O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


XXIII bob. MAКROIQTISODIY BEQARORLIК: INQIROZ



Download 13,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet223/321
Sana15.01.2022
Hajmi13,75 Mb.
#368231
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   321
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

 

XXIII bob. MAКROIQTISODIY BEQARORLIК: INQIROZ, 

ISHSIZLIК VA INFLATSIYA 

 

1.  Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklliligi. 



2.  Sikl to‘g‘risidagi nazariyalar, uning asosiy turlari.  

3.  Inqirozlarning mazmuni va turlari.  

4.  Jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozining  kelib  chiqish 

sabablari va iqtisodiy faollikka ta’siri.  

5.  Ishsizlik va uning turlari. 

6.  Inflatsiya, uning kelib chiqish sabablari va turlari.  

7.  Inflatsiyaning  oqibatlari.  Davlatning  inflatsiyaga  qarshi 

tadbirlari. 

8.  O‘zbekistonda  milliy  valuta-so‘mning  barqarorligini 

ta’minlash vazifalari. 

 

1. Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklliligi 

 

Har qanday mamlakat iqtisodiy o‘sishga, iqtisodiy resurslarning 



to‘liq bandligi va narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat 

qiladi.  Ammo  uzoq  muddatli  iqtisodiy  rivojlanish  bir  tekis  va 

uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik davrlari ta’sirida tebranib 

turadi.  Vaqt-vaqti  bilan  obyektiv  qonunlarning  o‘zgartirib  bo‘l-

maydigan  ta’siri  ostida  milliy  ishlab  chiqarish  va  uning  ayrim 

bo‘g‘inlarida  uzilishlar  paydo  bo‘ladi  va  bu  uzilish  iqtisodiyot 

nomutanosibliklarining 

keskin 


shaklda 

namoyon 


bo‘lishi 

hisoblanadi. Milliy xo‘jalikda iqtisodiy o‘sish asosiy makroiqtisodiy 

ko‘rsatkichlar – YaIM, milliy daromad, bandlik va narx darajasidagi 

iqtisodiy tebranishlar bilan birga ro‘y beradi. 

Iqtisodiy  tebranishlar  –  bu  muhim  makroiqtisodiy  ko‘rsatkich-

larning  o‘zlarining  barqaror  holatidan  farqlanishidir.  Davriy  o‘sish 

ishlab  chiqarishdagi  tanazzullik  bilan  almashinadi  va  iqtisodiy 

sikllar 


vujudga 

keladi. 


Bu 

holat 


iqtisodiy 

adabiyotlarda 

iqtisodiyotning siklli rivojlanishi deb ataladi.  



430 

Кo‘plab iqtisodchilar ortiqcha ishlab chiqarish sabablarini ochib 

berishga  harakat  qilib,  talabning  ko‘payishi  va  kamayishi,  ishlab 

chiqarish  hajmining  o‘sishi  yoki  qisqarishi  kabi  hodisalarning 

davriy tavsifiga e’tibor qaratdilar.  

Iqtisodiy  sikl  deganda,  odatda  iqtisodiyot  rivojlanishining  bir 

holatidan  boshlanib,  birin-ketin  bir  necha  fazalarni  bosib  o‘tib, 

o‘zining  dastlabki  holatiga  qaytib  kelgunga  qadar  o‘tgan  davr  tu-

shuniladi

109


.   

Iqtisodiy  sikl  milliy  iqtisodiyotning  bir  inqiroz  boshlangandan 

keyingi  inqiroz  boshlan-

guncha  davrdagi  harakat 

shaklidir.  Iqtisodiyotning 

rivojlanishidagi  harakati 

bir sikl bilan to‘xtab qol-

maydi, balki u to‘xtovsiz 

to‘lqinsimon 

harakat 


sifatida 

davom 


etadi. 

Siklli 


harakat 

milliy 


xo‘jalik 

turli 


tarkibiy 

qismlarining 

amal 

qilishidagi 



nomuta-

nosiblikni,  uning  rivojlanishidagi  inqilobiy  va  tadrijiy  bosqichlarni, 

iqtisodiy taraqqiyot jarayonidagi chuqur o‘zgarishlarni aks ettiradi.  

Iqtisodiy  sikl  alohida  fazalar  o‘rin  almashishi  orqali  amalga 

oshadi.  Har  bir  faza  iqtisodiy  rivojlanishdagi  muayyan  davrni 

ifodalab,  o‘ziga  xos  xususiyatlarga  ega  bo‘ladi.  Odatda  iqtisodiy 

siklning  inqiroz,  turg‘unlik,  jonlanish,  yuksalish  fazalari  ajratiladi. 

Ana  shu  fazalarning  har  biri  rivojlanishi  jaryonida  navbatdagi 

fazaga o‘tish uchun sharoit yuzaga keladi. 

Iqtisodiy  siklning  inqiroz  fazasi  ishlab  chiqarish  hajmi  va 

boshqa iqtisodiy faollik ko‘rsatkichlarining pasayishida ifodalanadi.  

Inqirozdan  keyin  turg‘unlik  fazasi  boshlanib,  u  nisbatan 

uzoqroq  davom  etadi.  Bu  fazada  ishlab  chiqarish  darajasining 

barqarorligi  ta’minlansa-da,  u  inqiroz  boshlanishidan  oldingi 

darajaga  nisbatan  ancha  past  bo‘ladi.  Narxlarning  o‘sishi  to‘xtab, 

ssuda foiz normalari pasayadi, tovar zaxiralari barqarorlashadi. 

                                                           

109


 McConnell, Campbell R. Economics : principles, problems, and policies 17th ed. 2008 page 157 


431 

Biroq  ishsizlikning  yuqori  darajasi  saqlanib  qoladi.  Turg‘unlik 

fazasi  davomida  iqtisodiy  faollik  jonlanishi  uchun  sharoitlar 

vujudga kelishi nihoyasiga yetadi. 

Jonlanish  fazasida  ishsizlik  darajasi  bir  oz  qisqarib,  ishlab 

chiqarish  darajasi  sekin-asta  o‘sib  boradi.  Narxlar  ham  sekin 

ko‘tarilib,  ssuda  foiz  normasi  o‘sa  boshlaydi.  Iqtisodiyotda  bandlik 

darajasining ortishi va foyda hajmining tezlik bilan o‘sishi jonlanish 

fazasining  yuksalish  bosqichiga  o‘sib  o‘tishiga  imkoniyat  yaratadi. 

Yangi sikl yuksalishning boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi.  

Yuksalish fazasida ishchi kuchiga bo‘lgan talabning kengayishi 

ishsizlikning  birmuncha  kamayishiga  hamda  ish  haqining  o‘sishiga 

olib  keladiki,  buning  oqibatida  iste’mol  tovarlariga  to‘lovga  qodir 

talab 


kengayadi. 

Piro-


vardida  talabning  ortishi, 

o‘z  navbatida,  iste’mol  to-

varlari  ishlab  chiqaruvchi 

tarmoqlarga,  bozorni  ken-

gaytirish 

uchun 


turtki 

beradi.  Raqobat  va  foyda 

ketidan  quvish  oqibatida 

nomutanosibliklarning 

to‘planib  borishidan  iborat 

zanjirli reaksiya tezlashadi. 

Bu bilan yangi inqiroz muqarrar bo‘lib qoladi. 

 


Download 13,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish