76
Bitta texnik harakatni o’zlashtirgan ayrim sportchilarda jismoniy
sifatlar rivojlanishi turli
xilda bo’lishi, morfologik tuzilishi turli xilda bo’lishi qayd qilinadi, shu sababli ko’pgina holatlarda
ular bir xil usulning o’zini turli xil ritmda takomillashtirishlariga to’g’ri keladi (7-8 rasm).
7 rasm. Texnik harakatni o’zlashtirirish
8 rasm. Texnik harakatlarning ritmini O-to’gri bajarilishi, X- noto’gri bajarilishi
77
Ushbu ko’rinishda, texnik harakatlarning ritmini o’zgartirish uchun dastlab bu jarayonni
amalga oshirishda jismoniy tayyorgarlik uchun qulay fonni
yaratib olish talab qilinadi, jumladan
kuch, tezkorlikni va boshqalarni rivojlantirish, talab qilingan muskullar guruhlarini kerakli chegara
darajasida va, agar imkoni mavjud bo’lsa, sportchining morfologik tuzilishini (tana og’irligi, qad-
qomatni tutishi va boshqalar) ham biroz o’zgartirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Shunday qilib, yaxshi holatdagi asos (
baza
) sifatidagi texnika zaruriy holat hisoblanadi, biroq
g’alabaga erishish uchun buning o’zi kamlik qiladi.
Zarbaning kuchi huddi muskullarning mashq qildirilishi darajasiga bog’liqligi ko’rinishidagi
fikrlar ham mavjud hisoblanadi. Bu holat faqat kam darajadagina o’z ta’siriga ega hisoblanadi.
Zarbaning quvvati uni bajarishning keskinligi va tezligiga bog’liq bo’lib, shuningdek,
tananing tos-son sohasining faol ko’rinishda ish bajarishi bilan belgilanadi. O’z
navbatida, ushbu
omillar faqat qo’l-oyoqlarning maksimal darajada bo’shashtirilishi sharoitidagina ta’sir ko’rsatishi
qayd qilinadi
Bu
yerda mahalliy analog, ya’ni o’xshash holat sifatida xivchinni (qamchi) ko’rsatib o’tish
mumkin. Son – bu xivchinning dastagi, oyoqning uchi qismlari esa xivchinning egiluvchan, qattiq
tizimga ega bo’lmagan o’siq qismini ifodalaydi. Bundan tashqari, quvvati yuqori bo’lgan zarba
to’g’ri holatda va qamchining savalovchi ta’siri ko’rinishidagi, to’lqinsimon qaytar ko’rinishda
olg’a intilishi asosida hosil qilinadi.
O’zlashtirilgan asos (baza) sifatidagi texnikaning eng muhim jihatlaridan biri – bu
to’qtalishlarsiz faqat son yordamida
zarbalarni beraolishni bilish, shuningdek «tor holadagi
koridor» asosida, raqibning nigohi o’z vaqtida anglab yetmaydigan va hujum qiluvchining
taktikasiga qarshilik qilaolmaydigan vaziyatda zarba berish hisoblanadi.
Texnik harakatlar va analizatorlar
Sezgi organlari ma’lum bir aniqlikdagi kompensator ta’sir samarasini ifodalaydi. Ko’z
bilan
ko’rish yoki eshitish qobiliyatining yo’qotilishi bilan, masalan, muskullar orqali his qilish
sezgisi kuchayadi. Texnik harakatlar o’rganilishi va takomillashtirilishi jarayonida bu
holatlarni
hisobga olish talab qilinadi, jumladan turli xil analizatorlar (sezgi organlari) orqali
asosiy harakatlarning vaqtga tegishli ritmini aniqlashda bu bog’lanishlarga e’tibor qaratish
muhim hisoblanadi. Sevimli usullarning bajarilishi jarayonida alohida
analizatorlarning ishga
qo’shilmasligi sharoitida turli xil ta’sir effektlarini hosil qilish mumkin, bu sportchining
malakasi va usullarning o’ziga xosliklariga bog’liq hisoblanadi (9 rasm).
Ushbu ko’rinishda, quyi razryadga ega bo’lgan sportchilarda
murakkab texnik
harakatlarning o’rganilishi davomida ko’rish analizatorining ishga qo’shilmasligi sharoitida
usulning ritm – kuchga tegishli ishlab chiqilishi namoyon bo’lishi yomonlashadi,
yuqori
78
malakali sportchilarda esa bu ko’rinishdagi tajriba o’tkazilgan sharoitda sevimli hisoblangan
usullarning bajarilishi sezilarli darajada yaxshilanishi qayd qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: