O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi gulistоn dаvlаt universiteti o’. T. Toshbekov



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/181
Sana19.02.2022
Hajmi1,88 Mb.
#457647
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   181
Bog'liq
tuproqshunoslik asoslari 2

NAZORAT TOPSHIRIQLARI
1.1.1.
Tuproqshunoslik fani nimani o’rganadi? 
1.1.2.
Tuproq deb nimaga aytiladi? 
1.1.3.
Tuprqshunoslik fanining boshqa fanlar bilan aloqasi to’g’risida nimalarni bilasiz? 
1.1.4.
Tuproqni o’rganish usullarini gapirib bering? 
1.1.5.
Tuproqning eng muxim xususiyati nima deb o’ylaysiz? 
1.1.6.
Litosfera ustki qatlamidagi qaysi jinslar tuproq paydo bo’lishida katta ahamiyatga ega. 
1.1.7.
Tuproqshunoslik fanining ahamiyatini so’zlab bering. 
2-ASOSIY SAVOL 
TUPROQSHUNOSLIK TARIXI
2-asоsiy savolning bayoni:
Insоnlar juda qadim zamonlardayoq dehqonchiliq bilan shug’ullanib unumdor tuproqlarga 
ishlov berish hamda sug’orishning turli usullarini ishlab chiqqanlar, keyinchalik ko’proq hosil olish 
maqsadida yerni o’gitlay boshlaganlar. Yozuvning paydo bo’lishi bilan birga tajribada to’plangan 
bilimlar yozib qoldirilgan. Xitoy, Yaqin Sharq, Gretsiya va Rim mamlakatlarining yozma 
yodgorliqlarida tuproqqa ishlov berish o’gitlash hamda sug’orishga oid ma’lumotlar saqlanib 
qolgan. 
XI asrdayoq fransuz olimi Bernax Pallis o’simliklar tuproqdan mineral oziq moddalarni 
oladi deb xisоblagan. 
XIX asrning boshlarida Teyr «Chirindi bilan oziqlanish» nazariyasini ishlab chiqdi. Bu 
nazariyaning moxiyati shundan iborat ediki o’simlik organik chirindi moddalarni bevosita 
tuproqdan o’zlashtirib oladi. 
A. Teyrning «Chirindi nazariyasi» dan keyin XIX asrning 40-yillarida Yustus Libixnng 
«Mineral bilan oziqlanish» nazariyasi paydo bo’ldi. U tuproq unumdorligi uning tarkibidagi mineral 
tuzlarning miqdoriga bogliq deb xisоblar edi. Bu mineral o’g’itlarning ishlatilishiga yordam berdi. 
Libix va uning shogirdlari tuproqdagi biologik jarayonlarni va organik moddalarni mutlaqo 
e’tiborga olmaganlar. Tuproqning fizik xosalarini ham hisоbga olmagan. 
M.V. Lomonosоv «Yer qatlamlari haqida» degan asarida tuproqning paydo bo’lishi haqida 
to’g’ri fikrlarni bayon etgan. U madaniy tuproqlarning kelib chiqishini yoritadi va tuproq paydo 
bo’lishi hamda uning unumdorligining ortishini aniqladi. 
Dokuchayev 1877-1881 yillarda qora tuproqli viloyatlarning tuproqlarini keng ko’lamda 
tekshirgan. Bu tekshirishlarning natijalari «Русский чернозем» asarida umumlashtirilgan. Mana 
shu asar tuproqshunoslikning mustaqil fan bo’lishi uchun asоs bo’lgan. 
Tuproqshunoslik va dehqonchilikning rivojlanishida V.V. Dokuchayevning zamondoshi 
Kostichevning ham xizmati katta. U tuproq paydo bo’lishining asоsi deb biologik jarayonlarni aytib 
bergan. U tuproq unumdorligi faqat ularning kimyoviy xossalarigagina emas balki fizik hamda 
biologik xossalariga ham bog’liq ekanligini aniqlagan. 


20 
Vil’yams moddalar almashinishining katta geologik davri va qichiq yoki biologiq davri 
to’g’risida ta’lim yaratdi. Gedroyts tuproq kimyosining rivojlanishiga katta hissa qo’shdi. I.V. 
Tyurin, M.M. Kononova tuproqdagi organik moddalarni, N.A. Kachinskiy, Rode tuproq fizik 
xossalarini, V.A. Kovda, L.B. Rozov va boshqa olimlar tuproqning sho’rlanish jarayonlarini va 
sho’rtob tuproqlarni, L.N. Prosalov, Gerasimov va boshqa olimlar tuproq geografiyasiga oid 
masalalarni keng yoritib berdi. 
O’rta Osiyo tuproqlari to’g’risidagi dastlabki ma’lumotlarni Semyonov, Tyanshanskiy, 
Middendorf, Obruchaev va boshqa olimlar o’rganishgan. XX asrning boshlarida Prosalov va 
Dimolar tomanidan o’rganilgan. Bu fanni o’rganish bo’yicha O’zbekistonda Tuproqshunoslik va 
agrokimyo ilmiy tadqiqot instituti, O’zbekiston paxtachilik ilmiy tadqiqot instituti va suv 
tarmoqlarni yaxshilash instituti, viloyatlar va tumanlardagi agroxim va meliorativ laboratoriyalar 
keng miqyosda ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Bu sоhada katta hissa qo’shgan olimlar qatoriga 
B.V. Gorbunov, N.V. Kimberg, M.U. Umarov, L.T. Tursunov. M.A. Pankov, A.M. Rasulov, A.Z. 
Genusоv, I.N. Felitsiant, A.I. Nerozin, O.K. Komilov, X.M. Maqsudov, R.Q. Qo’ziev, M.M. 
Toshqo’ziyev va boshqa olimlarni qo’shishimiz mumkin. 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish