O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi



Download 2,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/253
Sana23.06.2021
Hajmi2,51 Mb.
#99769
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   253
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish

Nazorat savollari: 

1. Narkoz deganda nimani tushunasiz? 

2. Anesteziologiya – bu…? 

3. Narkozning qaysi turlari tafovut qilinadi? 

4. Narkozga ishlatiladigan dorilar tanaga qaysi yo‘llar bilan kiritiladi? 

5. Narkozning asoratlarini sanab o‘ting? 




375 

 

6. Tana haroratini o‘lchash texnikasini tartibini ayting? 



7. Pul‘sni aniqlash va tekshirish tartibini ayting? 

8. Arterial bosimni tekshirish tartibini ayting? 



4.12. Bemorni operatsiya oldi davrida shifokor tomonidan olib borilishi 

lozim bo’lgan muolajalarning ahamiyati. 

Bemor  kasalxonada yotib operatsiyaga tayyorlanayotgan  vaqti  operatsiya 

oldi  davri  deyiladi.  Bemorni  operatsiyaga  tayyorlayotganda  operatsiya  turi, 

og‘irlik  darajasi,  asosiy  hayotiy  a‘zolar  holati  (yurak,  o‘pka,  jigar,  buyrak)  va 

og`riqsizlantirish turini inobatga olish kerak.  

Tibbiyot  hodimi  vazifasi  –  bemorni  tinchlantirishdir.  Tibbiyot  hodimini 

bemorga  yaxshi  va  o‘z  vaqtida  to‘gri  muomalasi  bemor  bolani  tez  tuzalishini 

garovidir.    Bolaga  toza  havo  juda  zarur.  Qishda  bolani  issiq  kiyintirib  xonani 

shomollatib turish zarur.  Yozda esa derazalarni doimo ochiq holda, iloji boricha 

setka  bilan  qo‘yish  lozim.  Ko‘rpa  va  choyshablarni  toza  tutish,  qoqib  turish 

lozim,  ularda  yig‘ilmalar  hosil  bo‘lishiga  yo‘l  qo‘ymaslik  lozim,  kamida 

haftasiga  bir  marta  almashtirib  turish  zarur.  Agar  bolada  siydik  tuta  olmaslik 

alomati bo‘lsa to‘shak usti kleyonka bilan qoplangan bo‘lishi, ustidan choyshab 

to‘shalishi  lozim,Bolani  har  kuni  cho‘miltirish,  har  ovqatdan  oldin  qo‘lini 

yuvish, ko‘p terlasa terini toza, quruq sochiq bilan artib turish va kiyimlarini tez-

tez almashtirib turish lozim. Tana harorati ko‘tarilib turadigan bolalarda doimo 

quruq  lablar  bo‘ladi.  Shu  sababli  kuniga  bir  necha  bor  lablarni  tuzsiz  sariyog‘ 

yoki vazelin bilan namlab turish kerak bo‘ladi. Har ichi kelganda albatta bolani 

oraliq sohasini yuvish kerak.  

Bemor  bolalar  ko‘pincha  injiq  va  ta‘sirchan  bo‘ladi.  Gigienik  va  davo 

muolajalari,  ovqatlantirishlar  ko‘pincha  bola  tomonidan  qarshilik  bilan  kutib 

olinadi.  Shu  sababli  ham  shifokor  bolaga  kamroq  psixik  va  jismoniy  jarohat 

yetkazmasdan  muolajalarni  bajarishi,  sabrli  bo‘lishi  lozim.  Bemor  bolalarga 

operatsiya  kerakligi  to‘g‘ri  tushuntirilishi,  operatsiya  natijasi  yaxshi  chiqishiga 



376 

 

ishontirish lozim. Misol tariqasida shunga o‘hshash operatsiyadan yaxshi bo‘lib 



tuzalgan bemorlarni keltirib o‘tish kerak.   

Yuqoridagi  holatlarni  tushuntirishda  hamshira  ham  shifokor  bergan 

ko‘rsatmalarga  mos  holatda  tushuntirish  o‘tkazishi  lozim.  Moboda  shifokor  va 

hamshira  tushuntirishlarida  qarama-qarshilikni  bemor  sezsa,  unda  tibbiyot 

xodimiga  nisbatan  ishonchsizlik  kuzatiladi.  Kasallik  tarixini  bemor  qo‘liga 

tushishidan  saqlash  lozim.  Aks  holda  maxsus  tayyorgarlikka  ega  bo‘lmagan 

bemor bola kasallik tarixidagi ma‘lumotlarni noto‘g‘ri tushunishi mumkin.  

      Teri  qoplamlarini  ko‘zdan  kechirganda    yiringdonlar,  yallig‘lanish 

infil‘tratlari  borligiga  ahamiyat  qilish  lozim.  Operatsiyadan  oldin  teridagi 

hamma  yallig‘lanish  o‘chog‘larnini  davolash  zarur,  bo‘lmasa  operatsiyadan 

keyingi  davrda  bu  yiringdonlar  endogen  infeksiya  o‘chog‘i  bo‘lishi  va  og‘ir 

asortalarga  olib  kelishi  mumkin,  hattoki  yiringli  jarayonni  butun  organizmga 

tarqalishigacha.  Operatsiyadan  bir  kun  oldin  bemor  bola  vanna  qabul  qilishi 

zarur.  Operatsiya  maydonidagi  sochlarni  operatsiya  kuni  tozalanadi.  Sanitar 

tozalash  ishlari  issiq  dush  xonasida  o‘tkaziladi.  Agar  vanna  tavsiya  etilgan 

bo‘lsa suv harorati 36-37°Cdan oshmasligi kerak. Organizm himoya funksiyasi 

pasaymasligi uchun bolani sovuq qotishdan asrash lozim. 

        Kuniga ikki marta bemor tana haroratini o‘lchash lozim. Haroratni o‘lchash 

vaqti asosan ertalab uyqudan uyg‘ongach va kechqurun kunduzgi uyqudan keyin 

soat 16-17 larda. Mabodo  tana haroratini tez-tez o‘lchash kerak bo‘lsa shifokor 

ko‘rsatma  beradi.  Xonada  tinch  holat  hosil  qilish  lozim.  Bolada  kunduzi  ham, 

kechasi  ham  tinch  uyqu  bo‘lishi  lozim.  Hamma  kuzatuv  natijalarini  hamshira 

yozib  borishi  shart.  Ushbu  yozuvlar  uchun  bemorga  alohida  hamshira  varag‘i 

ochiladi. Unda tana haroratini belgilash, ishtahasi, ichi kelishi, siyishi, qusish va 

h.o.lar to‘g‘risida ma‘lumotlar bo‘ladi.  

Bemor  bolada  operatsiya  o‘tkazish  uchun  albatta  ota-onasidan  yoki 

vasiylaridan  yozma  rozilik  olinishi  shart.  Ularga  operatsiya  mohiyati,  og‘irlik 

darajasi, kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar to‘g‘risida tushuntirish o‘tkazish 




377 

 

lozim. Ushbu qoidaga faqat shoshilinch operatsiyaga muhtojlik bo‘lgan va Shu 



paytda  ota-ona  kelmagan  holat  bo‘lsa  amal  qilinmaydi.  Bunday  paytda 

operatsiyaga ko‘rsatma kamida ikkita shifokor konsiliumi asosida qabul qilinadi.  

Bo‘lim  boshlig‘i  va  bosh  shifokor  qabul  qilingan  qaror  to‘g‘risida 

ogohlantiriladilar. 

Operatsiyani  o‘tkazish  muddati  kasallik  xarakteriga  bog‘liq  bo‘ladi. 

Operatsiya bolani turli yoshida, hattoki yangi tug‘ilgan paytida ham o‘tkaziladi. 

Operatsiyaga  tayyorlash  kasallik  xarakteriga,  bemor  yoshiga  va  umumiy 

holatiga  bog‘liq  bo‘ladi.  Og‘ir  operatsiyalardan  oldin  funksional  diagnostika 

usullaridan  foydalanib  to‘liq  tekshiruvlar  o‘tkazilishi  shart.  Bemorni 

operatsiyaga tayyorlashda psixologik faktor katta rol o‘ynaydi. Bunda ota-ona, 

tarbiyachi va bolaning do‘stlari yordami zarur bo‘ladi.  

Ko‘krak  yoshidagi  bolalar  bir  kun  oldin  soat  22:00  gacha 

ovqatlantiriladilar.  Kattaroq  yoshli  bolalarga  yengil  kechki  ovqat  beriladi.   

Operatsiyagacha 3 soat qolganda bolaga shirin choy berish mumkin. U 2 soatdan 

keyin so‘riladi va  qusish  chaqirmaydi.  Operatsiya  bo‘ladigan  bemorlarga surgi 

dori  berilmaydi.  Bir  kun  oldin  kechqurun  va  operatsiya  kuni  ertalab  huqna 

qilinadi.  

Bemorni  shoshilinch  operatsiyaga  tayyorlash.  Qisqacha  anamnez 

yig‘iladi,  umumiy  ko‘rik:  perkussiya,  auskultatsiya  va  paypaslash  o‘tkaziladi. 

Umumiy  qon,  siydik  tahlili,  rentgenoskopiya  yoki  rentgenografiya,  maxsus 

ko‘rsatmalar  bo‘yicha  boshqa  tekshiruvlar  qilinadi.  Qabul  bo‘limida  bemor 

ahvoliga  qarab  chala  yoki  to‘liq  sanitar  tozalash  o‘tkaziladi.    Shoshilinch 

holatlarda  bemor    kiyimi  yechiladi, nam  gubka  bilan tana  artiladi, sochli qismi 

olinadi. Oshqozon to‘la bo‘lsa zond yordamida bo‘shatiladi. Huqna qilinmaydi. 

Siyishda qiyinchilik bo‘lsa siydik qopiga kateter qo‘yiladi.  




Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish