Tayanch tushunchalar
Iqtisodiy muvozanatlik ‒ bu makroiqtisodiyot darajasida
jamiyat ehtiyojlariga mavjud iqtisodiy resurslar miqdorining va
milliy ishlab chiqarish natijalari hajmi hamda tarkibining o‘zaro
mos kelishligini tavsiflaydi.
Xususiy muvozanatlik ‒ bu ikkita o‘zaro bog‘liq bo‘lgan iqtiso-
diy miqdorlar yoki iqtisodiyot tomonlarining o‘zaro teng kelishidir.
Umumiy muvozanatlik ‒ bu jamiyatning barcha ehtiyojlari va
milliy ishlab chiqarish real hajmining o‘zaro mos kelishlik
darajasini bildiradi.
Resession farq ‒ yalpi sarflarning sof milliy mahsulot hajmidan
kam bo‘lgan miqdori.
Inflatsion farq ‒ yalpi sarflarning sof milliy mahsulot hajmidan
ortiqcha bo‘lgan miqdori.
Iqtisodiy mutanosiblik ‒ iqtisodiyotning turli tomonlari va soha-
lari o‘rtasida miqdor va sifat o‘lchamlarning mos kelishlik darajasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |