O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


 Agrobiznes va uning turlari. Respublikada qishloq xo‘jaligini



Download 13,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/321
Sana15.01.2022
Hajmi13,75 Mb.
#368231
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   321
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

4. Agrobiznes va uning turlari. Respublikada qishloq xo‘jaligini 

rivojlantirish vazifalari 

 

Tadbirkorlik  faoliyatining  qishloq  xo‘jalik  sohalaridagi  shakli 

agrobiznes ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Agrobiznes tushunchasiga 

qishloq 


xo‘jaligi 

bilan 


bog‘liq 

bo‘lgan 


faoliyat 

bilan 


shug‘ullanuvchi  barcha  tadbirkorlik  turlari  kiritiladi.  Bu  qishloq 

xo‘jaligiga  texnikaviy,  ta’mirlash  xizmati  ko‘rsatish,  uning 

mahsulotlarini  qayta  ishlash  va  iste’molchilarga  yetkazib  berish 

bilan  bog‘liq  bo‘lgan  tadbirkorlik  faoliyatidir.  Qisqacha  qilib 

aytganda,  agrobiznes  agrosanoat  integratsiyasi  natijasida  vujudga 

kelgan agrosanoat majmuasining barcha bo‘g‘inlarini qamrab oladi.  

Agrobiznesning asosiy turlari quyidagilar: 

Fermer va dehqon xo‘jaliklari. 

Agrofirmalar. 

Agrosanoat birlashmalari. 

Agrosanoat kombinatlari. 

Shirkatlar va boshqa jamoa xo‘jaliklari. 

                                                           

78

  Karimov  I.A.  “Bosh  maqsadimiz  –  keng  ko‘lamli  islohotlar  va  modernizatsiya  yo‘lini  qat’iyat  bilan 



davom ettirish.T.: “O‘zbekiston” 2013 y. 

79

  Mirziyoyev  Sh.M.  Tanqidiy  tahlil  qat’iy  tartib-intizom  va  shaxsiy  javobgarlik  -  har  bir  rahbar 



faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. T.: «O‘zbekiston», 2017 14-yanvar.22-bet.  

 



317 

Qo‘shma korxonalari (agrar sohadagi) 

Agrobiznes  faoliyatining  maqsadi  iste’mol  bozorini  yetarli 

miqdorda  sifatli  qishloq  xo‘jalik  mahsulotlari,  sanoatni  esa 

xomashyo bilan uzluksiz ta’minlash orqali foyda ko‘rishdan iborat. 

 Agrobiznesning  asosiy  shakli  va  birlamchi  bo‘g‘ini  fermer  va 

dehqon  xo‘jaliklaridir.  Chunki  ular  bevosita  qishloq  xo‘jaligi 

mahsulotlarini  ishlab  chiqaradi.  Bu  xo‘jaliklar  o‘z  yerida  yoki 

ijaraga olingan yerda ish yuritib, ishlab chiqaruvchi fermer va uning 

oila  a’zolari  hisoblanib,  ayrim  hollarda  yollanma  mehnatdan 

foydalanish  ham  mumkin.  Fermer  xo‘jaligining  afzalligi  shundan 

iboratki,  undan  mulk  va  mehnat  bevosita  qo‘shiladi,  bu  esa  yuqori 

samarani  ta’minlaydi.  Fermer  xo‘jaliklari  mustaqil  tuzilma  bo‘lishi 

sababli o‘z faoliyatini bozor konyunkturasiga tez moslashtira oladi. 

Unda  iqtisodiy  manfaat  va  pirovard  natija  uchun  mas’uliyat  o‘zaro 

qo‘shilib  ketadi.  Bularning  hammasi  fermer  xo‘jaligining 

yashovchanligini ta’minlaydi. 

Respublikada  islohotlarni  amalga  oshirishning  dastlabki 

bosqichlaridayoq,  Birinchi  Prezidentimiz  Islom  Кarimov  fermer 

xo‘jaliklari,  qishloq  xo‘jalik  ishlab  chiqarishini  tashkil  etishning 

asosi  sifatida  faoliyat  ko‘rsatishi  lozimligini  ta’kidlab  o‘tgan  edi. 

Shu  sababli,  respublikamizda  qishloq  xo‘jaligini  fermerlashtirish 

agrar  islohotlarning  tarkibiy  qismi  hisoblanadi.  Respublikada  bu 

jarayon  zarar  ko‘rib  ishlash  natijasida  og‘ir  ahvolga  tushib  qolgan 

davlat  xo‘jaliklarini  fermer  xo‘jaliklaridan  iborat  shirkatlar 

uyushmasiga  aylantirish,  mavjud  davlat  va  jamoa  xo‘jaliklari 

tarkibida  ular  resurslari  hisobidan  fermer  xo‘jaliklarini  uyushtirish 

hamda  dehqonning  o‘z  mol-mulki  negizidan  dehqon  xo‘jaligi 

tashkil  qilish  yo‘li  bilan  bordi.  Fermer  xo‘jaligi  barcha  tashkiliy 

shakllarining  umumiy  tomoni  shundaki,  ular  ijaraga  olingan  davlat 

yerida  faoliyat  ko‘rsatadi.  Fermer  va  dehqon  xo‘jaliklarini  tashkil 

qilish,  rivojlantirish  va  ular  faoliyatini  tartibga  solish  O‘zbekiston 

Respublikasining  «Fermer  xo‘jaligi  to‘g‘risida»gi,  «Dehqon 

xo‘jaligi  to‘g‘risida»gi,  «Qishloq  xo‘jaligi  kooperativi  (shirkat 

xo‘jaligi)  to‘g‘risida»gi  qonunlarga  hamda  qishloq  xo‘jaligida 

islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan boshqa huquqiy bitimlarga 

va hukumat qarorlariga asoslanadi. 



318 

Bu  qonuniy  bitimlarda  fermerlarga  ajratilgan  yerlarni  meros 

qilib  qoldirish  sharti  bilan  uzoq  muddatli  ijaraga  olish  huquqi 

mustahkamlab  qo‘yildi.  Shu  bilan  birga,  bu  xo‘jalik  uchun 

yerlarning  unumdorligini  saqlash  va  oshirishda  davlat  tomonidan 

kafolatlar  yaratish  yo‘li  bilan  ularni  himoyalash  tizimi  vujudga 

keltirildi.  Shunday  qilib,  fermer  xo‘jaliklarini  rivojlantirishni 

rag‘batlantirish  uchun  ham  huquqiy,  ham  tashkiliy  shart-sharoitlar 

yaratildi.  Natijada  Respublikada  2016-yil  boshiga  kelib,  fermer 

xo‘jaliklar biriktirilgan yer maydoni barcha haydaladigan yerlarning 

85  foizini  tashkil  qilgan.  2016-yilda  fermer  xo‘jaliklarida  butun 

qishloq  xo‘jalik  mahsulotlarining  32,9  foizi  yetishtirilgan

80



Respublikada  fermer  xo‘jaliklari  samarali  ishlashi  uchun  zarur 



xizmat  ko‘rsatuvchi  infratuzilma  –  agrofirmalar,  mashina  –  traktor 

parklari,  ta’mirlash  ustaxonalari,  tayyorlov  punktlari,  qishloq 

xo‘jaligi  mahsulotlarini  qayta  ishlovchi  kichik  korxonalar  tizimi 

shakllandi. 

Agrobiznes turlaridan biri agrofirmalardir. Ular ma’lum turdagi 

qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish va uni pirovard mahsulot 

darajasigacha qayta ishlashni qo‘shib olib boradigan korxonalardir. 

Agrofirmalar  ham  qishloq  xo‘jaligi,  ham  sanoatga  xos 

resurslarni  ishlatib,  iste’molga  tayyor  bo‘lgan  mahsulot  yaratadi. 

Mazkur  turdagi  korxonalar  turli  mulkchilikka  asoslanishi, 

chunonchi  oilaviy  xo‘jalik  asosida  ham  tashkil  topib,  kichik 

zavodlar  bilan  birikishi  mumkin.  Agrosanoat  birlashmalari  va 

kombinatlari agrobiznesning yangi turlaridir. 

Agrosanoat 

birlashmalari 

bir 


turdagi 

mahsulot 

ishlab 

chiqaruvchi  va  unga  bog‘liq  ishlab  chiqarish  faoliyati  bilan 

shug‘ullanuvchi  bir  qancha  korxonalarni  birlashtiradi.  Masalan, 

Bog‘dorchilik va uzumchilik bilan shug‘ullanuvchi  xo‘jaliklar, ular 

mahsulotini  qayta  ishlovchi  sex  va  zavodlar,  yetkazib  beruvchi 

savdo-sotiq  korxonalari  bir  texnologik  jarayonga  birlashib 

agrosanoat  birlashmalarini  tashkil  qiladi.  Birlashma  ishtirokchilari 

ishlab  chiqarish,  xo‘jalik  va  moliyaviy  mustaqilliklarini  saqlab 

qolishi bilan birga, ularning umumiy mulki ham tarkib topib boradi. 

                                                           

80

 O‘zbekiston raqamlarda T.: 2016, 35-bet.  



 


319 

Agrosanoat kombinatlari qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetish-

tirish, qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berishgacha barcha 

texnologik  jarayonga  xizmat  qiluvchi  xo‘jalik  va  korxonalarning 

ma’lum  bir  hududida  birlashuvidir.  Agrobiznes  turiga  ko‘ngilli  va 

paychilik  mablag‘lari  asosida  tashkil  qilingan  turli  xil  uyushma  va 

ittifoqlarni ham kiritish mumkin. 

Qishloq  xo‘jaligidagi  davlat  korxonalari,  jamoa  xo‘jaliklari  va 

shirkatlari,  turli  xil  mulkchilik  asosida  tashkil  qilingan  qo‘shma 

korxonalar ham agrobiznes turlari sifatida faoliyat ko‘rsatadi. 

Respublikada  iqtisodiy  taraqqiyotning  hozirgi  bosqichida 

qishloq  xo‘jaligini  rivojlantirishning  ustuvor  vazifalari  sifatida 

quyidagilarni qayd qilish mumkin: 

‒  qishloq  xo‘jaligini  modernizatsiya  qilish  va  jadal  rivoj-

lantirish; 

‒ oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash; 

‒ ekologik toza mahsulotni ishlab chiqarishni kengaytirish; 

‒ eksport salohiyatini oshirish; 

‒ ekin maydonlarini yanada maqbullashtirish; 

‒ yangi seleksiya navlarini, chorva turlarini yaratish; 

‒ ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rag‘batlantirish; 

‒  qishloq  xo‘jalik  mahsulotlarini  chuqur  qayta  ishlovchi  yangi 

korxonalarni qurish; 

‒  zamonaviy  bozor  xizmatlarini  ko‘rsatish  infratuzilmasini, 

sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash; 

‒  qishloq  xo‘jaligi  ishlab  chiqarish  sohasiga  intensiv  usullarni, 

eng  avvalo,  zamonaviy  suv  va  resurslarni  tejaydigan  agrotexnolo-

giyalarni joriy etish; 

‒  unumdorligi  yuqori  qishloq  xo‘jaligi  texnikasidan 

foydalanish; 

‒ global iqlim o‘zgarishi va Orol dengizi qurib qolishining qish-

loq  xo‘jaligi  rivojlanishi  hamda  aholining  hayot  faoliyatiga  salbiy 

ta’sirini yumshatish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni ko‘rish

81



 


Download 13,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish