O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


 Iqtisodiy mutanosiblik va uning turlari



Download 15,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/321
Sana24.09.2021
Hajmi15,11 Mb.
#183563
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   321
Bog'liq
2 5415834295740664524

3. Iqtisodiy mutanosiblik va uning turlari 

 

Milliy  iqtisodiyotdagi  muvozanatlik  uning  turli  tomonlari  va 



sohalari o‘rtasida mutanosiblik bo‘lishini taqozo qiladi. 

Iqtisodiy  mutanosiblik  –  iqtisodiyotning  turli  tomonlari  va 

sohalari  o‘rtasida  miqdor  va  sifat  ko‘rsatkichlarda  ifodalangan 

ma’lum nisbatlarning bo‘lishidir.  

Makroiqtisodiy jarayon g‘oyat murakkab va ko‘p qirrali bo‘lishi 

sababli  mutanosiblik  turlari  ham  xilma-xildir.  Ularning  barchasini 

umumlashtirib  mutanosiblikning  quyidagi  guruhlari  tarkibiga 

kiritish mumkin. 

1.Umumiqtisodiy  tavsifdagi  mutanosibliklar.  Bunga  YaIM  va 

milliy  daromad  tarkibiy  qismlar;  iqtisodiyotdagi  tovar  va  xizmatlar 

miqdori  bilan  pul  massasi  o‘rtasidagi;  aholining  daromadlari  bilan 

xarajatlar  o‘rtasidagi  mutanosibliklarni  misol  qilib  ko‘rsatish 

mumkin. 

2.Tarmoqlararo  mutanosibliklar.  Milliy  iqtisodiyotda  muvoza-

natlikni  ta’minlashda  tarmoqlararo  mutanosibliklar  alohida  o‘rin 

tutadi. Mamlakat iqtisodiyoti juda ko‘p tarmoq va sohalardan iborat 

bo‘lib,  ularning  rivojlanishi  bir-biri  bilan  bog‘liq.  Bir  tarmoqda 

yaratilgan  mahsulot  boshqa  tarmoqda  iste’mol  qilinadi  yoki 




420 

pirovard  mahsulotga  aylantiriladi.  Masalan,  qishloq  xo‘jalik 

mahsulotlarining  ko‘pgina  qismi  (paxta,  g‘alla,  pilla,  sut  va shu 

kabilar)  sanoatning  tegishli  tarmoqlarida  qayta  ishlanib,  pirovard 

mahsulotga  aylantiriladi  va  iste’mol  tovarlari  bozoriga  chiqariladi. 

O‘z  navbatida  sanoatda  yaratilgan  ishlab  chiqarish  vositalari 

iqtisodiyotning  boshqa  tarmoqlari  qishloq  xo‘jaligi,  qurilish  va  shu 

kabilarda unumli iste’mol qilinadi. Tarmoqlararo mutanosibliklarga 

sanoat  bilan  qishloq  xo‘jaligi  va  iqtisodiyotning  boshqa  tarmoqlari 

o‘rtasidagi mutanosibliklar misol bo‘ladi. 

3. Tarmoq ichidagi mutanosibliklar. Tarmoqlararo mutanosiblik 

ular ichidagi tarkibiy qismlar mutanosiblik orqali ta’minlanadi.  

Tarmoqlar  ichidagi  mutanosiblik  alohida  olingan  tarmoq 

tarkibidagi soha va ishlab chiqarishlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifoda-

laydi.  Masalan,  sanoatning  ishlab  chiqarish  vositalari  va  iste’mol 

buyumlari  ishlab  chiqaradigan  sohalari,  qishloq  xo‘jaligining 

dehqonchilik  va  chorvachilik  sohalari  o‘rtasidagi  mutanosiblik  va 

boshqalar.  Shu  bilan  birga  ta’kidlab  o‘tilgan  sohalarning  ichidagi 

tarkibiy tuzilmalar o‘rtasida ham bog‘liqlik bo‘lishi zarur. Masalan, 

sanoatning  qazib  olish  va  qayta  ishlash  tarmoqlari,  chorvachilikda 

sut va go‘sht ishlab chiqarish sohalari o‘rtasidagi va boshqalar 

4.  Hududiy  mutanosibliklar.  Iqtisodiy  rivojlanish  mamlakat 

ayrim  hududlari  o‘rtasidagi  bog‘liqlikni  ham  taqozo  qiladi.  Yuzaki 

qaraganda  hududlar  o‘rtasidagi  mutanosibliklarning  mamlakat 

iqtisodiy  rivojidagi  roli  to‘liq  namoyon  bo‘lmaydi.  Lekin  alohida 

hududiy  bo‘linmalar  (viloyat,  tuman,  shahar  va  boshqa  hududiy 

birliklar)  ning  bir-biriga  iqtisodiy  va  tashkiliy  jihatdan  bog‘liqligi, 

ixtisoslashish,  ishlab  chiqarish  kooperatsiyasi  va  kommunikatsiya 

nuqtayi  nazaridan  qaralsa,  bu  bog‘liqlikning  ahamiyati  yaqqol 

ko‘rinadi. 

5.  Davlatlararo  mutanosibliklar.  Bu  mutanosiblikni  ikki  holat 

taqozo  qiladi.  Birinchidan,  dunyoning  ko‘pchilik  mamlakatlari 

xalqaro  mehnat  taqsimoti  orqali  bir-biri  bilan  bog‘langan, 

ikkinchidan,  shu  bog‘liqlik  orqali  milliy  ishlab  chiqarish  natijalari 

bir  qismi  chet  elliklar  tomonidan  xarid  qilinadi  yoki  milliy  ishlab 

chiqaruvchilar  o‘z  iste’molining  bir  qismini  chetdan  keltirilgan 

mahsulotlar  hisobiga  qondiradi.  Bu  bog‘liqlik  qanchalik  katta 



421 

bo‘lsa,  sof  eksport  hajmi  orqali  makroiqtisodiy  muvozanatlikka 

shunchalik kuchli ta’sir ko‘rsatadi. 

Qarab  chiqilgan  mutanosibliklarga  erishish  orqali  milliy  ishlab 

chiqarishning  muvozanatli  rivojini  ta’minlab  borishdan  quyidagilar 

ko‘zda tutiladi: 

Mamlakatda  mavjud  bo‘lgan  iqtisodiy  resurslardan  samarali 

foydalangan  holda  jamiyatning  ehtiyojlarini  to‘laroq  qondirib 

borish; 

To‘liq  bandlilikka  erishish,  ya’ni  mehnat  qilishga  layoqatli 

bo‘lgan  va  ishlashni  xohlaganlarni  to‘liq  va  samarali  ish  bilan 

ta’minlash; 

Narxning  nisbiy  barqarorligiga  erishish  va  uni  inflatsiya 

ta’siridan xoli qilish; 

Iqtisodiyotning  bir  maromda  o‘sib  borishini  yetarli  darajada 

investitsiya bilan ta’minlash va muomaladagi pul massasiga bog‘lab 

borish; 

Eksport  va  importni  muvofiqlashtirish  asosida  ijobiy  tashqi 

savdo balansiga erishish. 

Bu  maqsadlar  faqatgina  ularga  intilish  bo‘lib,  bunga  erishish 

muqarrar  ekanligini  bildirmaydi.  Chunki  mutlaq  muvozanatga 

erishish mumkin emas, u buzilib va qaytadan tiklanib turishi orqali 

iqtisodiy rivojlanish sikli ro‘y beradi. 

 


Download 15,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish