2.2. Geosiyosiy oqimlar va maktablar.
Rus geosiyosatida davrlar va mаktаblаr.
G‗arbda bo‗lgani kabi Rossiyada
ham geosiyosiy g‗oyalarning paydo bo‗lishining dastlabki shartlari tabiiy muhit va
ayniqsa, geografik omilning jamiyat hayotidagi rolini o‗rganish jarayonida
shakllandi. Shu bilan birga, rus geosiyosiy an'analari chuqur o‗ziga xos g‗oyalarga
to‗la. Ular orasida zamonaviy geosiyosat, ehtimol, Rossiya tarixi zaminidagi
omilni ta'kidlash o‗rinli. Mo‗g‗ul-tatarlar bosqinidan ozod bo‗lganidan beri bir
necha asrlar davomida rus xalqi yashagan F. Stepun so‗z bilan aytganda, ―Rossiya
tekisligini qamrab olgan ufqni Rossiya davlatiga qo‗shishni xayolga
keltirmaydigan orzu‖ edi. Va bu shunchaki orzu emas edi. Bu, shuningdek,
ruslarning sa'y-harakatlari bilan yaratilgan haqiqat edi. 400 yil ichida Rossiya
hududi 36 barobar ko‗payganligini ta'kidlash kifoya.
Rossiya davlatchiligining rivojlanishida 882 yilda Oleg tomonidan
Novgorod va Kiyev Ruslarining birlashishidan kelib chiqqan Kiyev Rusining
49
geosiyosiy davri ajralib turadi. Birinchi birlashgan Sharqiy slavyan davlati - Kiev
Rusi IX asrda tashkil topgan. Ushbu davlatning taqdiri, uning keyingi tarixiy
rivojlanish yo‗li asosan 988-989 yillarda bo‗lib o‗tgan Rus pravoslav e'tiqodining
sakllanishi bilan belgilandi.
Kiev Rusini yaratish akti bir vaqtning o‗zida bir nechta geostrategik
vazifalarni hal qildi:
1)
sharqiy slavyan yerlarining shimolida va janubida Ilmen va Dnepr
slavyanlarini birlashtirish;
2)
sharqiy slavyanlar va boshqa qo‗shni etnik guruhlarni yanada birlashtirish
uchun namuna yaratish;
3)
sharqiy slavyanlarning yagona davlatini yaratish;
4)
yagona davlat hududining sezilarli darajada kengayishi va aholi sonining
ko‗payishi;
5)
kuch-qudratning oshishi, sharqiy slavyan davlatining Yevropadagi mavqei
va rolining oshishi, qo‗shni davlatlarning geosiyosatiga ta'siri;
6)
muhim Neva-Volxov-Dnepr savdo va harbiy-strategik yo‗nalishi ustidan
nazoratni amalga oshirish;
7)
qo‗shni aktorlar bilan, avvalambor Vizantiya, Polsha, Vengriya,
Varangiyaliklar bilan aloqalarni kuchaytirish;
8)
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishni tezlashtirish
1
.
Rus etnosi rivojlanishining asosiy geosiyosiy vazifalari quyidagilardan iborat
edi: birinchi davrda (1240-1328) - aholining hayotini saqlab qolish, etnik o‗ziga
xoslik va nasroniy dinini saqlab qolish, davlat institutlarini saqlab qolish; ikkinchi
davrda (1328-1480) - milliy mustaqillikka erishish, mustaqil tashqi siyosat olib
borish.
Rossiya ulkan hududga ega. U bir tomondan G‗arbiy Yevropaga, ikkinchi
tomondan Osiyo davlatlariga, cheksiz Sibir o‗rmonlariga tutashib ketadi. Unda
rang - barang xalqlar, turli madaniyat vakillari, din vakillari yashab kelgan.
G‗arbiy Yevropada geosiyosiy jarayonlar rivojida ba‗zi tadqiqotlarda antik dunyo
davri alohida ko‗rsatiladi. Bu davrda oldiniga Yunon davlati, keyinchalik Rim
davlati oykumenada hal etuvchi rol o‗ynab kelgan. Ular tomonidan yaratilgan
sivilizatsiya ularga qo‗shni xalqlar jumladan slavyanlarning yuksalishiga ham
muhim ta‗sir etgan.
Ikkinchi bir geosiyosiy davr sifatida Vizantiya davri e‗tirof etiladi. Vizantiya
madaniyati slavyanlarning ijtimoiy hayotiga muhim ta‗sir ko‗rsatdi. Ushbu
aloqalar ta‗sirida mamlakat xristianlikni qabul qildi. Yevropa ijtimoiy-siyosiy
hayotida faollasha boshladi.
1
https://nicbar.ru/politology/study/kurs-geopolitika/199-tema-5-russkaya-geopoliticheskaya-shkola
50
Rus davlatchiligi taraqqiyotida Kiyev Rusi geosiyosiy davri muhim ahamiyat
kasb etdi. 882- yilda knyaz Oleg tomonidan Novgrod va Kiyev birlashtirildi. Bu
davlatning tashkil etilishi bilan qator geostrategik vazifalar o‗z yechimini topadi:
shimoliy, janubiy, sharqiy slavyanlar alohida davlatga birlashtirildi; davlatning
hududi kengayib aholisi oshib bordi; Yevropaning ilg‗or davlatlari bilan
munosabatlar yo‗lga qo‗yildi va shu kabilar. Kiyev Rusi Yevropaning alohida
tarkibiy qismi sifatida faol savdo, madaniy hamkorlikni olib bordi.
XIII asrning 20 - yillaridan Rusga mo‗g‗ul - tatarlar hujumi boshlandi. 1240 -
yilda Kiyev bosib olindi. Ushbu voqeadan keyin Rusda Oltin O‗rda davri
boshlandi va u o‗z ichiga 1240- yildan XV asrning ikkinchi yarmigacha bo‗lgan
davrni oldi. Bu davrdagi asosiy geosiyosiy vazifalar sifatida quyidagilarni qayd
etish mumkin: aholi omonligini asrash; aholining etnik o‗ziga xosligini asrash;
xristian dini qadriyatlarini asrash; milliy davlatchilik institutlarini saqlab qolish;
milliy mustaqillik uchun kurash olib borish; mustaqil tashqi siyosatni yo‗lga
qo‗yish va sh.k. Rus yerlarini qayta birlashtirishda, mustaqillikni qo‗lga kiritishda
asosiy muhim bo‗g‗inni Moskva knyazligi o‗ynadi. Va shu davrdan Buyuk
Moskva knyazligi davri boshlandi. Bu davrda mamlakat mustaqilligi
mustahkamlanib bordi, hududi ancha kengaydi. G‗arbiy Sibir qo‗shib olindi,
keyinchalik Sharqiy Sibir qo‗shildi. Rossiya sharqda tinch okeani sohillariga
chiqdi.
Navbatdagi geosiyosiy davr 1682 - yildan Pyotr I podshiligi bilan boshlandi.
O‗tkazilgan qator islohotlar, olib borilgan g‗olibona urushlar Rossiyaning
mavqeini oshirdi. Mamlakat shimolda Boltiq bo‗ylarini qo‗lga kiritdi. Rus harbiy
flotiga asos solindi. Pyotr I (1682 - 1725), Yekaterina II (1762 - 1796), Aleksandr I
(1801 - 1825), Nikolay I (1825 - 1855), Aleksandr II (1855 - 1881) hukmronligi
davrlari muhim geosiyosiy ahamiyat kasb etdi. Napoleon boshchiligidagi fransuz
imperiyasini tor-mor etishda, Vena kongressidan keyin Yevropada yangicha
tartibot tashkil etishda Rossiya faol ishtirok etdi. Nikolay I davrida Eron va
Usmoniylar imperiyasi bilan olib borilgan urushlar oxir - oqibatda Yevropa
davlatlari bilan urush harakatlarini keltirib chiqardi. Mamlakat izolyatsiya holatiga
tushib Qrim urushida (1853 - 1856) mag‗lub bo‗ldi. Birinchi jahon urushi Rus
imperiyasi uchun oxirgi jang bo‗ldi.
Beshinchi geosiyosiy davr - Sovet davri (1917 - 1991) hisoblanadi.
Xarakterli xususiyatlari sifatida quyidagilarni e‗tirof qilish mumkin: urushda
xonavayron bo‗lgan sanoatni tiklash; qishloq ho‗jaligini jamoalashtirish; mamlakat
mudofaa qobiliyatini mustahkamlash; jahon inqilobi, kommunizm bayrog‗i ostida
ekspansiya olib borish, fashizm ustidan g‗alaba; Sharqiy Yevropaning ozod etilgan
davlatlarida kommunistik rejimlarni barpo etish; Varshava Shartnomasi
tashkilotining barpo etilishi; Afg‗oniston urushi va shu kabilar.
51
Rossiyadagi geosiyosiy jarayonlar rivoji shuni ko‗rsatadiki mamlakatning
kengaytirish faqat qo‗shni davlat, tutash yerlar hisobiga amalga oshirildi. Bu
qo‗shib olingan yerlar ahaolisi xristanlikka o‗tkazildi, aholisi ruslashtirildi, yangi
hududlarga markazdan ruslarni ko‗chirib keltirish siyosati yurgizildi. Bu hududlar
keyinchalik Rossiyaning tarkibiy qismi sifatida e‗tirof etildi. Hech qachon
dengizlar osha mustamlakachilik yurishlari olib borilmagan. Mana xususiyatlari
bois rus mustamlakachiligi ingliz yoki fransuz mustamlakachiligi tizimidan keskin
farqlanadi.
Buyuk Rus davlatini tashkil etishda ekspansiya usulini oqlab chiqadi. ―Igor
jangnomasi‖ da esa yangi tarkibiy tartib, yangicha model – shelomyan modeli ilgari
suriladi. Unda Rus deya atalmish buyuk umum orol qator mayda orollardan iborat
bo‗lishi ilgari suriladi. Agarda dastlabki model Buyuk Rusni barpo etishda
ekspansiya metodini ilgari sursa, ikkinchisiga asosan mahalliy hukmdorlar
mustahkam integratsiyaga intilishlari bois amalga oshirilishi nazarda tutiladi.
XV - XVI asrlari oralig‗ida Moskva – Uchinchi Rim panprovaslav
messionlik g‗oyasini o‗ziga singdirgan geosiyosiy harakat boshlandi. Bu g‗oya Rus
provaslav cherkovi tashabbusi samarasi edi. Rus provaslav cherkovi
Konstantinopol cherkoviga bo‗ysunib kelgan. Vizantiya imperiyasi keyingi
yillarda zaiflashib qolganligi bois turklarga qarshi tura olmay qoladi. Natijada
G‗arb mamlakatlaridan turklarga qarshi kurashda harbiy yordam olish uchun
Konstantinopol cherkovi Rim - katolik cherkovi bilan Florensiya uniyasini
imzolaydi. Unga asosan Rim papasi barcha xristian cherkovlari boshlig‗i bo‗lishi
belgilangan edi. Rus provaslav cherkovi o‗ziga o‗zi boshliq tayinlaydigan mustaqil
(avtokefal) cherkovga aylanadi. 1453 - yilda Vizantiya imperiyasi quladi. Unga
G‗arbdan deyarlik hech kim yordamga kelgani yo‗q. Vazantiya qulagach Moskva
podsholigidan tashqari bironta mustaqil provaslav davlati qolmadi. Vizantiyaning
so‗ngi imperatorining ukasi Foma Paleolog Rimdan boshpana topadi. Rim papasi
Pavel II Fomaning qizi Sofiyani Rus knyazi Ivan III ga turmushga berish
tashabbusi bilan chiqadi. Papaning maqsadi nikoh yo‗li bilan Rusni Florensiya
uniyasiga qaytarish edi. 1472 - yilda bo‗lib o‗tgan nikoh Rim papasining rejalarini
amalga oshishiga xizmat qilmadi. Rus knyazining Vizantiya imperatori xonadoni
vakiliga aylanishi, qolaversa knyazning g‗ayratliligi, uddaburonligi Rusda
monarxiyaning kuchayishiga olib keldi. Buyuk knyaz Vizantiya imperatorining
valiahdi, provaslav dunyosining boshlig‗iga aylanadi.
XVIII asr oxirida bo‗lib o‗tgan fransuz inqilobi, 1812 - 1815 yillarda olib
borilgan Napoleonga qarshi harbiy harakatlar bois Yevropa bilan olib boriladigan
o‗zaro munosabatlar, ularning ta‗sirini anglash, tahlil etish yuzaga keldi. Shu bois
bu davr ijtimoiy - falsafiy tafakkurida bir - biriga zid ikki xil oqim yuzaga keldi.
52
Do'stlaringiz bilan baham: |