Buyrakning asosiy vazifasi — siydik hosil qilish. Siydik va siyishni
tekshirish buyraklar holati va ularning faoliyatini baholabgina qolmay, balki
boshqa qator a’zolar va sistemalarning buzilishi (jigar kasalliklari, moddalar
almashinuvi buzilishlari va boshkalar) kabida fikr yuritishga xam imkon beradi.
Siydikning umumiy miqdori. Bir sutkada odam 1,5-2 l siydik ajratishi
mumkin. Atrof-muxitning yuqori xaroratida ko’p ter ajralganda ter bilan suv chiqib
ketishi oqibatida siydikning miqdori kamayadi. Uyqu vaqtida, ayniqsa odam
chuqur uxlayotgan vaqtlarda, siydik hosil bo’lishi keskin kamayadi. Kechqurungi
siydik kunduzgidan ko’ra to’qroq va suyuqroq bo’ladi. Ovqatdan so’ng suv va
ovqat tuzlari ichakda surilishi oqibatida siydik hosil qilinishi oshadi va odatda
ko’p miqdorda suyuk bo’lmagan siydik ajralib chiqadi. Siydik miqdori ko’p
suyukdik ichganda ko’payadi va kuyuk ovqatlanishda Xamda ich ketganda
kamayadi.
Siydikning rangi pigmentlarga bog’lik bo’lib, odatda och sariq rangdan
qizgish-sariq ranggacha o’zgarib turadi. quyuq siydik achchiqchoy rangida
bo’ladi.
Siydik chiqarish yo`lining patalogiyalari. Diurezda o`zgarishlar.
Bu buyrak va siydik yo`llarida uchraydiga eng ko`p belgilrdn biri
poliuriya. Bunda siydiq miqdori 2000 ml dan oshishi. Bu qachon bo`ladi.
Suyuqlikni bir sutkalik normadan ko`p ichilganda, xomiladorlik va kuchli stress
xolatlarida kuzatiladi. Yana bir turi shuki transudat va ekssudat xolatlarida, qandli
diabetda va doimiy bo`lgan siydik kasalliklarida. Poliuriyada doimiy ravishda
chanqoqlik va suvga tashnalik kuchli bo`ladi.
Oligouriyada esa siydikni normal xolatga nisbatan kam ajratish. Uning
miqdori 500 ml ni tashkil etadi. Bu quydagi xolatlar kuzatiladi: ko`p terlash,
fizikaviy og`ir mehnatlar, qattiq charchoqlar, o`tkir va surunkali nefritlarda.
Umumiy xolatlarda: yurak yetishmovchligida, kuyganda shok xolatiga tushganda,
buyraklar zaxarlanganda. Qo`rqish xolatlarida siydik ajralmaydi. Qorin va
ichaklarni bosganda xam siydik ajralmaydi.
Ishuriya ( yun. ischo-to`xtash, yoki to`sqinlik qilish, uron- siydik ).
Bunda siydik pufagi to`lganda ham uni tashqariga chiqara olmaslik kuzatiladi.
Ishuriya bu - siydik yo`lining torayishi. Bu xolat bo`lganda 1-navbatda siydik
pufagini bo`shatish lozim. Bunday xolatlarni bemorlarda qo`llash un kasalning
atrofida xuddi kranda suv oqb turganidek yoki ckoynakda suvni tomchilatb
qoyiladi. Yana bir yo`li shuki bunda iliq kuydirmaydigan qilib iliq suvli baloncha
qoyiladi. Agarda bularning xech qaysisi yordam bermasa bemorga kateter ulab
qo’yiladi.
Nekturiya. Bunda siydik ajratish kunduzgiga nisbatan kechasi
ko`payadi. Bundau xolatlar qariyalarda va qandsiz diabetka chalingan bemorlarda
kelb chiqadi.
Enurez. Bu kasallik turi asosan qariyalarda ko`p uchraydi, siydikni
tutib tura olmaslik.
Dizuriya. Bunda siydik yo`llarining umumiy kasalliklari, qattiq og`riq,
qiynalib siyish xolatlari. Bu qaysi xolatlarda bo`ladi: sistit, uretrit, piyelo nefrit
va buyrak tuberkulyozida.
Stranguriya. Bunda siydik ajratish tomchilab bo`ladi. Bunga asosiy
sabab organizmning shish hisobiga. Bu buyrak kassalikgi chiqarish yo`llarida
kasallangan bemorlar uzoq vaqt davollanmasligi natijasida kelib chiqadi. Bu
shishlar yuz va oyoqlarda kuzatiladi.
Beldagi og`riqlar. Buyrak va siydik chiqarish yo`llari bilan kasalangan
bemorlarda uchraydi. Asosan buyrak kasalligida. Buyrak shishganda bu paytlarda
kamdan kam lekin tez tez bo`ladi. Ko`p holatlarda buyrak va bel og`rishi qon
bosimi ko`tarilishiga sabab bo`ladi. Beldagi og`riq ko`p hollarda siydik yollari
qovuqlar va jinsiy a`zolar bilan birga bir vaqtda og`riq bo`ladi.
Bunday hollarda shifokor kelguniga qadar iliq suvli vanna yoki grelka
qo`yiladi. Vannalar qabul qilishda harorat 38-39C dan oshmasligi lozim.
Davomiyligi 10-20 minutdan oshmasligi kerak virach ko`rsatmasiga binoan qabul
qilish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: