O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi



Download 9,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/193
Sana20.03.2022
Hajmi9,14 Mb.
#502163
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   193
Bog'liq
24 TAEKVONDO-NAZARIYASI-VA-USLUBIYATI

 
7 rasm. Maxsus mashqlarni bajarish 
Chigilyozdi uchun maxsus mashqlar: 

egilishlar, gavdaning pastga qayrilishlari va boshqalar

siltashlar + yugurish (oldinga, orqaga); 

steplar + yugurish (oldinga, orqaga); 

tizzani ko’tarish, sakrash; 

oyoq kaftini ushlagan holatda sakrashlar, ikkala oyoqda sakrashlar

K/T-1 
– 
qo’llarni bukib-yozish, o’tirib-turish, sakrashlar; 

K/T-2 – egilishlar va oyoqning tag qismini burish orqali – stepning oyoq tagiga 
almashinishlari; 

mokisimon yugurish; 

sprint; 

sherik bilan aldamchi harakatlarni mashq qilish; 

cho’zish mashqlari; 


165 

egiluvchanlikni rivojlantirish mashqlari. 
 
Imitatsion mashqlar 
Imitatsion mashqlar
– bu taekvondo usularining va ularning elementlarining anjomlar bilan 
(yassi qo’lqop va qop) va anjomlarsiz holatda bajarilishini o’z ichiga oladi.
Mashqlarning bu turi usullarni amalga oshirish texnikasi va taktikasini o’zlashtirish va 
takomillashtirish imkonini beradi.
Anjomlarsiz holatda bajariluvchi imitatsion mashqlarni faqat sportchining ushbu usulning 
tuzilmasini o’zlashtirib olganidan keyin, ya’ni ushbu usulning amalga oshirilishida barcha alohida 
qismlar bo’yicha to’g’ri bajarishni hayolan tasavvur qila olishni egallaganidan so’ngra bajarish 
tavsiya qilinadi.
Anjomlar bilan bajariluvchi imitatsion mashqlar ayniqsa, sherik bilan bajarishda usullar va 
ularning alohida elementlarini ko’p marotaba bajarish qiyinligi yuzaga kelgan vaziyatlarda 
(masalan, qarshi usullarning ko’p marta takroriylikda bajarilishida) foydalaniladi (7 rasm). 
7 rasm. Anjomlar bilan bajariluvchi imitatsion mashqlar 
Biroq usullar ustida yassi qo’lqop (qop) yordamida ishlashga butunlay berilib ketish tavsiya 
qilinmaydi, chunki usullarning anjomlar yordamida va sherik bilan ishlashda bajarilishi tuzilmasi 
turli xilda bo’lishi qayd qilinadi.
Imitatsion mashqlar tezkorlik, chaqqonlik va egiluvchanlikni rivojlantirish maqsadlarida ham 
foydalaniladi. Bundan tashqari, anjomlar bilan bajariluvchi mashqlar chidamlilik va kuchning 
rivojlantirilishi uchun vosita sifatida xizmat qiladi. Ushbu ko’rinishda, nisbatan og’ir qop bilan 
hujum qilish texnikasi elementlarini imitatsiyalashda, sakrash bilan bajariluvchi orqadan zarbani (
ti 
chagi
) bajarishda sportchi bir vaqtning o’zida oyoqlar va orqa muskullariningkuchini rivojlantirish 
texnikasini takomillashtirishni amalga oshiradi. Imitatsion mashqlarning uzoq vaqt davomiyligida 


166 
va jadal bajarilishi chidamlilik sifati rivojlanishiga yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Yangi boshlovchi 
sportchilar va kichik razryadga ega bo’lgan sportchilar bilan amalga oshiriluuvchi mashg’ulotlarda 
maxsus tayyorgarlik (olib keluvchi) va imitatsion mashqlar ko’pincha murakkab usullarni 
o’zlashtirish uchunkompleks (majmua) ko’rinishida foydalaniladi.
Katta razryadga ega bo’lgan sportchilar mashg’ulotlar jarayoni davomida o’rganish nisbatan 
kam o’ringa ega bo’lib, ular koordinatsiyasi bo’yicha murakkab usullarni o’zlashtirish uchun 
yetarlicha darajada tayyorgarlikka ega bo’lishlari qayd qilinadi, bunda ushbu sportchilar maxsus – 
tayyorgarlik va imitatsion mashqlarni asosan talab qilinuvchi jismoniy sifatlarni navbatdagi 
maqsadga yo’naltirilgan rivojlantirish uchun, taekvondo texnikasi va taktikasini takomillashtirish va 
shuningdek, aniqlangan xatoliklarni tuzatish maqsadlarida foydalanishlari kuzatiladi.
Bu mashqlar asosan ertalabki chigilyozdi mashqlari mashg’ulotlarining ikkinchi yarmisida va 
darsning tayyorgarlik qismida (jang oldidan chigilyozdi mashqlari davomida), shuningdek, 
mashg’ulotlarning asosiy qismining turli xil vaqti davomida foydalanilanishi mumkin. Sport yili 
davomida turli xildagi maxsus mashqlar butun mashg’ulotlarning tayorgarlik va asosiy davrlari 
bo’yicha qo’llaniladi.
Quyida maxsus – tayyorgarlik (olib keluvchi) mashqlarga namunaviy misollar keltiramiz. 

Download 9,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish