O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi gulistоn dаvlаt universiteti o’. T. Toshbekov



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/181
Sana19.02.2022
Hajmi1,88 Mb.
#457647
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   181
Bog'liq
tuproqshunoslik asoslari 2

NAZORAT TOPSHIRIQLARI
8.1.1.
Tuproq qattiq qismini ...................................................... eritadi. 
8.1.2.
Hozirgi vaqtda tuproq eritmasini ajratib olishda qaysi usullar qo’llaniladi? 
8.1.3.
Tuproq eritmasi eruvchi moddalarga to`yingan sari uning ......................... kuch ayadi. 
8.1.4.
Tuproqning eng muxim xususiyati nima deb o’ylaysiz? 
8.1.5.
Tuproq 
eritmasidagi 
moddalar 
dissоtsiyatsiya 
jarayoni 
natijasida qanday 
o’zgarishlarga uchraydi? 
2-ASOSIY SAVOL 
TUPROQ ERITMASINING TARKIBI, KONTSENTRATSIYASI VA 
OSMOTIK BOSIMI 
2-asоsiy savolning bayoni:
Tuproq eritmasidagi moddalar tarkibi va kontsentratsiyasi tuproqlar harakteriga, haroratga, 
namlikka, biologik protsesslarga qarab turlicha bo’ladi. Tuproq eritmasida nitratlar azot saqlovchi 
organik moddalarning mikroorganizmlar ta’sirida emirilishi natijasida hosil bo’ladi. Nitratlar 
miqdori esa tuproqdagi organik moddalar tarkibi va miqdoriga, nitrifikatsiyalovchi bakteriyalar 
miqdori va aktivligiga bog’liqdir. Mazkur bakteriyalar faoliyati, o’z o’rnida, haroratga, namlikka 
muxitning pH - iga va boshqa faktorlarga bog’liqdir. Hosil bo`lgan nitratlar o’simlik va mikro-
organizmlarga singadi. Shu sababli tuproqdagi nitratlar miqdori doimo o’zgarib turadi. Nitratlarning 
miqdori qarama-qarshi protsesga, ya’ni nitratlarning to’planishi va ularning o’simliklar tomonidan 
o’zlashtirilishiga, anaerob sharoitda esa denitrifikatorlarning yemirilishiga bog’liqdir. 
Qora shudgorda o’simliklarning iste’mol etmasligi sababli nitratlar to’planadi. Bu nitratlar 
kuzda yuvilib tuproqning pastki qatlamlariga tushadi. O’simliklar o’sadigan dalalarda yoz paytida 
tuproqdagi nitratlar miqdori keskin kamayib ketadi. Chunki bu paytda o’simliklar nitratlarni 
ko’plab o’zlashtiradi. Tuproq eritmasida NO
2
-
ioni kamroq, chunki u tez oksidlanib NO
3
-
ga 
aylanadi. Aerob jarayonlari ustun bo`lgan sharoitda tuproqda NH
4
+
juda oz miqdorda bo’ladi, 
chunki u ham oksidlanib nitrifikatsiya natijasida NO
3
+
ga aylanadi. Anaerob sharoitida, aksincha, 
tuproqda NO va NO
2
-
bulmagani xolda NH
4
+
ioni ko’proq bo’ladi. CO
2
miqdori tuproqning 
biokimyoviy aktiviy aktivligiga qarab o’zgarib turadi. Issiq paytlarda nam yetarli bo`lganda tuproq 
havosi va eritmasidagi CO
2
miqdori tirik organizmlarning nafas olishidan hamda o’simlik 
qoldiqlarini mikroblar yemirishidan ajralib chiqishi hisоbiga ortadi. Tuproqdagi biologiq protsesslar 
sust qechaetgan baxor va quz paytlarida CO
2
miqdori kamayib qetadi. 
Tuproq havosida CO
2
ko’payganda eritmada ham CO
2
miqdori ortadi va eritma kislotaliligi 
keskin oshadi. Tuproq eritmasida CO
2
miqdorining ortishi natijasida CaCO
3
ning eruvchanligi 
ortadi va qisman bikarbonatga aylanadi. Tuproq eritmasida HCО
3
-
ionining paydo bo’lishi 
natijasida tuproq ishqorlanadi. Ayniqsa pH ning keskin ko’tarilishiga esa sоda sabab b’ladi. Tuproq 
eritmasida PO
4
3-
ioni juda kam miqdorda bo’ladi (0,75-1,5 mg/l). Asоslarga boy bo`lgan neytral va 
ishqoriy tuproqlarda PO
4
3-
kaltsiy tuzi, masalan, Ca
3
(PO
4
)
2
yoki natriy tuzi tariqasida buladi. Bu ion 
nordon tuproqlarda AIPO
4
va FePO
4
shaklida uchraydi. Bu birikmalar juda kam eriydi. 


77 
Tuproqda bazoidlar bo`lganda difosfat ionlari tuproqqa singadi, natijada tuproq eritmasida 
ularning kontsentratsiyasi kamayib ketadi. O’simliklar fosfatning harakatchan birikmalarini 
o’zlashtiradi, shuning uchun bu birikmalar kontsentratsiyasi kamayadi. Nitrifikatsiya va 
sulfurizatsiya eruvchi formadagi fosfor miqdorini oshiradi. 
Sho’rlangan tuproqlar eritmasida SО
4
2-
va CI
-
bo’ladi. Tuzlarning erishi, silikatlar va 
alyumosilikatlarning 
parchalanishi hamda singdiruvchi kompleksdan kirishi natijasida tuproq 
eritmasida kationlar hosil bo’ladi. Sho’rlanmagan tuproqlarda ozroq miqdorda kaltsiy Ca(HCO
3
)
2
va Ca(NO
3
)
2
shaklida bo’ladi. Sho’rlangan tuproqlarda kaltsiy CaSО
4
va CaCI
2
shaklida uchraydi. 
Tuproqda kaliy kamroqdir. 
Nordon tuproqlar eritmasida AI va Fe ionlari bo’ladi. Tuproq eritmasidagi organik moddalar 
miqdori Ca bo`lganda kamayadi va nordon tuproqlarda vodorod bo`lganda esa ortadi, shuningdek 
kuchli ishqorlangan tuproqlarda Na ko’payadi. O’simlik tuproqdagi moddalarni ularning 
kontsentratsiyasi past bo`lgandagina o’zlashtiradi. Eritmaning osmotik bosimi hujayra shirasining 
osmotik bosimidan yuqori bo`lganda moddalar o’zlashtirilmaydi, shu sababli o’simlik o’sishdan va 
rivojlanishdan to’xtaydi. Sho’rlangan tuproqlarning osmotik bosimi eng yuqori bo’ladi. 
Sho’rlanmagan tuproqlarda osmotik bosim kattaligi namlikqa bogliqdir. Tuproq qurigan sari 
osmotik bosim orta boradi. bordi-yu, tuproqda faqat qiyin eriydigan tuzlar bo’lsa, tuzlarning 
kontsentratsiyasi oshganda ular eritmadan cho’kmaga tushadi, shu sababli sho’rlanmagan 
tuproqlarda osmotik bosim tuproq, hatto juda quruq bo`lganda ham aytarli darajada oshmaydi. 
Tuproq eritmasi o’z tarkibiga qarab uch xil - neytral, ishqorli va kislotali bo’lishi mumkin. 
Tuproq ishqoriyligi yoki kislotaliligining miqdori eritmaning titrlanishi bilan yoki vodoprod 
ionining kontsentratsiyasini belgilash orqali aniqlanadi. Tuproq ishqoriyligi tuproq eritmasida 
ishqoriy yer asоslarninng bikarbonatlari Ca(HCO
3
)
2
va Mg(HCO
3
)
2
, ishqorlarning karbonatlari 
hamda bikarbonatlari Na
2
CO
3
va Na
2
HCO
3
ning mavjudligi bilan vujudga keladi. 
Ohakka boy bo`lgan tuproq kuchsiz ishqorlanganligi yoki tuproq eritmasi reaksiyasining 
neytral (7-7,5 atrofida) bo’lishi bilan harakterlanadi: 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish