiyot va 

uning  tarkibiy  qismlarining  holatini,  faoliyat  qilishi  va  natijalarini 

ifodalaydi. 

Makroiqtisodiy  ko‘rsatkichlarni  quyidagi  guruhlarga  ajratish 

mumkin: 

Milliy  iqtisodiyot  ishlab  chiqarish  imkoniyatini  tavsiflovchi 

ko‘rsatkichlar. Bular mamlakatning iqtisodiy resurs salohiyatini, yer 

osti va yer usti boyliklari  zaxiralari hamda tabiiy resurslari hajmini 

tavsiflovchi ko‘rsatkichlar. 

Milliy  iqtisodiyot  faoliyat  qilishini  tavsiflovchi  ko‘rsatkichlar. 

Bular  bandlik,  ishsizlik,  infilatsiya,  iste’mol,  jamg‘arma  va 

investitsiyalar  darajasi,  narxlar  darajasi  va  uning  o‘zgarishi,  savdo 

aylanmasi, to‘lov balansi holati va boshqalar. 



324 

Milliy 


iqtisodiyot 

faoliyatining 

natijalarini 

tavsiflovchi 

ko‘rsatkichlar.  Ishlab  chiqarishning  yillik  hajmi  (YaMM  va  uning 

harakat shakllari). 

Milliy iqtisodiyot natijalaridan foydalanish holatini tavsiflovchi 

ko‘rsatkichlar.  Bular  YaIM  da  iste’mol  va  jamg‘arma  nisbati,  ish 

haqi  va  boshqa  omilli  daromadlar  darajasi, YaIM  da  investitsiyalar 

ulushi va boshqalar. 

Milliy  iqtisodiyotni  o‘rganishda  makroiqtisodiy  tahlildan 

foydalaniladi.  Makroiqtisodiy  tahlilda  iqtisodiy  hodisa,  jarayon  va 

natijalarning  makrodarajadagi  umumiy  holati  hamda  rivojlanish 

qonuniyatlariga e’tibor qaratiladi. 

Har qanday iqtisodiyot oldida muayyan maqsadlar turadiki, ular 

ham makroiqtisodiy tahlil obyekti hisoblanadi. 

Iqtisodiy  o‘sish  –  bu  milliy  ishlab  chiqarish  hajmi  barqaror 

o‘sishini taqozo qiladi. 

Narxning  barqaror  darajasi.  Bu  narxning  doimiyligini 

bildirmaydi,  faqat  me’yorida  faoliyat  qiluvchi  iqtisodiyotda 

narxlarning sezilarli tez o‘sishi mumkin emas. 

To‘liq  bandlik-ishlashni  xohlagan  va  unga  layoqatli  bo‘lgan 

barchaning ish bilan ta’minlanishini anglatadi. 

Iqtisodiy  ta’minlanganlik  milliy  xo‘jalikda  ishlab  chiqarilgan 

mahsulotlar  nafaqat  mehnatga  layoqatlilar,  balki  o‘zlarining  yoshi 

yoki sog‘lig‘iga ko‘ra ishlash imkoniyatiga ega bo‘lmaganlarni ham 

ta’minlashi zarurligini bildiradi. 

Iqtisodiy  samaradorlik  ‒  milliy  xo‘jalikda  foydalanishdagi 

cheklangan  ishlab  chiqarish  resurslarining  eng  kam  xarajat  qilib 

yuqori samara bilan faoliyat qilish layoqatidir. 

Oqilona  savdo  balansi.  Ichki  bozorning  samarali  faoliyat 

ko‘rsatishi  uchun  mamlakat  oqilona  savdo  balansini,  ya’ni  eksport 

va import bitimlari nisbatini ushlab turish zarur. 

 Makroiqtisodiy  tahlil  resurslarning  to‘liq  bandligiga  erishish, 

inflatsiyani eng kam darajaga keltirish, ishsizlikni kamaytirish orqali 

makroiqtisodiy  muvozanatlikni  va  pirovard  natijada  iqtisodiy 

o‘sishni ta’minlash muammolariga qaratiladi. 

 Makroiqtisodiy  tahlilda  yaxlit  iqtisodiyotga  tegishli  o‘rtacha 

miqdorlardan  foydalaniladi.  Bular  narxlarning  o‘rtacha  darajasi, 



325 

foizning  bozor  stavkasi,  inflatsiya,  bandlik,  ishsizlikning  o‘rtacha 

darajasi va h.k. 

Milliy  iqtisodiyotni  tahlil  qilishda  iqtisodiy  modellardan  ham 

foydalaniladi.  Makroiqtisodiy  modellar-iqtisodiyot  va  unda  ro‘y 

beradigan 

real 

voqelikning 



mantiqiy 

(nazariy), 

miqdoriy 

(matematik) va grafik o‘lchamlarda abstrakt tasvirlanishidir. 

Asosiy makroiqtisodiy modellar quyidagilar: 

doiraviy oqimlar (aylanishlar) modeli; 

yalpi talab va yalpi taklif (AD-AS) modeli; 

tovarlar miqdori va pul massasi IS-NM) modeli; 

Fillips, Laffer egri chiziqlari. 

Milliy  iqtisodiyot  me’yorida  faoliyat  qilish  va  barqaror  o‘sishi 

uchun  barcha  tarmoq  va  ishlab  chiqarish  sohalarining  o‘zaro  bog‘-

liqligi va muvozanatli rivojlanishi talab qilinadi. 

Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish hajmi va 

ularning o‘sishi bir qator ko‘rsatkichlar tizimi orqali, tahlil qilinadi. 

Agar  mikro  ko‘rsatkichlar  yordamida  korxonalar  faoliyatiga  baho 

berilib va ularning rivojlanish tamoyillari aniqlansa, makroiqtisodiy 

ko‘rsatkichlar  orqali  butun  iqtisodiyotning  o‘sish  yoki  pasayishi 

sabablari tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida davlat o‘z 

iqtisodiy  siyosatini  belgilaydi.  Bu  tizimga  kiruvchi  turli  xil 

ko‘rsatkichlar,  birinchidan,  ma’lum  vaqt  oralig‘idagi  ishlab 

chiqarish  hajmini  hisoblash  va  milliy  iqtisodiyotning  faoliyat 

yuritishiga  bevosita  ta’sir  qiluvchi  omillarni  aniqlash  imkonini 

beradi.  Ikkinchidan,  makroiqtisodiy  ko‘rsatkichlar  tizimi,  YaMM 

ning  harakatini  ishlab  chiqarish,  taqsimlash,  qayta  taqsimlash  va 

pirovard  foydalanish  bosqichlarida  ko‘rgazmali  shaklda  aks 

ettirishga imkon beradi. 

Nihoyat  mazkur  ko‘rsatkichlar  tizimi  mavjud  resurslar  va 

ulardan  foydalanishning  ishlab  chiqarish  natijalariga  mos  kelishi 

(tengligi) 

kuzatilganda, 

mamlakatdagi 

umumiy 


iqtisodiy 

muvozanatlik holatini aks ettiradi. 

Butun  milliy  iqtisodiyotning  natijalarini  tavsiflovchi  muhim 

makroiqtisodiy  ko‘rsatkichlar  ‒  yalpi  milliy  mahsulot  (YaMM), 

yalpi  ichki  mahsulot  (YaIM),  sof  milliy  mahsulot  (SMM),  milliy 

daromad (MD), bandlik, ishsizlik, inflatsiya darajasi va boshqa shu 

kabilar hisoblanadi. 



326 

Yalpi  milliy  mahsulot  (YaMM)  milliy  ishlab  chiqaruvchilar 

tomonidan yil davomida mamlakat ichida va chet ellarda yaratilgan 

barcha  pirovard  mahsulot  (tovar  va  xizmat)larning  bozor  narxlari 

summasi sifatida aniqlanadi. 

 Joriy  yilda  ishlab  chiqilgan  barcha  mahsulotlar  sotilmasligi 

mumkin,  ularning  bir  qismi  zaxiralarni  to‘ldiradi.  YaMM  hajmini 

hisoblab  topishda  zaxiralarning  har  qanday  o‘sishi  hisobga  olinadi, 

chunki u joriy yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar (sotilgan 

va sotilmagan) ni aks ettiradi. 

Milliy ishlab chiqarishning yalpi hajmini to‘g‘ri aniqlash uchun, 

mazkur  yilda  ishlab  chiqarilgan  barcha  mahsulot  va  xizmatlar  bir 

marta  hisobga  olinishi  zarur.  YaMM  hajmida  sotilgan  va  qayta 

sotilgan  mahsulotlarni  ko‘p  marta  hisobga  olishlarni  bartaraf  etish 

uchun,  milliy  iqtisodiyotning  barcha  tarmoqlarida  yaratilgan 

qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi hisoblanadi. 

Qo‘shilgan  qiymat  –  bu  biron  bir  subyekt  tomonidan  ishlab 

chiqarilgan  mahsulot  qiymatidan  yetkazib  beruvchilardan  sotib 

olingan  va  iste’mol  qilingan  xomashyo  va  materiallar  qiymati 

chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismining bozor qiymati. 

Boshqacha  aytganda  qo‘shilgan  qiymat  –  bu  korxona  yalpi 

mahsulotidan  yoki  ishlab  chiqargan  mahsulotining  bozor  narxidan 

(amortizatsiya  ajratmasidan  tashqari)  joriy  moddiy  xarajatlar 

chiqarib tashlangan miqdoriga teng. 

YaMM ko‘rsatkichiga sof eksport (eksport va import o‘rtasidagi 

farq)  summasi  kiradi.  Ammo  turli  mamlakatlarda  tashqi  savdo 

faoliyatining  salmog‘i  keskin  farqlanadi.  Shu  sababli,  milliy 

iqtisodiyot  rivojlanish  darajasini  taqqoslash  uchun  yalpi  ichki 

mahsulot (YaIM) ko‘rsatkichidan foydalaniladi. YaIM ma’lum vaqt 

davomida  (bir  yilda)  mamlakat  hududida  ishlab  chiqarilgan  va 

iste’mol  qilishga  tayyor  pirovard  mahsulot  va  xizmatlarning  bozor 

narxlaridagi  qiymatidir.  U  barcha  ishlab  chiqarish  subyektlarida 

qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi sifatida chiqadi. 

“Pirovard  mahsulot”  –  bu  iste’molga  tayyor  bo‘lgan  tovar  va 

xizmatlardir. 

Oraliq  mahsulot  –  qayta  ishlash,  ishlov  berishga  va  qayta 

sotishga mo‘ljallangan, tovar (xizmat)larni ishlab chiqarishda to‘liq 

iste’mol qilinadigan mahsulotlardir. 




327 

YaIM  (YaMM)ni  miqdoriy  aniqlashda  oraliq  mahsulotlar 

qiymati chiqarilib, ishlab chiqaruvchilar qo‘shilgan qiymati hisoblab 

chiqiladi. 

YaIM  (YaMM)  ishlab  chiqarish  yalpi  hajmining  ko‘rsatkichi 

sifatida  bitta  muhim  kamchilikka  ega.  Ular  mazkur  yilda  ishlab 

chiqarish  jarayonida  foydalanilgan,  asosiy  kapitalning  o‘rnini 

qoplash uchun zarur bo‘lgan qiymatni ham o‘z ichiga oladi. 

YaIM  (YaMM)dan  joriy  yilda  ishlab  chiqarish  jarayonida 

iste’mol  qilingan  asosiy  kapital  qiymati  yoki  yillik  moddiy 

xarajatlar  summasi  ayirib  tashlansa  sof  milliy  mahsulot  (SMM) 

ko‘rsatkichi hosil bo‘ladi. 

 


Download 13,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish