O‘zbеkistоn rеspublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi urganch davlat univеrsitеti


Oziq-ovqatning ijtimoiy imkoniyati -



Download 14,52 Mb.
bet219/279
Sana23.07.2022
Hajmi14,52 Mb.
#843032
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   279
Bog'liq
Oziq-ovqat mikrobiologiyasi Majmua2021 oot (1)

Oziq-ovqatning ijtimoiy imkoniyati - madaniyat yoki dinidan qat'iy nazar, butun aholi adolatli ravishda oziq-ovqat bilan ta'minlanishi.
Oziq-ovqatning iqtisodiy imkoniyati – bu barcha ijtimoiy qatlamlari yetarli miqdorda oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishga qurbi yetishi.
Oziq-ovqatning moddiy ta'minoti – bu oziq-ovqat mahsulotlari iste'molchilar talab qilgan miqdor va tanlovda bozorda mavjudligi hamda aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash uchun infratuzilma bo‘lishi.


O‘zbekiston Respublikasida oziq-ovqat ta'minoti va iste'moli
O‘zbekistonda aholining oziq-ovqat hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan extiyojlarni to‘la qondirish, oziq-ovqat bozoridagi barqarorlikni ta'minlash yo‘lida faoliyat yuritadigan muhim tarmoq – agrar sohasida islohotlarni yanada chuqurlashtirish masalasiga katta e'tibor qaratilmoqda.
Oziq-ovqat xavfsizligi mamlakat aholisining asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan yetarli darajada ichki imkoniyatlardan foydalangan holda ta'minlanishini, importga bog‘liqlikni minimum darajasiga erishishni ifodalaydi.O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash uchun ikki yo‘nalishda chora-tadbirlar amalga oshirildi:

  • qishloq aholisi tomorqa maydonlarini kengaytirish va yangilarini ajratib berish;

  • qishloq xo‘jaligi ekinlari tarkibini qayta ko‘rib chiqish.

Davlatning oziq-ovqatga oid siyosati kartoshka, meva-sabzavot mahsulotlari bilan ham o‘z-o‘zini ta'minlashni ko‘zda tutadi. Aholiga yetarli darajada chorvachilik mahsulotlari va o‘simlik yog‘i yetkazib berish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash uchun zarur bo‘lgan bazani barpo etish, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari asosiy turlarining yetarli zaxirasini shakllantirish, ularning chakana baholari barqarorligini ta'minlashga erishish, chetdan keltirilayotgan mahsulotlar hajmlarini qisqartirib borish kabilar ham oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashning muhim yo‘nalishlari hisoblanadi.
Oziq-ovqat mahsulotlarining 90 foiziga yaqini agrar soha doirasida tayyorlanadi. Bunda paxta xom-ashyosining yalpi ichki mahsulot tarkibidagi salmog‘i 1990 yildagi 15,9 foizdan, 2014 yilga kelib 1,8 foizga kamayishi yuz bergan bir paytda, donning ulushi esa mos ravishda 1,4 foizdan 2,0 foizga, sabzavotlar - 1,3 foizdan 2,3 foizga, mevalar - 0,7 foizdan 1,1 foizga ortishi ham oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish yo‘nalishidagi say-harakatlarimiz va qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining ahamiyatini o‘zida yaqqol aks ettiradi.
Mustaqillik yillarida Respublika agrar tarmog‘ida qonunchilikni takomillashtirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish borasidagi qator Davlat dasturlari, qonsepsiya va chora-tadbirlar majmuining hayotga tadbiq etish natijasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmining barqaror o‘sib borishi ta'minlanmoqda.
Oziq-ovqat xavfsizligining makroiqtisodiy, siyosiy, qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy-farovonlik jihatlari farqlanadi.
Ko‘plab mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, kambag‘allikni qisqartirishning asosiy oziq-ovqat xavfsizligi sharti va omili bu adolatlilikka asoslangan iqtisodiy o‘sishdir. U turmush darajasini oshiradi hamda oziq-ovqat mahsulotlarining iste'mol qilinishini yaxshilaydi. Erkinlashtirish va xalqaro savdo hajmlarini oshirish oziq-ovqat mahsulotlarining xilma-xilligini hamda iqtisodiy ta'minotini yaxshilaydi. Oziq-ovqat mahsulotlarining erkin xalqaro savdosi qishloq xo‘jaligidagi nomutanosibliklarni bartaraf etadi va ishlab chiqarishni maqbullashtirishga ko‘maklashadi. Oziq-ovqat mahsulotlarining importi ichki bozorda oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlanganlik darajasini oshirish, narxlarni pasaytirish va mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun raqobat muhitini yaratish imkonini beradi va buning natijasida ularni samaradorlikni oshirishga majbur qiladi. Oziq-ovqat mahsulotlari eksporti mahalliy ishlab chiqaruvchilarga tashqi bozorlarda raqobatlashish imkonini beradi hamda shu bilan birga sarf-harajatlarni kamaytirish va yanada samarali ishlashga majbur qiladi. Xalqaro savdo iqtisodiy o‘sishga turtki beradi va turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi, bu esa oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlanganlik, oziq-ovqat mahsulotlarining iqtisodiy ommabopligi va iste'mol qilinishini oshiradi.
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash oziq-ovqat mahsulotlari yetkazilishida ichki bozorni zarur mahsulotlar bilan to‘ldirish va tashqi bozorlarda raqobatbardoshlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkonini beradi va o‘z navbatida aholining ovqatlanish ratsionida xilma-xillikni ta'minlaydi.
Oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta'minlash har qanday davlat turli favqulodda vaziyatlarda oziq-ovqat mahsulotlarining yetarlicha bo‘lmagan hajmini qoplashi uchun oziq-ovqat mahsulotlari zahirasiga ega bo‘lishi kerakligini anglatadi. Oziq-ovqat mahsulotlari zahirasini yaratish ayniqsa hosil nobud bo‘lishi tavakkalchiligi yuqori bo‘lgan va bevosita dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan mamlakatlar uchun zarur. Maqsadli yo‘nalishiga ko‘ra oziq-ovqat mahsulotlari zahirasi bozor bufer zahira yoki favqulodda zahira shaklida to‘planishi mumkin. Bozor bufer zahira ta'minot bozorida kutilmaganda ro‘y bergan taqchillikni bartaraf etish va oddiy vaziyatda oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlangan aholi guruhlari o‘rtasida oziq-ovqat xavfsizligining qisqa muddat davomida mavjud bo‘lmasligini yumshatish uchun mo‘ljallangan.

Download 14,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish