O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi



Download 2,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/253
Sana23.06.2021
Hajmi2,51 Mb.
#99769
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   253
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish

Nazorat savollari: 

1. Boglam turlarini va ularni qanday qo'llashni o'rganadigan tibbiyot bo'limining 

nomi nima? 



368 

 

2. Siz qanday yumshoq boglamlarni bilasiz? 



3. Yelim b boglamlarni qo'llanilishi, qanday variantlar mavjud? 

4. Qanday turdagi qattiq boglamlarni bilasiz? 

5. Huqnanig qaysi turlarini bilasiz, ular uchun qanday ko'rsatmalar mavjud? 

6. Bolalarni jismoniy davolash usullarini va ularning ta'siri asoslarini sanab 

o'ting 

7. Sudna va siydikdonni qo‘llash qoidalari. 



4.11. Narkoz tushunchasi, turlari, asoratlari bo’yicha shifokorning bemor 

bilan muloqot qilishining ahamiyati 

Narkoz  (yun.  narcosis  –  karaxtlik)  –  sun‘iy  yo‘l  bilan  (ba‘zi  kimyoviy 

moddalar  va  boshqa  omillar  ta‘sirida)  hosil  qilinadigan  chuqur  uyqu  holati, 

bunda  kishi  hech  narsani  sezmaydi,  ixtiyoriy  harakat  qila  olmaydi,  es-hushi 

butunlay yoki qisman yo‘qoladi. 

Qadim  zamonlardan  beri  bemorlarni  jarrohlik  usulida  davolash  vaqtida 

insonning yuqori og‘riq sezgisini yengib o‘tish muammosini hal qilish zarurati 

olimlar  va  shifokorlarni  tashvishga  solib  kelgan.  Qadim  zamonlardan  buyon 

insoniyat  og‘riqsizlantirishning  ishonchli  va  xavfsiz  usullarini  aniqlash 

maqsadida  izlanishlar  olib  bormoqdalar  va  hozirgi  kunda  og‘riqsizlantirish 

usullarini  o‘rganadigan  alohida  fan  ham  mavjud  bo‘lib,  bu  anesteziologiya 

fanidir.  Hozirgi  kunda  anesteziologiya  fani  og‘riqsizlantirish  usullarini 

takomillashtirish  yo‘lida  izlanishlarni  davom  ettirib,  umumiy  og‘riqsizlantirish 

vaqtida tanada salbiy ta‘sir va keyingi asoratlarni kamaytirishga alohida e‘tibor 

berilmoqda. 



Anesteziologiya  –  og‘riqsizlantirish  to‘g‘risidagi  fan  bo‘lib,    operatsiya 

jarohatining  bemor  tanasiga  nojo‘ya  ta‘siridan  himoya  qilish  usullarini 

o‘rganadi.  Zamonaviy  nuqtai  nazardan,  anesteziologiya  –  tanani  jarrohlik 

jarohati  va  uning  oqibatlaridan  himoya  qilish,  jarrohlik  aralashuvi  vaqtida 

hayotiy  funksiyalarni  nazorat qilish  va boshqarishdir. Jarrohlik  amaliyoti  odam 

organizmi uchun nafaqat og‘riqli, balki ma‘lum bir darajada agressiv omil ham 




369 

 

hisoblanib,  buning  natijasida  organizmda  kompensatsiya-adaptiv  reaksiyalar 



kompleksini ham keltirib chiqaradi. 

Anesteziyaning asosiy turlari. 

Umumiy  og‟riqsizlantirish  (anesteziya)  –  sun‘iy  tarzda  markaziy  asab 

tizimining  faoliyatini  susaytirish  bo‘lib,  bunda  bemor  chuqur  uyqu  holatida 

bo‘ladi  va  bu  jarayon  qayta  orqaga  qaytarilishi  mumkin.  Narkozda  kishi  hech 

narsani sezmaydi, ixtiyoriy harakat qila olmaydi, es-hushi butunlay yoki qisman 

yo‘qoladi, reflekslarning ayrim turlari ham yo‘qoladi. 

   


Mahalliy  og‟riqsizlantirish  –  inson  organizmining  ma‘lum  bir  qismini, 

kishi  ongi  yoki  es-hushini  saqlab  qolgan  holda,  sun‘iy  ravishda  og‘riq 

sezuvchanligini yo‘qotishdir. 

Anesteziyaga  tayyorgarlik.Bemor  anestezilog  ko‘rikdan  o‘tkazilib, 

quyidagilar aniqlanishi shart: 

  bemor umumiy ahvolini baholash; 



 

anesteziya  o‘tkazilishiga  nojuya  ta‘sir  qiluvchi  omillarni  bemor  anamnezidan 



so‘rab aniqlash; 

 



klinik va laborator ma‘lumotlarini baholash; 

  jarrohlik va anesteziya xavfini aniqlash; 



  anesteziya usulini tanlash; 

  premedikatsiya xarakterini aniqlash. 



Premedikatsiya  –  narkozning  kishi  organizmiga  operatsiya  paytida  va 

operatsiyadan  keyingi  davrdagi  asoratlarini  kamaytirish  maqsadida  dori 

preparatlarini kiritishdir. 

Premedikatsiya vazifalari: 

•  bemor hissiy qo‘zg‘alishlarini pasaytirish; 

•  neyrovegetativ stabilizatsiya; 

•  bemor organizmining tashqi ta‘sirotlarga reaksiyasini kamaytirish; 

•  anestetiklarning ta‘siri uchun qulay sharoit yaratish; 

•  narkozda ishlatiladigan dorilargp allergik reaksiyalarning oldini olish; 




370 

 

•  so‘lak bezlari sekretsiyasini kamaytirish. 



Anestetik moddalarni tanaga kiritish yo‘li bo‘yicha umumiy og‘riqsizlantirish 

turlari: 



1.  Nafas  yo‟llari  orqali  (ingalyatsion)  (anestetik  moddalar  bemorning  nafas 

olish sistemasiga bug‘ shaklida kiritiladi va alveolalar orqali qonga tarqaladi): 

a) maskali; 

b) traxeya ichi. 



2. Tomir orqali. 

3. Kombinatsiyalashgan (odatda narkozning ilk bosqichlarida anestetiklar tomir 

orqali tanaga kiritilsa, so‘nggi bosqichlarida esa nafas yo‘llari orqali kiritiladi). 

Umumiy og‘riqsizlantirishning asoratlari: 

•  Laringit, traxeobronxit. 

•  Nafas yo‘llari obsruksiyasi  – tilni burish, tish yoki protezlarning nafas olish 

yo‘llariga kirishi). 

•  O‘pka atelektazi. 

•  Zotiljam 

•  Yurak-qon  tomir  tizimi  faoliyatida  buzilishlar:  kollaps,  taxikardiya,  yurak 

ritmini buzilishi va hatto fibrilatsiyaga yoki yurak faoliyatining to‘xtashi. 

•  Intubatsiyadagi 

shikastlanishlar 

(halqum, 

hiqildoq 

va 

traxeya 


shikastlanishlari). 

•  Oshqozon-ichak  traktining  motor  faoliyatidagi  buzilishlar:  ko‘ngil  aynishi, 

qusish, regurgitatsiya, aspiratsiya, ichak parezi. 

•  Siydikning tutilishi. 

•  Gipotermiya. 

•  Miya shishi. 




Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish