O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


 Xalqaro valuta-kredit munosabatlari va valuta tizimlari



Download 13,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet299/321
Sana15.01.2022
Hajmi13,75 Mb.
#368231
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   321
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

3. Xalqaro valuta-kredit munosabatlari va valuta tizimlari 

 

Pulning jahon xo‘jaligida amal qilishi va turli xalqaro iqtisodiy 



aloqalarga  (tashqi  savdo,  ishchi  kuchi  va  kapital  migratsiyasi, 

daromadlar, 

qarzlar 

va 


subsidiyalar  oqimi,  fan-texnika 

ayriboshlash,  turizm  va  h.k.) 

xizmat  qilishi  bilan  bog‘liq 

iqtisodiy  munosabatlar-xalqaro 

valuta-kredit  munosabatlari  deb 

ataladi. U pulning xalqaro to‘lov 

munosabatida 

amal 


qilish 

jarayonida vujudga keladi. Valu-

ta  ‒  bu  mamlakatlar  pul  birligi 

(masalan, so‘m, dollar, funt ster-

ling va h.k.). Har bir milliy bozor o‘zining milliy valuta tizimiga ega 

bo‘ladi.  Bunda  milliy  va  xalqaro  valuta  tizimini  farqlash  zarur. 

Milliy  valuta  tizimi-valuta  munosabatlarining  milliy  qonunchilik 

bilan  belgilanadigan,  mazkur  mamlakatda  tashkil  qilinish  shaklini 

ifodalaydi.  

                                                           

157

 Каримов И.А. Ватан равнақи учун ҳар биримиз масулмиз Т.: Ўзбекистон 2000. 



  

 

 




632 

Xalqaro  valuta  tizimi-xalqaro  valuta  munosabatlarining  dav-

latlararo bitimlarda huquqiy jihatdan mustahkamlangan shakli. 

Uning  tarkibiy  elementlari  quyidagilar  hisoblanadi:  asosiy  xal-

qaro  to‘lov  vositalari  (milliy  valutalar,  oltin,  xalqaro  valuta  birlik-

lari-SDR,  Yevro),  valuta  kurslarini  belgilash  va  ushlab  turish 

mexanizmi,  xalqaro  to‘lovlarini  balanslashtirish  tartibi,  valutaning 

qaytaruvchanlik  sharoiti,  xalqaro  valuta  bozori  va  oltin  bozori 

tartibi,  valuta  munosabatlarini  tartibga  soluvchi  davlatlararo 

muassasalar tizimi. 

Jahon  valuta  tizimi  o‘zining  rivojlanishida  uchta  bosqichdan 

o‘tdi  va  ularning  har  biriga  xalqaro  valuta  munosabatlarini  tashkil 

qilishning  o‘ziga  xos  turlari  mos  keladi.  Birinchi  bosqich  1879-

1934-yillar davrini o‘z ichiga olib, bunda oltin standart sifatidagi pul 

tizimi ustunlikka ega bo‘lgan. Ikkinchi jahon urushi oxiri (1944 y.) 

dan  1971-yilgacha  oltin  –  devizli  (Breton-Vuds  tizimi  deb 

nomlanuvchi)  tizim  ustunlikka  ega  bo‘lgan.  Bu  ikki  tizim  qayd 

qilinadigan  valuta  kurslariga  asoslangan.  Hozirgi  davrda  amal 

qiluvchi  jahon  valuta  tizimi  1971-yilda  tashkil  topgan  bo‘lib,  bu 

tizim  boshqariladigan  suzib  yuruvchi  valuta  tizimi  nomini  oldi. 

Chunki  davlat  ko‘pincha  o‘z  valutalarining  xalqaro  qiymatini 

o‘zgartirish uchun valuta bozorining faoliyat yuritishiga aralashadi. 

Oltin  standart  tizim  qayd  qilingan  valuta  kursining  mavjud 

bo‘lishini  ko‘zda  tutadi.    Banklar  o‘zlari  chiqargan  banknotlarni 

oltinga  almashtirgan.  Xalqaro  to‘lovlarni  muvofiqlashtirish  vositasi 

bo‘lib,  oltinni  erkin  chiqarish  va  kiritish  xizmat  qilgan.  Mamlakat, 

uchta  shartni  bajarsa  oltin  standart  qabul  qilingan deb  hisoblangan: 

a) o‘z pul birligining ma’lum oltin mazmunini o‘rnatadi; b) o‘zining 

oltin  zaxirasi  va  pulning  ichki  taklif  o‘rtasidagi  qattiq  nisbatni 

ushlab  turadi;  d)  oltinning  erkin  eksport  va  importiga  to‘sqinlik 

qilmaydi.  Oltin  standart  pul  birligining  oltin  mazmuni  nisbatiga 

asoslanadi.  Oltin  standart  sharoitida,  turli  mamlakatlar  pul 

birligining  nisbati  ularning  rasmiy  oltin  mazmuni  bo‘yicha 

o‘rnatiladi. 

Oltin standart barbod bo‘lgandan keyin, valuta sohasini tartibga 

solishning  o‘zaro  maqbul  yo‘lini  topishga  harakat  qilindi.  Yangi 

jahon  valuta  tizimi  asoslarini  ishlab  chiqish  maqsadida,  1944  yil 

Bretton-Vudsda  (AQSH)  ittifoqchi  davlatlarning  xalqaro  konferen-




633 

siyasi chaqirildi. Bu konferensiyada o‘zaro bog‘liq valuta kurslarini 

tartibga  solish  tizimini  yaratish  haqidagi  kelishuvga  erishildi  va  bu 

ko‘pincha  Bretton  -  Vuds  tizimi  deb  ataladi.  Mazkur  tizim  oldingi 

oltin standartdan keskin farq qilmaydi. Uning asosida oltin - valuta 

standart  (AQSH  dollari)  yotadi  va  bu  yerda  rezervlar  sifatida  oltin 

va dollar chiqadi. 

Dollarning  oltinga  almashinishi  rasman  to‘xtagandan  keyin, 

valutaning qayd qilingan kursi, suzib yuruvchi kursiga o‘rin bo‘sha-

tadi.  Xalqaro  valuta  tizimidagi  bu  o‘zgarish  1976-yil  Кingston 

(Yamayka)  dagi  kelishuvga  binoan  huquqiy  jihatdan  mustahkam-

lanadi.  Qog‘oz  pul  tizimiga  o‘tish  bilan,  qog‘oz  pullar  oltinga  al-

mashtirilmaydi.  Beqaror  kurslar  sharoitida  valuta  kursi  ham  har 

qanday  boshqa  narx  turlari  kabi  talab  va  taklifning  bozor  kuchlari 

bilan belgilanadi. 

 


Download 13,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish