Yaqin Shаrq vа Mаrkаziy Оsiyodаgi geosiyosiy mаnfааtlаr.
AQShning
mintaqadagi eng asosiy manfaati sifatida xavfsizlikni ko‗rsatish mumkin. Yaqin
Sharqda yuritilayotgan tashqi siyosatda milliy xavfsizlikni ta‘minlash tamoyili
birinchi o‗rinda turadi. 2010 yildagi AQSh Milliy Xavfsizlik Strategiyasida
belgilanganidek ―ushbu ma‘muriyatning Amerika fuqarolarining xavfsizligini
ta‘minlashdan kattaroq mas‘uliyati yo‗q. Va Amerika fuqarolariga ommaviy
qirg‗in qurollaridanda xavfliroq tahdid yo‗q, ayniqsa, ommaviy qirg‗in qurollarini
qo‗lga kiritishga urinayotgan ekstremist kuchlar va ularning firqalaridan xavfliroq
dushman mavjud emas.‖
Yaqin Sharq terroristlar va ekstremistlar yig‗ilgan joy sifatida AQSh milliy
xavfsizlik
strategiyasining
muhim
qismiga
aylandi.
Milliy
Xavfsizlik
Strategiyasida ―biz al-Qoida va uning firqalarini parchalaymiz, yo‗q qilamiz.
Shuningdek, yadro va biologik qurollar tarqalishining oldini olamiz hamda
207
yadroviy materiallar xavfsizligini ta‘minlaymiz,‖ deb belgilab qo‗yilgan. Bularning
hayotdagi in‘ikosi sifatida, Obama ma‘muriyati Afg‗onistondagi urushga katta
e‘tibor qarata boshladi, Eronning yadro dasturi va Suriyadagi kimyoviy
qurollardan foydalanish holati bo‗yicha keng ko‗lamli diplomatik amallar olib
bordi. Xavfsizlikni ta‘minlash manfaatidan kelib chiqib, AQSh Fors ko‗rfazi
monarxiyalarini qo‗llab keldi, terrorizmga kurashish doirasida yordamga muhtoj
bo‗lgan Obama hukumati Eron va Suriya rejimlari bilan turli darajada bevosita
hamda bilvosita aloqalarni kuchaytirib bordi. Suriyadagi vaziyat yanada
murakkablashib ketishini istamagan Obama Bashar al-Assadning hokimiyatda
qolishiga bayonotlarida qarshilik qilishda davom etsada, amalda buni to‗xtatdi.
Xulosa qilib aytganda, milliy xavfsizlikni ta‘minlash Obama birinchi
ma‘muriyatining Yaqin Sharq siyosatida eng yuqori darajali manfaati bo‗ldi.
Neft resurslarini qo‗lga kiritish imkoniyatini nazorat qilish AQSh Yaqin
Sharq siyosatidagi navbatdagi manfaatdir. AQSh prezidenti Duayt Eyzenhover
dunyodagi neft zahiralarining yarmidan ko‗pi joylashgan Yaqin Sharqni ―biz
uchun strategik jihatdan eng muhim mintaqa‖, deb ta‘riflagan edi. 2010 yildagi
statistik ma‘lumotlarga qaraganda, Yaqin Sharq mamlakatlari kuniga 30 million
barrel neft qazib olgan va kunlik 86 million barrel bo‗lgan global neft ehtiyojining
uchdan bir qismini qondirgan. Uch mamlakat: Saudiya Arabistoni (kunlik 10 mln
barrel), Eron (kunlik 4 mln barrel) va BAA (kunlik 2,8 mln barrel) hisobiga Yaqin
Sharqdagi neft qazib chiqarishning 57 foizi to‗g‗ri kelgan. 21 asr boshlariga qadar
neft AQShning Yaqin Sharqdagi asosiy manfaati bo‗lib kelgan. Biroq ichki neft va
tabiiy gaz ishlab chiqarish miqdorining o‗sishi ortidan import qilinadigan neftga
bo‗lgan ehtiyoj 2008 yildagi 57 foizdan 2011 yilga kelib 45 foizga tushdi. Shunday
bo‗lsada, xorijiy neft hanuz Amerika uchun muhim energetika manbasi bo‗lib
qolmoqda. Neftga qiymatining xalqaro munosabatlarga ta‘sir o‗tkazishi omili esa
ushbu tabiiy resurs AQSh uchun hali yana uzoq vaqt asosiy manfaatlardan biri
bo‗lib qolishini anglatadi. Mobodo Yaqin Sharqdagi kunlik neft ishlab qazib olish
ma‘lum miqdorga kamaysa, jahondagi kunlik ehtiyojning 30 foizga yaqinini
ta‘minlash uchun O‗rmuz bo‗g‗ozidan o‗tuvchi neftning narxi keskin oshib ketadi.
Shu sababli AQSh jahondagi siyosiy hamda iqtisodiy tartibotni nazorat qilib turish
uchun Yaqin Sarqdagi energetika resurslarini muhofaza qilish, ularga erishish
imkoniyatlarini saqlab qolish va energetika mahsulotlari o‗tuvchi koridorlar
(masalan, O‗rmuz bo‗g‗ozi)larni doimiy o‗z ta‘sir doirasida tutib turish uchun
harakat qiladi.
AQShning Isroil bilan o‗ziga xos ittifoqchiligining bir qancha sabablar bilan
izohlash mumkin:
208
Do'stlaringiz bilan baham: |