Mavzu: So’z turkumlari.
Darsning maqsadi:
O’quvchilarga so’zlarni tarkib jihatidan tahlil qilishni o’rgatish. So’z turkumlari bilan tanishtirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi:
O’quvchilarning intiluvchanligini rivojlantirish, ularni estetik ruhda tarbiyalash . O’zgalar fikrini hurmat qilish , o’zaro hamkorlikda ishlashga o’rgatish .
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:
O’quvchilarning boshqa fanlarga bo’lgan qiziqishlarini uyg’otish, o’z fikrini erkin bayon etishga o’rgatish, olgan bilimlarini hayotda qo’llay bilish ko’nikmalarini o’stirish . Chiroyli yozuv malakasini shakllantirish.
Kompetensiya elementlari :
Milliy va umuminsoniy kompetensiya elementlarini shakllantirish
I.Tashkiliy qism. (4minut)
II.O‘tilgan mavzuni takrorlash. (12minut)
III.Yangi mavzu bayoni. (14minut)
IV.Mustahkamlash. (10minut)
V.Baholash. (3minut)
VI.Uyga vazifa. (2minut)
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
O’quvchilarni darsga tayyorlash , davomatni aniqlash va belgilash , yil , oy , sana va fasl haqida qisqacha savol javob uyushtirish , siyosiy axborot tinglash . Qo’shimcha siyosiy axborot berib , tahlil qilish.
2.O’tilganlarni takrorlash .
Uy vazifalarini tekshirish uchun aylanma daftarlarini almashtirish .O’quvchilarni guruhlarga bo’lib olish. O’tilgan mavzularni “Tushunchalar tahlili “ metodi yordamida takrorlash.
1 .Yangi mavzu bayoni.
O’yinchoq mashina yordamida yangi mavzuni tushuntirish .
BU nima? (Mashina)
Mashinani kim boshqaradi ? (Haydovchi ) Bu so’zlarga so’roq bering , bular nimani bildirayapti ?
Mashinaning rangi qanday ? (Qizil ) So’roq bering , nimani bildirayapti ?
Mashinalar nechta ? (Bitta) So’roq bering , nimani bildirayapti ?
Mashina nima qiladi? (Yuradi) So’roq bering , nimani bildirayapti Narsa va shaxsning nomini bildirgan so’zlar - haydovchi , mashina - ot
Belgini bildirgan so’zlar - qizil – sifat
Sanoqni bildirgan so’zlar – bitta- son
Harakatni bildirgan so’zlar – yuradi- fe’l.
Bular so’z turkumlaridir .
Ekran orqali elektron darslikdagi so’z turkumlari mavzusini namoyish etib , tushuntirib berish .
190- mashqni o’qituvchi bilan birga bajariladi .
To’rtta o’quvchi to’rt ustun qilib yozadi , o’quvchilar birgalikda o’qib , tahlil qiladilar . O’qituvchi tomonidan ot , sifat , son, fe’l so’z turkumlari ekanligi yana bir bor ta’kidlab o’tiladi .
4. Yangi mavzuni mustahkamlash .
Ekran orqali yana bir mashq bajartiriladi .
Mustaqil ish tarzida “Sinkveyn” metodi yordamida nur, paxta, bola so’zlarini tahlil qildirish va ishlarini doskaga stekerlar yordamida yopishtirish . O’qituvchi bilan birgalikda ishlarni tahlil qilib, guruhlarni rag’batlantirish.
5. Darsni yakunlash .
Darsda faol qatnashmagan o’quvchilardan 3 ta qatordan 3 ta o’quvchiga alohida vazifa berish . Traktor , yugurdi , yashil so’zlarini qaysi so’z turkumiga kirishini so’rash va baholash . G’olib guruhlarni rag’batlantirish .
6. Uyga vazifa berish .
Uyga vazifa 183- mashq . Mashq shartini tushuntirib berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |