Mavzu yuzasidan savollar
1.Yetim va ijtimoiy yetim tushunshalari qanday farqlanadi?
2.Yetim bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy pedagogi faoliyatda nimalar inobatga olinadi?
3. Yetim bolalar psixologiyasini o`rganishda ijtimoiy pedagog nimalarga e’tibor berishi kerak?
21-Mavzu: Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat
REJA:
1.Chaqaloqlik davrida ijtimoiylashuv moslashuv.
2.Go‘daklik davrida ijtimoiy moslashuvning o ‘ziga xosliklari.
3.Maktabgacha ta'lim muassasalarda olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat.
Tayanch tushunchalar: Go’daklik davri, Chaqaloqlik davri
Bolaning rivojlanishi qanday bo’ladi, u qanday shakllanadi va unga ta’sir etuvchi omillar nimadan iborat degan muammo juda qadim zamonlardan beri psixolog va pedagoglarning diqqatini jalb etib kelmoqda. Bolalarni taraqqiy etishini tushuntirib berishga uringan eng keksa nazariya “Bola katta yoshli kishining kichik nusxasi” degan so’z bilan ta’riflanadi. Bu nazariya tarafdorlari bola sifat e’tibori bilan katta yoshli kishidan hech bir farq qilmaydi. Bola bo’yi, shuningdek tasavvurlari, xotirasi, diqqati, tafakkuri va boshqa jarayonlaridan anchayin kichkina bo’lgan katta yoshli kishilardir deb ko’rsatishga urinadir. Lekin bola psixikasining sifat jihatidan o’ziga xosligini tushuntirib bera olmaydilar va taraqqiyotning asosiy sabablarini yoritib bera olmaydilar. XVIIasrdan boshlab filosofik va psixologik yo’nalishlarda bolaning taraqqiyoti haqida kurash boradi: psixologik yo’nalish tarafdorlari psixik taraqqiyot butunlay muhitga va turmush tajribasiga bog’liq deydilar. Xo’sh odam psixikasi va xatti harakatlarida bor bo’lgan o’ziga xos xususiyatlarni nima bog’laydi –tabiiy, tug’ma xususiyatlarmi yoki hayot davomida orttirgan xususiyatlarmi? degan muammoda turlicha qarashlar maydonga keldi .
Go’daklik davri bolaning tug’ilgandan 1 yoshgacha bo’lgan davrini o’z ichiga oladi. Uning dastlabki 1-oyi chaqaloqlik davri deb yuritiladi. Bolani dunyoga kelishini o’zi bir mo’’jiza, bu esa oilada homilador ayolga nisbatan ijobiy munosabatda bo’lishni talab qiladi.
Oilada farzand dunyoga kelishi sezilishi bilanoq xomilador ayolga qulay sharoit yaratish atrofdagilar uchun shartdir. CHunki ayol homiladorlikning 2-3 oyligida muhitda va o’zida o’zgarishlar seza boshlaydi. Ayoldagi jismoniy o’zgarishlardan tashqari uning ruhiyatida ham bir qancha psixik o’zgarishlar sodir bo’ladi, ayolning ruhiy holati tug’ilajak farzandning psixik rivojlanishiga, jismoniy rivojlanishiga ta’sir qiladi. Homilador ayol psixik holatiga qarab farzand rivojlanib boradi. SHuning uchun farzand har jihatdan sog’lom o’sishi uchun ota –onaning sog’ligi va atrof muhitning sofligi, oila tinchligi katta ahamiyatga ega. Buyuk bobomiz Amir Temur ham ayollari homilador bo’lsalar, ularni tog’li, xavosi musaffo joylarga olib borib turarkanlar. Ayolni turli jiddiylik xolatlaridan saqlash va manzarali tabiati go’zal joylarga ko’proq sayr qilishni ta’minlash, tinch sokin bo’lishni ta’minlash kerak.
Bu tavsiyalar avvalo homilador ayollarni o’zlariga tegishlidir, chunki eng mas’ul shaxs ayolning, onaning o’zidir. SHunday qilib, bunday tadbirlar vositasi ila bola dunyoga keldi deylik, endi ota –ona zimmasida bu go’dakni har jihatdan sog’lom qilib voyaga yetkazishdek ulkan vazifa turibdi, chunki yangi tug’ilajak chaqaloq ham jismoniy, ham psixik jihatdan juda zaif bo’ladi. CHaqaloqning barcha hayotiy funksiyalari ovqatlanish, nafas olish, nafas chiqarish, xavoning o’zgarishiga, moddalar almashinuviga moslashishi va boshqalar uni organizmi orqali amalga oshiriladi.
CHaqaloqning tug’ilishi sifat o’zgarishlari daqiqasi, ijtimiy rivojlanishning yangi ko’rinishi boshlang’ich nuqta ekanligi bilan ahamiyatga ega. Bolaning psixik taraqqiyotida biologik va ijtimoiy faktorlardan tashqari bolani faolligi ham muhim ahamiyatga egadir. Bolalar psixologiyasi bolaga tarbiyaning pasiv “ob’ekti” deb qaramaydi, balki bola psixikasining taraqqiyotida bolaning aktiv faoliyatini to’g’ri tashkil qilib, yo’lga solib tursa, undagi mavjud sifatlar faoliyatining har xil turlarida namoyon bo’lib o’sayotganini hisobga olib tursagina tarbiya muvoffaqiyatli bo’ladi.
Bola psixikasi o’yin, o’qish, o’rganish, mehnat va ijtimoiy faoliyat jarayonida tarqqiy etadi. Har bir faoliyat bolaning hayotini o’zgarishi bilan turli yoshda turlicha xarakter kasb etadi. Agar bog’chagacha va bog’cha yoshi davridagi bolalarning yetakchi faoliyati o’yin bo’lsa, maktab yoshidagi bolalar faoliyati o’qish, o’rganishdan iboratdir. O’yin yoki o’qish, o’rganish, mehnat yoki ijtimoiy faoliyat turlari orasida keskin chegara bo’lishi mumkin emas. Maktab yoshi davrida o’yin ham saqlanadi, u hatto katta yoshli kishilar hayotida ham u muhim ahamiyat kasb etadi. Mehnat faoliyatiga esa biz bolalarni juda yoshligidan jalb qilamiz. Lekin har bir faoliyat turi ham o’z mazmuni bilan bolaning ham jismoniy, ham psixologik tomondan rivojlanishi imkonini beradi. Bola psixikasining taraqqiy etishda o’yinning roli beqiyosdir. Biz bolaning psixik taraqqiyotini o’yinsiz tasavvur qilishimiz qiyin. CHunki, o’yin orqali bola faqat jismoniy tomondan emas, balki psixologik tomondan ham rivojlanadi. O’yin orqali bola olamni, undagi narsa hodisalarni, ularga xos xususiyatlarni o’rganibgina qolmay, balki nutq so’zlashga, mustaqil fikrlashga xayol qilishga, ijod qilishga, muomala madaniyatiga o’rganadi. Rus pedagogi A.S. Makarenko “Bola o’yinda qanday bo’lsa, o’sib ulg’aygach ishda ham ko’pincha, ko’p jixatdan shunday bo’ladi” –deb to’g’ri aytgan edi. A.M. Gorkiy “O’yin bolalar yashayotgan va o’zgartirishi ish lozim bo’lgan dunyoni bilish yo’lidir”-deb bejiz aytmagan. Haqiqatdan ham o’yin har bir yosh bosqichda bolaning tevarak atrofdagi hayotni va kishilar o’rtasidagi turli munosabatlarni har tomonlama bilib olishga qaratilgan faoliyatidir. Bolaning o’yin faoliyati mazmun jihatdan har kungi vaziyatga qarab o’zgarib turadi. O’yin doimo o’zgarib turganligi tufayli bola o’ynab charchamaydi, zerikmaydi. Bolaning atrof muhitga kishilarga, narsalarga va o’ziga bo’lgan turli munosabatlari mazmun hamda shakl jihatdan har doim o’zgarib turadigan o’yin jarayonida namoyon bo’ladi. Bolalarning139 turli ehtiyojlari, istak va qiziqishlari, qobiliyatlari hamda bir qancha shaxsiy fazilatlari o’yin jarayonida bevosita rivojlanadi.
O’yin jarayonidagi bolalar faol faoliyatining psixik taraqqiyot uchun ahamiyati shundaki, bolalarning turli sifat va fazilatlari o’yin jarayonida faqat namoyon bo’libgina qolmasdan, bunda sifat va fazilatlar mustahkamlanadi, o’zlashtiriladi. SHuning uchun psixologiya nuqtai nazardan oqilona ya’ni to’g’ri tashkil qilingan o’yin bola shaxsini har tomonlama o’stiradi va shuning bilan birga bolaning butun psixik jarayonlarida –sezish, idrok, diqqat, xotira, tafakkur, xayol va irodani ildam rivojlanishiga yordam beradi. O’yin o’z mohiyati jihatidan katta kishilarning hatti –harakatlari va xulq-atvorlariga faol taqlid qilishdan iborat bo’lishi tufayli bolalarda ma’naviy sifatlarning mustahkamlanishi uchun va odob – axloq qoidalarini bilib olishlari uchun keng imkoniyatlar beradi. Bola o’yin jarayonida tabiblik yoki muallimlik rolini bajarayotgan bo’lsa, shu kasbga tegishli barcha sifatlarni namoyon qilishga intiladi. Ular o’yinga juda berilib ketsalar, bajarayotgan rollariga xos sifatlar shunchalik samimiy, ijodiy tarzda namoyon bo’ladi. Bolalar uchun o’yin mazmunining hech bir chegarasi yo’q. Bolalar kattalar hayotini hamma tomonlarini o’z o’yinlarida aks ettira oladilar. O’yinning ahamiyati bola shaxsining o’sib kamolotga yetishiga ta’sir ko’rsatishdin iboratdir. O’yin har bir yosh bosqichda bolaning tevarak atrofdagi dunyoni va kishilar o’rtasidagi munosabatlarni bilib olishni ifodalaydi. Bolaning moddiy dunyoga, kishilarga o’z-o’ziga munosabati o’zgarayotgan o’yinda namoyon bo’ladi. Bolalarning ehtiyojlari, istak, qiziqish (xavas) lari bevosita o’yinda ifodalanadi. O’yin bolalarning xayolparastligi tufaydi narsalar va kishilar dunyosini ular uchun ma’qul tomonga “o’zgartirish” imkoniyatini beradigan faoliyatdir. Bog’cha yoshi davrida bola o’yin faoliyati bilan birga ta’limiy mashg’ulotlarda ham ishtirok etadilar. Maktabgacha tarbiya yoshi davridagi ta’limiy mashg’ulotning asosiy mazmuni bolani atrof hayotdagi narsa va hodisalarning asosiy xususiyatlari bilan tanishtirish, og’zaki nutqni lug’at boyligi, tovushlarni to’g’ri talaffuz qilish, grammatik tomondan to’g’ri so’zlashlikka o’rgatish, bog’lanishli nutqni shakllantirishdan iborat, elementar mavhum tushunchalarga ega bo’lish, jismoniy tarbiya, tasviriy san’at qirqib yopishtirish, rasm, loy yoki plastilindan turli buyumlar yasash, qurilishi materiallar bilan ishlash, muzika va boshqa mazmundagi mashg’ulotlar bolani aqliy jihatdan maktab ta’limini egallashga tayyorlash imkonini beradi.
Keyinchalik bolaning hayotiga alohida faoliyat turi kirib keladi. Bu faoliyatni shunday turiki uning bevosita maqsadi yangi-yangi informatsiyalar, harakatlar va ish-harakatlari shakllarini o’zgartirishdan iboratdir. Sub’ektning o’z maqsadi o’rganishdan iborat bo’lgan mana shunday maxsus faoliyat ta’lim jarayonidir.
Ta’lim maktabda yetakchi faoliyat bo’lib u quyidagi tarkibiy qismlarni o’z ichiga oladi:
ma’lum bir faoliyat turini muvafaqqiyat bilan tashkil qilish uchun olamning zarur
xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarni o’zlashtirish (bu jarayonning mahsuloti bilimdir);
mana shu faoliyat turlarini yuzaga keltiradigan usul turli harakatlarni o’zlashtirishi (bu
jarayonning mahsuloti ko’nikmadir);
v) ko’zlangan maqsad va berilgan masala shartiga mos ravishda to’g’ri yo’l va harakatni tanlash hamda nazorat qilish uchun ko’rsatilgan ma’lumotlardan foydalanish usullarini egallash (bu jarayonning mahsuloti malakadir).
Insonning bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishda ongli maqsad bilan boshqariladigan barcha xarakterlar ta’lim bilan bog’liq bo’ladi.Bolalarning qiziqish va qobiliyatlari o’qish-o’rganish jarayonida namoyon bo’ladi va mustahkamlanadi. Bilish, iroda va hissiyot jarayonlari ta’lim jarayonida yuzaga chiqadi va taraqqiy etadi . Bolalar aqliy jihatdan ancha rivojlanibgina qolmay, o’quvchilarning xarakter xislatlari ham o’zgaradi, axloqiy jixatdan shakllanadi. Ta’lim-ta’rbiya jarayonida psixikaning qanchalik tez va samarali taraqqiy etishi o’qituvchilarning diqqat –e’tiboriga va o’ylab ish tutishiga ko’p jihatdan bog’liqdir. Bola shaxsining tarkib topishiga o’yin va o’qish – o’rganish har qancha ta’sir etmasin, bola shaxsi mehnatda takomillashadi.
Mehnat ma’lum ijtimoiy foydali moddiy yoki ma’naviy ishlab chiqarishga qaratilgan faoliyatdir. Mehnat faoliyati insonning asosiy faoliyatidir. Agar katta kishilar mehnat qilishdan to’xtab qoladigan bo’lsa, insoniyat zoti o’z hayotini tugatgan bo’lar edi.
Mehnat odam psixikasining tarkib topishi faktori sifatida bolalar hayotida ham muhim ahamiyatga ega.Yosh bola ham tom ma’nosida mehnat qilmaydi. Uning mehnat jarayoni avvalo o’yin keyinchalik o’qish-o’rganish jarayoni bilan bog’liq xolda rivojlanadi. Agar yosh bolaga “ana uni menga olib kelib ber” – desangiz uni sizga qiynalib olib keladi. Bola bunda harakat qiladi va uni o’ynab bajarishi mumkin, lekin u o’z harakatida mehnat elementlarini bajaradi.
Mehnat ijobiy, ongli munosabatni tarbiyalashi lozim. Chunki bola mehnat qilib, avvalo qiyinchiliklarga bardosh berishga, o’z-o’zini boshqarishga, sabr toqatli bo’lishga o’rganadi. Keyinchalik kishilarning mehnatini qadrlashga, uni mohiyatini anglashga, undan zavqlanishga, jiddiy mehnatga muxabbat bilan qarashiga, mehnatsiz baxtli bo’lish mumkin emasligini anglashga o’rganadi. Hammadan ham muhimi u mehnat qilib, undan zavqlanadi va mehnatni qadriga yetadigan bo’lib qoladi.
K.D. Ushinskiy (1860 yilda) “Mehnatning psixologik va tarbiyaviy ahamiyati” degan maqolasida bunday deb yozgan edi, mehnatning moddiy samaralari odamzod mulkidir; lekin mehnatning ichki, ma’naviy, hayotbaxsh kuchi odamzod qadr-qimmatining manbai bo’lib xizmat qiladi, shu bilan birga odob-axloq va baxt-saodat manbai bo’lib ham xizmat qiladi. Ishlayotgan kishi uchun qilinadigan shaxsiy mehnatgina ana shunday hayotbaxsh ta’sir ko’rsatadi. Mehnatning moddiy samaralarini tortib olish, meros qoldirish, sotib olish mumkin, lekin mehnatning ichki, ma’naviy, hayotbaxsh kuchini tortib olish ham, meros qoldirish ham, Kaliforniyaning jami tillasini berib sotib olish ham mumkin emas; bu kuch mehnat qilgan kishida qoladi.”
Darhaqiqat, bunday zavq faqat mehnat qilgan kishida qolar ekan, u shu kishining kuchiga kuch, g’ayratiga g’ayrat qo’shadi. Biz yosharni yoshligidan boshlab mehnatga muhabbatini uyg’otishimiz va ularni mumkin qadar mehnatga ertaroq jalb qilishamiz, axloqiy va irodaviy sifatlarni shakllanirib berishimiz, komil insonni tarbiyalashimiz hozirgi zamon talabidir.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar mehnat tarbiyasi bilan birga ijtimoiy ishlarda qatnashishi ham muhimdir, chunki u ham bola uchun mehnatdir. Bog’chada turli-tuman ishlarga qatnashishi, jumladan, guruhlarda navbatchilik qilish, gullarni sug’orish, plastilin va loydan buyumlar yasashda, qirqib yopishtirish, qurilish materiallari bilan ishlash mashg’ulotlarida tarbiyachiga yordam berish, mehnat anjomlarini, o’yinchoqlarni joy-joyiga qo’yish kabilar ham bolani mas’uliyatni his qilishga, o’z burchini anglashga, uni sadoqat bilan bajarishga o’rgatib boradi. Bolalar psixologiyasi taraqqiyot faktorlarini ta’lim-tarbiya jarayonida hisobga olish bilan birga, qaysi faktor qaysi faoliyatda faollik darajasida ekanligidan qat’iy nazar tarbiyada ularning ahamiyatiga, qudratiga asoslanadi.
Shuningdek bolalar psixologiyasi tarbiya bolaning ichki tomondan faolligini hisobga olishga asoslansagina, tarbiyaviy ta’sir natijalari qanday bo’lishini psixik xususiyatlariga va faol faoliyatiga qarab aytib bergandagina tarbiya taraqqiyotining qudrati va hal qiluvchi faktori bo’ladi deb hisoblaydi. Ta’lim tizimi rivojlanishining zamonaviy davri – maktabgacha birinchi bosqichida quyidagilarda namoyon bo’luvchi o’zgarishlar yuz bermoqda: maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatining huquqiy-me’yoriy asosi takomillashib bormoqda; muassasalar moliyaviy-xo’jalik faoliyatining yangi shakllariga o’tmoqda; nodavlat tashkilotlar tarmoqlari kengaymoqda; ta’limning ilg’or texnologiyalari tatbiq etilmoqda; kadrlar malakasini oshirish tizimi takomillashmoqda; maktabgacha ta’lim muassasalarining alternativ shakllari tatbiq etilmoqda. Moliya institutlari ishtirokida investitsion loyihalar amalga oshirilmoqda. Maktabgacha ta’lim muassasalarining innovatsion va eksperimental faoliyati kengaymoqda.
YUNESKO qarori bilan 1997 yilda “maktabgacha ta’lim” termini kiritilgan. Bu esa maktabgacha ta’limning nazariy asosini qaytadan ko’rib chiqish zarurligini belgilaydi. SHunga ko’ra, mazkur maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi 2017 yilgacha bo’lgan vazifalar, strategiyasi, maqsadi, tamoyillari, rivojlanish vazifalarini aniqlaydi.
Konsepsiyada davlatimizda, chet elda maktabgacha ta’lim rivojlanishining zamonaviy g’oyalari aks ettirilib, shuningdek, psixolog-olimlar, pedagoglar, defektologlar, ota-onalar jamoatchiligi fikrlari inobatga olingan.
Konsepsiyaning huquqiy asosi bo’lib O’zbekiston Respublikasining quyidagi huquqiy-me’yoriy hujjatlari hisoblanadi: O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta’lim to’g’risidagi” Qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va ta’lim sohasidagi boshqa huquqiy-me’yoriy hujjatlaridir. Davlat bo’lajak fuqaro shaxsi shakllanishida bola ilk rivojlanishini muhim ahamiyatini his qilgan holda uzluksiz ta’lim tizimining birinchi davrida bolalarni tayyorlash uchun zaruriy shartsharoitlar yaratishga kuch-qudrat sarflamoqda.
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang’ich halqasi bo’lib hisoblanadi. U sog’lom va har tomonlama yetuk bola shaxsi shakllanishini ta’minlashga, uni muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlab, uni o’qishga bo’lgan havasini uyg’otishga qaratilgan bo’lib, bu 6-7 yoshgacha bo’lgan davrda davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilalarda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim maqsadi va vazifalarini amalga oshirishda jamoatchilik va xayriya tashkilotlari, mahalliy uyushmalar (mahalla), xalqaro fondlar faol ishtirok etadilar.
Maktabgacha ta’lim – bolaning individual, yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda uning jismoniy va psixik rivojlanishini, uzluksiz ta’limning keyingi bosqichi – maktabga o’z vaqtida va to’laqonli o’tishini ta’minlovchi har tomonlama, maqsadga yo’naltirilgan ta’lim va tarbiya jarayonidir. Maktabgacha ta’lim olishning shakl va usullaridan qat’iy nazar quyidagi vazifalarni hal qilish lozim:
bolalarning jismoniy va psixik salomatligini mustahkamlash;
bolalarni milliy, umuminsoniy, ahloqiy va madaniy qadriyatlarga o’rgatish;
bolaning aqliy qobiliyatini rivojlantirish;
milliy an’analar va urf-odatlar asosida yuqori ma’naviyat va ahloq asoslarini shakllantirish;
maqsadga yo’naltirilgan va muntazam ravishda bolalarni maktabda o’qishga tayyorlash, ularning individual xususiyatlari va iste’dodini rivojlantirish.
Yuqorida ta’kidlanishicha, O’zbekiston Republikasidagi maktabgacha ta’lim maktabgacha yoshdagi bolaning individual xususiyatlariga, davlat va jamiyat ehtiyojlariga bog’liq holda har tomonlama rivojlanishini ta’minlashi lozim.
Maktabgacha yosh davrining xususiyati shundan iboratki, aynan shu davrda turli xil ijtimoiy bilimlar, ko’nikma, malakalar va faoliyatning turli turlarini egallashda zamin bo’lib xizmat qiluvchi umumiy rivojlanish ta’minlanadi.
Bola shaxsiga yo’naltirilgan ta’lim jarayonidan kelib chiqib, maktabgacha yoshdagilar ta’lim va tarbiyasi shaxs shakllanishida insonparvarlik tamoyili va ijodiy yondashuvga asoslangan tarbiyaning metod va yo’llari tizimidan iborat bo’lgan hamkorlik pedagogikasi tamoyillariga asosan amalga oshirilishi zarur.
Hamkorlik pedagogikasining asosiy qoidalari – tarbiyachi va bolaning ijodiy o’zaro ta’siri sifatida ta’limga munosabat; ixtiyoriy ravishda o’qitish ; mushkul maqsad g’oyasi (bola oldida murakkab maqsad qo’yiladi va uni yengib o’tish ishonchi singdiriladi); tayanchdan foydalanish (tayanch signallar); o’z-o’zini tahlil qilish (bolalar faoliyatini individual va jamoaviy xulosalash); erkin tanlash (o’quv materialini bolalar tomonidan yaxshiroq o’zlashtirilishi maqsadida tarbiyachining o’quv vaqtidan o’z ixtiyoricha foydalanishi); guruhning intellektual foni (ta’limning mazkur davrida zaruriy hayotiy maqsadlarni qo’yish va o’quvchilarni dasturga nisbatan ko’proq bilimlarni olishi); tarbiyaga shaxsiy yondashuv, tarbiyachilar va ota-onalar hamkorligi.
Ta’lim natijasi bo’lib, bolaning shaxsiy sifatlari: mehribonlik, xayrixohlik, dilkashlik, vijdonlilik, to’g’rilik, maqsadga intiluvchanlik, tashabbuskorlik, qat’iyatlilik, uyushqoqlik, mehnatsevarlik, mas’uliyatlilik, ziyraklik, vazminlik, dovyuraklik, mustaqillilik, ishchanlik, kuzatuvchanlik, bilimdonlik va shu kabilar mazmunini o’zgartirish hisoblanadi.
Ta’lim tomonidan zamonaviy jamiyatga integratsiyalashgan (qo’shilgan) va uni takomillashtirishga yo’nalgan odam va fuqaroning vujudga kelishi, bilimlarning zamonaviy darajasiga mos keluvchi olam tasvirining shakllanishi; shaxsning milliy va jahon madaniyatiga integratsiyasi uchun shart-sharoit yaratuvchi jamiyatning umumiy va professional madaniyatining jahon darajasiga teng kelishi; jamiyatning milliy kadrlar imkoniyatini takror ishlab chiqarish va rivojlantirish ta’minlanadi.
Uzluksiz ta’lim jarayonining yakunlanish muvaffaqiyati ta’limning normativ belgilangan bosqichi sifatida ta’lim darajasi haqida dalolat beradi. Maktabgacha yoshdagi bola uchun bilim darajasi – bu shaxs sifatlari va xususiyatlarining rivojlanish darajasi, ta’lim standartiga asoslangan yoshga va dastur talablariga bog’liq holda erishilgan bilim, ko’nikma va malakalar yig’indisidir.
Maktabgacha ta’lim jarayonida maktabgacha yoshdagilar ta’lim va tarbiyasining shaxsiy yo’nalganlik modeli ustuvor bo’lib hisoblanadi. SHaxsiy yondashuvning maqsadi – bu shaxsning shakllanishi bo’lib, belgilangan standart bo’yicha uni o’zgartirish emas, balki uni qanday bo’lsa, shundayligicha qabul qilishdir. SHaxsiy yondashuv ta’lim jarayoni sub’ektining shaxsiy vazifalari (funksiyalari) rivojlanishining to’laqonli namoyon bo’lishi uchun shart-sharoitlar yaratishni nazarda tutadi. SHaxsiy vazifalar – “shaxs bo’lish” ijtimoiy buyurtmasini amalga oshiruvchi ma’lum bir sifatlarni shaxs tomonidan namoyon bo’lishidir.
Ta’lim jarayonini tashkil qilishning asosi sifatida shaxsiy yondashuv shaxsning jamoada e’tirof etilishi, unda insonparvarlik o’zaro munosabatlarini yaratishni bildiradi. Mazkur munosabatlar sababli bola o’zini shaxs sifatida anglab, boshqa insonlar (kattalar va tengdoshlar)da ham shaxsni ko’ra olishga o’rganadi. Tengdoshlar, bolalar jamoasi har bir bolaning imkoniyatlari amalga oshirilishi kafolati sifatida namoyon bo’ladi. Har bir bolaning shaxsiy imkoniyatlari amalga oshirilishining yo’llari pedagogning qadriyatlar yo’nalganligiga, ya’ni uning moddiy va ma’naviy qadriyatlarga , hulq-atvorda namoyon bo’luvchi ustanovkalar tizimi, e’tiqod, afzalliklarga tanlab munosabatda bo’lishiga bog’liq.
Pedagogning qadriyatlari yo’nalganligi uning kasbiy faoliyat yo’nalishini belgilaydi. SHaxsiy yondashuv pedagog va bolaga o’zini shaxs deb anglashiga yordam berishni, ular imkoniyatlarini aniqlash va ochishni, o’z-o’zini anglash shakllanishini, o’z o’rnini belgilashning shaxsiy muhim va ijtimoiy maqbul usullarini amalga oshirishni, o’z-o’zini namoyon qilishni va o’z mavqeini tasdiqlashni nazarda tutadi.
Ta’lim muassasasida bola shakllanish muammosida oilaviy tarbiya sharoitlarini xisobga oluvchi va bolaning shaxsiy salohiyati va qobiliyatini ochishga qaratilgan tarbiya haqidagi zamonaviy ilmiy ma’lumotlarni amalda qo’llovchi pedagogning o’rni masalasini ko’rib chiqish talab etiladi. Pedagogga shaxsiy yo’naltirilgan yondashuvni amalga oshirishda pedagogik o’zaro ta’sirni davrma-davr rejalashtirishdan “pedagog faoliyatining vositasi sifatida emas”, balki pedagog va bola “shaxsining namoyon bo’lish usuli” sifatida foydalanish zarur (P.Blonskiy, A.Leontev). Pedagogik o’zaro ta’sirning birinchi davrida pedagog bola bilan psixologik aloqani o’rnatish maqsadida birgalikda xatti-harakatlarni shakllantirib rivojlantiradi (qabul qilish va yoqtirish xissi, birbiriga ishonch, emotsional hamdardlik, o’zaro xatti-harakatlarni tushunish va kelishilganlik), pedagogik aloqani emotsional- shaxsiy aloqaga “o’tkazadi”. Kattalar va bolalar o’zaro ta’sir xarakteriga javobgarlik o’zaro munosabatlarni o’rnatishni biluvchi kattalar zimmasida qoladi. Ikkinchi davrda bolani psixologik qo’llab-quvvatlash, kattalar bilan muloqotda konkretemotsional, amaliy ta’sir qiluvchi va odob-ahloq aloqasiga erishish maqsadlarida namoyon bo’ladi. Bola shaxsi shakllanishini psixologik qo’llab-quvvatlash – bu kattalar tomonidan bola muammosini tushunish, qabul qilish, tan olish va ularni hal qilishda yordam berishdir. Uning asosiy maqsadi pedagogik muloqotning kundalik vaziyatlarida kattalar va bolalar emotsional-shaxsiy munosabatlari shakllanishidan iborat. Tarbiyachi shaxsiy-rivojlanuvchi o’zaro ta’sir sharoiti sifatida psixologik qo’llab-quvvatlashni amalga oshirishda:
pedagogga va o’z-o’ziga ishonish imkoniyatini berib, bolaga nisbatan mehr-muhabbat, g’amxo’rlik, samimiylik bildiradi;
o’z-o’ziga baho berish va u uchun o’zining ahamiyatga egaligini mustahkamlash maqsadida bolaning fazilatlarini ongli ravishda ta’kidlaydi;
xatolarga yo’l qo’yish qo’rquvini ketkazib, bola uchun ijobiy emotsional makon yaratadi;
bolaning muvaffaqiyatsizligini tushungan holda qabul qilib, u bilan birga ularni yengib o’tish yo’llarini aniqlaydi. Bunday yondashuv asosida “kattalar-bolalar” o’zaro ta’sir tizimining shaxsiy yo’naltirilgan qoidalaridan biri yotadi. Bunga ko’ra har bir inson, xususan ta’lim oluvchi xato qilish va uni tuzatish huquqiga ega;
bolani tarbiyalamasdan, balki muammoni bola tomonidan hal qilinishiga yo’lboshchilik qiladi.
SHunday qilib, pedagog (katta odam) psixologik qo’llab-quvvatlashni amalga oshirib, maktabgacha davrdagi bola shaxsi shakllanishini ta’minlovchi, taraqqiyotning shart-sharoiti, xarakteri va kelajagi uchun majburiyatni o’z zimmasiga olib, asosiy omil sifatida ishtirok etadi. Bola esa o’z navbatida ijtimoiy hulq-atvor namunasi sifatida kattalarning munosabatini kuzatib (tahlil qilib), ijtimoiy maqbul va adekvat hulq-atvor normalarini o’zlashtiradi.
Psixologik qo’llab-quvvatlashni amalga oshirish pedagog va bola emotsional-shaxsiy munosabatlarining rivojlanishiga olib keladi. Emotsional-shaxsiy qo’llab-quvatlanishni qidirish maqsadida pedagog bilan o’zaro munosabatga kirishib, muloqot davomida namoyon bo’lgan sifatlar (diqqat-e’tibor, xayrixohlik va b.) orqali uni bilib oladi. Keyingi galda bola aynan shu xususiyatga ishongan holda aloqaga kirishib, unda emotsional-ijobiy o’z-o’zini his qilish, atrofdagilar uchun keraklilik xissi shakllanadi.
Pedagogik o’zaro ta’sirning uchinchi davrida o’zaro ta’sirning uslubi sifatida “pedagogik his qilish”ning shakllanishiga, pedagog va bolaning bir-biriga ta’sir ko’rsatishning tuzilishi sifatida o’zaro munosabatlar ma’lum bir turining yuzaga kelishiga olib keluvchi emotsional-shaxsiy munosabatlarning rivojlanishi yuz beradi.
Hamkorlik pedagogikasi kattalarga (tarbiyachilar, ota-onalar va b.) ta’lim va tarbiya jarayonida muloqotning altruistik uslubidan foydalanish zarurligini uqtiradi. Pedagog bolaga bunday ta’sirni amalga oshirishda unga hukmronlik qilib, nazorat, majburlash kabi ta’sirlardan voz kechib, tarbiyalanuvchiga erkin tanlash huquqini beradi. Bola muloqotning mazkur uslubida chegarasiz, so’zsiz o’z-o’ziga, shaxsiy imkoniyatlariga bo’lgan ishonch vaziyatiga tushadi. Bunday vaziyat natijasi sifatida maktabgacha yoshdagi bolalarda ahloqiy o’z-o’ziga baho berish: o’zganing ishonchini his qilgan holda o’zining imkoniyatlariga ishona boshlaydi. Pedagogning bolaga nisbatan beg’arazligi uni ham beg’araz harakat qilishga undaydi.
Shunday qilib, pedagogik o’zaro ta’sirning uchinchi yakunlovchi davrida uyg’un munosabatlar tizimi sifatida ikki tomonlama muloqotga kirishuvchilarning bir-biriga ta’sir tizimi shakllanadi. Bunda kattalar va bolalar faolligi, o’zaro munosabatlarining ishonchliligi, bolani psixologik himoya qilish darajasi va o’zaro tushunishga erishish ortadi.
O’zaro ta’sir tomonlarning (pedagog va bola) vakilligi kattalar pozitsiyasi tomonidan “pedagogik his qilish”ni egallash, tarbiyachi o’z shaxsini o’zgartirishi, shaxsiy ziddiyatni kamaytirish, tarbiyalanuvchi “pozitsiya”sini egallash ko’nikmasini o’zlashtirish, bolani emotsional qabul qilish, unga ruhiy jarohat yetkazish imkoniyatini yo’q qilish va uning shaxsiy taraqqiyotiga ishonch bildirishni taxmin qiladi.
Bola pozitsiyasi tomonidan o’zaro ta’sir tomonlarining vakilligi uning kattalar va tengdoshlari bilan o’zaro ta’sir va muloqotda bo’lish ehtiyojlarida; tarbiyachiga yordam berishda shaxsiy va tarbiyachining unga nisbatan munosabat xatti-harakatlarini anglashda; tengdoshlarining o’z shaxsiy muammolarini tushunib yetish (refleksiya)da namoyon bo’ladi.
Shunday qilib, tarbiyachining pedagogic o’zaro ta’sir davrlari emotsional-shaxsiy aloqani o’rnatish va yaratishga (I davr); pedagog va o’quvchi o’rtasidagi emotsional-shaxsiy munosabatlarni rivojlantirishga (II davr); munosabatlarning uyg’unlik tizimini shakllantirishga (III davr) yo’naltirilgan.
Shuni ta’kidlash mumkinki, bolaning kattalar va tengdoshlari bilan bo’ladigan munosabatlari tizimining uyg’unligi turli xil shaxslararo munosabatlarda “Men” mezoni bo’yicha shaxsiy rivojlanishning asosiy ko’rsatkichlari sifatida bola ijtimoiy faolligi rivojlanishining manbasi va sharti bo’lib hisoblanadi.
Bola ijtimoiy faolligining rivojlanishi davrma-davr yuz beradi va buni uning ijtimoiy faolligi namoyon bo’lishining bir darajadan ikkinchi darajaga o’tishi deb ifodalash kerak.
I-davr – ijtimoiy faollikning boshlang’ich darajasi (“oiladagi voqelik”) bolaning tevarakatrofdag
haqiqat bilan aloqasining amaliy xarakteri va uni kattalar (ota-ona, enaga va b.)ga to’liq qaramligi
bilan belgilanadi. Bolaning faolligi turmush ehtiyojlarini qoniqtirishga qaratilgan. Bola uchun
uning ota-onasi (ular o’rnini bosuvchilar) qadr-qimmatga egadir.
II-davr – ijtimoiy faollikning birinchi darajasi (“vaziyatdagi voqelik”) bolani bo’lib o’tayotgan hodisalardan ajrala olmasligi va uni vaziyatga to’liq qaramligi bilan tavsiflanadi. Bu darajada bola uchun uning xatti-harakatlari xarakteri va yo’nalganligini belgilovchi vaziyat muhim ahamiyatga egadir.
III-davr – ijtimoiy faollikning ikkinchi darajasi (“vaziyat ustidagi voqelik”) bolani vaziyatlar oqimi ta’siridan chiqishi va o’zining “qimmatli kompasi” yordamida vaziyatni tushunib ish tutishi bilan xarakterlanadi. Uning uchun vaziyatdan chiqishning usul va vositalari, ya’ni “qurollar”, ularning psixologik turlari ham muhim ahamiyatga ega.
IV-davr – ijtimoiy faollikning uchinchi darajasida (“o’zidagi voqelik”) bola o’z vaziyatlari
modelini tayyorlab, atrofidagi kattalar va tengdoshlari bilan “ish yuzasidan” munosabatlar
o’rnatishga urinadi. SHu yo’l bilan o’z “Men”ini namoyish qilib, o’z “makoni”ni himoya qiladi
va uning egotsentrizmi, ya’ni olamga bo’lgan munosabati va o’zining shu olamda namoyon
etishi aniqlanadi.
V-davr – ijtimoiy faollikning to’rtinchi darajasi (“boshqadagi voqelik”) bolaning egotsentrizmini yengishga va o’zganing qadr-qimmatini tan olishga intilishi bilan belgilanadi. Bola uchun tevarak-atrofdagi barcha tirik jonzotlar: o’simlik va hayvonot dunyosi, odam qadr-qimmatga egadir. Ijtimoiy faollik qayd etilgan darajalar bolani ijtimoiy haqiqat bilan o’zaro munosabat xarakterini va turli shaxslararo munosabatlarda ijtimoiy-shaxsiy rivojlanish yo’llarini aniqlaydi.
Yuqorida ta’kidlanganlar bola ijtimoiy rivojlanish jarayonining qanchalik murakkabligini ko’rsatib turibdi. Maktabgacha yosh davri shaxs shakllanishi va ijtimoiylashuvida muhim ahamiyatga ega bo’lgan davr hisoblanadi. SHaxs rivojlanishi uning ehtiyoji oxir oqibat albatta iste’molchilik emas, balki yaratuvchilik sohasida ro’y berishini taxmin qiladi.
O’zbekiston Respublikasida islohotlar davrida maktabgacha ta’limni rivojlantirishning maqsadi:
maktabgacha ta’lim nufuzini oshirish, ta’lim sohasining jamiyatdagi ustuvorlik mavqeini mustahkamlash;
asosiy buyurtmachi va iste’molchi bo’lgan ota-onalarga yo’naltirilgan holda turli xildagi maktabgacha tarbiya muassasalari rivojlanishi uchun sharoitlar yaratish.
Qo’yilgan maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni yechish zarur:
maktabgacha ta’lim muassasalari davlat tizimini (byudjet va idoralar) saqlash;
maktabgacha ta’lim standartini aniqlash;
maktabgacha ta’limni yangi mazmun va texnologiyalarga o’tkazish;
maktabgacha ta’lim muassasasining turli xil tamoyillariga, ochiqlik, qulaylik, oila bilan hamkorlik, maktab, mahalla va boshqa jamoatchilik tashkilotlari bilan o’zaro munosabatlariga bog’liq holda maktabgacha ta’lim muassasalari tashkiliy tuzilmasini o’zgartirish;
maktabgacha ta’lim muassasalari rivojlanishini o’zib o’tuvchi jamiyatga nisbatan (avvalambor, oila va maktabga) o’zgaruvchan sharoitlar, talablarga mos ravishda va o’z vaqtida javob qaytarish;
maktabgacha ta’lim muassasalarining o’zgaruvchan tuzilishida tez mo’ljal olishga imkon beruvchi mazkur muassasalar uchun kadrlarni ilmiy- uslubiy tayyorlashni takomillashtirish.
Maktabgacha ta’limni yangilashda asosiy pozitsiyalar quyidagicha: pedagogik ish yo’nalganligini insonparvarlashtirish; differensiatsiyalashtirish va individuallashtirish; demokratlashtirish; bolalar uchun ta’lim imkoniyatlarini taqdim etish; dinamiklashtirish va variativlikdir. Maktabgacha ta’limning asosiy vazifalarini amalga oshirishda quyidagi tamoyillarni inobatga olish zarur:
bolaning turli xildagi faoliyatini tashkil etish orqali bola shaxsining ishtiyoqini to’la ochilishiga, qiziqishlari, qobiliyatlariga yo’naltirilgan pedagogik ish;
shaxs shakllanishida maktabgacha yosh davrining ahamiyati haqidagi zamonaviy ilmiy bilimlardan foydalanish;
predmetli-makonli nutqiy va ijtimoiy rivojlantiruvchi muhit yaratish;
shaxsga yo’naltirilgan ta’lim ustuvorligini tan olish;
har bir bolani har tomonlama rivojlanishida teng huquqligini tan olish;
maktabgacha ta’limni hammabopligi;
bolaning hayoti va sog’lig’i, jismoniy va ruhiy rivojlanishi, sog’lom turmush tarzi asoslari shakllanishini himoya qilish kabi maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini bunday yo’nalishining ahamiyati;
maktabgacha ta’lim muassasalari ish mazmuni bolaning ijtimoiylashuviga yo’naltirilishi, bolada munosabat malakasini rivojlantirish, jamoada yashashni bilish, ta’limning keyingi bosqichiga oson o’tish;
o’quv-tarbiyaviy ishning mazmuni, shakli va usullarida umuminsoniy va milliy qadriyatlar birligi;
tarbiyaviy, o’quv va rivojlantiruvchi vazifalarning birligi;
bolalarni o’qitish va rivojlantirishga maktabgacha ta’lim muassasalari va oilani o’ziga xos imkoniyatlarini birgalikda amalga oshirishga ota-onalarni jalb etish;
bosh buyurtmachi va iste’molchi – oila ehtiyojlariga mos holda maktabgacha tarbiyani turli ko’rinishda, mutaxassislik turlarida, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati tartibining variativligi; - maktabgacha va boshlang’ich ta’limning izchilligi, jamoatchilik va oilaviy maktabgacha ta’limning o’zaro bog’liqligi;
hududiy xususiyatlarni hisobga olish;
maktabgacha ta’lim tizimida ro’y beruvchi o’zgarishlarga pedagogik kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimining o’z vaqtida javob berishi.
Maktabgacha ta’lim maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun maktabgacha ta’lim muassasalari ta’lim jarayonini shunday tuzish kerakki, bir butun sub’ekt sifatida ham bola, ham pedagogga yoqishi kerak va ular uyg’unlashuvining rivojlanishiga yordam berish kerak.
Maktabgacha yoshdagi bola predmetlarni alohida tashqi xossalarini idrok qilish, ko’rgazmaliobrazli shaklda berilgan amaliy va bilish topshiriqlarini yechishning yuqori darajasiga erishadi. Biroq, bola predmetlarni yuzaki ko’radi. Bu tabiiy, chunki predmetlar uni faqat amaliy va bilish jarayoni ob’ekti sifatida qiziqtiradi. Maktabgacha yoshdagi bola predmetlarni mohiyati bilan emas, balki alohida turlari, tashqi xossalari va xususiyatlari bilan ish ko’radi. Narsalarning mohiyati va ular bizga qanday ko’rinishi o’rtasida katta farq mavjud. Mazmun-mohiyat ustki ko’rinishga emas, u to’g’ri idrok qilinmaydi. U olamni ilmiy bilish – ijtimoiy uyushgan ta’lim jarayonida namoyon bo’ladi.
Maktabgacha ta’lim muammosi empirik bilimlardan (tajribaga asoslangan “hayotiy bilimlar”) nazariy ilmiy bilimlarga o’tish mexanizmini aniqlashdan iborat. Bunday mexanizm sifatida ta’lim islohoti (N.A.Gorlova) bo’lib, bolaning tabiiy qobiliyatlarini tashqi olam bilan munosabati va mazmunini aniqlovchi madaniy salohiyatni o’zgartirishga qaratilgan. O’zaro ta’sir tizimini shakllanishiga yordam beruvchi “Men-Sen-Biz-Ular” obrazini yaratish; pedagog va bola ongida “olam obrazi” va olamni bolalarcha ko’rishni yaratish va takrorlanmas olamda o’ziga xoslikka ega va unda o’z o’rnini aniqlovchi refleksiya – o’zini aks ettirishga qaratilgan.
Ta’lim islohoti – bu pedagog va bolaning hamkorlikdagi islohot faoliyat jarayoni bo’lib, pedagogni o’z-o’zini va bola shaxsini tarbiyalashga146 , hayotiy qadriyatlar yo’nalganlik tizimi sifatida shaxsiy mazmunni shakllanishiga, pedagog va bolani universallashtirishga yo’naltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |