O„zbekistоn respublikаsi оliy vа o„rtа mахsus tа‟lim vаzirligi sаmаrqаnd dаvlаt universiteti


Kollektiv Xavfsizlik toʼgʼrisidagi Shartnoma



Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/173
Sana28.10.2022
Hajmi2,88 Mb.
#857879
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   173
Bog'liq
676f44ef7e4a9b46f704a6988b253d79 GEOSIYOSAT ASOSLARI (1)

Kollektiv Xavfsizlik toʼgʼrisidagi Shartnoma
(KXSh) – aʼzo davlatlar 
joylashgan mintaqalarda tinchlik va barqarorlikni, xalqaro va mintaqaviy 
xavfsizlikni mustahkamlash, ushbu davlatlar mustaqilligi, hududiy yaxlitligi va 
suverenitetini kollektivlik asosida himoya qilish maqsadida 1992 yil 15 may kuni 
tuzilgan xalqaro mintaqaviy harbiy-siyosiy tashkilot. Tashkilotning oliy organi 


262 
Kollektiv xavfsizlik kengashi sanalib, ushbu kengash tashkilotning Bosh kotibini 
tayinlaydi. 
Toshkent pakti 1992 yil 15 may kuni imzolash uchun ochiq deb eʼlon 
qilinib, Аrmaniston, Rossiya, Tojikiston, Oʼzbekiston, Qirgʼiziston va Qozogʼiston 
davlatlari tomonidan kelgusida amal qilish muddatini uzaytirish imkoni bilan 
imzolangan hujjat hisoblanadi. 
Ushbu paktni 1993 yil 9 sentyabrь kuni Gruziya, 24 sentyabr kuni 
Ozarbayjon, 31 dekabr kuni esa Belorus respublikalari ham imzoladi. Besh yil 
muddatga moʼljallangan Toshkent shartnomasi 1994 yil 20 aprel kuni kuchga 
kirdi.
Shartnomaga aʼzo davlatlar xalqaro munosabatlarda kuch qoʼllashdan yoki 
kuch qoʼllashni tahdid qilishdan saqlanish, shuningdek, oʼzaro munosabatlar va 
boshqa davlatlar bilan munosabatlarda yuzaga keladigan ixtilofni harbiy 
boʼlmagan vositalar bilan hal etish majburiyatlarini maʼqud topishdi. 
Shartnomaga aʼzo biror-bir davlat boshqa aʼzo davlatga qarshi qaratilgan 
harbiy ittifoqlar yoki davlatlar turkumiga aʼzo boʼlmaydi yoxud bunday 
mazmundagi biron-bir tadbirda ishtirok etmaydi. 
Shartnomaga aʼzo davlatlar oʼz manfaatlariga daxl qilayotgan xalqaro 
xavfsizlikka doir barcha masalalar boʼyicha konsultatsiyalar olib borib, oʼz 
pozitsiyalarini muvofiqlashtiradi. Shartnomaga aʼzo bitta yoki bir nechta davlat 
xavfsizligi, hududiy yaxlitligi va suverenitetiga yoxud xalqaro tinchlik va 
xavfsizlikka tahdid solingan hollarda, tomonlar darhol oʼz pozitsiyalarini 
muvofiqlashtirish va yuzaga kelgan tahdidni bartaraf etish maqsadida birgalikdagi 
konsultatsiyalar «mexanizmi»ni ishga solishadi. 
Shartnomaga aʼzo davlatlar Kollektiv xavfsizlik kengashini tuzishadi. Ushbu 
Kengash Shartnomaga aʼzo davlatlar rahbarlaridan tashkil topadi. Shuningdek, 
Mustaqil Davlatlar Hamdoʼstligining Birlashgan Qurolli Kuchlari oliy bosh 
qoʼmondonini tayinlashadi. 
Аgar Shartnomaga aʼzo birorta davlatga biror-bir boshqa davlat yoki 
davlatlar guruhi tomonidan tajovuz qilinsa, bunday harakat Shartnomaga aʼzo 
barcha davlatlarga qarshi uyushtirilgan tajovuz sifatida koʼriladi. Shartnomaga aʼzo 
davlatlarning biror biriga tajovuz uyushtirilgan holda barcha boshqa aʼzo davlatlar 
ushbu davlatga zaruriy yordam, shu jumladan, harbiy yordam koʼrsatishadi, 
shuningdek, BMT Nizomining 51- moddasiga muvofiq, kollektiv mudofaa 
huquqini amalga oshirish tartibida oʼz ixtiyorida mavjud vositalar bilan qoʼllab-
quvvatlashadi. 
Shartnomaga muvofiq, unga aʼzo davlatlar tomonidan olib boriladigan 
birgalikdagi harakatlarni muvofiqlashtirish va taʼminlash masʼuliyati Shartnomaga 
aʼzo davlatlarning Kollektiv xavfsizlik kengashi va ushbu davlatlar tomonidan 


263 
tuziladigan idoralar zimmasiga yuklanadi. Tilga olingan idoralar tuzilgunga qadar 
Shartnomaga aʼzo davlatlar qurolli kuchlarining faoliyatini muvofiqlashtirish 
masʼuliyati Mustaqil Davlatlar Hamdoʼstligining Birlashgan Qurolli Kuchlari Bosh 
qoʼmondonligi zimmasiga yuklanadi. 
Tajovuzni bartaraf etish maqsadlarida ishtirokchi davlatlar qurolli kuchlarini 
qoʼllash borasidagi qaror ishtirokchi davlatlar rahbarlari tomonidan Shartnomaning 
3- moddasiga muvofiq qabul qilinadi. Qurolli kuchlar Shartnomaga aʼzo davlatlar 
hududidan tashqarida faqat BMT Nizomi va ishtirokchi davlatlarning milliy qonun 
hujjatlariga qatʼiy amal qilingan tarzda, xalqaro xavfsizlik manfaatlaridagina 
qoʼllaniladi.
Shartnoma 1994 yil 20 apreldan kuchga kirgan. Shartnoma 5 yilga 
moʼljallangan boʼlib, uzaytirilishi koʼzda tutilgandi. 1999 yil 2 aprelda 
Аrmaniston, Belorussiya, Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Rossiya va Tojikiston 
prezidentlari shartnomani yana besh yil muddatga uzaytirish toʼgʼrisidagi 
protokolni imzoladi, ammo Ozarboyjon, Gruziya va Oʼzbekiston shartnomani 
uzaytirishni istamadi va tashkilotdan chiqib ketdi.
2006 yil 16 avgustda Oʼzbekiston KXShT tarkibiga qaytadan kirdi. 2012 yil 
28 iyunda esa Toshkent KXShTga aʼzoligini toʼxtatib turishini bildirdi. 
KXShTning maqsadi shartnomaga aʼzo davlatlarning hududiy-iqtisodiy makonini 
har qanday tashqi siyosiy tajovuzlardan hamda yirik miqyosdagi tabiiy ofatlardan 
birgalikda armiya va boshqa yordamchi boʼlinmalar yordamida himoya qilish 
hisoblanadi. KXShT yagona harbiy-siyosiy ittifoq sifatida jangovar operatsiyalarda 
hech qachon ishtirok etmagan. 
KXShT pozitsiyalarini kuchaytirish uchun Markaziy Osiyo mintaqasida 
tezkor harakatlanuvchi kollektiv kuchlar islohoti oʼtkazilmoqda. Bu kuchlar oʼnta 
batalьondan iborat: uchta batalьon Rossiyaga, ikkitasi Qozogʼistonga tegishli, 
qolgan davlatlar bittadan batalьonga ega. Kollektiv kuchlar shaxsiy tarkibining 
soni 4 ming kishiga yaqin boʼlib, uning 10ta samolyot va 14ta vertolyoti 
Rossiyaning Qirgʼizistondagi aviabazasida joylashtirilgan. 
ShHT
. O‗zbekiston umumiy xavfsizlik doirasidagi turli tashkilotlarga a‘zo 
bo‗lgan. Xususan, 2001 yil 14-15 iyun kunlari Xitoyda navbatdagi Shanxay 
sammiti bo‗lib o‗tdi. Uning ishida O‗zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti 
Islom Karimov qatnashdi va O‗zbekistonning «Shanxay forumi»ga to‗la huquqli 
a‘zo bo‗lishi to‗g‗risida bayonot imzolandi. O‗zbekistonni Shanxay forumiga 
kirish munosabati bilan uning nomi Shanxay hamkorlik tashkiloti – ShHT deb 
o‗zgartirildi. O‗zbekiston uning asoschilaridan biri bo‗ldi.2001 yil iyunda bo‗lgan 
sammit yakunida ShHT tuzish to‗g‗risida deklaratsiya hamda terrorchilik, 
ayirmachilik va ekstremizmga qarshi kurash borasidagi Shanxay konvensiyasi 
imzolandi. Bu bilan Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga rasman asos solindi. 


264 
Deklaratsiyada ShHTning maqsadi, a‘zo mamlakatlarni bir-biriga o‗zaro ishonchi, 
do‗stlik va qo‗shnichilikni mustahkamlash, ular orasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, 
ilmiy-texnikaviy, madaniy, ta‘lim, energetika, transport, ekologik va boshqa 
sohalardagi samarali hamkorlikni rag‗batlantirishdan iborat ekanligi belgilab 
qo‗yilgan.
Yangi tashkilotning maqsad va tamoyillarini e‘lon qilgan Deklaratsiya, 
shuningdek, terrorizm, ayirmachilik va ekstremizmga qarshi kurash to‗g‗risidagi 
konvensiya qabul qilindi. 2002 yil 6-7 iyun kunlari ShHTga a‘zo mamlakatlar 
davlatlari boshliqlarining Sank-Peterburg shahrida navbatdagi sammiti bo‗lib o‗tdi. 
Muzokaralar yakunida ShHTga a‘zo davlatlar rahbarlarining Deklaratsiyasi, 
tashkilotining ta‘sis hujjati – ShHT Xartiyasi, ShHTga a‘zo davlatlar o‗rtasida 
mintaqaviy antiterror tuzilmasi haqidagi bitim imzolandi. Xartiya imzolanishi bilan 
ShHT doirasidagi tashkiliy, huquqiy ishlar nihoyasiga etdi. ShHT ochiq tashkilot 
bo‗lib o‗zaro ishonch, tenglik, manfaatdorlik, hamjixatlik tamoyillari asosida 
faoliyat yuritmoqda.
2004 yil 17 iyun kuni Toshkentda ShHTga a‘zo davlatlarning samimti bo‗lib 
o‗tdi. Unda ikki asosiy masala - xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik bo‗yicha 
muzokaralar bo‗ldi. Sammitida 2004 yil mart oyida O‗zbekistonda sodir etilgan 
terrorchilik harakati na faqat O‗zbekiston balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida 
vaziyatni izdan chiqarishga qaratilganligi qayd etildi. Butun dunyoda terrorchilik 
kuchayib, yadroviy, kimyoviy, biologik, elektron terrorchilik xavfi paydo 
bo‗lganligi, terrorchilarning bazalarini yo‗qotish, odamlarni ongini zaharlaydigan, 
terrorchilikni moliyalashtiradigan markazlarga qarshi keskin kurash olib borish 
zarurligi ta‘kidlandi. 
Yuqоridаgilаrdаn kеlib chiqib хulоsа qilish mumkinki, Mаrkаziy Оsiyoni 
bаrqаrоr, iqtisоdiy rivоjlаngаn vа yuksаk tаrаqqiy etgаn mintаqаgа аylаntirish 
mintаqаviy хаvfsizlikni tа‘minlаshdа muhim o‗rin tutаdi. Mаmlаkаtimiz Prеzidеnti 
Sh.Mirziyoyevning bu jarayonni yеchimi sifаtidа quyidаgilаrni tаklif etdi: 
1. Sаvdо-iqtisоdiy аlоqаlаrni rivоjlаntirish vа tоvаr аyirbоshlаsh hаjmini 
оshirish hаmdа kооpеrаsiyani mustаhkаmlаsh. 
2. Mintаqаning trаnzit-lоgistikа sаlоhiyatidаn yanаdа sаmаrаli fоydаlаnish 
vа trаnspоrt infrаtuzilmаsini jаdаl rivоjlаntirish. 
3. Mаrkаziy Оsiyodа хаvfsizlik vа bаrqаrоrlikni tа‘minlаsh mаqsаdidа 
аmаliy hаmkоrlikni yanаdа mustаhkаmlаsh. 
4. Dаvlаt chеgаrаlаrini dеlimitаsiya vа dеmаrkаsiya qilish jаrаyonini tеzdа 
vа uzil-kеsil yakunigа yеtkаzish. 
5. Mintаqаdа suv rеsurslаridаn аdоlаtli fоydаlаnish. 
6. Mаdаniy-gumаnitаr аlоqаlаr, do‗stlik vа yaхshi qo‗shnichilik. 


265 
Bu 
dоlzаrb 
mаsаlаlаrning 
yеchimi 
mintаqаdа 
hаrbiy-siyosiy 
vаziyat 
bаrqаrоrligining shаkllаnishigа yordаm bеrаdi. 

Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish