Tashqi tavsifnoma deb n = const , Ru= const bo’lganda generator kuchlanishi Ug ni yuklama tok Iyu ga bog’liq-ligiga aytiladi, ya'ni Ug = f (Iyu ). Tashqi tavsifnoma,
|
7-rasm. O'zgaruvchan tok generatorining salt ishlash tavsifnomasi.
|
generator o’zi-o’zini uyg’otish(8-rasm,a) va tashqaridan uyg’otilish (8-rasm,b) hol-larida olinishi mumkin.
a) b)
8 - rasm
|
9-rasm 10-rasm
|
Tezlik-rostlash tavsifnomasi deb, Ug=const bo’lganda uyg’otish toki Iu ning aylanishlar chastotasi n ga bog’liqligiga aytiladi, ya'ni Iu=f(n). Tezlik-rostlash tavsifnomasi odatda yuklama tokining bir qator qiymatlarida aniqlanadi (9-rasm).Uyg’otish tokining minimal qiymati yuklama toki nolga teng bo’lganda va maksimal aylanishlar chastotasida aniqlanadi.Tezlik-rostlash tavsifnomasi Ug=const bo’lganda, yuklama tokining qiymati o’zgarganda, uyg’otish tokining o’zgarish doirasini aniqlash imkonini beradi.
Tok-tezlik tavsifnomasi deb Ug = sonst, Iu= const bo’lganda, generator yuklama tokining rotor aylanishlar chastotasiga bog’liq-ligiga aytiladi, ya'ni Iyu=f(n) (10- rasm). Tok-tezlik tavsifnoma-si generatorlarni loyihalashda va tanlashda katta ahamiyatga ega. hozirgi zamon avtomobil generatorlarining barchasi yukla-ma tokining maksimal qiymati-ni cheklash xususiyatiga ega. Bu xususiyat generator rotoriningaylanishlar chastotasi ya'ni, stator chulg’amlarida induksiyalangan o’zgaruvchan tok chastotasi ortishi bilan, faza chulg’amlaridagi o’ramlar soni kvadratiga proporsio-nal ravishda stator chulg’amlarining induktiv qarshiligining o’sishi bilan bog’lik. Stator chulg’amlaridagi o’ramlar sonini o’zgartirib, ularni shunday tarzda tanlash mumkinki, bunda maksimal aylanishlar chastotasida ham yuklama tokining eng kat-ta qiymati generator uchun belgilangan maksimal miqdordan oshmaydi. Shuning uchun, bu xususiyatga ega bo’lgan generatorlarga tok cheklash relesini o’rnatish zarurati yo’qoladi.
Ishlayotgan generatorga yuklama berilsa, ya'ni u tashqi iste'molchilarga ulansa, stator chulg’amlaridan I tok o’tadi
, ( 3 )
Bu yerda, Ra - stator chulg’amlarining aktiv qarshiligi, RYU - yuklama qarshiligi, XL - induktiv qarshilik, YE - stator chulg’amlarida hosil bo’lgan EYUK.
f = pn/60 ligini hisobga olgan holda, induktiv qarshilik XL ni quyidagi formula orqali ifodalash mumkin
O’zgarmas kattaliklarni orqali belgilasak
XL = Cx n ,
Endi, hisobga olinsa, (3) quyidagi ko’rinishga keladi
, (4)
Aylanishlar chastotasi past bo’lganda qarshilikning induktiv qismi (Sxn)2 , aktiv qismi (Ra + Ryu)2 ga nisbatan juda kichik va uni hisobga olmasa bo’ladi
Bu ifodadan ko’rinib turibdiki aylanishlar chastotasi past bo’lganda, tok aylanishlar chastotasiga proporsional ravishda o’sadi (9-rasmning boshlang’ich qismi).
Aylanishlar chastotasi ortishi bilan qarshilikning induktiv qismi tez o’sadi va aksincha qarshilikning aktiv qismi hisobga olmaslik darajagacha keskin kamayadi. Bu holda
,
Demak, rotorning aylanishlar chastotasi katta bo’lganda, tokning qiymati generator chulg’amlarining ko’rsatkichlari va magnit oqimining kattaligi bilan belgilanib, aylanishlar chastotasiga bog’liq bo’lmaydi.
O’zgaruvchan tok generatorlarining tok-tezlik tavsifnomasini yetarli darajada aniqlik bilan quyidagi ifoda yordamida hisoblash mumkin
, n nc (5)
Bu yerda, ns - generator salt ishlagandagi aylanishlar chastotasi, - generator uchun belgilangan maksimal yuklama toki.
Yuklama tokini cheklash xususiyatiga ega bo’lgan o’zgaruvchan tok generatorlar uchun, nominal quvvat degan tushuncha o’z ma'nosini yo’qotadi. Shuning uchun, generator-ning asosiy ko’rsatkichlari R/n nisbatning (bu yerda, R -generator quvvati ) maksimal qiymatiga qarab belgilanadi. Demak, R/n = f (n) egri chiziqning eng katta qiymatiga to’g’ri keladigan tok IN va aylanishlar chastotasi nN shu generator uchun nominal hisoblanadi (9-rasm). IYU = f(n) tavsifnomada generatorning nominal rejimiga to’g’ri keladigan nuqtani R/n = f(n) egri chiziqsiz ham aniqlash mumkin. Buning uchun koordinata boshidan IYU = f(n) egri chizig’iga urinma o’tkaziladi va urinish nuqtasi IN va nN ning qiymatlarini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |