O‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi islom kаrimov nomidаgi toshkent dаvlаt teхnikа universiteti kon ishi va metаllurgiya fаkulteti konchilik ishi kafedrasi 5A311601 – foydali qazilma konlarini qazish



Download 8,7 Mb.
bet2/7
Sana26.03.2022
Hajmi8,7 Mb.
#511149
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-sem IPI Boynazarov MM hisobot

Ilmiy-pedagogik ishning mazmuni
Ilmiy-pedagogik faoliyat magistratura o‘quv jarayonining muhim uzviy bo‘lagi bo‘lib, uning maqsadi oliy ta'lim muassasasi o‘qituvchisi sifatida tayyorlanayotgan magistrantlarning egallangan ilmiy-nazariy bilimlarni bevosita amaliy tadbiq etib, ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida bilim berish, pedagogik mahoratni egallashni ta'minlashdan iborat. Institutda ilmiy-pedagogik faoliyat davomida magistrantlarga quyidagi vazifalar qo‘yiladi va ularning ilmiy rahbarlari va kafedra mudirlari tomonidan bevosita nazorat qilinadi:
- ixtisoslik fanlari bo‘yicha turli mashg‘ulotlarni o‘tkazish bo‘yicha tajriba orttirish;
- ma’ruzalar matnlari va mashg‘ulotlar o‘tkazish rejalarini tuzish;
- yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘rganish va qo‘llash;
- talabalar bilimlarini nazorat qilish tizimini o‘rganish va qo‘llash;
- talabalar mustaqil bilim olishining tashkiliy va o‘quv-uslubiy ta'minotini o‘rganish;
- uslubiy ko‘rsatmalarni ishlab chiqish;
- tarbiyaviy ishlarni olib borish va tadbirlar o‘tkazish.


Ilmiy-pedagogik ish davomida magistratura talabalariga qo‘yiladigan talablar

Ilmiy-pedagogik faoliyat natijalari bo‘yicha magistratura talabasi bilishi kerak:


- o‘quv-me'yoriy hujjatlarni va oliy ta'lim sohasiga oid noromativ-huquqiy hujjatlarni;
- dars beradigan fanning nazariy asoslarini va amliy jihatlarini;
- yangi pedagogik va axborot texnologiyalari, o‘quv-tarbiyaviy jarayonini faollashtirish, talabalar bilimlarini baholash uslublarini;
- mustaqil o‘qishning tashkiliy va o‘quv – uslubiy ta'minoti, masofadan o‘qishning texnologiyalarini;
- o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni yaratish asoslarini va ulardan foydalana olishni.
Ilmiy-pedagogik faoliyat natijalari bo‘yicha magistratura talabasi quyidagilarni bajara olishi lozim:
- turli mashg‘ulotlarni o‘tkazish va mashg‘ulotlar o‘tkazish rejalarini, o‘quv-me'yoriy hujjatlarni tuzish;
- zamonaviy ilm-fan yutuqlarini talabalar tomonidan o‘zlashtiriladigan ko‘rinishga keltirish va o‘quv jarayonida foydalanish;
- ma'ruza matnlari, taqdimot materiallari, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar tayyorlash;
- kasb ta'limida innovasiyalardan foydalanish;
- talabalar bilimlari nazoratining tashkiliy va o‘quv-uslubiy ta'minotini rejalashtirishni, mustaqil ish topshiriqlarini ishlab chiqish;
- hamkasblar bilan o‘zaro munosabat va o‘zaro hamkorlikni o‘rnatish, nutq madaniyati va muloqot san'atiga ega bo‘lish;
- tarbiyaviy ishlar olib borish va ma'naviy tadbirlar tashkil qilish.
Ilmiy-pedagogik faoliyat natijalari bo‘yicha magistratura talabasi quyidagi malakalarga ega bo‘lishi lozim:
- zamonaviy samarali dars mashg‘ulotini mustaqil ishlab chiqish, o‘tkazish baholash va takomillashtirish;
- maxsus fan o‘qituvchisi faoliyatini rivojlantirish va shaxsini takomillashtirish usul va vositalariga ega bo‘lish orqali pedagogik mahoratni mustaqil oshirish.
Ilmiy-pedagogik ish jarayonida magistrantlar turli shakldagi darslarni tahlil qilib o‘rganishlari lozim bo‘ladi. Bundan ko‘zlangan maqsad ta'lim jarayonini amalga oshirishning yanada mukammal metod va shakllarini o‘zlashtirish orqali mashg‘ulotlar mazmunini takomillashtirib borishdan iborat. Ilg‘or tajribalarni o‘rganish va tatbiq qilish o‘quv-tarbiyaviy jarayon samaradorligini oshirishning muhim omili hisoblanadi. Shu sababli magistrantlar har bir tahlil qilingan mashg‘ulotdan o‘z bilim va tajribalarini boyitish uchun foydalanishi hamda ularni ommalashtirishga harakat qilmog‘i lozim. Darslarni tahlil qilishda quyidagilarga alohida e'tibor qaratiladi:
1) ta'limning zamonaviy muammolari yechimini aks ettiruvchi o‘quv mashg‘ulotlari turini tanlash.
2) darsni kuzatish jarayonida asosiy e'tiborni magistrantning shaxsiy tajribasini oshirishga qaratilishi.
3) bir darsda aniqlangan tajribani boshqa mashg‘ulotlarda qaysi darajada namoyon bo‘lishi va o‘ziga xosligiga e'tibor qaratish.
4) qo‘llanilayotgan metod va usullarning erishilgan natijalar bilan bevosita uzviy bog‘liqlik omillarini aniqlash.
5) aniqlangan amaliy tajribalarini nazariy manbalar asosida o‘rganib, ularning asoslanganlik darajasini belgilash.
Darslarni tahlil qilishda ixtisoslik fanlari bo‘yicha ma'ruza, amaliy yoki seminar, laboratoriya mashg‘ulotlaridan tashqari, institutning va boshqa ta'lim muassasalarining (jumladan, xorijiy) yetakchi professor-o‘qituvchilarining mahorat darslarida ishtirok etish ham inobatga olinadi.
Ilmiy-pedagogik ish, oliy ta'lim muassasalarida o‘tkaziladi. Bunday mashg‘ulotlarni ikki tomonlama va boshqacha kelishuvlar asosida xorijiy davlatlarning ta'lim muassasalarida ham o‘tkazish mumkin.
Ilmiy-pedagogik faoliyat bo‘yicha magistratura talabasi tomonidan bajarilgan barcha ishlarni tasdiqlovchi hujjatlar yig‘ma jildda to‘planadi va attestasiya jarayonida taqdim etiladi.



Download 8,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish