O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


XIV bob. TADBIRКORLIК FAOLIYATI VA



Download 15,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/321
Sana24.09.2021
Hajmi15,11 Mb.
#183563
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   321
Bog'liq
2 5415834295740664524

 

XIV bob. TADBIRКORLIК FAOLIYATI VA 

TADBIRКORLIК КAPITALI 

 

1.  Tadbirkorlik  faoliyatining  mohiyati  va  uning  asosiy 



belgilari. 

2. Tadbirkorlik faoliyatining shakllari va tamoyillari. 

3. Tadbirkorlik kapitalining mohiyati, doiraviy aylanishi va 

uning bosqichlari. 

4.  Tadbirkorlik  kapitalining  aylanishi.  Asosiy  va  aylanma 

kapital. 

5.  Asosiy  kapitalni  takror  ishlab  chiqarish  va  undan 

foydalanish samaradorligi. 

 

1. Tadbirkorlik faoliyatining mohiyati va uning asosiy belgilari 

 

Tadbirkorlikning  tarixi  juda  uzoq  o‘tmishga  borib  taqalsa-da, 



uning  hozirgi  zamon  tushunchasi  XVIII  asrda  paydo  bo‘lgan  va 

ko‘pincha «Mulkdor» iborasi bilan bir xil tushunilgan. 

Кeyinchalik  real  xo‘jalik  hayotida  ishtirok  etuvchi  kapitalning 

mulkdor  kapitaldan  ajralib  chiqishi  natijasida  «tadbirkorlik» 

tushunchasi «mulkdor» tushunchasiga to‘g‘ri kelmay qoladi. 

Tadbirkorlik  faoliyatining  mohiyati  to‘g‘risidagi  qarashlar  ham 

o‘zining  evolutsion  rivojlanishiga  ega.  Jumladan,  R.Кontilon 

Tadbirkor, bu noaniq daromadga ega kishilar. Tavakkalchilik xatari 

uning  bosh  xususiyatidir,  deb  bu  atamani  iqtisodiy  fanga  ham  olib 

kirgan  bo‘lsa,  A.Smit  Tadbirkorga  tijorat  bilan  shug‘ullanib,  foyda 

olish maqsadida tavakkalchilik qiluvchi mulk egasi sifatida qaraydi. 

J.B.Sey  fikricha  tadbirkor,  iqtisodiy  agent  sifatida  foyda  olish 

uchun  o‘z  tajribasi  va  bilimini  tavakkalchilik  xataridan  qo‘rqmay 

ishga soluvchi. 




270 

V.Zamberg  qarashicha,  u  foydaning  o‘sishini  maqsad  qilib 

qo‘yadigan,  xatarga  tayyor  turadigan  va  kishilarni  birlashtira 

oladigan tashabbuskor shaxs. 

Tadbirkorlik  to‘g‘risidagi  g‘oyalar  asoschilaridan  hisoblangan 

I.Shumpeter  tadbirkor,  ishlab  chiqarish  omillari  uyg‘unlashuvining 

yangi nisbatini izlovchi, iqtisodiy o‘sishi ta’minlovchi va novatorlik 

xususiyatlari yuqori darajada rivojlangan shaxs deb e’tirof etadi.  

Hozirgi  zamon  ilmiy  adabiyotlarida  ham  tadbirkorlikka  foyda 

olish  maqsadini  ko‘zlab  xo‘jalik  yuritish  san’ati,  iqtisodiy  va 

tashkiliy  ijodkorlik,  tashabbusning  erkin  namoyon  bo‘lishi, 

novatorlik,  xavf-xatarga  nisbatan  tayyor  bo‘lish  va  shu  kabi  ko‘p 

qirrali tomonlari bilan qaraladi. 

 Tadbirkorlik  faoliyati 

  mulkiy  mas’uliyat  ostida,  mavjud 



qonunlar  doirasida,  daromad  olish  maqsadida,  tahlika  bilan  amalga 

oshiriladigan iqtisodiy faoliyatdir.   

Tadbirkorlik  faoliyatini  olib  borish  uchun  albatta  mulk  egasi 

bo‘lish shart emas, u zarur vositalarni ijaraga yoki qarzga  olishi va 

boshqalar mulki asosida ish yuritishi mumkin. 

Tadbirkor bozordagi talabni qondirish imkoniyatlarini oldindan 

ko‘ra oladi va buning uchun zarur bo‘lgan sarmoyalarni jalb qiladi, 

ishchi  kuchi  va  ishlab  chiqarish  vositalarini  ishlab  chiqarish 

jarayonida birlashtiradi. 

Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  ishlab  chiqarishda  foyda-

laniladigan mulk va boshqa boyliklar tadbirkorlik faoliyatisiz o‘zini 

iqtisodiy  jihatdan  to‘la  ro‘yobga  chiqara  olmaydi  va  shubhasiz, 

yetarlicha  daromad  keltirmaydi.  Tadbirkor  foyda  olish  maqsadida 

ishlab  chiqarishning  yagona  jarayonida  iqtisodiy  resurslarini 

birlashtirish 

tashabbusini 

oladi. 

Tadbirkorlik 

faoliyati 

tushunchasining  mazmuni  uning  belgilarida  yanada  aniqroq 

ifodalanadi. 

Tadbirkor  biznesni  yuritish,  foydani  ko‘paytirish  bo‘yicha 

asosiy  qarorlar  qabul  qiladi,  bu  qarorlar  korxona  faoliyatining 

maqsadini aniqlab beradi.  

Tadbirkor  biznes  g‘oyasini  ishlab  chiqishda  iqtisodiy  resurslar 

uchun  to‘lovlarni  amalga  oshirishda  va  xo‘jalik  faoliyatini  tashkil 

qilishda mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. 



271 

Tadbirkor  –  yuqori  foyda  ketidan  quvib,  yangi  mahsulotlar, 

yangi  ishlab  chiqarish  texnologiyasi  yoki  hatto  biznesni  tashkil 

qilishning  yangi  shakllarini  tijorat  asosida  joriy  qilishga  harakat 

qiluvchi tashabbuskor shaxs hisoblanadi. 

Tadbirkorlik  –  bu  tahlikaga  boruvchi  faoliyatdir.  Tahlika 

daromad  olmaslik  yoki  zarar  ko‘rish  ehtimolini  bildiradi.  Bunda 

tahlikaning  ishlab  chiqarish,  tijorat,  moliyaviy,  kredit  va  foizli 

turlari farqlanadi. 

 

 



 

Hozirgi zamon tadbirkori yangiliklarni joriy eta oladigan, ishlab 

chiqarish  omillaridan  oqilona  foydalanib  iqtisodiy  o‘sishni 

ta’minlaydigan,  o‘zi  va  butun  jamiyat  boyligini  oshira  oladigan 

bo‘lishi zarur. 

Tadbirkorlikning rivojlanishi, o‘z navbatida, bir qator sharoitlar-

ning  mavjud  bo‘lishini  taqozo  etadi,  ular  asosida  umuman  tovar 

ishlab  chiqarishning  umumiy  ijtimoiy-iqtisodiy  shart-sharoitlari 

yotadi. 

Birinchidan,  tadbirkor  xo‘jalik  yuritishda  uning  biron  turini 

tanlash,  ishlab  chiqarish  jarayonini  amalga  oshirish,  uni  o‘zgarish-

larga  moslashtirish,  manbalarni  tanlash,  resurs  topish,  mahsulot 

sotish,  ularga  narx  belgilash,  foydani  tasarruf  qilish  va  shu  kabilar 

bo‘yicha  ma’lum  huquq  va  erkinliklar  mavjud  bo‘lishini  taqozo 

etadi. 



272 

Ikkinchidan,  tadbirkor  ishlab  chiqarish  vositalariga,  ishlab 

chiqarilgan  mahsulot  va  olingan  daromadga  mulkchilik  huquqiga 

ega  bo‘lishi  kerak.  Tadbirkorlik  faoliyati  mulkdorning  o‘zi 

tomonidan  ham,  uning  mol-mulki  asosida  ish  yurituvchi  subyekt 

tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin. 

Ma’lumki,  tadbirkorlik  faoliyatining  vazifasi  nafaqat  foyda 

olishga,  balki  uni  qaysi  maqsadlarda  ishlatish  va  samarali  sarflash 

yo‘llarini  topishga  qaratiladi,  bunda  yuqori  raqobatbardoshlilikni 

saqlab  turish,  xo‘jalikni  takomillashtirish,  kengaytirish  va  shu 

kabilarni amalga oshirishga asoslanadi. 

Uchinchidan,  xo‘jalik  yuritish  yo‘lini  erkin  tanlash,  daromadni 

investitsiyalash  imkoniyati  va  shu  kabilarni  real  ta’minlaydigan 

ma’lum  iqtisodiy  muhit  va  ijtimoiy  siyosiy  sharoitlar  yaratilishi 

zarur. 

To‘rtinchidan,  erkin  tadbirkorlik,  mulkchilik  va  o‘zlashti-

rishning turli-tuman shakllari va turlarini taqozo qiladi.  

Yetarli  moliyaviy  manbalarga,  yaxshi  ma’lumot  va  malakaviy 

tayyorgarlikka  ega  bo‘lish,  umumiy  tijorat  qonunchiligi,  soliq 

bo‘yicha  imtiyozlar,  tadbirkorlik  muhiti  va  uni  rivojlantirishda 

jamiyat 

manfaatdorligining 

mavjud 

bo‘lishi 

tadbirkorlikni 

rivojlantirishning navbatdagi shart-sharoitlari hisoblanadi. 

Yuqorida  ko‘rib  chiqilgan  barcha  shart-sharoitlar  mavjud 

bo‘lgan  davlatlarda  tadbirkorlik  yaxshi  rivojlanadi,  aks  holda 

faoliyatning bu turi xufyona iqtisodiyot sohasiga o‘tib ketadi. 

 


Download 15,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish