O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


YaMM (YaIM)ni hisoblashga sarflar va daromadlar bo‘yicha



Download 13,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/321
Sana15.01.2022
Hajmi13,75 Mb.
#368231
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   321
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

YaMM (YaIM)ni hisoblashga sarflar va daromadlar bo‘yicha 

yondashuv 

17.4-jadval 

 

Milliy  mahsulot  hajmini  sarflar 



summasi bo‘yicha hisoblash 

Milliy mahsulot  

hajmini  daromadlar  summasi 

bo‘yicha  

hisoblash 



335 

1. Uy xo‘jaliklarining iste’mol-

chilik sarflari 

1. Daromad olish bilan bog‘liq 



bo‘lmagan sarf va to‘lovlar 

a) amortizasiya, b) egri soliqlar 

2. Tadbirkorlarning investitsion 



sarflari 

2. Ish haqi 



3.Tovar  va  xizmatlarning  davlat 

xarid 



3. Renta to‘lovlari 



4.Chet elliklar sarflari 

4. Foiz 


5. Notijorat muassasalari sarflari 

5. Foyda 



6. Moddiy aylanma vositalar 

zaxirasidagi o‘zgarishlar 

 

YaMM (YaIM) 



YaMM (YaIM) 

 

Uy  xo‘jaliklarining  iste’molchilik  sarflari.  Bu  kundalik 



tovarlarga,  xizmatlarga,  uzoq  muddat  foydalaniladigan  iste’mol 

buyumlariga va boshqa shu kabilarga qilinadigan sarflardir. 

Investitsion  sarflar  tadbirkorlik  sektorining  asosiy  kapitalni 

yalpi  jamg‘arishga  qiladigan  sarflardir.  Investitsion  sarflar  asosan 

uchta qismdan iborat: a)tadbirkorlar tomonidan mashina, uskuna va 

jihozlarning  barcha  xaridi;  b)barcha  qurilishlar;  d)  zaxiralarning 

o‘zgarishi. 

 Birinchi  guruh  element-

larning  “investitsion  sarflar” 

tarkibiga  kiritilish  sababi  aniq, 

qurilishning  uning  tarkibiga 

kiritilishi,  shu  bilan  izohlana-

diki, yangi fabrika, ombor yoki 

elevator  qurilishi  investitsion 

tovarlar shakli hisoblanadi. 

YaIM  tarkibiga,  ishlab 

chiqarilgan,  lekin  mazkur  yilda  sotilmagan  barcha  mahsulotlar 

zaxiralarining  ko‘payishi  kiritiladi.  Boshqacha  aytganda,  YaIM  o‘z 




336 

ichiga  yil  davomidagi  zaxiralar  va  ehtiyojlar  barcha  o‘sishining 

bozor qiymatini oladi. Zaxiralarning bu o‘sishi YaIMga joriy ishlab 

chiqarish hajmi ko‘rsatkichi sifatida qo‘shiladi. 

Zaxiralar  kamayganda,  u  YaIM  hajmidan  chiqarilishi  zarur. 

Zaxiralarning  kamayishi  yil  davomida  milliy  iqtisodiyotda  ishlab 

chiqarilgandan ko‘proq mahsulot sotilganlarini bildiradi. Boshqacha 

aytganda,  jamiyat  mazkur  yilda  ishlab  chiqarilgan  barcha 

mahsulotni  va  bunga  qo‘shimcha  oldingi  yillardan  qolgan 

zaxiralarning bir qismini iste’mol qilgan bo‘ladi. 

Milliy  hisoblar  tizimida  YaIMni  hisoblashda  yalpi,  xususiy  va 

ichki investitsiyalar tushunchasidan foydalaniladi. Xususiy va ichki 

investitsiyalar mos ravishda xususiy va milliy kompaniyalar amalga 

oshiradigan  investitsion  sarflarni  bildiradi.  Yalpi  investitsiyalar  o‘z 

ichiga  joriy  yilda  ishlab  chiqarish  jarayonida  iste’mol  qilingan  ma-

shina,  uskuna  va  qurilmalarning  o‘rnini  qoplash  uchun  mo‘l-

jallangan  barcha  investitsion  tovarlar  ishlab  chiqarishni  hamda 

iqtisodiyotda  kapital  qo‘yilmalar  hajmiga  har  qanday  sof 

qo‘shimchalarni  oladi.  Yalpi  investitsiyalar  mohiyatiga  ko‘ra, 

iste’mol  qilingan  asosiy  kapitalni  qoplash  summasidan  va 

investitsiyalarning  o‘sgan  qismidan  iborat  bo‘ladi.  Boshqa 

tomondan  sof  xususiy  ichki  investitsiyalar  tushunchasi  joriy  yil 

davomida  qo‘shilgan  investitsion  tovarlar  summasini  tavsiflash 

uchun  ishlatiladi.  Buni  oddiy  misolda  ancha  aniq  tushuntirish 

mumkin.  Faraz  qilaylik,  iqtisodiyotda  joriy  yilda  20000  mlrd. 

so‘mlik,  investitsion  tovarlar  (ishlab  chiqarish  vositalari)  ishlab 

chiqarilgan bo‘lsin. Ammo YaIMni ishlab chiqarish jarayonida shu 

yili  15000  mlrd.  so‘mlik  mashina,  uskuna  va  boshqa  investitsion 

tovarlar iste’mol qilingan. Natijada bizning iqtisodiyotga 5000 mlrd. 

so‘mlik  jamg‘arilgan  kapital  qiymati  qo‘shiladi.  Shu  yili  yalpi 

investitsiyalar  20000  mlrd.  so‘mni  sof  investitsiyalar  faqat  5000 

mlrd,  so‘mni  tashkil  qiladi.  Ikki  ko‘rsatkich  o‘rtasidagi  farq,  joriy 

yilda  ishlab  chiqarish  jarayonida  qo‘llanilgan  va  iste’mol  qilingan 

kapital qiymatini ifodalaydi. 

Yalpi  investitsiyalar  va  amortizatsiya  (shu  yili  ishlab  chiqarish 

jarayonida iste’mol qilingan asosiy kapital hajmi) o‘rtasidagi nisbat, 

iqtisodiyot  yuksalish,  turg‘unlik  yoki  tanazzul  holatida  joylash-

ganligini tavsiflab beruvchi ko‘rsatkich (indikator) hisoblanadi. 




337 

Yalpi  investitsiyalar  amortizatsiyadan  ortiq  bo‘lsa,  iqtisodiyot 

yuksalish  bosqichida  joylashadi,  uning  ishlab  chiqarish  quvvatlari 

o‘sadi.  Masalan,  bizning  yuqoridagi  misolda  investitsion  tovarlar 

taklifining  5000  mlrd.  so‘mga  ko‘payishi,  iqtisodiyot  ishlab 

chiqarish quvvatlarining ham shuncha miqdorga ko‘paytirishga olib 

keladi. 

Turg‘un  iqtisodiyot  yalpi  investitsiyalar  va  amortizatsiya  teng 

bo‘lgan  vaziyatni  aks  ettiradi.  Bu  iqtisodiyotda  mazkur  yilda 

YaIMni  ishlab  chiqarish  jarayonida  iste’mol  qilingan  vositalarni 

qoplash  uchun  zarur  bo‘lgan  miqdorda  asosiy  kapital  ishlab 

chiqarilishni  bildiradi.  Boshqacha  aytganda,  sof  investitsiyalar 

taxminan  nolga  teng  bo‘ladi,  ishlab  chiqarish  quvvatlari 

kengaymaydi. 

Yalpi investitsiyalar amortizatsiyaga nisbatan kam bo‘lsa, ya’ni 

iqtisodiyotda  ishlab  chiqarilganga  qaraganda  kapital  ko‘proq 

iste’mol  qilinsa,  iqtisodiyotda  investitsiyalarning  qisqarishi  ro‘y 

beradi.  Bu  yil  oxirida  asosiy  kapital  hajmi  yil  boshida  mavjud 

bo‘lgandan  kam  bo‘lib  qolishga  olib  keladi.  Masalan,  "Buyuk 

turg‘unlik" 

davrida, 

aniqrog‘i 

1933-iyil 

AQSHda 


yalpi 

investitsiyalar  hammasi  bo‘lib  1,6  mlrd.  dol.  ni,  yil  davomida 

iste’mol qilingan kapital - 7,6 mlrd. dol. ni tashkil qilgan. Shunday 

qilib, investitsiyalarning sof qisqarishi 6 mlrd. dol. ga teng bo‘lgan. 

Davlat sarflari – bu mahsulotlarni va iqtisodiy resurslarni, sotib 

olishga davlatning qilgan barcha sarflarini o‘z ichiga oladi.  

Chet  elliklarning  milliy  iqtisodiyotda  ishlab  chiqarilgan 

tovarlarini  sotib  olishga  qilgan  sarflari  xuddi  mamlakat  ichidagi 

iste’molchilik sarflari kabi milliy xo‘jalikning rivojlanish darajasiga 

bog‘liq.  Shu  sababli,  YaIMni  sarflar  bo‘yicha  hisoblashda  tovar  va 

xizmatlarga  chet  elliklarning  sarflari,  ya’ni  eksport  qiymati  ham 

qo‘shiladi.  Boshqa  tomondan,  iste’molchilik  va  investitsion  sarflar 

hamda  davlat  mablag‘larining  bir  qismi  importga,  ya’ni  chet  elda 

ishlab  chiqarilgan  tovarlarni  xarid  qilishga  sarflanadi.  Milliy  ishlab 

chiqarish  umumiy  hajmi  asossiz  oshib  ketmasligi  uchun  import 

hajmi  YaIMdan  chiqariladi.  Buning  uchun  eksport  va  import 

miqdorlari  o‘rtasidagi  farq  aniqlanadi.  Bu  farq  tovar  va 

xizmatlarning  sof  eksporti  yoki  oddiy  qilib  “sof  eksport”  deyiladi. 

Sof  eksport  ijobiy  va  salbiy  bo‘lishi  mumkin.  Agar  eksport 



338 

importdan  ortiq  bo‘lsa,  bu  ijobiy,  eksportdan  import  ortiq  bo‘lsa 

salbiy bo‘ladi. 

Qarab chiqilgan sarflarning to‘rt toifasiga notijorat muassasalar 

(kasaba uyushmalar, siyosiy partiyalar, diniy tashkilotlar va ijtimoiy 

tashkilotlar)  sarflari  va  moddiy  aylanma  vositalari  zaxirasidagi 

o‘zgarishlarni  qo‘shib  chiqish  yo‘li  bilan  YaIM  (YaIM)  hajmi 

aniqlanadi. 

Ikkinchi  usul  –  bu  YaMM  (YaIM)  ni  daromadlar  bo‘yicha 

hisoblash. 

Mazkur  yilda  ishlab  chiqarilgan  pirovard  mahsulot  hajmidan 

olingan  barcha  daromadlar  resurs  egalari  ixtiyoriga  ish  haqi,  renta 

to‘lovlari,  foiz  va  foyda  shaklida  kelib  tushadi.  Shu  sababli,  bu 

usulda YaMM pirovard mahsulot hisobidan olingan ana shu barcha 

daromadlarni qo‘shib chiqish orqali aniqlanadi. 

YaIMni  daromadlar  bo‘yicha  hisoblashda  uy  xo‘jaliklari,  kor-

xona  va  davlat  muassasalarining  dastlabki  daromadlarini  mehnat 

haqi  va  yalpi  foyda  (renta,  ssuda  foizi  va  tadbirkorlik  foydasi  va 

h.k.)ga  ajratish  mumkin.  YaMM  (YaIM)ni  mazkur  usul  bo‘yicha 

hisoblashda  daromadlarning  barcha  summasiga  joriy  yilda  iste’mol 

qilingan asosiy kapital qiymati (amortizatsiya ajratmasi) va biznesga 

egri soliqlar miqdori ham qo‘shiladi. 

Agar  YaMMni  hisoblashning  oxirgi  ikki  usulini  oddiy  tenglik 

shaklida tasvirlasak: 

YaIMni  sotib  olishga  qilingan  sarflar  =  Mazkur  yilda  ishlab 

chiqarilgan YaIM hisobidan olingan pul daromadlari. 

Mahsulotni  ishlab  chiqarishga  nima  sarflangan  bo‘lsa,  bu 

mazkur  mahsulotni  ishlab  chiqarishga  o‘zining  ishchi  kuchi  va 

moddiy  resurslarini  bozorda  sotishga  qo‘yganlari  uchun  daromad 

hisoblanadi. 

YaMM  (YaIM)ni  hisoblashda  uning  tarkibiga  kirgan  daro-

madlar  va  daromad  bilan  bog‘liq  bo‘lmagan  sarflar  (amortizatsiya 

va egri soliqlar) ning alohida turlarini to‘laroq qarab chiqamiz. 

Asosiy  kapital  ko‘pchilik  turlarining  foydali  xizmat  muddati 

uzoq  davrni  tashkil  qiladi.  Investitsion  tovarlarni  sotib  olishga 

qilinadigan  sarflar  va  ularning  unumli  xizmat  muddati  amalda  bir 

davrga  to‘g‘ri  kelmaydi.  Shu  sababli,  korxonalar  investitsion 

tovarlarning  foydali  xizmat  muddatini  hisoblaydi  va  ularning 




339 

umumiy  qiymatini  butun  xizmat  muddatiga  teng  taqsimlaydi. 

Asosiy  kapitalning  yil  davomida  ishlab  chiqarish  jarayonida 

iste’mol  qilingan  va  yaratilayotgan  mahsulotga  ko‘chgan  qiymati 

amortizatsiya  ajratmasi  deyiladi.  Amortizatsiya  ajratmasi  asosiy 

kapital  turlari  bo‘yicha  har  yili  ajratib  boriladi.  Masalan,  to‘quv 

dastgohining  qiymati  5  mln.  so‘m,  xizmat  muddati  10  yilga  teng. 

Yillik amortizatsiya ajratmasi 0,5 mln. so‘mni (5:10) tashkil qiladi. 

Amortizatsiya  ajratmasi  ishlab  chiqarilgan  mahsulot  qiymati 

tarkibiga ishlab chiqarish xarajatlari sifatida kirib, mahsulot sotilishi 

natijasida pul shaklida qaytib keladi va amortizatsiya fondi hisobida 

to‘planib  boradi.  Bu  fond  mablag‘laridan  iste’mol  qilingan  asosiy 

kapitalni  qayta  tiklash,  ya’ni  yangi  investitsion  tovarlar  sotib  olish 

va amal qilib turganlarini kapital ta’mirlash uchun foydalaniladi. U 

ishlab chiqarishni kengaytirish va kredit resurslarining manbai ham 

hisoblanadi. 

Egri  soliqlar,  ya’ni  aksiz  to‘lovlari,  sotishdan  olinadigan 

soliqlar,  mulk  solig‘i,  litsenziya  va  bojxona  to‘lovlari  ishlab 

chiqarish  xarajatlari  sifatida  chiqmasada,  mahsulot  narxiga  ustama 

bo‘lib, uni oshiradi. 

Daromadlarning eng muhim turi ish haqi tadbirkorlar va davlat 

tomonidan ishchi kuchini taqdim qilganlarga to‘lanadi. Daromadlar 

ijtimoiy  sug‘urta  to‘lovlari  va  nafaqa  ta’minotining  har  xil  xususiy 

fondlari,  ishcizlik  nafaqalari  va  boshqa  ko‘plab  har  xil 

qo‘shimchalar,  mukofot  hamda  imtiyozlarni  ham  o‘z  ichiga  oladi. 

Bu qo‘shimcha daromadlar ish kuchini yollash bilan bog‘liq bo‘lgan 

xarajatning  bir  qismi  sifatida  chiqadi  va  shu  sababli  ish  haqiga 

umumiy sarflarning tarkibiy qismi sifatida qaraladi. 

Uchinchi  usul  –  bu  YaIMni  hisoblashga  qo‘shilgan  qiymatlar 

bo‘yicha  yondashuv.  Bunda  milliy  iqtisodiyotning  barcha  tarmoq-

larida  yaratilgan  qo‘shilgan  qiymatlar  hisoblab  chiqiladi  (YaIM 

tarmoq va ishlab chiqarishlar bo‘yicha). 

 


Download 13,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish