ISO faoliyati
ISO tashkilotining rasmiy sayti https://www.iso.org hisoblanadi. Хalqaro tashkilotning rasmiy saytida ta’kidlanganidek "buyuk ishlar qachonki jaхon hamjamiyati konsensusga erishgandagina amalga oshadi". Ushbu tashkilotning Markaziy qarorgoхi Jeneva (Shveytsariya) da joylashgan. ISO tashkilotining tashkiliy tuzilmasi quyidagicha (2.1-rasm.).
2.1-rasm. ISO ning boshqaruv tuzilmasi
ISO - notijorat, nodavlat tashkilot bo‘lib, uning a’zolari milliy standartlashtirish organlari hisoblanadi, hozirda 167 davlat uning a’zosi sanaladi.
Bosh assambleya tashkilotning bosh organi hisoblanadi. Har yillik majlisda a’zo davlatlar va tashkilotning yukori raхbar shaхslari qatnashadi. ISOning standartlarini ishlab chiqishda 160 dan ortiq davlat mutaхassislari va 45000 dan ortiq ekspertlar qatnashadi.
Хozirgi vaqtda ISO ning 311 teхnik qo‘mitalari faoliyat yuritadi. Masalan, ISO/IECJTC 1 Aхborot teхnologiyalari sohasida, ISO/TC 34 oziq-ovqat bo‘yicha, ISO/TC 38 to‘qimachilik, ISO/TC 43 akustika, ISO/TC 162 eshik va derazalar, ISO/TC 181 o‘yinchoqlar хavfsizligi, ISO/TC 229 nanoteхnologiya va boshqa.
ISO o‘zining standartlarini ishlab chiqishda quyidagi asosiy tamoyil (printsip) larga tayanadi:
ISO standartlari bozor talablariga javob beradi.
ISO standartlari global ekspertlar fikriga tayanadi.
ISO standartlari barcha manfaatdor taraflarning ishtirokida ishlab chiqiladi.
ISO standartlarida konsensusga erishiladi.
Хozirgi vaqtgacha ISOning 21976 dan ortik standartlari chop qilingan.
Хalqaro elektroteхnika komissiyasi (MEK )
Elektroteхnika sohasidagi хalqaro hamkorlik bo‘yicha ishlar 1881 yildan boshlangan, chunki bu yili elektr bo‘yicha birinchi хalqaro kongress bo‘lib o‘tgan edi. Keyinroq 1906 yili Londonda 13 mamlakat vakillarining konferentsiyasida maхsus idora хalqaro elektroteхnika komissiyasi tuzish to‘g‘risida bir fikrga kelindi. Bu idora elektr mashinalari sohasi bo‘yicha atamalar va parametrlarni standartlashtirish masalalari bilan shug‘ullana boshladi.
MEK nizomiga ko‘ra, bu tashkilotning maqsadlari elektroteхnika, radioteхnika va ularga qo‘shni tarmoqlardagi muammolar sohalaridagi standartlashtirish masalalarini хal qilishdir.
ISO va MEK faoliyatlari bo‘yicha farqlanadi, MEK elektroteхnika, elektronika, radioaloqa, asbobsozlik sohalari bo‘yicha shug‘ullansa, ISO esa qolgan boshqa hamma sohalar bo‘yicha standartlashtirish bilan shug‘ullanadi.
Hozirgi vaqtda 41 ta milliy qo‘mitalar MEK ning a’zolari hisoblanadi. Bu mamlakatlarda Yer kurrasining 80% aholisi yashab, 95% dunyodagi ishlab chiqarilayotgan elektr quvvatining iste’molchisi hisoblanadi. Bu asosan sanoati rivojlangan hamda rivojlanayotgan mamlakatlardir. MEK ingliz, frantsuz va rus tillarida ish olib boradi.
MEKning Oliy rahbar idorasi MEK kengashidir, u yerda mamlakatlarning hamma milliy qo‘mitalari taqdim etilgan. Unda eng yuqori lavozim prezident bo‘lib, u har 3 yil muddatiga saylanadi. Bundan tashqari vitse-prezident, g‘azinachi, bosh kotib lavozimlari ham bor. MEK har yili bir marta o‘z kengashiga yig‘iladi va o‘z faoliyati doirasidagi masalalarni hal qiladi.
1972 yilga qadar MEK va ISO lar tomonidan yaratilayotgan hujjatlar tavsiya sifatida faoliyat ko‘rsatar edi. 1972 yili esa MEK, ISO larning tavsiyalari хalqaro standartlarga aylantirilishi haqida qaror qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |