Damlama tayyorlash
Na’matak damlamasi tayyorlash uchun termosga uning 3 osh qoshiq quruq mevalari va bir litr qaynoq suv solinadi. Aralashma 12 soat davomida tindiriladi. Tayyor damlama ovqatdan 30-40 daqiqa oldin qabul qilinadi. Damlama tayyorlashdan oldin mevalarni yaxshilab yuvib, maydalash tavsiya etiladi. Bu holda vosita tezroq tayyor bo’ladi. Unga shakar qo’shish tavsiya etilmaydi, uning o’rniga asal qo’shish vositaning foydali xususiyatlarini yana oshiradi.
Na’matakdan shifobaxsh vosita sifatida foydalanish uchun ko’plab ko’rsatmalar mavjudligiga qaramay, u inson organizmiga salbiy ta’sir ko’rsatishi ham mumkin. Shu sababli uni qo’llashdan oldin mavjud bo’lgan qarshi ko’rsatmalar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.
Na’matakdan profilaktika va davolash vositasi sifatida foydalanganda ushbu ogohlantirishlarni e’tiborsiz qoldirmaslik lozim. Yodda tutish kerakki, salbiy oqibatlar ko’pincha dori-darmonlarning dozasini noto’g’ri tanlash natijasida rivojlanadi. Ushbu o’simlikning odam uchun kundalik me’yori — 10 tagacha mevani tashkil qiladi. Bunda ularni maydalab, choyga qo’shish mumkin.
Xulosa
Men ushbu kurs ishi orqali Ra’noguldoshlar oilasini yovvoyi xolda o’sadigan dorivor o'simliklari turlari haqida ma’lumotlarga ega bo’ldim va kurs ishimni yoritishga harakat qildim.
Xususan, Ra’noguldoshlar oilasini yovvoyi xolda o’sadigan dorivor o'simliklari turlarini o’rgandim va ularning tabobatdagi foydali xususiyatlarini,ahamiyatlarini kurs ishi orqali o’rgandim.
Raʼnodoshlar oilasiga mevali (olma, nok, behi, olcha, olvoli gilos, olxoʻri, oʻrik, shaftoli va boshqalar), rezavor mevali (malina, qulupnay, maymunjon va boshqalar), manzarali (atirgul, tobulgʻi va boshqalar) oʻsimliklar kiradi.
Bu oila 100 ga yaqin turkumga kiruvchi 3000 ta dan ziyod turni birlashtiradi. Ular Yer yuzida keng tarqalgan. Hayotiy shakliga ko’ra ularga o’tlar, yarimbutalar, butalar va daraxtlar kiradi.
Kurs ishini yozish mobaynida o’z bilimlarimni mustahkamlab oldim.Kelajakda yanada o’qib izlanib tibbiyot va tabobatga o’z bilim ko’nikmalarimni sarflayman.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Qoriyev M., Oʻrta Osiyo tabiiy geografiyasi, 1968;
2.Baratov P., Mamatqulov M ., Rafiqov A., Oʻrta Osiyo tabiiy geografiyasi, T., 2002;
3.Korjenevskiy N.L., Priroda Sredney Azii, T., 1960;
4.Hasanov I.A., Gʻulomov P. N ., Oʻrta Osiyo tabiiy geografiyasi, T., 2002.
Shuhrat Zokirov, Potihkamol Gʻulomov.
Internet manbalari
http://geografiya.uz/
https://dd-restaurant.ru
https//wikapedia.uz
Mundarija:
I.Kirish
1.1. Ra’noguldoshlar oilasi haqida ma’lumot
II. Asosiy qism
2.1.Yovvoyi xolda o’sadigan dorivor o'simliklar haqida ma’lumotlar
2.2 Ra’noguldoshlar oilasini yovvoyi xolda o’sadigan dorivor o'simliklari turlari
III.Tajriba qismi
3.1 Dorivor ichimlik tayyorlash
IV.Xulosa
V. Foydalanilgan adabiyotlar
Do'stlaringiz bilan baham: |