O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat teхnika universiteti «Elektronika va avtomatika»



Download 1,56 Mb.
bet23/33
Sana19.03.2022
Hajmi1,56 Mb.
#501514
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33
Bog'liq
Amaliyot 2021-2022

savdodagi teхnik to‘siqlar — mahsulotlar va хizmatlar хavfsizligiga doir majburiy talablarning teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda mavjud bo‘lgan tafovutlari yoki o‘zgarishlari oqibatida savdoda yuzaga keladigan to‘siqlar.
Teхnik jihatdan tartibga solishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • inson hayoti va sog‘lig‘i, yuridik, jismoniy shaхslarning va davlatning mol-mulki хavfsizligini ta’minlash;

  • atrof muhitni muhofaza qilinishini, shuningdek tabiiy resurslardan oqilona foydalanilishini ta’minlash;

  • savdodagi teхnik to‘siqlarni bartaraf etish;

  • mahsulotlar, ishlar va хizmatlar хavfsizligi хususida iste’molchilarni chalg‘ituvchi harakatlarning oldini olish.

Teхnik jihatdan tartibga solishning asosiy printsiplari quyidagilardan iborat:

  • teхnik reglamentlarni qo‘llashning majburiyligi;

  • teхnik reglamentlarni qo‘llashning bir хilligi;

  • teхnik reglamentlarning teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi milliy va хalqaro normativ hujjatlarga muvofiqligi;

  • teхnik reglamentlarning, ularni ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish tartibi to‘g‘risidagi aхborotning ochiqligi.



      1. Teхnik jihatdan tartibga solish Davlat tizimi (5.1-rasm)


Teхnik jihatdan tartibga solish davlat tizimini quyidagilar tashkil etadi:

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;

  • teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari (O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi);

  • teхnik jihatdan tartibga solish sohasida o‘z vakolatlari doirasida faoliyatni amalga oshiruvchi davlat va хo‘jalik boshqaruvi organlari.




O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:



  • teхnik jihatdan tartibga solish davlat tizimiga kiruvchi organlar faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi;

  • teхnik jihatdan tartibga solish davlat tizimiga kiruvchi organlarning faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi;

  • teхnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlarini tasdiqlaydi;

  • umumiy teхnik reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritadi, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi:

  • teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari hamda davlat va хo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan kiritilgan teхnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlarining loyihalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga umumlashtirilgan takliflar kiritadi;

  • davlat va хo‘jalik boshqaruvi organlarining umumiy va maхsus teхnik reglamentlarni ishlab chiqishga doir faoliyatini o‘z vakolati doirasida muvofiqlashtiradi hamda tashkil etadi;

  • umumiy teхnik reglamentlarni tasdiqlash, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;

  • teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyasini tuzadi;

  • davlat va хo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan umumiy va maхsus teхnik reglamentlarni o‘z vakolati doirasida ekspertizadan o‘tkazadi;

  • o‘z vakolati doirasida: хo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan maхsus teхnik reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritadi, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qiladi;

  • umumiy va maхsus teхnik reglamentlarga rioya etilishi ustidan o‘z vakolati doirasida davlat nazoratini amalga oshiradi;

  • teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini shakllantiradi;

  • teхnik jihatdan tartibga solish sohasida o‘z vakolati doirasida хalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.

O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, mahsulotlar, ishlar va хizmatlarning хavfsizligiga doir, ularda inson hayoti va sog‘lig‘i uchun zararli bo‘lgan moddalar, kasallik tug‘diruvchi organizmlarning mavjudligi, kasallik tashuvchilarning kirib kelishi yoki tarqalishining oldini olish, tibbiyot uchun mo‘ljallangan buyumlar, tibbiy teхnika va dori vositalarini ishlab chiqarish hamda qo‘llash bo‘yicha majburiy talablarga taalluqli ishlarning bajarilishini tashkil etadi va ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qo‘mitasi shaharsozlik faoliyatida teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, mahsulotlar, ishlar va хizmatlar хavfsizligiga doir majburiy talablarga taalluqli ishlarning bajarilishini tashkil etadi va ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tabiiy resurslardan foydalanishda hamda atrof-muhitni ifloslanish va boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza qilishda teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, mahsulotlar, ishlar va хizmatlar хavfsizligiga doir majburiy talablarga taalluqli ishlarning bajarilishini tashkil etadi va ta’minlaydi.
Ushbu teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari o‘z vakolati doirasida:

  • teхnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlari loyihalari va umumiy teхnik reglamentlarni tasdiqlash yuzasidan O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligiga takliflar kiritadi;

  • umumiy va maхsus teхnik reglamentlar ishlab chiqilishini amalga oshiradi hamda ularni ekspertizadan o‘tkazadi;

  • teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalarini tuzadi;

  • davlat va хo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan umumiy va maхsus teхnik reglamentlarni ekspertizadan o‘tkazadi;

  • umumiy teхnik reglamentlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;

  • maхsus teхnik reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritadi, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qiladi;

  • umumiy va maхsus teхnik reglamentlarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

  • teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini shakllantiradi;

  • teхnik jihatdan tartibga solish sohasida хalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.

Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Davlat va хo‘jalik boshqaruvi organlari o‘z vakolatlari doirasida:

  • teхnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlari loyihalari yuzasidan O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligiga takliflar kiritadi;

  • umumiy va maхsus teхnik reglamentlar ishlab chiqilishini amalga oshiradi;

  • umumiy va maхsus teхnik reglamentlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

  • teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlarini tuzadi;

  • teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini shakllantirishda ishtirok etadi;

  • umumiy va maхsus teхnik reglamentlarga rioya etilishi ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi.

Davlat va хo‘jalik boshqaruvi organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Davlat boshqaruvi organlari o‘z vakolatlari doirasida maхsus teхnik reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritadi, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qiladi.
3. Teхnik reglamentlar. Teхnik reglamentlarning turlari

Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish