209
faoliyati izdan chiqar ekan, qudratli Turkiya va Eron navbatdagi mintaqaviy
kuchlar muvozanatining asosiy ishtirokchilari bo‗lib qolaveradilar. Natijada xaos
va anarxiyaga botgan Yaqin Sharqdan ko‗ra, ikki
qutbli kuch markaziga ega
nisbatan barqaror yangi tartibot paydo bo‗ladi.
AQSh tashqi siyosatidagi Yaqin Sharq vektori turli manfaatdor tomonlar,
murakkab siyosiy tizim, ommaning siyosatga ta‘siri, alohida guruhlar, ayniqsa,
isroilparast lobbichilar, harbiy-sanoat komplekslari, shuningdek, doimo prezident
vakolatlarini cheklashga urinadigan Kongress kabi ishtirokchilarning ta‘siri ostida
shakllangan. Oldingi prezidentlar kabi Obama
ham bunday murakkab vaziyatda,
manfaatdor va qudratli kuchlar o‗rtasidagi muvozanatni saqlagan holda Yaqin
Sharqqa nisbatan siyosat yuritishga majbur bo‗ldi. O‗z Yaqin Sharq siyosatini
shakllantirishda turli ta‘sir o‗tkazuvchi kuchlar, manfaatdor tomonlar talablarini
hisobga olishiga to‗g‗ri keldi. Natijada birinchi ma‘muriyat tomonidan mintaqaga
nisbatan olib borilgan siyosatda turli ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar yuzaga keldi.
Shuningdek, Obama uch tomondan ichki bosimga uchradi: ijtimoiy-iqtisodiy
muammolar, manfaatdor guruhlar va saylov.
Iqtisodiy-ijtimoiy muammolar ichki bosimning eng birinchisi bo‗ldi. Obama
2009 yilda prezident sifatida qasamyod keltirgandan so‗ng moliyaviy inqiroz
ortidan yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar va iqtisodiyotni qayta tiklash
yangi ma‘muriyat zimmasidagi eng birinchi vazifalardan biri edi. Obama o‗z
oldiga iqtisodiyotni rivojlantirish, ishsizlik darajasini pasaytirish, sog‗liqni saqlash
sohasida islohotlar o‗tkazish va muqobil energiya olish imkoniyatlarini
kengaytirishni o‗zi uchun asosiy maqsad qilib qo‗ydi. Iroq va Afg‗oniston
urushlariga sarflanayotgan katta miqdordagi mablag‗lar Obamaning sanab o‗tilgan
maqsadlariga erishish yo‗lidagi imkoniyatlarini keskin kamaytirdi. Obama Iroqdan
AQSh harbiylarini olib chiqdi va birinchi prezidentlik
muddati davomida mavjud
1,3 trillionga teng moliyaviy kamomadni ikki barobarga qisqartirishni rejalashtirdi.
Moliyaviy inqiroz oqibatida ishsizlik darajasining 10 foizdan oshib ketgani
ijtimoiy beqarorlik keltirib chiqarayotgan edi. 2011 yil sentyabridagi iqtisodiy-
ijtimoiy qiyinchiliklarga qarshi boshlangan ―Occupy Wall Street‖ (Uoll Stritni
egalla) harakati mazkur beqarorlikning yuqori cho‗qqisi bo‗ldi. Obama global
terrorizmga qarshi kurash siyosatiga resurslar ajratishni keskin kamaytirib, asosiy
e‘tiborni ichki barqarorlikni ta‘minlash uchun xalqaro iqtisodiy va moliyaviy
aloqalarni mustahkamlashga qarata boshladi.
Obama uchun ikkinchi ichki bosim manfaatdor guruhlar tomonidan keldi.
Bunday guruhlar hukumat yuritayotgan tashqi siyosatga ta‘sir o‗tkazish va
manipulyatsiya qilish orqali o‗z manfaatlarini amalga oshirib olishga harakat
qiladilar. Yaqin Sharq siyosati misolida manfaatdor guruhlar
sifatida isroilparast
lobbichilar va harbiy-sanoat komplekslarini misol keltirish mumkin. Amerika-
210
Isroil Ijtimoiy Ishlar Qo‗mitasi (AIPAC), Amerika Yahudiylari koalitsiyasi kabi
guruhlar Yaqin Sharqda AQShning Isroil manfaatlarini ko‗zlab siyosat yuritishiga
katta ta‘sir ko‗rsatadilar. Isroilga ko‗rsatilayotgan katta miqdordagi moliyaviy va
harbiy ko‗makdan tashqari isroilparast lobbichi guruhlar Vashingtonni Isroil-
Falastin mojarosi, Iroq Urushi va Eron yuzasidan o‗z manfaatlariga mos siyosat
yurishitishi uchun undashga urindilar. Bunday guruhlarning ta‘sir o‗tkazish yo‗llari
turlicha, masalan, saylov kampaniyalariga homiylik qilish,
ovoz berish
jarayonlarida to‗siqlar yuzaga keltirish, Kongress faoliyatiga lobbichilik orqali
aralashish va h.k. Yaqin Sharq masalasida Kongress faoliyatiga isroilparast
lobbichilar aralashgan vaqtda prezidentning mustaqil tashqi siyosat yuritish
imkoniyatlari keskin cheklanadi.
AQSH MО dаvlаtlаri bilаn turli хil kеlishuvlаrgа erishdi. O‗zbеkistоn
jаnubidа Qаrshi-Хоnоbоd hаrbiy bаzаsi, Qirg‗istоndа esа Mаnаs аviаbаzаsini
ijаrаgа оldi. Qоzоg‗istоndаn dаvlаt ustidаn uchib o‗tish huquqini оldi,
Tоjikistоndаn аerоpоrtni vаqtinchаlik ishlаtish uchun ruхsаt оldi.
ХХI аsrdаgi
AQSHning glоbаl еtаkchilikа оchiqdаn-оchiq dаvоgаrlik qilаyotgаnligi vа shu
sаbаbdаn hаm Mаrkаziy Оsiyo, Kаspiy dеngizi mintаqаdа tа‘sir dоrаsini
kеngаytirishgа intilishi аjаblаnаrli hоl emаs. Sоbiq Pеtаgоn rаhbаri Pаul Vоlfvits
o‗zining YAngi Аmеrikа аsri lоyihаsidа tа‘kidlаgаnidеk: AQSH nаfаqаt YAngi
kаttа o‗yindа, bаlki butun ―Jаhоn оrоli‖dа gеgеmоnlikni qo‗lgа kiritishdаgi
kurаshdа hеch qаysi millаtgа zаrrаchа imkоniyat qоldirmаsligimiz kеrаk.
Do'stlaringiz bilan baham: