O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Vegetativ buzilish sindromi



Download 2,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet233/253
Sana23.06.2021
Hajmi2,51 Mb.
#99769
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   253
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish

 

Vegetativ buzilish sindromi ko‘p hollarda o‘tib ketuvchi vegetativ krizlar 

–  puls  tezlashishi,  yurak  sohasida  og‘riq  va  nohush  his,  bosh  og‘rig‘i,  og‘iz 

qurishi  arterial qon bosimi oshishi, qo‘l va oyoqlar uvishishi va sovuq qotishi, 

qaltirash holida namoyon bo‘ladi. Shuningdek bemorlar yurak ―to‘xtab qolishi‖ 

va  og‘riq  hissini,  noto‘g‘ri  urishini  sezadilar,  ko‘krak  qafasini  kimdir  bosib 

turganga o‘xshaydi, bosh aylanadi, qo‘rquv va bezovtalik bo‘ladi. Ba‘zan ushbu 

krizlar ―vahima xuruji‖ deb baholanadi.  

 

Astenik  sindrom. Klinik  jihatdan  quyidagicha  namoyon  bo‘ladi:  ko‘p 

charchash,  mehnat  faoliyatini  susayishi,  xotira  va  diqqatni  pasayishi,  yuqori 

qo‘zg‘aluvchanlik, 

ta‘sirchanlik 

oshishi, 

emotsianal 

va 

kayfiyat 



o‘zgaruvchanligi.  Bu  holatdagi  bemorlarga  shoshqaloqlik  va  kutishni 

yoqtirmaslik, tashqi sensor ta‘sirlarga yuqori sezuvchanlik xos bo‘ladi. Astenik 

sindromga uyquni buzilishi, uxlay olmaslik, tunda ko‘p uyg‘onib ketish xosdir. 

 

Fobiya  sindromi. Nevrotik  fobiyalar  qo‘rquvni  ―shilqim‖  g‘oya  shaklida 

o‘rnashib olishidir. 

 

 

Ipoxondriya  –  o‘z  holatiga  noadekvat  yondoshuv  bo‘lib,  sog‘lig‘i 



yomonlashishidan o‘ta darajada qo‘rqish, sog‘liq to‘g‘risida gap ochilsa diqqat 

bilan  tinglash,  o‘zida  yo‘q  kasalliklarni  ham  bor  deb  gumon  qilish  holatidir. 

Asosan  bu  patologik  holat  hisoblanib,  psixologik  korreksiya  va  psixologik 

suhbatlarni  talab etadi. 

 

 

Har  xil  darajadagi  depressiv  buzilishlar  ham  katta  ahamiyatga  ega. 



Bunday  holatda  o‘z  joniga  qasd  qilish  fikri  paydo  bo‘ladi,  attoki  amalda 

qo‘llashga  harakat  bo‘ladi.  Yurak  dekompensatsiyalangan  yetishmovchiligida, 

jigar  sirrozi  va  uremiyada  ham  o‘tkir  psixik  holatni  buzilishlari  ro‘y  berishi 

mumkin.  Psixik  holatni  buzilishi  tana  haroratini  ko‘tarilishi  bilan  kechuvchi 

boshqa somatik kasalliklarda, yuqumli kasalliklarda (ko‘proq gripp) kuzatilishi 



385 

 

mumkin.  Bemorlar  atrof-muhitga  oriyentatsiya  qila  olishmaydi,  savollarga 



qiyinchilik bilan yoki kuttirib javob berishadi, ba‘zan nutq va harakatni buzilishi 

(psixomotor qo‘zg‘alish yoki stupor) kuzatiladi. 

 

Tibbiyot  xodimi  shuni  bilish  kerakki,  qo‘shimcha  hayajonlanish  va 



bezovtalik  bor  bo‘lgan  nevrotik  va  nevrozsimon  simptomlarni  kuchaytirish 

mumkin.  Har  doim  davo  jarayonida  psixik  va  somatik  holatni  bir-biriga  uzviy 

bog‘liqligini unutmaslik lozim.   

 

Bolalar  orasida  bo‘lgan  tibbiyot  xodimlari  har  doim  bemorlarning 



psixologik xususiyatlarini, his qilishlarini, hissiyotlarini inobatga olishlari lozim. 

Bolalarni holatini yaxshiroq tushunish uchun bolani shaxsiy psixologik holatini 

bilishdan  tashqari  oiladagi  sharoitni,  ota-onasini  sotsial  kelib  chiqishini, 

mansabini ham bilish lozim.  Bularni hammasi bemor bolani kasalxonada to‘g‘ri 

parvarishlash va davo natijasini yaxshilashga yordam beradi.  

 

Bola  bilan  muloqot  qilganda  his  qilish  katta  ahamiyatga  ega,  ya‘ni 



bemorning  qayg‘usini  tushunishga  harakat  qilish.  Shoshmasdan  bola  bilan 

suhbatlashish  qayg‘udan  ustun  turuvchi  shaxsiy  xususiyatlarni  aniqlashga  olib 

keladi  va  to‘g‘ri  tashxis  qo‘yishda  yordam  beradi.  Nafaqat  bolani  shikoyatini 

majburlikdan  eshitish  kerak,  balki  eshitgan  gaplariga  yaxshi  e‘tibor  berib 

yondashishi  lozim.  Tibbiyot  xodimini  iliq  munosabatini  ko‘rib  bemor 

tinchlanadi,  shifokor  esa  bola  to‘g‘risida  qo‘shimcha  ma‘lumotga  ega  bo‘ladi.   

Agarda  buni  teskarisi  bo‘lsa,  ya‘ni  yuqori  va  qattiq  tonda  muomala  qilish, 

mensimay  gaplashish  bemor  va  tibbiyot  xodimi  o‘rtasida  iliq  munosabatlar 

yuzaga kelishiga to‘sqinlik qiladi. 

Tibbiyot  xodimi  bolalarga  ota-onasi  yo‘qligini  bildirmay,  ularni  o‘rnini 

bosishi lozim. Asosan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar ota-onasi yonida yo‘qligini 

qiyin  qabul  qiladi.  SHunga  qaramay  ular  yangi  sharoitga  tezda  moslashadi  va 

tinchlanadi.  Bunday  hollarda  ota-onani  tez-tez  kasalxonaga  kelishi  bola 

psixikasini shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Adaptatsiya davrida (3-5 kun) 

ota-onalarni  tez-tez  kelishiga  yo‘l  qo‘ymaslik  kerak.  Bu  davrdan  keyin  ota-



386 

 

onalar va bemor yaqinlari bolani ko‘rishga biror bir ish sababli kela olishmasa 



hamshira  ularga  xat  yozishlarini,  narsalar  berib  yuborishlarini  maslahat  berishi 

lozim.


 

Kasalxonada  bolani  uy  sharoitiga  o‘hshash  yaxshi  psixologik  sharoitni 

(o‘yinlar o‘ynash, televizor ko‘rish va h.o) yaratishda tibbiyot xodimi katta rol 

o‘ynaydi.  Toza  havoda  sayr  qilish  bolalarni  yaqinlashtiradi,  hamshirani  yaxshi 

muomalasi esa bolalarni yangi sharitga moslashishini osonlashtiradi.

 

Kasalxona  kollektivi  orasida  yaxshi  munosabat  o‘rnatish,  ahil  bo‘lish, 



ishni yaxshi olib borish bolalarni parvarishlash va davolashda yuqori natijalarga 

olib keladi. Kollektivda har bir ishchi o‘z vazifasiga ega bo‘ladi. Post hamshirasi 

kun tartibiga qat‘iy rioya qilishi, shifokor ko‘rsatmalarini to‘g‘ri bajarish, kichik 

tibbiyot xodimi esa palatalarni tozazalash, bolalarni toza tutishi loxim. Hamshira 

bolalar orasida bo‘lar va ularni kuzatar ekan,  bolaning shaxsiy xususiyatlarini 

ko‘rish,  o‘zaro  muloqotlari  xarakterini  kuzatishi  lozim.  Bunday  hamshira 

shifokorga  yaxshi  yordamchi  bo‘ladi,  chunki  u  kasalxonada  sog‘lom  muhitni 

paydo bo‘lishida katta rol o‘ynaydi. 

 

 

Psixologik  muammolarga  operatsiyadan  oldingi  qo‟rquv  kiradi.    Bemor 



operatsiyani  o‘zidan,  u  bilan  bog‘liq  siqilishlardan,  og‘riq,  operatsiya  

asoratlaridan  qo‘rqadi,  operatsiyaning  effektivligiga  ishonch  hosil  qilmaydi. 

Hamshira bemorni kuzatishlari natijasidan  shifokorni  ogoh  etishi, u bilan  birga 

psixoterapevtik ta‘sir qilish taktikasini ishlab chiqishi lozim. Operatsiya bo‘lgan 

bemorlar  bilan  gaplashib  endi  operatsiya  bo‘ladigan  bemorlarga  operatsiya 

to‘g‘risida  qo‘rquvli  gaplarni  gapirishlarini  oldini  olish  lozim.  Operatsiyaga 

tayyorlash  jarayonida  bemor  bilan  yaxshi  psixologik  munosabat  o‟rnatish,  u 

bilan  suhbatda  qo‘rquv  xarakterini  va  operatsiyadan  nimaga  qo‘rqishini    bilish 

lozim,  bemorni  tinchlantirish,  keyingi  davo  muolajalariga  munosabatini 

o‘zgartirishga harakat qilish lozim. Ko‘pchilik bemorlar narkozdan qo‘rqishadi, 

umuman  turmay  qolaman,  hushimni  yo‘qotaman,  sirlarimni  gapiraman  va  h.o. 

deb o‘ylashadi. 




387 

 

 



Operatsiyadan  keyin  ham  bir  qancha  muammolar  yuzaga  keladi. 

Operatsiyadan  keyingi  asoratlar  yuzaga  kelgan  ba‘zi  bir  bemorlarda  har  xil 

psixik buzilishlar kelib chiqishi mumkin. Xirurgik aralashuv va majburiy yotoq 

holati  turli  nevrotik  va  nevrozsimon  buzilishlarni  chaqirishi  mumkin.     Ba‘zan 

operatsiyadan  keyingi  2-3  kuni  bemorlarda  injiqlik,  qo‘zg‘aluvchanlik  paydo 

bo‘ladi.  Operatsiyadan  keyingi  asteniyada,  ayniqsa  asoratlar  yuzaga  kelganda 

o‘tkir  depressiv  holatlar  yuzaga  kelishi  mumkin.  Qari,  katta  yoshli  kishilarda 

operatsiyadan  keyingi  davrda  o‘tib  ketuvchi    galyutsinator  va  vahima  holatlari 

rivojlanishi  mumkin.  Yomon  sifatli  o‘sma  bilan  operatsiya  bo‘lgan  bemorlar 

bilan  muloqot  qilish  qiyin  bo‘ladi.  Ular  keyingi  hayoti  haqida  qayg‘urishadi, 

ko‘p savollar berishadi.  Ular bilan suhbatlashganda  juda  ehtiyot  bo‘lish  lozim. 

Bemorlarni  operatsiya  yaxshi  chiqqaniga,  kelajakda  ularga  hech  narsa  xavf 

solmayotganini  tushuntirish  lozim.  Ularni  doimo  mutaxassislar  nazoratida 

bo‘lishi, doimiy profilaktik davo olishlari kasallikni qaytalanishini oldini oladi. 

Bunaqa bemorlar bilan har kuni psixoterapevtik suhbatlar olib borish lozim.  

 

Ota-onalar, asosan ona bolasi kasalini og‘ir qabul qilishadi. Buni tushunsa 



bo‘ladi,  sababi:  og‘ir  kasallangan  bemor  onasi  ma‘lum  bir  darajada  psixik 

shikastlangan  bo‘ladi  va  uning  reaksiyasi  noadekvat  bo‘lishi  mumkin,  chunki 

―onalik  instinkti‖  juda  yaxshi  rivojlangan  bo‘ladi.  Shu  sababli  ham  tibbiyot 

xodimlari  tomonidan  onalarga  individual  yondashish  lozim.  Ayniqsa 

kasalxonada og‘ir bemorga qarab yotgan onalarga alohida e‘tibor berish lozim. 

Ayolni  nafaqat  yaxshi  so‘z  bilan  tinchlantirish,  balki  uni  dam  olishi  va 

ovqatlanishiga  sharoit  qilib  berish,  bolasi  ―yaxshi  qo‘llarda‖  ekanligiga  va 

to‘g‘ri  davo  olayotganiga  ishontirish  lozim.  Ona  shifokor  va  hamshira 

tomonidan  bajarilayotgan  muolajalar  kerakli  va  to‘g‘riligini  tushunishi  lozim. 

Kerak  bo‘lganda  onani  ba‘zi  bir  muolajalarni  qilishga  o‘rgatish  mumkin, 

masalan ineksiya qilish, ingalyatsiya qilish va h.o.   

 

Ko‘pchilik  ota-onalar  tibbiyot  xodimiga  ishonch,  yaxshi  muomala  bilan 



yondashishadi,  ularning  og‘ir  mehnatlariga  rahmatlar  aytishadi.  Lekin  ba‘zan 


388 

 

―og‘ir f‘elli‖ ota-onalar ham uchraydiki, o‘zining qo‘polligi, yomon hulqi bilan 



tibbiyot xodimlarini bolasiga alohida e‘tibor berishlarini talab qilishadi. Bunday 

ota-oanalar  bilan  tibbiyot  xodimi  ichki  va  tashqi  bosiqlik  bilan  javob  qilishalri 

lozim va bu holat bolaning yomon tarbiyasiga yaxshi ta‘sir qiladi.   

 

Tibbiyot xodimlariini  bolani ko‘rish  va  narsa  (ovqat) olib kelish  vaqtida 



ota-ona  va  bemor  yaqinlari  bilan  suhbati  katta  ahamiyatga  ega.  Ish  ko‘pligiga 

qaramay  shifokor  hamma  savollarga  shoshmasdan  javob  berishga  vaqt  topishi 

lozim.  Ota-ona  bolasini  tashxisini  bilishda,  davo  muolajalarini  to‘g‘riligini 

aniqlashtirayotganda  ba‘zi  bir  qiyinchiliklar  yuzaga  kelishi  mumkin.  Bunday 

holatlarda  hamshira  bemor  yaqinlari  bilan  suhbatda  o‘z  kompetensiyasidan 

tashqariga  chiqmasligi  lozim.    U  kasallik  simptomlari  va  kasallikning 

kutilayotgan  natijalari  to‘g‘risida  gapirishga  haqli  emas.      Hamshira  kechirim 

so‘rab  ma‘lumotlardan  to‘liq  xabardor  emasligi  aytishi  va  bemor  yaqinlarini 

davolovchi shifokorga yoki bo‘lim mudiriga yuborishi lozim. 

 

Ota-onalar  so‘ziga  ko‘pam  quloq  solmaslik  lozim,  ularning  noto‘g‘ri 



talablarini  bajarish  kerak  emas,  masalan  ineksiyani  to‘xtatish,  rejim  va  dietani 

o‘zgartirish va h.o. talablarni shifokor asossiz bajarmasligi lozim. Bunday holat 

faqat  bemorga  yomonlik  olib  keladi  va  tibbiyotning  insoniylik  prinsiplariga  va 

professionallikka to‘g‘ri kelmaydi.    Bolalar  bo‘limida  tibbiyot  xodimlari  ota-

onalar bilan muloqoti har doim emotsianal shaklda, uzviy aloqa holida va tez-tez 

bo‘ladi.  Tibbiyot  xodimini  bemor  ota-onasi  va  yaqinlari  bilan  to‘g‘ri  muloqoti 

tibbiyot  xodimi  –  bemor  bola  –  ota-ona  orasidagi  psixologik  teng 

muvozanatlikni shakllantiradi. 




Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish