5. Tehnik va jismoniy tayyorgarlikning o’zaro bog’liqligi
1.Jismoniy kuch va texnika
Ko‘pincha, mashg‘ulot va musobaqalarda yuqori natijalarga erishish shuningdek texnikani
yuqori darajaga ko‘tarilishida maxsus va umumiy jismoniy kuch, maxsus texnika va psixik
tayyorgarliklar katta rol o‘ynaydi. Bundan kelib chiqadiki, mashg‘ulotlar shu tarzda olib borilsa,
musobaqalarda yuqori natijalarni kutish mumkin. Texnika va umumi jismoniy kuch sportda
fundamental qismlardan biri hisoblanadi.
Shuni aytib o‘tish o‘rinliki, umumiy jismoniy kuch va texnikaning yuzaga chiqishi psixik
sifatlarga ham bog‘liq.
Sport jismoniy kuch va xarakatlanish usulini bilishni talab etadi, u o‘z navbatida asosiy va
maxsus jismoniy kuchlarga bo‘linadi.
Xarakatlanish asoslari va jismoniy kuch musobaqalarda qobilyatlarini yuzaga chiqarishga
yordam beradi. Kureton ta’minotiga ko‘ra, xarakat 6ta faktorga ega: - muvozanat, egiluvchanlik,
chaqqonlik, kuch, energiya va chidamkorlik.
Musobaqalarda asosiy jismoniy kuch muhim faktor bo‘lib, musobaqalar texnikasining
rivojlanish darajasi bilan birga jangni yakunini aniqlab beradi.
Maxsus jismoniy kuch, muhim faktor bo‘lib hisoblanish bilan birga o‘ziga xos talablarga ega:
Dzyudo va Reslingda egiluvchanlik, muskul kuchi va chidamkorlik muhim hisoblanadi. Regbi
chaqqonlik, chidamkorlik va qat’iylik taekvondoda esa muvozanat, chaqqonlik, chidamkorlik va
boshqalar.
Boshlovchi sportchilarda ko‘pincha texnikani yomon o‘zlashtirish kuzatiladi. Bunday
holatdlarda boshlovchilarni bunday holatda boshlovchilarni texnikani yaxshi o‘zlashtira olishlari
uchun jismoniy kuchni etari darajada rivojlantirish kerak. Oyoqning ko‘pqirrali texnikasini
o‘rgatishdan oldin egiluvchanlikni rivojlantirish kerak, muskul kuchi va chidamkorlikni
rivolantirish uchun uzunlikka va balandlikka sakrashlarni bajarishi kerak bo‘ladi. Bundan kelib
chiqadiki, jismoniy kuchni rivojlantirish va mustahkamlash har bir sportchining o‘ziga xos
kamchilik va afzalliklarini e’tiborga olib borilishi kerak.
88
Faqatgina taxnikani rivojlantirib va takomillashtirib borish musobaqalarda yuqori
natijalarga erishishda yordam beradi.
a) Texnikani bosqichma-bosqich rivojlantirish usullari. Asosiy texnikaga jiddiy e’tibor
berish, ayniqsa uning amaliy qo‘llanilishiga.(buerda oyoqlar bilan asosiy zarbalar, oyoqlar
zarbalarini amaliy qo‘llanilishi, steplar)
b) avvalo, murakkab texnikani egallashdan oldin oddiy harakatlardan boshlash kerak.
s) bir tartibga solingan mashqlar yordamida har bir texnik xarakat o‘zlashtiriladi.(bu erda
har xil xarakat va mashqlar yordamida oyoq zarbalari texnikasini o‘rgatish, texnik mashqlarda
yuksalishga olib keladi.)
d)jismoniy faktorlar texnikada unchalik jiddiy hisoblanmasada, lekin texnikani jismoniy kuch
bilan birgalikda rivojlantirish kerak.
Texnikani tarkibiy qismlarga bo‘lib o‘rganish yaxshi natijalar beradi. (bu erda boshlang‘ich
va yuqori darajali sportchilarning texnikasi orasidagi farq katta bo‘ladi.) Bundan kelib chiqadiki,
bosqichma- bosqich rejalashtirishda bu farqni hisobga olish kerak.
1
Do'stlaringiz bilan baham: |