O„zbekistоn respublikаsi оliy vа o„rtа mахsus tа‟lim vаzirligi sаmаrqаnd dаvlаt universiteti


Afg„onistondagi mojaroni rivojlanishi davrida tashqi kuchlarning



Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/173
Sana28.10.2022
Hajmi2,88 Mb.
#857879
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   173
Bog'liq
676f44ef7e4a9b46f704a6988b253d79 GEOSIYOSAT ASOSLARI (1)

Afg„onistondagi mojaroni rivojlanishi davrida tashqi kuchlarning 
ustuvor yo„nalishlari evolyutsiyasi (1990-2020)
. XX asrning ikkinchi yarmida 
dunyoning ikki tizimi qarama-qarshiligi sharoitida Afg‗oniston geopolitik kurash 
obyekti bo‗lishda davom etdi. ―Katta o‗yin‖ asosiy o‗yinchining almashishi bilan 
boshlandi, bu yerda va boshqa ko‗plab geopolitik teatrlardagi kabi Buyuk 
Britaniyaning o‗rnini AQSH egalladi
4

1
Ovinnikov.R. Maxfiy xavfli siyosat. –T.: O‘zbekiston, 1983. – B.41. 
2
Kenneth Katzman Afghanistan: Post-Taliban Governance, Security, and U.S. Policy. – New York: Congressional
Research Service, 2013. – P.3. 
3
Спольников В. Н. Афганистан: исламская контрреволюция. – М.: Наука, 1987. – С.28. 
4
Афганистан и безопасность Центральной Азии. Вып. 1/ Под ред. А.А. Князева. – Бишкек: Илим, 2004. –
С.3. 


270 
Najibullo hukumatining qulashidan keyin hukumat mujohidlar partiyalari 
o‗rtasida tashlab qo‗yildi. Kichik partiya (Afg‗on Milliy Liberal Front)ning 
rahbari, islomiy olim Sibhatullo Mujadeddi 1992-yil aprel may oyigacha mamlakat 
prezidenti bo‗ldi. 1992-yil boshida Qobul partizanlar tomonidan egallandi va 50 ta 
boshqaruv kengashidan tashkil topgan yangi hukumat tuzildi. Asosiy partiyalar 
o‗rtasidagi kelishuvlar natijasida 1992-yil iyun oyida Rabboni presidentlik 
lavozimini egalladi. U mamlakatni 1994-yil dekabr oyiga qadar boshqardi. Siyosiy 
hokimiyat yaxshi vakilsiz qulashini aytib, u o‗sha vaqtda iste‘foga chiqishni rad 
etdi. Bu qaror mujohid liderlariga, shu jumladan, pashtun va konservativ islomiy 
partiya hisoblangan Hezb Islom partiyasining rahbari Gulbuddin Hekmatyorga 
ham qarshi qaratilgan edi. G‗olib partizanlar birlasha olmasligi ayon bo‗ldi va 
partizan kuchlari rahbari Gulbuddin Hekmatyor yangi hukumatga qarshi kurashni 
boshladi. Turli fraksiyalar o‗rtasida kurash davom etayotgan vaqtda Afg‗oniston 
har qaysi o‗zining boshqaruvchisiga ega bo‗lgan bir necha mustaqil mintaqalarga 
bo‗linib ketdi. Hekmatyor va turli ittifoq fraksiyalari Rabboniyni qulatish uchun 
kurash boshladilar. Agar Hekmatyor Qobulning g‗arbiy qismini vayron qilgan 
o‗qqa tutish ishlarini to‗xtatsa, Rabboni uni primer ministr bo‗lishiga rozilik 
bildirdi. Biroq, Hekmatyorning Rabboniyga nisbatan ishonchsizligi sababli u 
Qobulda bu lavozimni egallashini hechqachon taxmin qilmagan edi. 
1994-yil boshlarida islom fundamentalist talabalarning Pashtun harbiylari, 
ya‘ni Tolibonlar katta kuch sifatida vujudga keldi. 1996-yil 23-iyunda 
Florensiyada Yevropa Ittifoqiga (YI) a‘zo mamlakatlarning davlat va hukumat 
boshliqlari bilan bo‗lib o‗tgan uchrashuvda Birinchi Prezidentimiz I.Karimov 
afg‗on muammosini tartibga solishda YIni faol ishtirok etishga chaqirgan
1
edi.
1996-yil boshlarida Tolibonlar Afg‗oniston boshqaruviga ega bo‗lish uchun 
harakatni davom ettirayotgan bir vaqtda Rabboniy Hekmatiyorni bosh vazir etib 
tayinlash bo‗yicha hujjatni imzoladi. Sentabrda Tolibonlar Qobulni egalladilar va 
o‗zlarini Afg‗oniston Islom Amirligining qonuniy hukumati deb e‘lon qildilar. 
Ular o‗zlari egallab turgan mamlakatning uchdan ikki qismida islom qonun-
qoidalarining 
qisman 
puritan 
(puritanlar 
ingliz 
XVI-XVII 
asrlardagi 
Protestantlarining mashhur guruhlari. Puritanlar bu ma‘noda 1558-yildagi 
Elizaveta I ning ruxsatidan keyin ruhoniylarning Angliya cherkovini o‗z ichiga 
olgan harakat sifatida Marian surgunlarlaridan tashkil topgan)
2
shaklini joriy 
qilishdi.
 
1998-yil avgustda Tolibonlar butun mamlakatni boshqaruvini qo‗lga olish 
arafasida turib qolgan bir vaqtda 1998-yilda AQSHning Kenya va Tanzayadagi 
1
Акмалов Ш. Национальная стратегия Республики Узбекистан в вопросах мирного урегулирования 
афганского конфликта. –Т.:2009. –С.14.
2
http://en.wikipedia.org/wiki/Puritan 


271 
elchixonalarini portlatgan, Saudiya Arabistonida tug‗ilgan Tolibonlarning harbiy 
yetakchisi Usama bin Lodenning terroristik harakati AQShni diqqatini poytaxt 
Qobulga qaratdi. 1999-yil mart oyida BMTning tinchlik kelishuvi xati Tolibonlar 
va ularning asosiy dushmani bo‗lib qolgan etnik tojik va sobiq mujohidlar rahbari 
va Shimoliy Ittifoq kuchlari rahbari Ahmad Shoh Mas‘udga yetkazildi. Noyabr 
oyida BMT Afg‗onistonga iqtisodiy sanksiyalar qo‗lladi; 2000-yil dekabrda BMT 
sanksiyalarga qo‗shimcha ravishda Tolibonlarga qurol-yaroq sotishni ta‘qiqlovchi 
sanksiya ham joriy qildi.
 
2001 yilga kelganda Tolibonlar davlatning deyarli 90 % ini o‗z nazoratlari 
ostiga olishdi. Sentabr oyida Shimoliy Ittifoq rahbari Mas‘ud arab junalisti sifatida 
niqoblangan yollanma qotil tomonidan o‗zini portlatishi natijasida halok bo‗ldi. 
Mazkur hujumdan ikki kun o‗tib, AQSH prezidenti tomonidan bin Lodenning 
hibsga olinishi talabi javobi sifatida Tolibonlar tomonidan egizak Dunyo Savdo 
Markazi binosi va Pentagon binosi portlatildi.
 
2001-yil 11-sentabrdan keying haftalarda AQSH hukumati terroristik 
harakatga Usama bin Lodenning Al Qoida guruhi javobgar ekanligini ta‘kidladi. 
Al Qoida Afg‗onistoning Tolibonlar nomi bilan mashhur eng ashaddiy islomiy 
hukumati tomonidan qo‗llab-quvvatlangan, ma‘qullangan va mamlakatdan 
bohpana bergan. Prezident Bush Tolibonlardan bin Lodenni topshirishni va Al 
Qoida guruhini bo‗lib tashlashni talab qildi
1
.
 
Qachonki Tolibonlar bin Lodenni topshirishdan bosh tortishgandan so‗ng 
AQSH 2001-yil oktabrida Tolibon va Al Qoida kuchlariga (bin Lodenning 
tashkiloti) qarshi harakatlarni boshladi. AQSH shunigdek, Shimoliy Ittifoq va 
boshqa oppozitsion guruhlarga moliyaviy ko‗mak berishni ham boshladi. Barcha 
jihatlar bo‗yicha vaziyat ancha yomon edi. Mamlakatga joylashtirilgan 20 ming 
amerikalik harbiylarning shaxsiy tarkibi tinch aholi xavfsizligini ta‘minlash uchun 
emas, balki bin Lodenni va toliblarni qidirishga tashlandi. Amerikalik harbiy 
qismlardan tashqari mamlkatda Xalqaro ISAF
2
ning Qobul atrofida joylashtirilgan 
6500 kishilik tarkibi va Qunduzda joylashtirlgan 250 kishilik Germaniyaning 
harbiy xizmatchilari mavjud edi
3
.

1
www.choices.edu -U.S. Policy in Afghanistan 
2
Izoh –―International Security Assistance Force‖ (ISAF) NATO rahbarligida 2001-yil dekabr oyidagi Birlashgan 
Millatlar Xavfsizlik Kengashining 1386-rezolyutsiyasi tomonidan asos solingan Afg‘onistondagi xavfsizlik 
missiyasi. 
3
Izoh –Harbiy xizmatchilar, ijtimoiy sohadagi ishchilar, injenerlar, shifokorlar va mintaqalarga yuborilgan davlat 
departamenti vakillaridan iborat bo‘lgan Birlashgan mintaqaviy qo‘mindonligini (JRT) tuzish, AQSH 
qo‘mondonligi fikri bo‘yicha, Hamid Karzayga uning hokimiyatini Kobul chegaralariga yoyish uchun yordam edi. 
JRTni butun mamlakat bo‘ylab joylashtirish ko‘zda tutildi – jumladan, Bomiyon, Mazori-Sharif, Hirot, Gardez, 
Jalolobod va Qandahorda. Ularning tuzilishi 2003-yil bahorida boshlandi. AQSHning Iroqqa hujumi arafasidagi 
Afg‘onistonning turli mintaqalariga JRT ning joylshtirilish qarori amerikaliklarning Afg‘onistonni tashlab chiqib 
ketmoqchi emasligini ham namoyon qilardi. 


272 
Soʼnggi yillarda roʼy bergan voqealar Аfgʼoniston Markaziy Osiyoning uzviy 
qismi ekanligini yana bir karra tasdiqladi. Geosiyosiy nuqtai nazardan bu yerda 
Аfgʼoniston uchun ham, mintaqaning boshqa mamlakatlari uchun ham muhim 
ahamiyatga ega boʼlgan mushtarak jarayonlar va tendentsiyalar roʼy bermoqda. 
Buning isboti tariqasida Аfgʼonistondagi mojaroni tartibga solishga xalqaro 
hamjamiyatni jalb qilishda muhim rol oʼynagan tuzilma - 6+2, 6+3, 5+1 
guruhlarining eng faol aʼzolari Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh, Rossiya 
davlatlari boʼlganini eslashning oʼzi kifoya deb oʼylaymiz.
Ushbu guruhning mohiyat eʼtiborli anjumani 1997 yil Toshkentda boʼlib 
oʼtdi. 90-yillar oxirida quvgʼinda boʼlgan afgʼon arboblari - qirol Zokirshoh tuzgan 
«Rim guruhi» aʼzolari Hamid Karzay, eng obroʼli harbiy komandirlardan biri 
Аbdulhaq Toshkentda maʼnaviy va siyosiy jihatdan qoʼllab-quvvatlanishi 
Аfgʼonistondagi «Tolibon» harakatiga qarshi kuchlarni birlashtirishda muhim omil 
boʼldi. 2001 yil 11 sentyabr voqeasidan soʼng xalqaro terrorizmga qarshi 
ittifoqning shakllanishida Аfgʼoniston bilan chegaradosh boʼlgan Markaziy Osiyo 
mamlakatlari, avvalo Oʼzbekiston muhim rol oʼynadi. Bu mamlakatlar toliblar 
tuzumini va «Аl Qoida» terroristik tashkilotining Аfgʼonistondagi tarmogʼini tor-
mor keltirgan harbiy kuchlar harakatining yagona zonasiga aylandi. Аfgʼoniston 
qiroli Zokirshoh 2002 yil boshida 30 yillik quvgʼindan soʼng oʼz vataniga aynan 
Toshkent orqali qaytib keldi. Bu ikkala mamlakat ham bir geosiyosiy makonga 
mansubligining oʼziga xos ramzi boʼldi.
Oʼzbekiston va Tojikiston delegatsiyalarining taklifiga koʼra 2002 yil 
dekabrda Porto shahri (Portugaliya)da Аfgʼonistonga Xavfsizlik va Hamkorlik 
Tashkilotining hamkori maqomi berildi. Oʼzbekiston rahbariyatining taklifiga 
koʼra Hamid Karzay 2004 yil iyunda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining 
Toshkentda boʼlib oʼtgan sammitida ishtirok etdi. Bularning barchasi Аfgʼoniston 
Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida roʼy berayotgan jarayonlar doirasiga jalb 
qilinganligidan dalolat beradi
1

Xalqaro ahamiyatga molik tahdidlar va xavfsizlik muammolari ham shubhasiz 
umumiy xususiyatga ega. Markaziy Osiyoning narkobiznes bilan shugʼullanadigan 
barcha korchalonlarini birlashtiruvchi va Аfgʼonistonda giyohvandlik moddalarini 
keng miqyosda yetishtirishga asoslangan narkobiznesning yagona tarmogʼi buning 
yorqin dalilidir. Bu ofatni biron-bir mamlakat yolgʼiz yenga olmaydi. 
Muammoning yechimi butun mintaqa mamlakatlari bahamjihat harakat qilishini 
taqozo etadi. Mintaqada ekstremistlar va terrorchilar tashkilotlari oʼrtasida aloqa va 
oʼzaro yordam yoʼlga qoʼyilganligi ham shubhasizdir. Oʼzbekiston islom 
1
Сафоев С.С Марказий Осиѐдаги Геосиѐсат. Жаҳон иқтисодиѐти ва дипломатия университети,Тошкент – 
2005. 42-43бетлар. 


273 
harakatining asosiy kuchlari aynan Аfgʼoniston hududida jangari guruhlarga 
birlashgani va oʼqitib-oʼrgatilgani tasodifiy hol emas.
Geografik, etno-lingvistik va madaniy jihatlar Аfgʼonistonga Markaziy 
Osiyoning uzviy qismi sifatida qarash imkonini beruvchi muhim omillar 
hisoblanadi. Mintaqa mamlakatlarini umumiy foydalanishdagi daryolar, yagona 
tizma togʼlar birlashtiradi. Аfgʼoniston aholisining katta qismini Markaziy Osiyo 
davlatlarining titul millatlari hisoblangan etnik guruhlar – tojiklar (Аfgʼoniston 
aholisining 27%), oʼzbeklar (10%) va turkmanlar (3%) tashkil etadi. 
AQSHning Afg‗nistonni tark etishiga bir qancha faktorlar ta‘siz ko‗rsatdi. 
Birinchidan, AQSHning bu mamlakatdagi harbiy harakatlari unga qarshi 
munosababni kuchaytirdi. AQSHning mazkur mamlakatdagi harbiy harakatlarning 
9-yili butun mamlakat bo‗ylab unga qarshi munosabatlar kuchayib ketdi. 
Ikkinchidan, Afg‗onistondagi muammo noharbiy yechimlarni talab etmoqda. 
Afg‗oniston dunyoning to‗rtinchi qashshoq davlati hisoblanadi, bunga 30 yillab 
davom etgan urush va uning oqibatlari sabab bo‗ldi.
Uchinchidan, AQSH harbiylarining mamlakatdagi mavjudligi Tolibonlar 
harakatini yanada kuchayishiga sabab bo‗ldi. 
To‗rtinchidan, Afg‗onistonning mudofaa va xavfsizlik kuchlarining 
shakllantirilishi qolmaslik sababidir. AQSH harbiylari va NATO rejalari eng 
kamida 2-3 yil davomida Afg‗on harbiylarini va xavfsizlik kuchlari 
mashg‗ulotlarini davomiyligini ta‘minlash. Ular mahalliy mudofaa kuchlarini 300-
400,000 ga yetkazish tavsiya qildilar. Biroq Afg‗onistonning yillik davlat budjeti 
750 million dollarni tashkil qilgan holda, hukumat buncha harbiy xizmatchining 
oylik maoshini bera olmaydi.
AQSH mudofaa vaziri Leon Panetta va NATOdagi hamkasbi 2014-yildan 
keyin Afg‗onistonda qoladigan harbiylar sonini 8,000 dan 12,000ga oshirishni 
ko‗rib chiqdilar. ―Biz Lissabon sammitida kelib olganimizdek, 2014-yil oxirlariga 
qadar barcha majburiyatlarimizni to‗laligicha Afg‗on xavfsizlik kuchlariga 
topshiramiz. Bizning maqsadimiz o‗zgarmaydi‖
1

«Tolibon» harakati 2021 yil iyul-avgust oylarida АQSh oʼz armiyasini 
Аfgʼoniston hududidan olib chiqish fonida qisqa muddatda, bir necha hafta ichida 
deyarli butun Аfgʼonistonda oʼz hokimiyatini oʼrnatdi. Qiziq jihatlaridan biri 
shuki, АQSh va Gʼarb davlatlari bu jarayonga deyarli aralashmadi. Toʼgʼri, ushbu 
masala boʼyicha BMT Xavfsizlik kengashi yigʼilishi oʼtkazildi, Gʼarb 
mamlakatlarining baʼzilari oʼz tashqi ishlar mahkamalari orqali muammo tinch 
yoʼl bilan hal qilinishi boʼyicha chaqiriqlarini eʼlon qilishdi. Lekin real ishlaydigan 
mexanizmlardan foydalanilmadi. Masalan, АQSh bu jarayonni toʼxtatish niyatida 
1
NATO Secretary General Anders Fogh Rasmussen, 2 April 2012 


274 
boʼlganida «Tolibon»ga nisbatan keskin pozitsiyasini eʼlon qilishi va turli 
sanktsiyalar 
yoki 
«Tolibon»ni 
qoʼllab-quvvatlashi 
gumon 
qilinadigan 
mamlakatlarga qarshi iqtisodiy va siyosiy choralar belgilashi ham mumkin edi. Bu 
esa jarayonni toʼliq toʼxtata olmasa ham, sekinlashtirgan boʼlardi. 
Boshqa tomondan, АQSh oʼz harbiylari chiqib ketishini oldindan eʼlon 
qilgandi va bu aynan Jo Bayden administratsiyasining keskin qarori emas, balki 
federal darajada kelishilgan masala edi.
Pokiston 90-yillarda «Tolibon» shakllanishida katta rol oʼynagan, uning 
rahbariyatini tayinlash, mafkurasini ishlab chiqishda bevosita taʼsir koʼrsatgan. 
«Tolibon» paydo boʼlgan davrdan beri 27 yil oʼtib ketdi. Hozirgi «Tolibon» oʼsha 
90-yillardagi kuch emas, maʼlum transformatsiya jarayonlari roʼy berdi. Ular 
oxirgi paytlarda koʼplab davlatlar bilan rasmiy uchrashuvlar ham oʼtkazdi. Shu 
sabab «Tolibon»ni Pokistonga toʼliq bogʼlanib qolgan kuch sifatida eʼtirof 
etishmoqda
Ikkinchidan, «Tolibon»ning ichida ham boʼlinishlar mavjud. Harakat 
tarkibida taʼsirga ega boʼlgan rahbariyatdagilar maʼlum hududlarda oʼz taʼsiri va 
ofislariga ega. Hozirda ularning tasdiqlanganlari 3ta: Peshavor shuʼbasi, Kvetta 
shuʼbasi (bular Pokistonda) va Mashhad shuʼbasi (2010 yilda Eron hududida 
ochilgan). 
Bulardan tashqari «Tolibon» ichida harbiy operatsiyalarga javob beradigan, 
bu ishlarga jalb qilinadigan, Haqqoniy boshchiligidagi guruh mavjud. Bu guruh 
ham harakat doirasida oʼz avtonomiga va soʼziga ega. Koʼpchilik manbalarga 
koʼra, aynan Kvetta shuʼbasi va Haqqoniy boshchiligidagi guruh bevosita Pokiston 
bilan aloqalar oʼrnatgan. Shuni unutmaslik kerakki, «Tolibon» harakati 
shakllanishidan bugungi kundagi faoliyatigacha Pokiston juda katta taʼsirga ega, 
lekin uni toʼliq nazorat qiladi, degan qarashlarga qoʼshilmayman. Sababi, 
«Tolibon»ning ichida ham boʼlinishlar bor, harakat vertikal ierarxiya emas, balki 
gorizontal ierarxiya. Bu shuni anglatadiki, maʼlum bir rahbariyat bor, lekin ular 
markazlashtirilgan boshqarish qobiliyatiga ega emas. Umumiy mafkura va 
strategiya ishlab chiqiladi, hududlarda uni amalga oshirish bilan joylardagi 
mahalliy qoʼmondonlar shugʼullanadi.
«Tolibon» hali rasmiy ravishda hokimiyatni toʼliq olgani ham yoʼq. Kobulni 
egallashdi va de-fakto Аfgʼoniston hududining 95 foizi «Tolibon» nazoratida. 
Yuridik jihatdan esa hali ularning hukumati tasdiqlanmadi, yaʼni olti kishidan 
iborat oʼtish davri hukumati tuzildi. Legitimizatsiya jarayoni toʼliq tugamadi. 

Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish