O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi bоshlаng’ich prоfessiоnаl ta’limning


Elektromagnit kuchlanish rostlagichlari



Download 1,74 Mb.
bet13/22
Sana20.07.2022
Hajmi1,74 Mb.
#825424
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Bog'liq
8,203.o\'zgarmas tok generatorini tuzilishi va ishlash prinsipi

Elektromagnit kuchlanish rostlagichlari. Elektromagnitli kuchlanish rostla-gichining sxemasi 12-rasmda berilgan. Uning magnit tizimi U shaklidagi yarmo 8, chulg’am 7 o’ralgan o’zak 3 va yakorcha 4 dan iborat. O’zak, yarmo va yakorcha yuqori mag-nit o’tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo’lgan kam uglerodli po’latlardan tayyorlangan. Chulg’am 7 generatorning to’la kuchlanishiga ulangan. Prujina 6 yakorcha 4 ni tortib, kontaktlar 2 ni tutash holda ushlab turadi. Rostlagichning volframdan tayyolangan kontaktlari 2 yakorcha va yarmo orqali generatorning uyg’otish chulg’ami UCH zanjiriga ketma-ket ulangan. Kontaktlarning biri yakorcha 4 ga, ikkinchisi esa qo’zgalmas plastina 1 ga mahkamlangan. Kontaktlarga paralel, uyg’otish chulg’amiga esa ketma-ket qo’shimcha qarshilik Rq ulangan. Yakorcha 4 termobimetall plastina (TBP) 5 ga o’rnashtirilgan.
Rostlagichning ishlash prinsipi . O’t oldirish kaliti O’OK ulan­ganda tok akkumulator batareyasidan tutash kontaktlar 2, yakorcha 4, yarmo 8, ya'ni qarshiligi kam bo’lgan zanjir orqali uyg’otish chulg’amiga keladi va uning atrofida magnit maydonini hosil qiladi. Ayni vaqtda tok elektromagnitning chulg’ami 7 ga ham keladi va o’zak 3 ni magnitlaydi. Generatorning kuchlanishi UG belgilangan rostlanish kuchlanishi UR dan kam bo’lganda (UG < UR), prujina 6 kontaktlar 2 ni tutash holda ushlab turadi, chunki o’zak 3 da hosil bo’lgan magnit maydonining yakorchani tortish kuchi, prujinani tortish kuchidan kam bo’ladi. Rotorning aylanishlar chastotasi ortishi bilan generatorning kuchlanishi ham o’sib boradi. Generator kuchlanishining ortishi, rostlagichning chulg’ami 7 dagi tok kuchi ham ortishiga va o’zak 3 kuchli magnitlanishiga olib keladi. Bu jarayon davom etib, generator kuchlanishi UG ning qiymati rostlanish kuchlanishi UR dan ( UG > UR ), oshgan, ya'ni o’zak 3 magnit maydonining tortish kuchi, prujina 6 ning tortish kuchidan oshgan daqiqada kontakt 2 lar uziladi. Kontaktlar uzilishi bilan generatorning uyg’otish chulg’ami zanjiriga ketma-ket qo’shimcha qarshilik RQ ulanadi, natijada uyg’otish chulg’amidan o’tayotgan tok miqdori keskin kamayadi. Bu esa, o'z navbatida,

uyg'otish chulg'ami at-rofidagi magnit oqimi susayishiga va generatorning stator chulg'amlarida induksiyalanayotgan EYUK qiymati, demak kuchlanish taxminan 0,1-0,4 V ga kama-yishiga olib keladi. Generator kuchlanishining pasayishi bilan rostlagich chulg’ami 7 dan o’tayot-gan tok va o’zak 3 dagi magnit maydonining tortish kuchi kama-yadi va natijada prujina 6 ning tortish kuchi ta'sirida rost-lagich kontaktlari yana tutasha- di. Tok uyg’otish chulg’amiga yana qarshiligi kam bo’lgan zanjir,


rasm. Elektromagnitli kuchlanish rostlagichi.


a) rostlagich sxemasi, b) generator kuch-lanishini aylanishlar chastotasiga bog’liqligi.



ya'ni - yakorcha va yarmo orqali uzatiladi, uyg’otish chulg’amidan o’tayotgan tok ortadi, uning atrofida hosil bo’layotgan magnit oqim kuchayadi va, demak, generatorning kuchlanishi yana o’sadi. Generator kuchlanishining o’sishi rostlagich chulg’amidan o’tayotgan tok kuchini oshiradi, o’zakning magnitlanishi kuchayadi va u yana yakorchani o’ziga tortib, kontaktlarni uzadi. Shunday qilib, elektromagnit rostlagich ishlayotganda uning kontaktlari davriy ravishda tutashib-uzilib turadi va rotorning aylanishlar chastotasiga bog’liq holda, uyg’otish tokining qiymatini o’zgartirib turadi. Gene-ratorning kuchlanishi esa o’zining o’rtacha qiymati atrofida o’zgaradi (12-rasm,b).
, Agar kontaktlarning tutashish-uzilish chastotasi bir sekundda 30 martadan kam bo’lmasa, kuchlanishning tebranishi amalda sezilmaydi va u belgilangan o’zgarmas qiymatga ega, degan tasavvur ?osil qilsa bo’ladi.
Generator kuchlanishining o’rtacha qiymati Uo’rt ni kontaktlarni o’zilish sharti, ya'ni o’zakning magnit kuchi Fm bilan, prujinaning tortish kuchi Fpr larning tengligi asosida aniqlash mumkin:
Fm = Fpr , (8)
O’zakning magnit tortish kuchi
Fm = s1 F2
Bu yerda, s1-proporsionallik koeffitsiyenti, F-rostlagich o’zagidagi magnit oqimi.
Magnit zanjiriga taaluqli Om qonuniga ko’ra

Bu yerda, - rostlagich chulg’amining o’zakni magnitlovchi magnityurgizuvchi kuchi , RM = s2  rostlagich o’zagi va yakorcha orasidagi tirqish ga proporsional bo’lgan magnit qarshilik, s2 proporsionallik koeffitsiyenti.
Demak, ;
belgilash kiritib, rostlagichning asosiy tenglamasini quyidagi ko’rinishga keltiramiz : , (9)
Yuqorida aytilgandek, rostlagich chulg’ami generatorga paralel ulangan va unga generatorning rostlanayotgan kuchlanishi o’zatiladi. Demak, rostlagich chulg’amininng magnit yurgizuvchi kuchi
,
Bu yerda, io - chulg’amdan o’tayotgan tok , o - chulg’amdagi o’ramlar soni, ro- chulg’am qarshiligi.
Endi  ifodasini (9 ga qo’ysak

Bu tenglamani Uurt ga nisbatan yechsak, generatorning rostlanayotgan kuchlanishining asosiy tenglamasini hosil qilamiz.
, (10)
Bu ifodadan ko’rinib turibdiki, agar rostlagich chulg’ami qarshiligi ro ni temperatura ta'sirida o’zgarishi hisobga olinmasa, generatorning rostlanayotgan kuchlanishi faqat o’zak bilan yakorcha orasidagi tirqish va prujinaning tortish kuchi Fpr ga bog’liq bo’ladi.
Demak, generatorning rostlanayotgan kuchlanish qiymatini o’zgartirish uchun yo prujinani tortish kuchi Fpr ni (asosiy usul), yoki havoli tirqish ni o’zgartirish zarur.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish