Davlat metrologiya tekshiruvi
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati obyektlarining metrologik, texnik tavsiflarini aniqlash va (yoki) tasdiqlash maqsadida davlat metrologiya tekshiruvi amalga oshiriladi.
Davlat metrologiya tekshiruvi:
o‘lchash vositalarining turini tasdiqlash maqsadida sinovdan o‘tkazish;
o‘lchash vositalarini va o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish;
o‘lchash vositalarini, shu jumladan etalonlarni qiyoslash, kalibrlash;
sinov vositalarini attestatsiyadan o‘tkazish.
Davlat metrologiya nazorati (22-modda).
Davlat metrologiya nazorati texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning, shuningdek boshqa qonunchilik hujjatlarining metrologiyaga oid talablarga rioya etilishi ustidan amalga oshiriladi.
(22-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat metrologiya nazorati:
o‘lchash vositalarining (shu jumladan etalonlar, standart namunalar, axborot-o‘lchash tizimlari) ishlab chiqarilishi, ta’mirlanishi, prokatga berilishi, realizatsiya qilinishi, ularning holati va qo‘llanilishi;
o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlarining qo‘llanilishi;
belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishi, shuningdek akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari, markazlari va laboratoriyalari faoliyati;
o‘ramlarga qadoqlangan tovarlarning ularni maydalab qadoqlash va sotish chog‘idagi miqdori ustidan amalga oshiriladi..
Davlat metrologiya nazoratini amalga oshiruvchi shaxslarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi qonunchilikda belgilanadi.
V-bob. Yakunlovchi qoidalar.
Davlat metrologiya xizmatini davlat tomonidan moliyalashtirish
Davlat metrologiya xizmatining quyidagi ishlari davlat tomonidan moliyalashtiriladi:
metrologiyaga oid faoliyat sohasini rivojlantirish istiqbollarini ishlab chiqish;
metrologiya bo‘yicha xalqaro, mintaqaviy tashkilotlarning ishida ishtirok etish va metrologiya bo‘yicha chet el milliy xizmatlari bilan ishlar bajarish;
metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni va normativ hujjatlarni, shuningdek xalqaro, mintaqaviy normalar hamda qoidalarni ishlab chiqish va ishlab chiqishda ishtirok etish;
metrologiyaga oid faoliyat sohasi bo‘yicha umumdavlat ahamiyatiga molik ilmiy-tadqiqot va boshqa ishlarni o‘tkazish;
etalonlar va o‘lchash vositalarini ishlab chiqish, takomillashtirish, yasash, saqlash, qo‘llash, olish hamda asrash, shuningdek ularning xalqaro darajada solishtirilishini ta’minlash;
standart namunalarni ishlab chiqish;
davlat metrologiya nazoratini o‘tkazish kabi ishlarni bajarganlik uchun moliyalashtirish belgilangan.
“Standartlashtirish to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini tahlili. Standart toifalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |