2.3. Texnik ijodkorlik faoliyatining bosqichlari
Texnik ijodkorlik faoliyatining bosqichlari
Texnik ijodkorligida yangi yechimlarni ishlab chiqishdan to rasmiylash tirishgacha bo`lgan davrni amalga oshirishda, undagi jarayonlarning muhimligi, murakkabligi va ahamiyatiga bog`liq holda fikrlash jarayoni turli davrlarda amalga oshadi. Bu o`rinda eng katta qiyinchiliklar aniq, haqiqatdan, mavjud buyum va ko`rsatgichlardan abstrakt, yaratilajak mavhum modellarga o`tish va nazariy tajriba-sinov ishlarini bajarish bilan bog`liq bo`ladi. Talabalardagi umumpedagogik bilim va ko`nikmalarni reproduktiv, reproduktiv-ijodiy, ijodiyreproduktiv va ijodiy darajalarga bo`lib ko`rsatadi. Shu asosda texnik ijodkorligi g`oyalarini amalga oshirishning fikrlash faoliyati produktiv va reproduktiv xususiyatlari almashinuviga bog`liq bo`lgan 4 ta davrini ajratib oldik. Birinchi davrda fikrlash faoliyati produktiv xususiyatga ega bo`ladi, bunda mavjud muammoni anglash, idrok qilish, yechimini topishga ehtiyoj sezish jarayoni boradi. Izlanuvchining bilim va tajribasi qanchalik ko`p bo`lsa, bu jarayon shu
qadar kam vaqt davom etib, reproduktiv xarakterga ega bo`lgan ikkinchi davr muammo yechimini topishga o`tiladi. Bu davrning davomiyligi ham
izlanuvchi bazaviy bilimi, tajribasi, dunyoqarashi kengligi, qidirilayotgan yechimning izlanuvchi mutaxassisligiga bog`liq bo`lib, unda qaralayotgan muammo
ning yechimi bo`lib xizmat qila oladigan holatlar tahlil qilinadi. Uchinchi davr-produktiv davrda hal qilinishi lozim bo`lgan muammo va tanlangan yechim
o`zaro bog`lanadi va texnik yechim konsepsiyasi taklif qilinadi. U ixtironi
amalga oshirishning eng ma‘suliyatli davri bo`lib, uning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi taklif etilayotgan g`oyaning ijtimoiy bahosini shakllantirishga hal qiluvchi ta‘sir ko`rsatadi. Ya‘ni, yechim ijobiy natija bersa, uning amaliyotga tadbiq qilinishiga asos yaratiladi, yoki, aksincha, yechim kutilgan natijani bermasa, u inkor qilinadi. To`rtinchi davr-reproduktiv davrda taklif etilayotgan yechimni
asoslash uchun hisoblash va tajriba-sinov ishlari bajarilib, texnik yechimni ishlab chiqishning uchinchi davrida amalga oshirilgan ishlarning natijasi
nazariy va amaliy isbotlab beriladi. Har bir bosqichning natijaligi o`quvchilarda texnik fikrlash, mehnat ko`nikma va malakalari rivojlanishi bilan uzviy bog`liqdir.
Nimaga maktabni tugallagandan so'ng bitiruvchilaming sezilarli qismi ijodkorlik masalalarini hal qila olmasligi to’g’risida hech o'ylab ko’rganmisiz? Ko’pgina o'qituvchilar bolalarni ijodkorlikka o’rgatishlarini, ular bilan ko’p sonli ijodkorlik masalalarini yechishlarini Ta’kidlashadi, biroq unda nega bitiruvchilar ijodkorlik faoliyati metodlarini egallashmagan?
Har qanday fan bo'yicha har qanday mavzuni o'rganish bilish faoliyatining umumiy strukturasiga muvofiq quyidagi 4 bosqichda amalga oshirilishi lozim:
1. Tasawurlarning shakllanishi - bu bosqichda o'quvchilar yangi tizimning umumiy belgilari bilan tanishadilar, uning umumiy funksiyalarini o'rganadilar.
2. Bilimlar va reproduktiv ko'nikmalarning shakllanishi - bu bosqichda o'quvchilar, asosan, reproduktiv nazariy va amaliy topshiriqlarni bajaradilar. Bu ish jarayonida, ulardagi bilim va reproduktiv ko’nikmalar - ilgari o'rganilgan bilimlarni takrorlash ko'nikmalari shakllanadi.
3. Ilmiy va ijodkorlik ko’nikmalarining shakllanishi - bu bosqichda o’quvchilar, asosan, turli ko’rinishdagi ijodkorlik topshiriqlarini bajaradilar. Bu ish jarayonida ilmiy va ijodkorlik ko’nikmalari shakllanadi.
4. Ilmiy rivojlanishi va tadqiqotchilik ko’nikmalarini shakllanishi - bu bosqichda o’quvchilar ijodkorlik va tadqiqotchilik topshiriqlarini bajaradilar, Bu ish jarayonida ilmiy va tadqiqotchilik ko’nikmalari shakllanishi amalga oshiriladi. Alohida Ta’kidlash kerakki, yuqorida ko'rsatilgan bilish jarayoni strukturasi o'quvchilarni o'qitish metodlari va shakllarini har bir bosqichda aniqlamaydi. Bu har qanday mavzuni o’rganishning dastlabki ikki bosqichida ijodkorlik topshiriqlarini qo'llash mumkin va zarurligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |