O‘quv materiallar



Download 20,71 Kb.
bet1/2
Sana09.07.2021
Hajmi20,71 Kb.
#114152
  1   2
Bog'liq
Terminologiya 1-mavzu


  1. O‘QUV MATERIALLAR


1.1. AMALIY MASHG‘ULOT MATERIALLARI
1-mavzu:

Kirish. muhandislik grafikasi terminologiyasi fani, uning maqsadi, vazifalari,muammolari va terminologik tizimni tartibga solishning hozirgi dolzab masalalari.

O’zbekistonda kadrlar tayyorlashning sifat darajasini oshirish, xalqaro standartlar asosida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, har bir oliy ta’lim muassasasini jahonning etakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatishi, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish, talabalar, ilmiy-pedagog kadrlarni zamonaviy kasbiy bilimlari va kreativlik qobilyatlarini rivojlantirish, yoshlar auditoriyasi bilan ish olib borishda interfaol usullardan samarali foydalanish masalalari Harakatlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq oliy ta’lim darajasini sifat jihatidan oshirish va tubdan takomillashtirishning asosiy vazifalari sifatida belgilandi1.

1989 yil 21 oktyabrda «O’zbekiston davlat tili haqida»gi qonun qabul qilindi va o’zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. O’zbek tiliga davlat tili ma’qomining berilishi terminologik tizimni ham tartibga solish vazifasini qo’ydi. Ayniqsa, aniq fanlarning o‘qitilishi borasida terminlarning ahamiyati yuksak ekanligini hisobga olib, bu sohada jiddiy ishlar amalga oshirilishi lozim. Bunday vazifalar qatoriga fanlar bo’yicha o’zbek terminologiyasini yaratish va tartibga solish kabi masala ham kiradi. Aniq fanlar termiinologiyasi ta’lim jarayoni bilan bog‘lab tekshirilgan ishlar yo‘q emas. Bu muammo bo’yicha yuzaga kelgan dastlabki ish sifatida «Maktab matematika tili» turkum tadqiqotlarini ko‘rsatish mumkin. Muallif maktab matematika terminlarini an’anadan borib tahlil qilmaydi, balki uning tushuncha ifodalay olish kuchi jihatidan baholaydi. To‘g‘ri, uning ichida «Maktab matematik terminologiyasining asosiy manbalari» degan maxsus paragrif bo’lib unda matematik terminlarning yasalishiga to’xtaladi va yangi terminlarni uch xil yasalish usullarini ko’rsatadi2.

Fizika o‘qitish bo’yicha yaratilgan darslik va qo’llanmalardagi terminlar, ularni tartibga solish, ilmiy terminologiyadan maktabda foydalanishning pedagogik asoslari masalalari yuzasidan muhim tadqiqotlar yuzaga keldi3. Ayniqsa, I.Nazirov fizikaga oid o’quv adabiyotlari va lug’atlardagi terminlarni tartibga solish va yaratish borasida ularni mukammallashtirish va aniqligini oshirish metodlarini ishlab chiqdi. U o’qitish jarayonida termin qo‘llashning aniq, qisqa, qulay va tushunarli bo’lishini ta’minlash maqsadida terminlarning aniq ifodasi (talqini, izohi) yoritilgan va ilmiy asoslangan lug‘atlarning zarurligini (yaratilishi zarurligini) ta’kidlab, ruscha-o’zbekcha terminlar lug‘atini tuzishning prinsiplari haqida fikr bildiradi. Unda o’zbek va rustilidagi fizikaga oid terminlarni termin o’zlashtirishning asosiy manbalaridan biri bo’lgan xalqaro terminologiya fondi bilan solishtirib tahlil qiladi.

Ma’lumki, termin lotincha “chegara” ma’nosidagi so‘z bo‘lib, buyum, voqea-hodisalar nomi, fan-texnika tushunchalarini ifodalovchi maxsus so‘z va qo‘shma so‘zlardan iboratdir. U sohalarning ma’lum biriga oid tushunchalarning ifodasidir. Ularning turlarini ma’nolarini tekshiradigan bilim terminologiya deb yuritiladi.

Hozirgipaytdaterminologiyasohasidalinvistikasosdagitadqiqotbo‘yichabirqatorishlaramalgaoshirildi. Bu borada, tilshunoslar va soha mutaxassislari tomonidan ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirildi. Terminologiya bo‘yicha ko‘plab doktorlik 100 ga yaqin fan nomzodligini olish uchun dissertatsiyalar himoya qilindi va ilmiy maqolalar, bir qator monografiyalar, broshyuralar va ilmiy axboratlar e’lon qilinib nashrdan chiqqan.

O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar mahkamasi tomonidan fanlar akademiyasida Respublika atamashunoslik qo‘mitasi tashkil qilindi. Su qo‘mita va O‘zbekiston fanlar akademiyasi tilshunoslik instituti tashabbusi bilan 1986 yildan beri o‘zbek atamashunosligi muammolariga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazib kelinmoqda. O‘zbek atamashunosligi muammolariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyada o‘zbek tilining tozaligi uchun kurash, bu borada, muammolar to‘lib toshib yotganligi, olimlarning qarashlari turlicha ekanligi va ilmiy asoslarni ishlab chiqishlari zarurligi, matbuotda xilma-xil atama va terminlar qo‘llanilayotganligi va o‘zbek tili atamalarining tartibga solinishidagi chalkashliklarni va ularni bartaraf etish yo‘llari singari dolzarb masalalar tilga olindi va ularni oqilona hal etish borasida taklif va mulohazalar o‘rtaga tashlandi.

Ma’lumki, sobiq ittifoq davrida aksariyat chizma geometriya va chizmachilikka oid darsliklar va qo‘llanmalar rus tilidan bevosita tarjima qilingan bo‘lib, bu jarayonda o‘zbek chizmachilik va chizmageometriya terminologiyasi ham shakllanibbordi. Keyingi davrlarda mamlakatimiz olimlari va etuk mutaxassislari tomonidan o‘zbek tilida chizmachilik va chizmageometriyaga oid ko‘plab darsliklar hamda metodik qo‘llanmalar yaratildi.

Endilikda, muhandislik grafikasi fanlarining ta`lim jarayonini zamonaviy talablar darajasida tashkil qilish, uni o‘qitish va o‘zlashtirish darajasini yaxshilash hamda kadrlar tayyorlashda uning sifat va samaradorligini oshirish, pedagogik ta`lim oluvchi shaxsda mustaqil fikrlovchi, bilimlarni mustaqil ravishda qidiruvchi, axborotlar to‘plovchi va ulardan foydalana oluvchi shaxsning kasbiy tayyorgarligini orttirish, pedagogik tafakkurini kengaytirishga ta’sir etuvchi nazariy va amaliy bilimlarni o’zlashtirishga katta e’tibor berilmoqda. Bunda ilmiy tushunchalarni shakllantirish va tushunchalarni to’g’ri o’zlashtirish masalasiga jiddiy e’tibor qaratish lozim. Bu borada fanning ilmiy terminologik tizimidan to’g’ri va unumli foydalanish katta ahamiyatga ega.

Bu masala “Muhandislik grafikasining terminalogiyasi” fanida o’z echimini va o’rnini topadi. Chunki, hozigi kunda chizma geometriya va va chizmachilik fanlaridan chop etilgan va ta’lim jarayonida qo’llanilib kelinayotgan darslik va boshqa o’quv adabiyotlarida har xil terminlarning qo’llanilish holatlari, noto’gri va g’liz o’rindagi terminlarning mavjudligi, qolaversa, to’g’ri tanlangan terminologik tizimni ilmiy asosda o’rganish davr talabi bo‘lib qoldi.

Ma’lumki, muhandsilik grafikasi keng ko‘lamdagi fan bo‘lib, u asosan ishlab chiqarish sohasi bilan bog‘liq. Demak, u texnikaning jadal suratlar bilan o‘sishi va rivojlanishi tufayli yangidan-yangi terminlarning kirib kelishiga hamda har xil terminlarning qo‘llanilib kelinishiga va yangilanishiga sabab bo‘lmoqda. Bu bilan terminlar qatori ham tushunchalar ham o‘zgarishlarga ega.

Bundan tashqari har bir tilning leksikologiyasida qilinayotgan ilmiy tadqiqot ishlari kabi o’zbek tilining leksikologiyasini tartibga solish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari ham shu tilni tartibga solishga xizmat qiladi. Bu esa, muhandislik grafikasi fanlarini o’qitish ishlarini, uning ilmiy terminalaogiyasini ham chetlab o’tmaydi, o‘zining ijobiy ta’siri bilan ta’lim jarayonini yaxshilashga xizmat qiladi.

Bu esa muhandislik grafikasining hamma yo’nalishida qo‘llanilib kelinayotgan terminlar qatorini tartibga solib uni to‘g‘ri qo‘llashga undaydi.

Demak, bu fan muhandislik grafikasi fanlarini o‘qitishda uning ilmiy terminologik tizimidan to’g’ri foydalanishga hamda muhandislik grafikasi siklidagi fanlarning o’zbek tili negizidagiilmiy asoslangan va to’g’ri tanlangan terminologik tizimiga muvofiq ta’lim jarayonini ilmiy-metodik jihatdan tashkil etish va t’alim tizinida tayanch tushunchalarning aniq ifodasi bo’lgan terminlarni to’g’ri qo’llash va undan o’rinli foydalanishga, shu bilan bir qatorda, o’qituvshining grafik madaniyatini rivojlantirish yo’llariga doir masalalarni yoritish, o’qitish sifatini va uning samaradorligini oshirish, bo’lg’usi o’qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini yaxshilash maqsad qilib qo’yilgan.

Fanning vazifasi bolajak chizma geometriya va chizmachilik fanlari o’qituvchilarning to’g’ri tanlangan terminlardan va uning terminologiyasidan o’rinli va unumli foydalanish kampetentligini shakllantirish bilan bir tushunchaning xilma-xil terminlar bilan ifoda qilinishining oldini olish, noaniqlik, chalkashliklarni bartaraf etish asosisiy vazifa qilib belgilanadi.

«Muhandislik grafikasi terminologiyasi» fanini o‘zlashtirish jarayonida:

termin tanlash mezonlari;

o’qitish jarayonida to’g’ri tanlangan terminlardan foydalanish printsiplari;

darslik va o’quv adabiyotlarida bitta tushunchaning xar xil terminlar bilan qo’llanilayotganligi va ularni qo’llashda eng maqbulini tanlash va o’qitishda unga amal qilish, bu bilan o’qitish ishlarini yaxshilash hamda uning sifat va samaradorligini oshirish munkinligi;

muhandislik grafikasining ilmiy terminologiyasi o’zbek tilining bir sohasi ekanligi, uning o’zbek adabiy tili rivojlanishidagi o’rni, lingvistik asosdagi muammolari: leksik-semantik, grammatik va boshqa xususiyatlari;

- chizma geometriya va chizmachilik terminlarining tarixiy shakllanishi, tarixiy ildizlari va rivojlanishi, terminlarning ixtisoslashish jarayoni ularning tematik klassifikatsiyasi, milliy xususiyatlari;

- chizma geometriya va chizmachilik terminlarining boshqa fanlar va sohalar bilan umumiyligi, aloqadorligi, bog’liqligi;

- muhandislik grafikasida qo‘llanilib kelinayotgan terminlarni tartibga solish va to‘g‘ri qo‘llash kabi bilimlarni egallashi, bu bilan bolajak o’qituvchilar:

- muhandislik grafikasining ilmiy terminologiyasini, ta’lim jarayoni bilan bog’lab to’g’ri tanlangan terminlardan foydalanib o’qitishni;

- chizma geometriya va chizmachilikka oid darslik va o’quv adabiyotlardagi terminlarni tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlashni;

- tushuncha ifodalashda qulay bo’lgan terminlarni tanlashni;

- talabalarning muhandislik grafikasining ilmiy terminologiyasi mezonlari bilan mustaqil ishlay olishni bilishi va ulardan to’laqonli foydalana olishi nazarda tutiladi.

Demak, bo’lajak o’qituvchi:

- to’g’ri va qulay terminlarni tanlash va ulani qo’llash;

- o‘quv jarayonida to’g’ri tanlangan terminlardan samarali foydalanish va bu bilan dars samaradorligini oshirish;

- muhandislik grafikasi fanlariqan lektsiya va amaliy mashg’ulotlarda tayanch tushunchalar va ularni o’quvchilar ongiga singdirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;

- fanlararo munosabatdagi va umumiylikka ega bo’lgan tayanch tushunchalarni ifoda qiluvchi terminlar qatorini belgilash, guruhlash;

- qo’llanilayotgan termin, simvol, belgilashlarning manosini, ular orasidagi bog’lanishlarni tushungan holda fikrni aniq va lo’nda bayon qila olish;

- aytilgan fikrni dalillar asosida tasdiqlay olish;

- mantiqiy mulohaza yurita olish va ulardan amalda foydalana olish;

- olgan nazariy bilimlarini amaliyotga va dars jarayoniga tadbiq eta olish;



- muhandislik grafikasi fanlarining terminologik tizimini, uni ilmiy jihatdan to’g’ri talqin qilinishiga erishish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozim.


1 Ўзбекистон Рееспубликаси Президентининг

Download 20,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish