O‗zbеkistоn rеspublikasi оliy vа o‗rtа mахsus tа‘lim vаzirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot univеrsitеti


 4. Xodimlarni motivatsiyalash, rag‗batlantirish va korporativ madaniyat



Download 3,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/158
Sana03.04.2022
Hajmi3,53 Mb.
#526810
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   158
Bog'liq
Turizm&Servis Kaf 04 RESTORAN SERVISINI TASHKIL ETISH 10ta

7. 4. Xodimlarni motivatsiyalash, rag‗batlantirish va korporativ madaniyat. 


130 
O‗qitib-o‗rgatish jarayoni xodimlarni 
motivatsiyalash
jarayoni bilan uzviy 
bog‗liq. Ixtisoslashtirilgan va murakkabroq ta‘lim xodimlarni o‗z faoliyati 
ko‗rsatkichlarini yaxshilashga motivatsiyalash vositasi sifatida qaralishi mumkin.
Boshqaruv 
nuqtai 
nazaridan 
motivatsiyalash 
xodimlarda 
faoliyatga 
korxonaningiz maqsadlariga erishilishiga olib keladigan ichki rag‗bat 
uyg‗otishni anglatadi.
Psixologiya nuqtai nazaridan motivatsiyalash – bu insonni hayotda muayyan 
faoliyatga rag‗batlantirish ichki jarayoni, unga qiziqishning mavjudligi.
Motivatsiya – bu insonni hayot bo‗ylab harakatlanishga majbur etuvchi omil. 
Rahbar qo‗lida motivatsiyalash – qudratli omil. Xodimlarni motivatsiyalash – 
ularni yanada yaxshiroq ishlashga ruhlantirish demak. Bunga har kim ham qodir 
emas.
Odatda rahbarlar ikki xil bo‗ladi: lider-rahbarlar va lavozimiga ko‗ra rahbarlar. 
Lavozimiga ko‗ra rahbar – bu ―texnik‖ rahbar; u restoranni va mazkur muassasaning 
hayot faoliyatini ta‘minlash uchun turli resurslar harakatini boshqarish ishini samarali 
amalga oshiradi. Lo‗nda qilib aytganda, u – boshqaruvchi. Lider-rahbar esa, bundan 
tashqari, o‗z xodimlariga ta‘sir o‗tkaza oladi, u haqiqiy rahbar. Natijada boshqaruvchi 
xodimlar bilan ishlashda faqat o‗z qo‗l ostidagilarni rag‗batlantirish/jazolashga qarab 
mo‗ljal oladi, lider-rahbar esa xodimlarni boshqarishda rang-barang vositalarni ishga 
soladi. Boshqaruvchi rahbar xodimlarga o‗z vazifalarini yuajarishga yordam 
beradigan mehnat sharoitlarini ta‘minlaydi. Lider esa, bundan tashqari, o‗z 
xodimlarining rivojlanishiga ko‗maklashadi. O‗z-o‗zidan ravshanki, amalda 
ishlaydigan motivatsiya lider-rahbarning qo‗lida bo‗ladi.
Motivatsiyalash jarayonini ikkala holda ham chegirmalar yordamida narxlarni 
pasaytirish bilan taqqoslash mumkin. Rag‗batlantirish/jazolash sof holda qisqa 
muddatli samara beradi va o‗z restoraniga nisbatan xodimlarning xayrixohligini 
rivojlantirishga ko‗maklasha olmaydi. Rag‗batlantirish va jazolash – bu jarayon 
elementlari. Motivatsiyaning ularga umuman aloqasi yo‗q. Haqiqiy motivatsiyani 
xodimlar bevosita o‗z rahbarlaridan oladilar. Motivatsiya – bu 
ishontirish
demak. 
Aynan ishonch, e‘tiqod odamlarga olg‗a harakatlanishga kuch-quvvat beradi, ularni 
ruhlantiradi. Rahbar o‗z xodimlariga faol ishonch bildirish orqali ularni 
motivatsiyalaydi. Mukofotlar, sovg‗alar, safarlar va hurmat taxtalari bunda ikkinchi 


131 
darajali ahamiyat kasb etadi. Faqat xodimlar o‗z vazifalarini a‘lo darajada bajarishlari 
mumkinligiga rahbarning 
faol ishonchigina
ularni amalda motivatsiyalashga qodir. 
Faol ishonch deganda xodimlarga buni maqtov va minnatdorchilik so‗zlari bilan 
ifodalash tushuniladi.
Motivatsiya – o‗ta qudratli omil. Siz motivatsiyalagan odam buning uchun 
sizdan hamisha minnatdor bo‗ladi, bu esa sizga uning ishini kerakli tomonga 
yo‗naltirib, unga ta‘sir o‗tkazish imkoniyatini beradi. Har bir xodim kerakli ishni 
bajara olishi va shuni istashiga ishonchi qat‘iy komil bo‗lgan holda jamoa ishi 
uyushqoq va uyg‗un tus oladi. Bundan restoran, ayniqsa undagi muhit faqat yutadi.
Motivatsiyalash jarayonining davomi – mijozlar bilan bevosita ishlaydigan 
xodimlarni rag‗batlantirish. Har qanday rag‗batlantirish moddiy yoki ma‘naviy yoinki 
bir vaqtning o‗zida ham moddiy, ham ma‘naviy bo‗lishi mumkin. Rag‗batlantirish 
usullari siz erishishni ko‗zlagan maqsadlarga bog‗liq bo‗ladi. Masalan, xodimlarni 
tadqiqot o‗tkazishga motivatsiyalash kerak. Ularning harakatlari mehmonlarga 
so‗rovnomalarni o‗z vaqtida berish va yig‗ib borishdan iborat bo‗lishi lozim. 
Xodimlar bu harakatlarni sifatli bajarganligi uchun ularni nima kutishini aniq 
tasavvur qilishlari zarur. 
Xodimlarni nostandart va alohida vazifalarni bajarganlik uchungina emas, 
balki o‗zlarining bevosita vazifalarini samarali bajarganliklari uchun ham vaqti-vaqti 
bilan rag‗batlantirib turish talab etiladi.
Moddiy rag‗batlantirishga nisbatan pul mukofoti miqdori yoki sovg‗a turi 
to‗g‗risidagi masalani hal qilish zarur. 
Pul mukofoti
– bu xodimning yutuqlarini 
rag‗batlantirishning eng sodda va samarali usuli. Boz ustiga, pul eng maqbul sovg‗a 
hisoblanadi va uni tanlagan rahbar hech qachon adashmaydi.
Ma‟naviy rag„batlantirishga
kelsak, bu yerda turli variantlar mavjud bo‗lib, 
ularni osongina biriktirish mumkin. Ammo moddiy rag‗batlantirish bilan 
biriktirilmagan ma‘naviy rag‗batlantirish samarali ta‘sir ko‗rsatmaydi.
Xodimlarni rag‗batlantirish kompleks dasturining muqarrar elementi bu 
xodimlarning yutuqlaridagi o‗zgarishlarga muvofiq vaqti-vaqti bilan yangilab 
turiladigan 
hurmat taxtasi
dir. Vaqt o‗tishi bilan hurmat taxtasi xodimlarning 


132 
ishchanlik ruhiga o‗z ta‘sir kuchini yo‗qotadi. Bunga yo‗l qo‗ymaslik uchun 
xodimlarning hurmat taxtasida qayd etiladigan yutuqlari bilan moddiy taqdirlash 
miqdorini bir-biri bilan bog‗lash zarur.
Xodimlarni yaxshi ishlashga rag‗batlantirishning samarali usuli – vaqti-vaqti 
bilan 
tanlovlar 
o‗tkazish va g‗oliblarni taqdirlash. Bu yerda ham ma‘naviy stimullar 
moddiy stimullar bilan biriktiriladi.
Xodimlarning birgalikda dam olishini yoki, ta‘bir joiz bo‗lsa, 
korporativ dam 
olishni
tashkil etish bir vaqtning o‗zida xodimlarni rag‗batlantirish, motivatsiyalash 
va jamoadoshlik ruhini kuchaytirish vositasi bo‗lib xizmat qilishi mumkin. Bu 
shahardan tashqariga safarlar, rasmiy bayramlar va tug‗ilgan kunlarni nishonlash va 
shu kabilar bo‗lishi mumkin.
Xodimlarni boshqarishda korporativ madaniyat muhim rol o‗ynaydi. 
Korporativ madaniyat
– bu mazkur korxona qadriyatlari majmuidir. Mazkur 
qadriyatlarga muvofiq xodimlar jamoada o‗zaro munosabatlarga kirishadilar, 
konfliktli vaziyatlarni hal qiladilar, boshchilik va peshqadamlik masalalarini hal 
qiladilar. Korporativ madaniyat mazkur korxonada amal qilish odat tusini olgan 
yozilmagan qoidalarni o‗z ichiga oladi. Bu kompaniyaning iste‘molchilar oldidagi 
majburiyatlarini bajarish uchun javobgarlik, xodimlar o‗z muassasasi uchun his 
qiladigan iftixor tuyg‗usi bo‗lishi mumkin.
Har qanday madaniyat kabi, korporativ madaniyat ham asta-sekin, korxona o‗z 
―hayot tajribasi‖ni to‗plashiga qarab shakllanadi. Uning mavjudligi korxonadagi 
yuksak boshqaruv madaniyatidan darak beradi. Korporativ madaniyat xulq-atvor 
umumiy madaniyatini nazarda tutishi, umumiy ijtimoiy va axloqiy odob me‘yorlarini 
belgilashi lozim. Ammo u qat‘iy belgilangan dogmaga aylanib qolmasligi kerak. 
Haddan tashqari kuchli va mufassallashtirilgan korporativ madaniyat xodimlarning 
asabiga tegadi va motivatsiyani kuchaytirish o‗rniga uni susaytiradi. Eng yaxshi 
korporativ madaniyat – bu xodimlar o‗zaro munosabatlarining odob-axloq qoidalari, 
ularning axloqiy xulq-atvori va ma‘naviy javobgarligidir.


133 

Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish