O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi



Download 2,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet234/253
Sana23.06.2021
Hajmi2,51 Mb.
#99769
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   253
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish

Nazorat savollari: 

  1. ―Vegetativ buzilish sindromi‖ qanday bilinadi?  

  2. ―Astenik sindrom» qanday bilinadi? 

  3. ―Fobiya sindrom» qanday bilinadi? 

  4.  Bolalar  bilan  ishlaydigan  tibbiyot  xodimlari  nimalarni  bilishi  va  nimalarga 

ahamiyat qilishi lozim? 




389 

 

  5.  Shifokorlar  operatsiyadan  oldingi  va  keyingi  davrda  bolalarning  qanday 



psixologik muammolariga duch kelishadi? 

  6.  Tibbiyot  xodimini  bemor  bola  yaqinlari  va  qarindoshlari  bilan  muloqot 

qilish taktikasi qanday?  

4.14. Shifokor tomonidan operatsiyadan keyingi davrda bajariladigan 

muolajalar ahamiyati. Ichak va siydik oqmasi bo’lgan bemorlarni 

parvarishlash 

Operatsiyadan so‟nggi davr to‟g‟risida tushuncha. Operatsiyadan so‘nggi 

davr  –  bu  operatsiya  tugagandan  to  bemorning  kasalxonadan  tuzalib  chiqib, 

mehnat  faoliyati  tiklanguncha  bo‘lgan  davri  hisoblanadi.  Operatsiya  hajmi, 

xarakteri va bemor umumiy holatiga ko‘ra bu davr bir necha kundan bir necha 

oygacha cho‘zilishi mumkin.  Xirurgik operatsiya natijasi operatsiyadan so‘nggi 

davr qanday olib borilishiga bog‘liq bo‘ladi. Bu davrda bemorlarni parvarishda 

o‘rta  tibbiyot  xodimi  o‘rni  juda  katta.  Shifokor  ko‘rsatmasini  to‘g‘ri  va  o‘z 

vaqtida  bajarish,  bemorga  to‘g‘ri  munosabatda  bo‘lish  bemorni  tezroq 

sog‘ayishi garovi hisoblanadi.  

Kichik operatsiyalardan keyin, asosan mahalliy og‘riqsizlantirilib qilingan 

operatsiyalardan  keyin  bemor  bolani  umumiy  palataga  qo‘yiladi.  Ko‘krak 

yoshidagi  bolani  onasi  qo‘liga  beriladi.  Katta  operatsiyalardan  keyin  bemor 

maxsus 

jihozlangan, 

reanimatsion 

yordam  ko‘rsatishga  mo‘ljallangan 

operatsiyadan  keyingi  palatalarga  o‘tkaziladi.  Operatsiya  xonasidan  bemor 

bolani  operatsiyadana  keyingi  palataga  o‘tkazish  shifokor-anesteziolog  yoki 

operatsiyadana  keyingi  palata  hamshirasi  yordamida  amalga  oshiriladi.  Bu 

vaqtda bemorga qo‘shimcha jarohat yetkazmaslik, bog‘lamni surib yubormaslik, 

gipsni sindirmaslikka katta ahamiyat berish lozim.  Operatsion stoldan bemorni 

katalkaga  o‘tkaziladi  va  unda  operatsiyadana  keyingi  palataga  olib  boriladi. 

Katalka  zambili  bilan  krovatni  oyoq  tomoniga  to‘g‘rilab  qo‘yiladi.  Keyin 

katalkadan  bemorni  qo‘lda  olib  krovatga  yotqiziladi.  Bemorni  boshqa  holatda, 

ya‘ni zambilni krovatni bosh tomoniga to‘g‘rilab ham yotqizsa bo‘ladi   



390 

 

       Hozirgi 



vaqtda 

 

umumiy  narkoz  stida  o‘tkazilgan  murakkab 



operatsiyalardan  keyin  bemor  2-4  kunga  reanimatsiya  bo‘limiga  o‘tqaziladi. 

Keyinchalik bemor ahvoli yaxshilanishiga qarab operatsiyadan so‘nggi palataga 

yoki  umumiy  palataga  o‘tkaziladi.  Operatsiyadan  so‘nggi  palata  katta 

bo‘lmasligi lozim (ko‘pi bilan 2-3 bemorga mo‘ljallangan).   Bu 

palatada 

markazlashgan kislorod berish tizimi va reanimatsion yordam ko‘rsatishga kerak 

bo‘ladigan hamma instrumentlar jamlanmasi, apparatlar, dori vositalari bo‘lishi 

shart.  


Asosan  bemorga  ma‘qul  joylanishni  amalga  oshirishga  imkon  beradigan 

fuksional  krovatlar  bo‘ladi.  Krovatga  tagidan  kleyenka  qo‘yilgan  toza  oqlik 

solingan  bo‘ladi.  Bemorni  krovatga  yotqizishdan  oldin  oqliklar  isitgich  bilan 

isitiladi. 



Bemorni  kuzatish  va  parvarishlash.  Operatsiyadan  keyingi  davrda 

bemorni  kuzatish  va  parvarishlashda  shifokor  roli  katta  ahamiyat  kasb  etadi. 

Bemor shikoyatini tinglash, bemorni yuzi holatiga (stradalgik, xotirjam, tetik va 

h.o.),  teri  rangiga  (rangpar,  qizargan,  ko‘kargan)  va  tana  haroratiga  (tushishi, 

normal,  ko‘tarilishi)  ahamiyat  qilish  lozim.    Har  kuni  bemorni  umumiy 

ko‘rikdan  o‘tkazish  kerak.  Hayotiy  muhim  a‘zolar  faoliyatini  doimo  kuzatib 

turish lozim. Har xil asoratlarni oldini olish – bu to‘g‘ri tashkil qilingan bemorni 

parvarishidir. 

Yurak qon-tomir faoliyatini puls, arterial bosim, teri rangi baholaydi. Puls 

sekinlashib  to‘liqligini  kuchayishi  (daqiqada  40-50  zarba)  markaziy  nerv 

sistemasini  buzilishi  (bosh  miya  shishi  yoki  bosh  miyaga  qon  quyilishi),  

meningit  sababli  bo‘lishi  mumkin.    Puls  tezlashib  to‘liqligini  susayishi 

(daqiqada  100  zarba)  ikkilamchi  shokdan  yoki  qon  ketishdan  dalolat  beradi. 

Agarda  ushbu  holat  birdan,  ko‘krak  qafasida  og‘riq  va  qon  tuflash  bilan 

boshlansa  o‘pka  arteriyasi  emboliyasi  to‘g‘risida  o‘ylash  mumkin.  Bu  holda 

bemor bir necha soniyada o‘lib qoladi.  




391 

 

Operatsiyadan so‘nggi davrda operatsiya turi, hajmidan qat‘iy nazar o‘pka 



ventilyatsiyasi  kamaydi  (yuzaki,  tez  nafas  olish).  Bu  holat  o‘pka  nafas 

ekskursiyasini kamayishi (og‘riq, bemorni majburiy holati), bronxlarga suyuqlik 

to‘planishi  (balg‘amni  yaxshi  ko‘chmasligi)  bilan  bog‘liq  bo‘ladi.  Bunday 

holatlar  nafas  yetishmovchiligiga  va  o‘pka  yallig‘lanishiga  olib  keladi.  Nafas 

yetishmovchiligi  va  operatsiyadan  keyingi  davrda  o‘pka  yallig‘lanishini 

profilaktikasi:    bemorni  erta  aktiv  harakatlantirish,  davolovchi  fizkultura, 

massaj,  davriy  ravishda  kislorod  ingalyatsiyasi,  antibiotikoterapiya,  balg‘am 

ko‘chiruvchi dorilar berish.  

Har bir operatsiya hazm qilish a‘zolari faoliyatiga ta‘sir ko‘rsatadi, hattoki 

ushbu  a‘zolarda  operatsiya  o‘tkazilmagan  bo‘lsa  ham.  Markaziy  nerv 

sistemasini tormozlovchi ta‘siri, operatsiyadan keyingi davrda bemor harakatini 

cheklanishi hazm qilish a‘zolari disfunksiyasiga olib keladi. Hazm qilish a‘zolari  

―oynasi‖ – tildir.  

Til  qurishi  organizmni  ko‘p  suv  yo‘qotishini  va  suv  almashinuvini 

buzilganini  bildiradi.  Zich  oq  karash  bilan  qoplangan  quruq,  yorilgan  til  esa 

qorin bo‘shlig‘i a‘zolari  patologiyasi – peritonit, ichaklar parezini bildiradi.  

Og‘iz  quriganda  og‘iz  bo‘shlig‘ini  nim  tuzli  suv,  yoriqlar  bo‘lganda  esa 

soda  eritmasi  (bir  stakan  suvga  1  choy  qoshiq),  2%  bor  kislotasi,  vodorod 

pereoksid  eritmasi  (bir  stakan  suvga  2  choy  qoshiq),  0,05-0,1%  kaliy 

permanganat eritmasi bilan chayish, glitserin surtish tavsiya etiladi. Og‘iz qurish 

fonida stomatit (og‘iz shilliq qavati yallig‘lanishi) yoki parotit (quloq orldi bezi 

yallig‘lanishi) rivojlanishi mumkin. Salivatsiyani kuchaytirish maqsadida suvga 

limon yoki klyukva soki qo‘shiladi.  

Ko‘ngil  aynish va  qusish  narkoz, intoksikatsiya,  ichak tutilishi,  peritonit 

tufayli  kelib  chiqadi.  Ko‘ngil  aynish  va  qusishni  sababini  aniqlash  lozim. 

Birinchi  yordam:  boshni  yon  tomonga  buriladi,  burundan  ingichka  zond 

o‘tkaziladi va oshqozon yuviladi.   



392 

 

 Meteorizm  sababi  bo‘lib  ichak  parezi  yoki  ichaklarda  gaz  yig‘ilishi 



hisoblanadi.  Meteorizmni  bartaraf  etish  uchun  bemorni  tez-tez  turg‘azish,  gaz 

chiqaruv  naycha  qo‘yish,  tozalovchi  yoki  gipertonik  klizmalar  qilish  tavsiya 

etiladi.   

Bemorni  aktiv  hvrvkatlantirish  qabziyatni  oldini  oladi.  Ovqat  

kletchatkaga  boy  bo‘lishi,  ichni  yumshatish  effektiga  (prostokvasha,  kefir, 

mevalar) ega bo‘lishi lozim. Huqna qilsa ham bo‘ladi.  

Normada  bemor  sutkasiga  1500  ml  siydik  ajratadi.  Ba‘zi  holatlarda 

buyraklar  faoliyati  buziladi  (intoksikatsiya,  nerv-reflektor  va  h.o.  sabablar),  to 

siydik ajratishni to‘xtashigacha – anuriyagacha. Ba‘zan buyrak normal ishlashi 

fonida  siydik  ajralishi  vaqtincha  to‘xtaydi  –    ishuriya,  asosan  nerv-reflektor 

sababga ko‘ra. Ishuriyada bemor ahvoli ko‘tarsa bemor turg‘iziladi, o‘tqiziladi, 

qorin pastki sohalariga isitkich qo‘yiladi, isitilgan tuvakka o‘tqaziladi, tog‘oraga 

suv  tomiziladi  (reflektor  ta‘sir).  Bu  muolajalar  natija  bermasa  siydik  qopiga 

kateter qo‘yiladi.  

Operatsiyadan  so‘nggi  davrda  psixika  holati  katta  ahamiyatga  ega.  Injiq 

bemor  rejim  va  ko‘rsatmalarni  yomon  bajaradi.  Shu  sababli  ham  ularda  yara 

bitishi  asoratli  bo‘ladi.  Operatsiyadan  so‘nggi  davrda  nerv-psixik  zo‘riqishni 

kamaytirish  lozim.  Bu  esa  nafaqat  dori  bilan,  balki  yaxshi  parvarish  bilan 

amalga oshiriladi.    

Bog‟lamni  kuzatish.  Narkozdan  uyg‘onayotganda  bemor  qimirlab 

bog‘lamni  olib  tashlashi  yoki  surib  qo‘yishi  mumkin.  Bu  esa  yaradan  qon 

ketishiga  yoki  yara  ifloslanib  yiringlashiga  olib  kelishi  mumkin.  Ba‘zida  bola 

uxlab  yotganda  ham  bog‘lam  qon  bilan  ifloslanib  qolishi  mumkin.  Povyazka 

mojet  propitat‘sya  krov‘yu  i  pri  spokoynom  sostoyanii  bol‘nogo.  Bunday 

holatlarda hamshira tezda shifokorni ogohlantirishi kerak va ifloslangan bog‘lam 

almashtirilishi lozim.  

Terini  parvarishlash.  Terini  noto‘g‘ri  parvarishlasak  suyak  chiqib  turgan 

joylarda yotoq yaralar paydo bo‘lishi mumkin. Klinik jihatdan bu teri qizarishi 




393 

 

bilan  namoyon  bo‘ladi.  Keyinchalik  bu  sohada  to‘qima  o‘ladi,  teri  ko‘chadi, 



to‘qimalarni  yiringli  parchalanishi  yuzaga  keladi.  Yotoq  yaralar  profilaktikasi: 

operatsiyadan  keyingi  davrda  bemorni  aktiv  holatga  keltirish,  terini  kamfora 

spirti  bilan  artib  turish,  massaj,  tanani  yumshatib  turuvchi  yumshoq  doira 

balonchalarni ishlatish. Davolash: antiseptik eritma bilan tozalash, Vishnevskiy 

mazi  bilan  bog‘lam  qo‘yish,  5%  kaliy  permanganat  eritmasida  yuvish. 

Defekatsiyadan keyin albatta oraliq soha yuvilishi lozim. Ayollarda defekatsiya 

bo‘masa ham har kuni oraliq soha yuvilishi lozim.  

        Bolalar sovuq qotishga  juda  sezgir bo‘lishadi. Shu  sababli  ham  operatsiya 

xonasi, operatsiyadan keyingi xonada ham havo harorati 20-22°S bo‘lishi kerak. 

Chala  tug‘ilgan  va  chaqaloqlarda  alohida  maxsus  xonalar  bo‘lishi  lozim.  U 

yerda  havo  harorati  22-26°S  bo‘lishi  kerak.  Havo  harorati  34-37°S  bo‘lgan 

ochiq yoki yopiq kyuvezlar bo‘lishi ham maqsadga muvofiqdir.  

Operatsiyadan  keyin  bemor  narkozdan  uyg‘onguncha  chalqancha 

gorizontal  holatda  yotishi  lozim.  Birdan  bosh  tomonini  ko‘tarish  tavsiya 

etilmaydi, sababi bolani kollapsga tushishiga olib kelishi mumkin. 

Qusish paytida bemorni yonida kuzatib turish kerak. Bunday paytda bola 

boshini  yonboshga  burish  lozim.  Qusishdan  keyin  bemor  og‘zi  paxta  bilan 

artiladi.  Operatsiyadan  keyingi  kuni  tanani  yuqori  qismi  30°  burchak  ostida 

ko‘tarilishi  lozim.  Asosan  bu  davrda  drenaj  naychalar  va  kateterlarga  ehtiyot 

bo‘lish kerak.  Sababi bola ulardan tezroq xalos bo‘lishni xohlaydi va qo‘li bilan 

yulib tashlashi mumkin. 

Agar  mahalliy  og‘riqsizlantirish  ostida  operatsiya  bo‘lgan  bo‘lsa  suv 

(shirin choy) ichirish mumkin. Umumiy narkozda operatsiya bo‘lgan bo‘lsa 4-6 

soatdan keyin, shuningdek qusish bo‘lmasa suyuqlik beriladi.  

Bemorni  ovqatlantirish  6-8  soatdan  keyin  boshlanadi.  Ovqat  turi,  tarkibi 

bolani yoshiga, kasallik xarakteriga va operatsiya turiga bog‘liq bo‘ladi. Suv-tuz 

va oqsil o‘rnini to‘ldirishga, yetarli vitaminlar berishga katta ahamiyat beriladi. 



394 

 

Gaz  chiqarish  maqsadida  har  kuni  orqa  teshikka  gaz  chiqaruv  naycha 



qo‘yish tavsiya etiladi. 

Bolalardagi  xususiyatlardan  biri  shuki,  kichkina  operatsiyalardan  keyin 

ham tana harorati 40-41°Cgacha ko‘tarilishi mumkin.   

Shuningdek  operatsiya  bo‘lgan  bolalar  talvasaga  tushishga  moyil 

bo‘ladilar.  Talvasa  gipoksiya,  giperkapniya,  novokain  dozasini  oshirganda, 

gipertermiya  holatida  bosh  miyani  narkotik  modddalar  ta‘sirida  ta‘sirlanishida 

yuzaga kelishi mumkin.  

           Hamshira har kuni asosiy funksional ko‘rsatkichlarni yozib borishi lozim: 

puls,  nafas,  arterial    bosim,  harorat,  ichilgan  va  chiqarilgan  suyuqlik  (siydik, 

plevra yoki qorin bo‘shlig‘idan chiqqan suyuqlik) miqdori.  

Bemorni turishiga faqat shifokor ruxsat beradi.  Hozirgi vaqtda operatsiya 

turi va og‘irligiga qarab erta turish (2-3 sutkada) tavsiya etiladi.  

Kichik operatsiyalardan keyin (appendektomiya, churrani kesish) choklar 

7-8-sutkada olinadi. Qorin bo‘shlig‘i (oshqozon rezeksiyasi, xoletsistektmoiya), 

ko‘krak  qafasi  ochilgan  (pulmoektomiya,  lobektomiya)  operatsiyalardan  keyin 

choklar  9-10  sutkada  olinadi.    Choklar  faqat  tibbiy  instrument  yordamida 

olinadi, aseptik bog‘lam qo‘yiladi.  

Operatsiyadan  keyingi  asorat  o‘tkazilgan  operatsiyaga  yoki  narkozga 

bog‘liq bo‘ladi.   


Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish