397
4.15. Operatsiyadan keyingi davrda bemorlarni ovqatlantirish chora -
tadbirlari, ovqat tarqatish va ovqatlantirish usullari
Xirurgik bemorlarni to‘laqonli, sifatli ovqatlanishi davolanishda asosiy rol
o‘ynaydi. Ovqatlanishni to‘laqonli bo‘lmasligi jaroxat bitishini qiyinlashtiradi va
shifoxona ichi infeksiyasiga qarshi kurash kiyin kechishiga sababchi bo‘ladi.
Sifatli va vitaminga boy ovqat ratsioni operatsiyadan keyingi paytda organizmni
infeksiyaga tolerantligini va immunitetini oshiradi. Xirurgik bemorlarni
to‘laqonli, sifatli ovqatlantirishni turini tashkil qilish xar bir shifokorni
burchidir. Xirurgik bemorlarni to‘laqonli ovqatlantirish organizmning
energetik va plastik ehtiyojini oshiradi. Bunday ovqatlantirish kasallik paytida
organizmni energiya sarfini to‘laqonlik bilan to‘ldiradi. Organizmni ovqatga
kunlik talabi solishtirilsa, sutka davomida oqsil 13-17%, yog‘ 30-35%,
uglevodlar 50-55% ni tashkil etadi. Kasallikni turiga qarab ovqatlanish ratsionini
va ovqatlantirish yo‘li tanlaniladi. Organizimga 2 xil yo‘l bilan ovqat yetkazib
berish yo‘li bor - tabiiy va sun‘iy. Shifokor tabiiy ovqatlanishda ovqatlanish
dietasini va ovqat stol nomerini belgilaydi. Ovqatlantirish dieta stolini jahonda
bir xil N.I.Pevzner bo‘yicha 15ta nomerlari bor. Bu dieta nomerlari xar biri o‘z
tarkibiga, uni pishirish turiga, energiya va vitaminga boyligiga qarab,
organizmga singishiga va qarshi kursatmasiga qarab beriladi. Bir xil xirurgik
operatsiyalardan keyin va bir qancha kasalliklarda tabiiy yo‘l bilan
ovqatlantirish ilojisi bo‘lmaydi, shu payt sun‘iy ovqatlantiriladi: enteral (zond
orqali yoki stoma orqali) yo‘l; parenteral yo‘l va aralash yo‘l bilan
ovqatlantirish.
Enteral (zond orqali) ovqatlantirish – oshqazon yoki ingichka ichakga
qo‘yilgan zond naycha orqali ovqatantirish tushuniladi. Zond bilan
ovqatlantirishni xirurgik kasalliklarda ko‘rsatma: bosh miya travmasi bilan
hushidan ketganda; og‘ir intoksikatsiya paytida; og‘iz bo‘shlig‘ida, hiqildoqda
va qizilo‘ngachda to‘sqinlik bo‘lganda (o‘smalar va chandiqli kuyishlar,
398
torayishlar). Organizimda (sepsis, kuyish kasalligi va ko‘p travmalarda)
katabolizm mexanizmi oshganda; hamma anoreksiyalarda.
Zond bilan oqatlantirilganda suyuq ovqatlar (sut, bulyonlar, soklar),
aralash yengil hazm bo‘ladigan (quritilgan sut, shakar, kraxmal) yoki
maydalangan (go‘sht, baliq, tvorogdan) tashkil topadi. Zond kuyish imkoni
bo‘lmaganda (qizlo‘ngach o‘smalarida) oshqozonga gastrostomiya qo‘yiladi.
Sun‘iy yasalgan oshqazon teshigidan (gastrostoma) trubka orqali
ovqatlantiriladi. Gastrostomadan operatsiyaning ikkinchi kunlaridan suyuq
ovqat ko‘rinishida ovqatlantiriladi. Xar 2- 3 soat ichida 100-150 ml
gastrostomaga trubka qo‘yib Jane shpritsida yoki varonka orqali yuboriladi.
Ovqatlantirgandan so‘ng trubkani suvda yuviladi va trubkaga qisqich qo‘yiladi.
5-7 kun o‘tgandan so‘ng ovqatlar kasha ko‘rinishda 400-500 ml 4-5 martagacha
ovqatlantiriladi.
Operatsiyadan keyingi davrda asosan organizmdan yo‘qotilgan oqsillar,
elektrolitlar va metobolizmni korreksiya qilish yotadi. Organizm qabul qilyotgan
ozuqadan kaloriyani xisoblash uchun kam miqdorda dekstroza ishlatiladi,
bemorda giperglikemiya bo‘lmasligi uchun yog‘larni, triglitsiridlarni va yog‘
kislotalarni beriladi. Operatsiya paytida va abdominal og‘ir operatsiyalarida
OITga har xil yo‘l bilan ovqatlantiriladi (gastrostomiya va entrostomiya).
Bemorlarni operatsiyadan keyingi davrda ovqatlantirish.Ovqatlantirish
bemorning qaysi kasallik bo‘yicha operatsiya bo‘lganligi turiga va qancha
davom etganligiga bog‘liq.
OIT bilan operatsiya bo‘lgan bemorlar birinchi kun enteral
ovqatlantirilmaydi, keyingi kunlardan cheklangan (bulyonlar, kisel, suxarik va
boshqalar) stol №1a yoki 15a, keyin umumiy stol №15ga o‘tkaziladi.
OITni yuqori qismi bilan operatsiya bo‘lgan bemorlarga birinchi 2 kun
enteral ovqatlantirilmaydi. Faqat parenteral ovqatlantiriladi: vena ichiga qon
o‘rnini bosuvchi dorilar, glyukoza, oziqlantiruvchi huqnalar. 2-3 kundan stol №0
(bul‘on, kisel) 4-5 kundan stol №1a (qotgan non qo‘shiladi); 6-7 kundan stol
399
№16 (kashasimon ovqatlar); agar asorati bo‘lmasa 10-12 kundan umumiy stol
№15 buyuriladi.
Qorin bo‘shlig‘i operatsiyalarida, lekin OIT (o‘t qopi, oshqazon osti bezi,
taloq) butunligi buzulmaganda stol №13 (bul‘on, sho‘rvalar, kisel, jigar, olma)
tavsiya etiladi.
Yo‘g‘on ichak operatsiyalarida bemorga 4-5 kun ichi kelmasligini
ta‘minlash kerak. Bunga ovqat suyuq formada kam miqdorda beriladi va 8-10
tomchi opiya beriladi.
Og‘iz bo‘shlig‘i operatsiyalarida burun orqali oshqozonga zond qo‘yiladi
va zond orqali (suyuq ovqatlar) ovqatlantiriladi.
OITga bog‘liq bo‘lmagan operatsiyalarda operatsiyadan 1-2 kunlardan
keyin stol №1a yoki №1b buyuriladi, keyinchalik stol №15 ga o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: