O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta mahsus ta’lim Vazirligi Sog’liqni saqlash vazirligi Andijon davlat tibbiyot instituti



Download 329,82 Kb.
bet2/6
Sana22.07.2022
Hajmi329,82 Kb.
#840083
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ra’nodoshlar oilasi – Rosaceae Itburun na’matagining tuzilishi

95-rasm.
Olmalar olma turkumi- ga mansub daraxtlar bo‘lib, 0‘zbekistonda ulaming

  1. ta turi bor.

  1. - namatak novdasi; 2 - namatak Nok guli va mevalari guli; 3 - namatak mevasi. bilan olmaga oxshaydi.

Lekin mevasining etida tosh hujayralari - sklereid hujayralari borligi bilan olmadan farq qiladi. 0‘zbekistonda nok turkumiga oid 7 ta tur bor.
Yowoyi olma, nok, olcha va boshqa mevali o‘simliklar qurg‘oqchilik, sovuq va zararkunandalarga chidamliligi tu- fayli yangi navlar yaratishda, chatishtirish yoki payvandtag qilish uchun muhim ahamiyatga ega.
Ra’nodoshlar oilasiga tegishli o‘simliklar respublikamiz- da madaniy holda ham ko‘p tarqalgan. Ularga o‘rik, shaftoli, gilos va olxo‘ri, qulupnay, malina kabilar kiradi va ular xalq xo‘jaligida katta ahamiyatga ega. Oila vakillaridan ikkitasi (0‘rta Osiyo noki, Olga sorbariyasi) 0‘zbekiston Respub- likasining «Qizil kitob»iga kiritilgan.

2.1.Yovvoyi xolda o’sadigan dorivor o'simliklar haqida ma’lumotlar


Dorivor oʻsimliklar — odam va hayvonlarni davolash, kasalliklarning oldini olish uchun, shuningdek, oziq-ovqat, atir-upa va kosmetika sanoatida ishlatiladigan oʻsimliklar — giyohlar. Yer yuzida dorivor oʻsimliklarning 10—12 ming turi borligi aniqlangan. 1000 dan ortiq oʻsimlik turining kimyoviy, farmakologik va is xossalari tekshirilgan. Oʻzbekistonda dorivor oʻsimliklarning 700 dan ortiq turi mavjud. Shulardan tabiiy sharoitda oʻsadigan va madaniylashtirilgan 120 ga yaqin oʻsimlik turlaridan ilmiy va xalq tabobatida foydalaniladi. Hozirgi davrda tibbiyotda qoʻllaniladigan dori-darmonlarning qaryib 40—47% oʻsimlik xom ashyolaridan olinadi. Oʻsimliklar murakkab tuzilishiga ega boʻlgan jonli tabiiy kimyoviy laboratoriya boʻlib, oddiy noorganik moddalardan murakkab organik moddalar yoki birikmalarni yaratish qobiliyatiga ega. Dorivor oʻsimliklarning quritilgan oʻti, kurtagi, ildizi, ildizpoyasi, tuganagi, piyozi, poʻstlogʻi, bargi, guli, gʻunchasi, mevasi (urʻugi), danagi, sharbati, qiyomi, toshchoyi, efir moyi va boshqalardan doridarmon tarzida foydalaniladi.
Dorivor oʻsimliklarni 2 xil tasniflash qabul qilingan: 1) taʼsir qiluvchi moddalarning tarkibiga qarab — alkaloidli, glikozidli, efir moyli, vitaminli va boshqalar, 2) farmakologik koʻrsatkichlariga qarab — tinchlantiruvchi, ogʻriqqoldiruvchi, uxlatuvchi, yurak-tomir tizimiga taʼsir qiluvchi, marka-ziy nerv sistemasini qoʻzgʻatuvchi, qon bosimini pasaytiruvchi va boshqalar. Dorivor oʻsimliklarning taʼsir etuvchi moddalari alkaloidlar, turli glikozidlar (antraglikozidlar, yurakka taʼsir etuvchi glikozidlar, saponinlar va boshqalar), flavonoidlar, kumarinlar, oshlovchi va shilliq moddalar, efir moylari, vitaminlar, boʻyoq moddalar, fermentlar, fitonsidlar, kraxmal, oqsillar, polisaharidlar, azotli moddalar, moy hamda moy kislotalari va boshqa birikmalar boʻlishi mumkin.
Dorivor oʻsimliklarning organizmga taʼsiri uning tarkibidagi kimyoviy birikmalarning miqdoriga bogʻliq. Bu birikmalar oʻsimlikning qismlarida turli miqdorda toʻplanadi. Dorining taʼsirchanlik quvvati hamda sifati yuqori boʻlish davri ularning gullash hamda urugʻlash davrining boshlanishi vaqtiga toʻgʻri keladi. Dorivor moddalar baʼzi oʻsimliklarning kurtagi, bargi yoki poyasida, baʼzi oʻsimliklarning guli yoki mevasida, baʼzilarida ildizi yoki poʻstlogʻida toʻplanadi. Shuning uchun oʻsimliklarning asosan biologik aktiv moddalari koʻp boʻlgan qismi yigʻib olinadi. Oʻsimliklarning ildizi, ildizpoyasi, piyozi va tuganagi, odatda, oʻsimlik uyquga kirgan davrda — kech kuzda yoki oʻsimlik uygʻonmasdan oldin — erta bahorda tayyorlanadi. Oʻsimlikning meva va urugʻlari pishib yetilganda yigʻiladi, chunki ular bu paytda dori moddalariga boy boʻladi. Yangi ykgʻib olingan dorivor oʻsimlik mahsuloti tarkibida (yer ustki aʼzolarida 85% gacha, ildizida 45% gacha) nam boʻladi. Bu nam yoʻqotilmasa (quritish yoʻli bilan), oʻsimlik chirib, dori moddalari parchalanib, yaroqsiz boʻlib qoladi.
Odamlar qadim zamonlardan tabiat neʼmatlaridan foydalana boshlaganidan buyen dorivor oʻtlardan kasalliklarni davolashda foydalanib kelganlar. Bundan 3—4 ming yil ilgari Hindiston, Xitoy, Qad. Misr mamlakatlarida shifobaxsh oʻsimliklar haqida maʼlumotlar beruvchi asarlar yozilgan. Sharqda, xususan Oʻrta Osiyo xalq tabobatida dorivor oʻsimliklardan foydalanib davolash oʻzining qad. anʼanalariga ega. Shifobaxsh oʻsimliklardan tibbiy maqsadlarda foydalanish borasida Abu Ali Ibn Sinoning „Al-qonun“ asarida 476 ga yaqin oʻsimlikning shifobaxsh xususiyatlari va ularni ishlatish usullari toʻgʻrisida maʼlumotlar keltiriladi. Hoz. vaqtda dorivor oʻsimliklarning turi koʻpayib, xalq tabobati shifobaxsh oʻsimliklar bilan boyigan. Dorivor oʻsimliklardan koʻproq, anor, achchiqmiya, bodom, doʻgʻbuy, dorivor gulxayri, yongʻoq, jagʻ-jagʻ, zubturum, isiriq, itburun, omonqora, pista daraxti, sachratqi, choyoʻt, shildirbosh, shirinmiya, shuvoq, yantoq, yalpiz, kiyikoʻt, togʻrayhon, qizilcha, qoqioʻt va boshqalari tarqalgan. Achchiqmiyadan paxikarpin, oqquraydan pesni davolashda qoʻllaniladigan psoralen, isiriqdan garmin, itsigekdan anabazin, omonqoradan galantamin, shildirboshdan sferofizin va b. alkaloidlar olinadi. Anor pustidan gijja haydovchi pelterin tanat va ekstrakt tayyorlanadi. Dorivor gulxayri preparatlari balgʻam koʻchiruvchi va yumshatuvchi, jagʻ-jagʻ va lagoxilusdan tayyorlangan dorilari qon ketishini toʻxtatuvchi, pista bujgʻuni va choyoʻtdan tayyorlangan dorilar meʼdaichak kasalliklarini davolashda ishlatiladi.
Atirgul (Rosa) – raʼnodoshlar turkumining xushmanzara oʻsimlik sifatida ekiladigan bir qancha turiga xalq tomonidan qoʻyilgan umumiy nom. Bu turkumning yovvoyi holda oʻsadigan turlari xalqda raʼno, naʼmatak, qirq ogʻayni va itburun nomlari bilan maʼlum. Osiyo, Yevropa, Amerika mamlakatlarida keng tarqalgan. Atirgulning Yer yuzida 250 – ZOYU turi, 25 mingdan ortiq navi bor. Oʻzbekistonda 19 turi, 600 dan ortiq navi oʻstiriladi. Bu navlar gulining katta-kichikligi, rangi, hidi, poyada oʻrnashishi, gullash davri, poyaning tikka yoki ilashib oʻsishi kabi xususiyatlari bilan farq qiladi; fasl boʻyi uzluksiz yoki takroriy gullab turadigan va poyasi ilashib oʻsadigan xillari koʻproq ekiladi. Atirgul asosan, payvand qilib, parxishlab va qalamchasini ekib koʻpaytiriladi. Payvand qilish yoʻli bilan koʻpaytirishda iyulda terilgan naʼmatak mevalaridan ajratib olingan urugʻlar nam joyda saqlanib, noyabr oxiri – dekabr boshlarida ochiq dalaga sepiladi. Urugʻ unib chiqqanidan keyin kelasi yili aprel – avg. davomida 4 – 5-marta chopiq qilinadi, 8 – 10-marta sugʻoriladi; avgust – sentabr oylarida Atirgul navi kurtaklari naʼmatakka payvand qilinadi. Kelasi yil erta bahorda payvandtag unga ulangan kurtak yuqorisidan kesib tashlanadi, payvandni bogʻlagan chipta boʻshatiladi. Yoz davomida bachki shoxchalar 1 – 2-marta yulib tashlanadi, payvandi gul 15 – 20 sm oʻsgach, uning boʻyiga choʻzilishiga va muddatidan oldin gullashiga yoʻl qoʻyilmaydi. Buning uchun payvandi gulning uchi kesilib, vaqt-vaqti bilan yon shoxlari qisqartib turiladi. Atirgulni maxsus oʻsishni faollashtiruvchi moddalar bilan ishlov berib qalamchalardan ham koʻpaytirish mumkin. Atirgul koʻchatlari gulzorlarga kuzda va bahorda oʻtqaziladi. Gulzor tuprogʻi oldindan 30 – 35 sm chuqurlikda yumshatiladi, 1 m2 yerga 5–10 kg goʻng solinadi. Koʻchat 70 x 70 sm oraliqda oʻtqaziladi. Koʻchat oʻtqaziladigan chuqurning kengligi 30 – 40 sm, chuqurligi 40 – 50 sm qilinadi. Yoz davomida gulzor 20-martagacha sugʻoriladi, 6-martagacha chopiladi, 2-marta (1m2 yerga 30 g selitra va 45 g ammoniy sulfat hisobidan) oziqlantiriladi, unshudring kasalligiga qarshi oltingugurt kukuni bilan dorilanad i, begona oʻtlardan xoli tutiladi. Kech kuzda novdalar 1 – 2 kurtak qoldirib kesiladi. Baʼzi navlarning gulbarglaridan gulqand, murabbo qilinadi. Oʻzbekiston sharoitida Atirgul ochiq yerlarda apreldan noyabrning oxirigacha ochilib turadi, issikxonalarda yil boʻyi gul olish mumkin. Fransiya, Bolgariya, Turkiya, Italiya va boshqa mamlakatlarda ayrim turlari (damashq, fransuz va boshqalar) navlaridan qimmatbaho efir moyi olinadi.
Atirgul shaklidagi bezak, amaliy bezak sanʼatida keng qoʻllanadi. Atirgul kashtachilik (jumladan, doʻppi-doʻzlik)da milliy iroqi usuli bilan tikib, zargarlik (bilaguzuk yuziga), miskarlik (mis idishlar bezagi)da oʻyib va boshqa usulda yaratiladi.
Doʻlana (Crataegus L.)- 
Raʼnodoshlar oilasiga mansub daraxt yoki buta. Bal. 6–10 m, tanasining yoʻgʻonligi 40—50 sm, sershox. 890 turi bor, shundan 10 turi Oʻzbekistonda oʻsadi, Xitoy, Ispaniya, Italiya, Jazoir, Amerika va b. mamlakatlarda ham tarqalgan. 
Barg cheti yirik tishli yoki patsimon boʻlingan, poyaga ketma-ket oʻrnashgan. Guli mayda, toʻpgulga yigʻilgan. Mevasi 1—5 danakli. Doʻlana ning manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladigan, shuningdek, boʻrikoʻz Doʻlana sariq Do’lana, qizil Do’lana degan turlari bor. Do’lana yovvoyi holda Oʻzbekistonning togʻli tumanlarida, dengiz sathidan 1000–1500 m balandlikda, koʻpincha, yakka holda usadi, baʼzan kichik Do’lana zorlar ham uchraydi. Baʼzi turlarining mevasi yirik, koʻp isteʼmol qilinadi. Sariq Do’lana guli nektar (gulshira)ga boy. Do’lana may—iyunda gullaydi, sent. oxirlarida pishadi, 25—30 yoshli daraxti 70–80 kg hosil beradi. Mevasi tarkibida 11,5—15,9% qand, 8% yogʻ, 0,67—0,88% olma kislota bor. Xalq tabobatida ishtaha ochuvchi, ichni qotiruvchi dori sifatida qoʻllaniladi. Do’lana bargi, poʻstlogʻi va ildizi qaynatmasi bilan matolarni sariq va qoʻngʻir rangga boʻyash mumkin. Do’lana olma, nok, behi uchun yaxshi payvandtag boʻladi. Urugʻi, ildizi, ildiz bachkisi va ildiz poyasidan, parhish yoʻli bilan ham koʻpaytiriladi.
Danagining qobigʻi juda qattiq, ekilgandan keyin 2- yoki 3- yili unib chiqadi. Uni sulfat kislotaga 12 soat solinib, nam qumda baxrrgacha saqlansa, 1-yiliyoq unadi. Do’lana sovuqqa, qurgʻoqchilikka chidamli. Do’lanadan yashil devor va ihota daraxtzorlari qosil qilishda, eroziyaga qarshi togʻ yon bagʻirlarini mustaqkamlashda foydalaniladi.1
O‘lkamizda do‘lananing uch turi iste’mol qilinadi. Farmatsevtika sanoatida asosan qizil, sariq rangli do‘lanadan foydalaniladi. Do‘lana mevalari turiga qarab, qizil, sariq va qora rangli bo‘ladi. Do‘lananing bir hovuchi iste’mol etilsa, kun bo‘yi kishining nafaqat tashnalik balki ochlikda ham asqotib, unga yaxshi kayfiyat, bardamlik va quvvat ham hadya etadi. Do‘lana mevalarining tarkibida 20 foiz qand, 8 foiz yog‘, flavonoidlar, xolin, atsetilxolin, oshlovchi moddalar, karotin, S vitamini, organik kislotalar kabi moddalar mavjud.

Download 329,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish