O`zbekiston respublikasi оliy va o`rta махsus та’liм vazirligi bухоrо даvlat universiteti


Gapning shakllanishida leksik omil



Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/122
Sana31.03.2022
Hajmi1,8 Mb.
#520258
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   122
Bog'liq
hozirgi ozbek adabiy tili sintaksis

Gapning shakllanishida leksik omil.
Fikr tushunchalarsiz bo`lmagani kabi 
gapning ham asosida, avvalo, so`z yotadi. Zero, gapning asosidagi atov birligi 
voqelangan leksemalardir. Leksemalarning guruhlanishida ham yetakchi omillardan 
biri sifatida ularning sintaktik imkoniyatlari yotishi bejiz emas. Shu boisdan 
tilshunoslikda gap bo`laklari va so`z tushunchalari munosabati ustuvor masalalardan 
bir sifatida qaraladi. Gap bo`laklari turli mustaqil so`z turkumlari bilan 
ifodalanaveradi. Biroq har bir gap bo`lagi uchun ma‘lum bir so`z turkumi ko`proq 
xoslangan bo`ladi - semantik va grammatik xossalari bilan ma‘lum bir gap bo`lagi 
vazifasiga mos so`zlar bor. Masalan, «kesim vazifasida kelish uchun ko`proq fe‘l 
xoslangan»(I.I. MeshChaninov.) Ega, to`ldiruvchi vazifasiga, asosan, ot va ot 
vazifasidagi so`zlar keladi. Bu so`z turkumlarining umumiy ma‘noviy tabiati va 
grammatik xususiyatlari bilan belgilanadi. Masalan, ot turkumi ko`proq tobe bo`lak 
(ega, to`ldiruvchi, aniqlovchi) vazifasida kelganligi bois tobelvchi vosita bo`lgan 
kelishik qo`shimchalari faqat otga, kesim vazifasida ko`proq fe‘l kelganligi bois 
kesimlik shakllari faqat unga xosdek tasavvur uyg`otadi. Bu turkumlarning qaysidir 
vazifaga ko`proq xoslanganligi bilan belgilanadigan «aldamChi» tasavvurlardir.
Aytilganlar asosida Shunday pirovard xulosaga kelish mumkin: har bir so`z 
turkumi muayyan gap bo`lagi vazifasiga ko`proq hoslangan bo`lsa-da, bu vazifada 
boshqa turkum so`zlari ham kelaverganligi kabi, ma‘lum vazifaga xoslanganlik uni 
nutqda boshqa mavqe egallashdan mahrum qilmaydi. Shu boisdan so`zning qaysi 
turkumga xosligini belgilashda uning qaysi gap bulagi vazifasida kelishi nisbiy, 
barqaror bo`lmagan asos vazifasini o`taydi.
Gapning shakllanishida morfologik omil. Gapni so`z, so`z birikmasidan 
farqlovchi belgi uning maxsus morfologik ko`rsatgich - kesimlik qo`shimchalari bilan 
shakllanganligidir. Zero, eng «kichik» gap morfologik shakllangan atov birligidir. 
Misollar: O`qituvchiman. Ishladim. Bu «kichik» gaplar atov birligi (o`qituvchi, ishla) 
dan mahrum etilsa, bu o`z holicha hech qanday qiymat kasb etmaydigan morfologik 
shakl - (-dim) qoladi. So`z birikmasida Shu hol yuz beradi. Biroq mazkur gaplar 
morfologik shakldan ajratilsa, tilning boshqa sathi birliklari (so`z, SB) dan 
farqlanmay qoladi. Demak, kesimlik shakli bamisoli qaratqich va tuShum kelishiklari 
ravishdagi qo`shimchalari kabi gapda asosiy sintaktik vazifa - kesimni 
shakllantirishga ixtisoslashgan shakldir. Vositasiz to`ldiruvchi vazifasidagina kelish 
tuShum kelishigi shakli uchun qanchalik qat‘iy va xususiy bo`lsa, «kelay», 
«o`qituvchiman» kabi nutqiy birliklaridagi morfologik shakllar uchun kesimni 
shakllantirish Shunchalik qat‘iy va xususiydir. 
Kesimlik shaklining boshqa morfologik shakllardan farqi uning bir necha ichki 
kategoriyalarning qorishishidan hosil bo`ladigan murakkab tabiatga egaligidir. 


Aniqrog`i, kesimlik kategoriyasi kesim vazifasini birgalikda qaror toptiruvchi - 
shaxs-son, zamon, tasdiq-inkor, mayl kategoriyalari sintezidan iboratdir. O`qidim 
gapida kesimlik shakli maxsus ko`rsatgichlarga ega bo`lsa, Bu yer shahar gapida u 
nol shakllidir. Zero, bu gapda ham III shaxs, hozirgi zamon, tasdiq, aniqlik mayli 
ma‘nolari anglashilib turibdi. 
Morfologik shakllardan faqat aloqa-munosabat (sintaktik) shakllargina gap 
qurilishiga daxldor bo`lib, ulardan faqat kesimlik kategoriyasi gap mohiyatiga 
tegishlidir. Chunki, kesimlik kategoriyasiz gap shakllanishi mumkin emas. Gap 
mohiyati «atov birligiQkesimlik qo`shimchalari» tarzidadir. Aloqa-munosabatning 
boshqa shakllari (kelishik, egalik) esa gap tarkibidagi so`zlarni bog`lash uchungina 
xizmat qilib, SB mohiyatini tashkil etishda ishtirok etadi. 

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish