O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi Urganch Davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti


Ijodiy fikrlash va ijodkorlik masalalari



Download 1,49 Mb.
bet6/11
Sana22.07.2022
Hajmi1,49 Mb.
#838268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O`g`il bolalar Kurs ishi

Ijodiy fikrlash va ijodkorlik masalalari. Ijodkorlik faoliyati jarayonida insondagi ijodiy fikrlash qoiliyati shakllanadi va rivojlanadi. Nima deb o‘ylaysiz, ijodiy fikrlash nima? Agar shaxs quyidagi mantiqiy operatsiyalar: tizimlar va ularning elementlarini kombinatsiyalash, sabab-oqibat bog‘liqliklarini aniqlash, tadqiqot operatsiyalarini bajarishga qodir bo‘lsa, ijodiy fikrlay olishi psixologiyada isbotlangan. O‘quvchilarda ijodiy fikrlashning rivojlanishi ular yordamida har bir guruhda mantiqiy layoqatlar shakllanadigan va rivojlanadigan ijodkorlik masalalarini yechish metodlariga o‘qitish jarayonida amalga oshiriladi. Biroq ijodkorlik masalalari nima? Ijodkorlik masalalari – bu bajarish uchun o‘rganilgan qoidalarni o‘zgartirish yoki mustaqil ravishda yangi qoidalar tuzish talab etiladigan va natijada subyektiv yoki obyektiv yangi tizimlar – ma’lumot, konstruksiyalarmoddalar, hodisalar, san’at asarlari yaratiladigan masala.
Ijodkorlik nazariyasida ijodkorlik masalasi tushunchasi bilan bir qatorda tadqiqotchilik masalasi ham mavjud. Tadqiqotchilik masalasi – bu hal qilish uchun bir necha tadqiqotchilik operatsiyalarini bajarish zarur bo‘lgan ijodkorlik masalasi.
Shunday qilib, o‘quvchilarda ijodiy fikrlashni rivojlantirish uchun alohida ijodkorlik masalalari emas, balki bajarish jarayonida o‘quvchilarda yuqorida ko‘rsatilgan guruhlardagi mantiqiy operatsiyalar shakllanadigan va rivojlanadigan ijodkorlik masalalari tizimi zarur. Ijodkorlik masalalari tizimi har bir mavzu, har bir maktab darsligida o‘quv faoliyatining asosi bo‘lishi zarur. Ijodkorlik maslalalari tizimini quyidagi mantiqiy operatsiya turlari va guruhlari tashkil etadi.

Maktab ta’limi va ijodkorlik. Nimaga maktabni tugallagandan so‘ng bitiruvchilarning sezilarli qismi ijodkorlik masalalarini hal qila olmasligi to‘g‘risida hech o‘ylab ko‘rgansizmi? Ko‘pgina o‘qituvchilar bolalarni ijodkorlikka o‘qitishlarini, ular bilan ko‘p sonli ijodkorlik masalalarini yechishlarini ta’kidlashadi, biroq unda nega bitiruvchilar ijodkorlik faoliyati metodlarini egallashmagan?
Har qanday fan bo‘yicha har qanday mavzuni o‘rganish bilish faoliyatining umumiy strukturasiga muvofiq 4 bosqichda amalga oshirilishi lozim:
1. Tasavvurlarning shakllanishi – bu bosqichda o‘quvchilar yangi tizimning umumiy belgilari bilan tanishadilar, uning umumiy funksiyalarini o‘rganadilar.
2. Bilimlar va reproduktiv ko‘nikmalarning shakllanishi – bu bosqichda o‘quvchilar, asosan, reproduktiv nazariy va amaliy topshiriqlarni bajaradilar. Bu ish jarayonida, ulardagi bilim va reproduktiv ko‘nikmalar – ilgari o‘rganilgan bilimlarni takrorlash ko‘nikmalari shakllanadi.
3. Ilmiy va ijodkorlik ko‘nikmalarining shakllanishi – bu bosqichda o‘quvchilar, asosan, turli ko‘rinishdagi ijodkorlik topshiriqlarini bajaradilar. Bu ish jarayonida ilmiy va ijodkorlik ko‘nikmalari shakllanadi.
4. Ilmiy rivojlanishi va tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllanishi – bu bosqichda o‘quvchilar ijodkorlik va tadqiqotchilik topshiriqlarini bajaradilar. Bu ish jarayonida ilmiy va tadqiqotchilik ko‘nikmalari shakllanishi amalga oshiriladi.
Alohida ta’kidlash kerakki, yuqorida ko‘rsatilgan bilish jarayoni strukturasi o‘quvchilarni o‘qitish metodlari va shakllarini har bir bosqichda aniqlamaydi. Bu har qanday mavzuni o‘rganishning dastlabki ikki bosqichida ijodkorlik topshiriqlarini qo‘llash mumkin va zarurligini bildiradi.



Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish