O‘zbеkistоn rеspublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi urganch davlat univеrsitеti


Tuproq tarkibidagi mikroorganizmlarning sonini aniqlash (Vinogradskiy usuli)



Download 14,52 Mb.
bet235/279
Sana23.07.2022
Hajmi14,52 Mb.
#843032
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   279
Bog'liq
Oziq-ovqat mikrobiologiyasi Majmua2021 oot (1)

Tuproq tarkibidagi mikroorganizmlarning sonini aniqlash (Vinogradskiy usuli).
Kerakli jihozlar: mikroskop, mikropipetka, tuproq, buyum oynalari, karbol kislotali eritrozin buyog’i, okulyar mikrometr.
Nazariy tushuncha: Tuproq mikroflorasi. Tuproq tarkibidagi mikroorganizmlarning soni million va milliardlar bilan ifodalanadi. Ba’zi olimlarning ma’lumotiga ko’ra, 1 g tuproq tarkibida 2,5-5 milliardgacha mikroorganizm bo’ladi. Bir gektar erdagi mikroorganizmlarning umumiy vazni 3-5 t ga etib qoladi.
Tuproqning fizik va kimyoviy xossalari, unda oziq moddalarning ko’pligi, namlik va havoning etarli darajada bo’lishi turli-tuman mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun juda qulay sharoit hisoblanadi. Tuproq tarkibidagi mikroorganizmlarning soni va xili kun sayin ko’payib hamda o’zgarib turadi. Ular odatda, inson, hayvon va o’simlik qoldiqlari hisobiga ko’payadi. Arktikada va issiq Sahara qumlarida ham minglab, millionlab uchraydi.
S. Razumov va R. Remezovning ma’lumotiga ko’ra, tuproqning ustki qatlamida mikroorganizmlarning soni ko’p bo’lib, chuqurlashgan sari kamaya borar ekan. Tuproq qatlami chuqurlashgan sari mikroorganizmlarning soni kamaya borishiga ularning tuproq zarrachalari tomonidan yutilib ketishi sabab bo’ladi. Tuproq tarkibidagi mikroorganizmlarning soni yil fasllariga qarab ham o’zgarib turadi. Ular tuproq strukturasini yaxshilashda, uni chirindiga boyitishda juda katta rolb o’ynaydi.
Tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar juda xilma-xil bo’lganligidan ular bir- biriga salbiy yoki ijobiy ta’sir ko’rsatadi, ya’ni bir-biri bilan simbioz holda yoki bir- biriga antagonist bo’lib hayot kechiradi.
Ishning borishi: Tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar sonini aniqlash uchun 5 g tuproq olib, 250 ml hajmli kolbaga solinadi. SHu kolbaga 50 ml sterillangan suv qo’shib 5 minut chayqatgandan so’ng 1-2 minut tindiriladi. So’ng buyum oynasiga eni 1 sm va uzunligi 4 sm keladigan kvadrat chizib, unga yuqorida tayyorlangan eritmadan 0,01 ml olib bir tekisda yuqtiriladi. Bu mazok quritilgandan so’ng absolyut spirt eritmasi bilan yoki spirt lampa alangasida fiksatsiyalanib, karbol kislota (fenol) da eritilgan eritrozin bo’yog’i bilan bo’yaladi. 30 minutdan keyin bo’yoq yuvilib, preparat quritiladi va bir tomchi kedr moyi tomizib immersion ob’ektiv orqali mikroskopda kuzatiladi. Endi 1 g tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar sonini aniqlash uchun quyidagi ishlar bajariladi.

  1. Mikroskop orqali ko’ringan doiraning umumiy sathi aniqlanadi. Buning uchun okulyar mikrometr yordamida doira radiusi aniqlanib, tubanda ko’rsatilgan formula asosida doiraning umumiy sathi topiladi:

S = p r2
Bunda, S-istalgan doira yuzasini:
P-3,14 (3,14159) irrasion son-doira aylanasining doira diametriga bo’lgan nisbatini bildiradi;
r2-doira radiusini ifodalaydi.
Masalan, doira radiusini 0,075 yoki 0,08 nm ga teng deb olib, yuqoridagi formula asosida doiraning umumiy sathi topiladi:
S = p r2; S = 3,14 x (0,08)2 = 3,14 x 0,0064 = 0,020094.
Demak, mikroskopda ko’ringan doiraning umumiy sathi 0,020094 yoki 0,02 mm2 ga teng deb olindi.

  1. Mikroskop doirasida ko’ringan mikroorganizmlar soni sanaladi. Bu ishni bajarish uchun ularning doira ichidagi soni aniqlanib daftarga yoziladi. So’ng stolchani harakatlantiradigan vintlar yordamida preparatni siljitib, uning boshqa joyida ko’ringan doira ichidagi mikroorganizmlar soni ham daftarga yozib qo’yiladi. SHunday tarzda, preparatni harakatlantirib, 50-100 doiradagi mikroorganizmlar soni aniqlangach, ularning o’rtacha soni topiladi. Faraz qilaylik, kuzatilgan 50 doira ichida 1500 dona mikroorganizm bo’lsa, bitta doira ichidagilarining o’rtacha soni: 1500 : 50 = 30 dona bo’ladi. Demak, olingan tajriba dalillariga asoslanib, bitta doira ichidagi mikroorganizmlar soni 30 dona deyish

mumkin.

  1. Yuqoridagi sonlarga asoslanib, tajriba o’tkazilayotgan buyum oynasining 4 sm yuzasiga yuqtirilgan yoki 0,01 g (ml) aralashma ichidagi mikroorganizmlarning umumiy sonini aniqlash uchun quyidagi tenglamadan foydalanamiz:

0.02 mm2 - 30 bona bakteriya
4sm2 = 400 mm2 - x dona bakteriya x = 400 x 30 / 0,02 = 600 000 dona
1 g tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar sonini aniqlash uchun tubandagi tenglamadan foydalanamiz (buning uchun 0,01 ml aralashmadagi tuproqning og’irligini 0,001 g ga teng deb olamiz):
0,001g - 600000
1g - x x = 1 x 600 000 / 0,001 = 600 000 000 Demak, tekshirilgan tuproqning bir gramida 600 000 000 dona mikroorganizm borligi aniqlanadi.

Download 14,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish