O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi


Muskullarning kompensator ish bajarishi



Download 9,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/193
Sana20.03.2022
Hajmi9,14 Mb.
#502163
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   193
Bog'liq
24 TAEKVONDO-NAZARIYASI-VA-USLUBIYATI

Muskullarning kompensator ish bajarishi 
Bir xildagi texnik harakatlarning takroriy ko’rinishda bajarilishida uning tavsiflarida o’zgarishlar 
yuzaga kelishi aniqlanadi: jumladan, tashqi (asosiy harakatlar vaqti, makon bo’ylab harakatlargaoid 
aktning kuchlanishlari va o’zgarishlari) va ichki (muskullarning ish bajarishi) ko’rinishidagi 
o’zgarishlar yuzaga keladi. 
Bir xil texnik harakatlarning bitta sportchi tomonidan ko’p marta takroriylikda bajarilishi 
davomida mutlaqo bir xildagi vaqt tavsiflarini qayd qilishga muvofiq bo’linmagan. Yuqori malakali 
sportchi butunlay bir xildagi sharoitlarda bir nechta usullarni ketma-ketlikda (ma’lum bir aniq 
standart turish holatlarida va bitta sherik bilan va hokazo shartlar asosida) bajarishida vaqt 
o’zgarishlari juda sezilarsiz darajada o’zgarishlari kuzatiladi. 


81 
Ushbu amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari usullarning doimiy ravishdagi tashqi ko’rinishi 
kuzatilishlariga qaramasdan, ular ichki tizimiga ko’ra yetarlicha darajada harakatchan tavsiflarga 
egaligini qayd qilish imkonini beradi. 
Ushbu ko’rinishda bitta usulning takroriy holatda bajarilishi davomida vaqtning 0,02-0,04 
sekund chegarasida o’zgarishi kuzatiladi, muskullarning ish bajarish vaqti esa bunda deyarli bir 
yarim marotabagacha o’zgarishi aniqlanadi. 
Usulning bajarilishi vaqtiga solishtirilganda muskullarning ish bajarishi vaqtidagi bu 
ko’rinishdagi katta miqdordagi o’zgarishlar qayd qilinishiga qaramasdan, ularning o’zaro 
bog’liqliklarida ma’lum bir aniq qonuniyatlar mavjudligi kuzatiladi. Texnik harakatlarni amalga 
oshirish sharoitlarining asta – sekin murakkablashtirib borilishiga urinish sharoitida, ya’ni 
sportchining rad etishi darajasigacha (sportchining usulni bajarishi mumkin bo’lmay qolgunga 
qadar, masalan mashg’ulot qopi va hujum qiluvchi o’rtasidagi masofani oshirib borish sharoitida) 
dastlab ish bajaruvchi muskullarda ma’lum bir aniqlikdagi qonuniyat ko’rinishdagi holatlar 
kuzatiladi (kompensator samara), keyin esa asta-sekin bu holat tartibsizlik (xos) holatiga o’tishi 
qayd qilinadi. 
Bu holat shu bilan izohlaniladiki, ya’ni tajribali sportchi harakatlarni tezlashtirishi va 
sekinlashtirishi yo’li bilan nisbatan qisqa va kuchli yoki siqilgan harakatlarni bajarishda sekundning 
yuzdan bir ulushlari davomida buzilgan boshlang’ich holat qayta tiklanishi amalga oshadi. 
Yaxshi holatdagi texnik jihatdan tayyorgarlik yuqori malakali sportchilarga har bir vaqt 
lahzasi davomida muskullarning kuchlanishlarini qayta taqsimlash va harakatlanish quvvatining 
yangi manbalari (zahira) chegaraviy lahzalari ishga tushirilishi imkonini beradi. Yuqori malakali 
sportchilarda turli xildagi chalg’ituvchi omillarga nisbatan harakatlarga oid ko’nikmalarning tashqi 
tomondan namoyon bo’lishida vaqtning yaxshi ko’rinishdagi barqaror holatda aks etishi kuzatiladi, 
bu holat muskullarning samarali tarzdagi kompensator tarzda ish bajarishi hisobiga ta’minlanadi. 
Hisoblangan variant ta’minlanadi, bunda usulning amalga oshirilishi voronkaning o’rta qismi 
holatidan boshlanadi (ya’ni, chalg’ituvchi omillar ko’nikmalarning vujudga kelishiga ta’sir 
ko’rsatmaydi). Biroq bu ko’rinishdagi shart-sharoitlar sportchilar uchun musobaqa jangi davomida 
juda kam holatlarda yuzaga keladi. Shu sababli usullarning takomillashtirilishi maxsus vujudga 
keltirilgan boshlang’ich holatlar hisobiga, chalg’ituvchi ta’sirlarning asta-sekin «maydonni egallab 
olishi» holatida amalga oshirilishi talab qilinadi.
Sportchilarda musobaqa jangi davomida vujudga keluvchi, sindiruvchi omillar ta’siri mavjud 
bo’lgan sharoitlarda usullardan foydalanishni katta diapazonda ishlab chiqish uchun mashg’ulotlar 
davomida turli xil vaziyatlarda, jumladan, emotsional, charchash, shuningdek, turli xildagi 
boshlang’ich holatlar asosida texnikani takomillashtirishni amalga oshirish maqsadga muvofiq 
hisoblanadi.


82 
Bundan tashqari, texnik harakatlarni takomillashtirishni ularni amalga oshirish sharoitlarini 
yengillashtiruvchi qobiliyatlarning o’zlashtirilishi hisobiga bajarish mumkin. Buning uchun 
sportchiga sport musobaqasi jangi davomida qulay hisoblangan lahzalarni vujudga keltirish, 
shuningdek, unda turli xil usullar asosida ta’sir ko’rsatish, charchash darajasini susaytiruvchi, 
emotsional holatni yaxshilovchi, shovqinlardan, tomoshabinlar ta’sirida va hokazo salbiy ta’sirga 
ega bo’lgan holatlardan chalg’ituvchi ta’sir ko’rsatish talab qilinadi. 

Download 9,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish