O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta mahsus ta’lim Vazirligi Sog’liqni saqlash vazirligi Andijon davlat tibbiyot instituti


Maymunjonni qishga g’amlab qo’yish



Download 329,82 Kb.
bet5/6
Sana22.07.2022
Hajmi329,82 Kb.
#840083
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ra’nodoshlar oilasi – Rosaceae Itburun na’matagining tuzilishi

Maymunjonni qishga g’amlab qo’yish


Agar muzlatgichingizda yetarlicha joy bo’lmasa, unda maymunjonlarni bankaga yopib qo’ying. Bunday mahsulotni qaynatish kerak emasligi sabab ham, undagi barcha vitaminlar saqlanib qoladi.
Maymunjonlarni yuvib quriting. 1:1 teng taqsimda ustidan shakar sepib, blenderda yoki go’shtqiymalagichda maydalang va shakari erib ketishi uchun bir kecha salqin joyga olib qo’ying. Ertasi kuni sterillangan bankalarga solib, qopqog’ini yoping va sovutgichga olib qo’ying. Bunday mahsulotlar sovutgichda 1 yilgacha yaxshi saqlaniladi.

Maymunjonning pazandachilikdagi o’rni


Maymunjondan har xil qaylalar tayyorlashadi, pishiriqlarga solishadi, shirinliklarga ham qo’shishadi. Maymunjonli qayladan go’shtli taomlar tayyorlashda ham foydalanishadi.
Quyidagi retseptlarga maymunjondan solib, tayyorlashingiz mumkin:

  • yoz mavsumida maza qilib iste’mol qilinadigan muzqaymoqqa albatta maymunjondan qo’shing;

  • mevalardan tayyorlanilgan juda mazali, shu bilan birga foydali shirinligimiz bu nayskrimdir;

  • maymunjonni bo’tqalarga qo’shsangiz, maymunjon unga o’zgacha ta’m va ko’rinish bag’ishlaydi;

  • Banan va rezavor mevalardan muzqaymoqqa ham maymunjon qo’shib, unga yorqinroq rang berishingiz mumkin.

Nashvati — xalq seleksiyasi. yoʻli bilan yetishtirilgan nok (olmurut) navlari guruhi. Qishki N., kuzgi oq N., chillaki N., yozgi N. kabi navlar shu guruhga oid. Oʻzbekistonda N.ning murut, olmurut deb ataladigan yovvoyi turi — Korjinskiy noki (P. korshinskyi Litv.) togʻ etaklari va yon bagʻirlarida, soylarda oʻsadi. Mevasi dumaloq yoki noksimon-choʻziq. Oʻzbekistonda qadimdan ekib kelinadi. Madaniy N. navlari koʻchatlari yovvoyi nok urugʻlaridan yetishtirilgan paivandtaglarga payvand kdiib yetishtiriladi. 4—6-yili hosilga kiradi. Daraxti balandligi 8–12 m. Boshka nok navlariga qaraganda erta gullaydi. Mevasi navyga qarab iyun oxiridan okt. boshlarigacha boʻlgan davrda pisha-di, ogirligi 120—250 g (baʼzan 500— 700 g), koʻpchiligi sargʻishkoʻkish, ay-rimlari rangdor, usti moysimon gʻuborli, silliq. Eti och sariq yoki koʻkish-oq, kuvrak, suvli, nordonshirin, urugʻi yirik; kechpisharlari mart—apr.gacha saqlanadi. Akad. R. R. Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik i.t. in-tida N. ning Qishki N. 2, kuzgi Qizil N. navlari chiqarilgan va r-nlashti-rilgan.[1]
Nok, nashvati, olmurut (lotincha: Pýrus) — Atirguldoshlar (Rosaceae) oilasiga mansub mevali va manzarali daraxt va butalar turi.
Erkin oʻsuvchi shoxi shakli — piramidaviy yoki yumaloq, quyuqlashishga moyil. Yillik oʻsish 30-40 smni tashkil etadi. Qulay sharoitlarda nok yirik oʻlchamlarga yetadi — balandligi 5—25 metrgacha va shox diametri 5 metrgacha.
Barglari, qoidaga binoan, toʻkiluvchi. Barg joylashuvi 5 qatorlik spiral. Barg keng tuxumsimon shaklda, 2,5—10 sm uzunlikka ega, qisqa uchli; rangi — toʻq yashil, yaltiroq, bargning pastki qismi koʻk-yashil, kuzda oltinrang-toʻq sariq.
Gullash vaqti va shakli: aprel—may, gullari oq, diametri 3 sm, 5-gulbargli, 3-9 tadan soyabon koʻrinishli panjali. Ginetseyda urugʻchilar 2 tadan 5 tagacha. Ularning urugʻdonlari oʻzaro va krujka shaklini oluvchi gulli qoʻndogʻi bilan qoʻshilib oʻsadi; kurtakda gulbarglari cherepitsa shaklida joylashadi.
Meva zamburugʻlari qalin poʻstloq bilan qoplagan.
Nok kurtaklari boshqa daraxt oilalari singari ikki xilda boʻladi: vegetativ va generativ. Vegetativ kurtaklar kichikroq va oʻtkirroq, generativlari — kattaroq va toʻmtoqroq. ikki xil kurtakning oʻrtasidagi tashqi farqlari ulardan novda chiqishi chogʻidagi ushbu kurtaklarning shakllanish vaqtiga qarab kuchayadi.
Mevasi, qoidaga binoan, — pastki qismi kengaygan choʻzinchoq shaklda, sharsimon mevali navlari ham bor.
Nokning qattiq, ogʻir va egiluvchan yogʻochi mayda buyumlar uchun keng qoʻllaniladi. Oʻzining chirishga kam chidamliligi hisobiga u faqat bino ichkarisida foydalaniladigan buyumlar uchun ishlatiladi. Ushbu yogʻochning solishtirma zichligi taxminan 740 kg/m³ni tashkil etadi. Ixtiyoriy boshqa ogʻir va zich yogʻoch singari nok quritish chogʻida yorilishga va qiyshayishga moyil, shunday zichlikka ega boʻlgan qora qayin yogʻochida ham shu holat kuzatiladi. Quritilgan holatda bu yogʻoch juda shaklan oʻzgarmasdir. Bu oʻzgarmaslik "tosh kataklari" deb nomlanadigan nokni ham meva va ham yogʻoch sifatida farqlaydigan xususiyatlari borligi bilan bogʻliq. Bu kataklar yogʻoch tuzilishiga qoʻshilib ketganday tuyuladi.
Nok yogʻochi yonishining solishtirma issiqlik sigʻimi qora qayin yogʻochining oʻxshash koʻrsatkichiga nisbatan bir qancha past, garchi bu turlar zichligi boʻyicha juda oʻxshash boʻlsa ham.
Nok yogʻochining tuzilishi juda ingichka, bir tekis, bir oz farqlanadigan yillik halqalariga ega boʻladi. Tirik daraxtning shikastlanishlari atrofidagi yogʻoch binafsha rang-qoʻngʻirdan qora jigar ranggacha tusga kirishi mumkin. Issiq bugʻ bilan qayta ishlanganda, masalan shpon tayyorlashda u qizgʻish va qoraroq rangga kiradi. Bu daraxt qariganda boshqalaridan farqli oʻlaroq juda chiroyli toʻq jigar rang qahrabo rangga kiradi.
Kovakchalar qurollanmagan koʻz bilan faqat koʻndalang kesimidagina ajratiladi.
Oʻzining qattiqligiga qaramasdan nok "tosh kataklar"i hisobiga kesish uchun mos keladi, uni turli yoʻnalishlarda yormasdan kesish mumkin. Germaniyada bu daraxtni azaldan "shpringerle" (nemischa: Springerle) deb nomlanadigan pishiriqlarning oʻziga xos turlarini shaklga solish foydalaniladigan turli bosma taxtalarni tayyorlash uchun ishlatib kelingan.
Qora tezob bilan qayta ishlangandan keyin ushbu yogʻoch, shuningdek juda qimmatbaho obnus oʻrnini bosuvchisi sifatida ham ishlatiladi.

Tajriba qism
3.1 Na’matakdan dorivor ichimlik tayyorlash
Na’matakning foydali ekanligi shubhasiz ko’rinsada, u har qanday dorivor o’simlik kabi, me’yorga amal qilinmasa organizmga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Shuning uchun, uning damlamasi bilan vitaminlanishdan oldin, insonga ko’rsatadigan ijobiy va salbiy ta’siri haqida bilib olish kerak.
Na’matak — erta bahorda chiroyli pushti rangli gullaydigan, yozning oxiri va sentyabr oyining boshida pishib yetilgan mevalari bilan quvontiradigan ko’p yillik buta. Xalq orasida bu o’simlik «yovvoyi atirgul» deb ham ataladi.
Shifokorlar shamollashning oldini olish va davolash uchun tavsiya etishadigan na’matak mevalarining damlamasi — askorbin kislotasi yoxud vitamin C`ning tabiiy manbai sanaladi. Ushbu o’simlik mevalarida C vitamini ekzotik limon va apelsinga qaraganda 50 barobar, qora smorodina tarkibidagidan esa 10 barobarga ko’proq. Bundan tashqari, u bir qator foydali mikroelementlar, shu jumladan kaliy, magniy, kaltsiy va natriyni o’z ichiga oladi.
Shifokorlar kuz-qish davrida ichishni tavsiya etadigan damlama odam organizmiga qanday ta’sir qiladi? Bunday vositaning xususiyatlari quyidagilardan iborat:

  • Organizmning himoya kuchlarini mushtahkamlaydi va kuchaytiradi;

  • Qon tomirlarini mustahkamlaydi;

  • Yurak ishini barqarorlashtiradi;

  • Qon bosimini pasaytiradi;

  • Hazm qilish tizimini me’yorga keltiradi;

  • Xolesterin darajasini pasaytiradi;

  • Organizmni hujayra darajasida intoksikatsiya qiladi (na’matak kuchli antioksidant ta’sirga ega);

  • Barcha a’zolar regeneratsiyasini rag’batlantiradi.

Na’matak siropi yoki mevalardan tayyorlangan choy sovuq mavsumda juda samarali ichimlik sanaladi, ayniqsa viruslar faollashganda va immunitet darajasi pasayganda. Agar ushbu xalqona vosita muntazam ravishda qabul qilib boriladigan bo’lsa, unda shamollashdan saqlanish, shifo jarayonini tezlashtirish va kasallikdan keyin tezroq tiklanish mumkin bo’ladi.
Homiladorlik paytida na’matak alohida ahamiyatga ega. Na’matak damlamasi bo’lajak onalarga toksikoz xurujlarini yengishga, qizil qon tanachalarini yoxud eritrositlar shakllantirishni rag’batlantirishga, gemoglobinni ko’paytirishga va kamqonlik rivojlanishining oldini olishga yordam beradi.
Bunday damlamalar homilador ayollarda sezilarli darajada pasayagan immunitetni rag’batlantiradi. Shunday qilib, O’RVI yoki gripp bilan kasallanish xavfi kamayadi, agar bu sodir bo’lsa ham, unda kasallik oson va asoratlarsiz kechadi.

Download 329,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish