Tobe va teng bog`lovchi vositalar bir xil semantik munosabatni ifoda
etishi mumkin. Faqat ularda ushbu ma‘no kuchli yoki kuchsizligi bilan farqlanadi:
Bahor keldi va dala ishlari qizib ketdi - Bahor keldi, shuning uchun dala ishlari qizib
ketdi. Har ikkala qo`shma gap a‘zolari orasida ham sabab-oqibat munosabati mavjud.
Gaplarning ikkinchisida u kuchli, birinchisida kuchsiz. Gaplarning propazitsiyasida
bu munosabat bir xil, faqat va bog`lovchisi buni kuchsiz, shuning uchun bog`lovchisi
kuchli namoyon qilgan.
2.Sodda gapdagi teng bog`lanish qo`shma gapdagi teng bog`lanishga nisbatan
mustaqildir. Chunki sodda gapda teng bog`lanish uyuShuvlik bilan «yo`ldoshdir». U
sodda gapni kengaytirish, axborotni murakkablashtirish vazifasini bajarsa, qo`shma
gapda tarkibiy qismlarni bir yaxlitlikka birlashtirish vazifasini bajaradi.
3.Tenglanish va tobelanish aloqalari ifodalaydigan ma‘noviy munosabatlari
jihatidan sodda va qo`shma gap farqlanadi. Sodda gapda bog`lovchisizlik, asosan,
tenglanish munosabatini ifodalaydi va uyushiq bo`laklarda yuz beradi. So`z
tarkibidagi grammatik vositali tobelashishni bog`lovchisizlik, vositasizlikka
almashtirib bo`lmaydi. qo`shma gapda esa ergash gapli qo`shma gap tarkibidagi
sodda gaplarni ham, bog`langan qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplarni ham
bog`lovchisiz gapga aylantirish mumkin. Uning aloqa turi bog`lovchisiz
aloqadir.1.Botirlari kanal qazadi, shoirlari g`azal yozadi. (H.O.)2.Bor boricha, yo`q
holicha.3.Yaxshi otga bir qamchi, yomon otga ming qamchi (Maqol.) 4.Yuragida
qanday dard bor – mana bu menga sir.
Bog`lovchisiz qo`shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar o`zaro tobe yoki teng
bog`lovchi vositalarisiz birikadi. Ammo bu gaplarda mazmuniy va intonatsion
yaxlitlik kuchayadi. Chunki bog`lovchi vositalar, mazmuniy va intonatsion
birikuvchanlik omillari qo`shma gap tarkibida uchburchak burchaklari kabi
yaxlitlikni tashkil etib, ulardan biri kuchsizlansa, boshqalari buning evaziga
kuchayadi. Demak, bog`lovchisiz qo`shma gaplarda bog`lovchi vositalarning hissasi
mazmuniy va intonatsion birikuvchanlik omillari zimmasiga yuklatiladi.Ko`rinadiki,
ikki yoki undan ortiq sodda gaplarning bir murakkab butunlikni tashkil etishi ularning
shakliy (grammatik), mazmuniy va intonatsion muvofiqligi natijasida yuz beradi.
qo`shma gapni tashkil etayotgan sodda gaplar ohang jihatidan mutlaqo tugallikka ega
bo`lmaydi. Ammo mazmuniy va grammatik jihatdan nisbiy yakunlangan bo`ladi. Bu
nisbiylik mustaqil sodda gaplardagi tugallanganlikdan farqlanadi. qo`shma gap
tarkibida birikayotgan bir sodda gapning modal sifatlari ikkinchisiga ta‘sir etmasdan
qolmaydi. Natijada yangi modal ma‘no vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: