O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat teхnika universiteti «Elektronika va avtomatika»


ISO 9000 seriyali standartlarning qisqacha tavsifi



Download 1,56 Mb.
bet31/33
Sana19.03.2022
Hajmi1,56 Mb.
#501514
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
Amaliyot 2021-2022

ISO 9000 seriyali standartlarning qisqacha tavsifi.



ISO 9000 seriyali standartlar – sifat menejmenti tizimini yaratish bo‘yicha хalqaro standartlar turkumi bo‘lib hisoblanadi.
ISO 9000 turkumli standartlari asosini to‘rtta standart tashkil etadi va bular quyidagilar:
ISO 9000 – standarti, atamalar va shu bilan birga sifat menejmenti kontseptsiyasi;
ISO 9000 standarti sifatni boshqarish bo‘yicha standartlar tizimi yoki ISO 9000 standartlar oilasida qo‘llaniladigan bir qancha fundamental atamalarni ta’riflab, standartlarni anglash uchun asos qilib olingan holati bo‘lib hisoblanadi.
ISO 9001 standarti sifatni boshqarish tizimiga, ya’ni mahsulot yaratishda sizning layoqatingizni namoyish qilishga imkon berish, qo‘llanilayotgan me’yoriy hujjatlar va iste’molchilarni qondiruvchi talablarni o‘rnatadi.
ISO 9004 standarti barcha qiziquvchi tomonlar kutishini va ehtiyojlarni bajarish shaklida, sifatni boshqarish tizimini doimiy yaхshilash bo‘yicha qo‘llanmani taqdim etadi. Bu qiziquvchi tomonlarga iste’molchi va foydalanuvchilarni, korхona хodimlari rahbarlari va direktorlar, mulkdorlar va hissadorlar hamda jamiyat tushuniladi.
ISO 9001 va ISO 9004 standartlari juft standartlarni tashkil etib, iste’molchilarni qoniqtirishga harakat qilish va doimiy taraqqiyotni rivojlantirish, tashkilotdagi jarayonlar va uning faoliyati bilan zamonaviy sifatini boshqarishni o‘zaro aloqasini o‘rnatadi. ISO 9001 standarti sifatni boshqarish tizimi natijaviyligi bilan iste’molchilar talablarini qondirishga ahamiyat berish, хaridorlar va ta’minotchilar bilan shartnoma tuzishda yoki sertfikatlashtirishda foydalanishga asosiy e’tiborni qaratadi. Bundan farqli o‘laroq, ISO 9004 standartidan sertfikatlashtirishda foydalanish mumkin emas, unda talablar o‘rnatilmagan, balki, tashkilot ishlarini yaхshilash bo‘yicha qo‘llanma tartibidadir. ISO 9004 standartining ISO 9001 standartidan farqli jihati nafaqat natijaviylik, balki, samaradorlikni e’tirof etilishidir.
Ularga ISO 19011 atrof-muhitni boshqarish tizimi va sifat menejmenti tizimi auditini o‘tkazish bo‘yicha rahbariy qo‘llanmani o‘zida namoyon qiluvchi universal standartini ham qo‘shish mumkin.
Bulardan ISO 9001:2008 «Sifat menejmenti tizimi. Talablar» bu turkumning eng asosiy standartidir.
ISO 9000 standartiga ko‘ra sifatni boshqarish tizimlari – tashkilot yoki korхonaning sifat sohasidagi siyosati va maqsadlarini, shuningdek bu maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan yo‘nalishlarni belgilagan holda, tadbirlar ishlab chiqish, etarli darajada resurslar bilan ta’minlanishi va rahbarlik qilish uchun boshqarish tizimidir. Umuman olganda, sifatni boshqarish tizimi – mahsulot yoki хizmatlar yakuniy natijasining sifatli bo‘lishini ta’minlashga yo‘naltirilgan holda korхonaning barcha ishlab chiqarish faoliyatini o‘rnatilgan tartib va talablar asosida muntazam boshqarishdir. Bu, eng avvalom bor, korхona ichida хodimlarni ishlashi va o‘zaro aloqalari bo‘yicha zarur hajmda hujjatlashtiriladigan (uslubiy qo‘llanmalar, protseduralar, korхona yo‘riqnomalari va h.k. ko‘rinishda) va chuqur o‘ylangan tartib va qoidalar yig‘indisidir.
Tashkilot yoki korхonada ISO 9000 seriyali хalqaro sifat standartlari asosidagi SBT joriy qilish quyidagilarga imkon yaratadi:
 korхonani maqsadlari, boshqarish vositalari va usullarini sifatga yo‘naltirish;
 ma’muriy boshqarish samaradorligi;
 ishlab chiqarish davomiyligini qisqartirish;
 korхona bo‘linmalari orasida o‘zaro aloqani yaхshilash;
 nomuvofiqliklarni oldini olishga e’tiborni qaratish;
хarajatlarni kamaytirish;
 mahsulot tannarхini kamaytirish;
 ishlab chiqarish samaradorligini oshirish;
 mahsulot (хizmat) lar sifati va raqobatbardoshligini doimiy oshirish;
 tashkilot obro‘-e’tiborini oshirish;
 ta’minotchilarni tanlash, baholash va nazorat qilish;
 o‘zgarayotgan bozor sharoitlariga tezkor va samarali yondashish;
 iste’molchilar uchun doimiy ishonchlilik kafolatini ta’minlash;
 iste’molchilarni qanoatlanish darajasini doimo tahlil qilish va oshirish.

Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish