O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi bеrdаq nоmidаgi qоrаqаlpоq dаvlаt univеrsitеti


II B o b.  Ibora va maqollarning uslubiy xususiyatlari



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/30
Sana31.12.2021
Hajmi0,64 Mb.
#234375
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30
Bog'liq
ozbek tilida faol va nofaol sozlarning uslubiy xususiyatlari

II B o b. 

Ibora va maqollarning uslubiy xususiyatlari 

 

Frazeologik  iboralar  va  ularning  turli  nutq  uslublarida  ishlatilishi. 

Frazeologiyada tildagi turg‘un – barqaror birikmalar o‘rganiladi. 

Odatda,  so‘zlarning  birikuvi  tufayli  so‘z  birikmasi  hosil  bo‘ladi.  Bu  so‘z 

birikmalarning  ba’zilari  erkin  bo‘lsa,  ba’zilari  turg‘un  (barqaror)  bo‘ladi.  Oyoq 

uchida 

birikmasi 

kontekstdan 

anglashilgan 

ish-harakatning 

imi-jimida, 

yashirincha,  maxfiy  bajarilganligini  bildiradi.  Birikma  tarkibidagi  har  bir  so‘z  o‘z 

mustaqil ma’nosini saqlamagan, shunga ko‘ra bu tarkibdagi so‘zlar (komponentlar) 

barqaror, bo‘linmas bir semantik birlikni hosil qilgan turg‘un birkmadir. 

Quyidagi  gaplardagi  og‘zi  qo‘log‘ida,  qo‘l  keladi,  nonini  tuya  qilmoq 

iboralari  ham  turg‘un  birikma  sanaladi:  Istar-istamas  idoraga  kirgan  Bo‘riboy  bu 

erdan  og‘zi  qulog‘ida  bo‘lib  chiqdi  (H.Nazir).  Biravarakayiga  sakson  ming  dona 

g‘isht pishiradigan bu firma jamoaga juda qo‘l keldi (Gazetadan).  Ibora tarkibidagi 

har  bir  so‘zning  ma’nosi  tushunarli  bo‘lsa-da,  ammo  bu  so‘zlarning  semantik 

bog‘lanishi  cheklangan,  ularni  boshqa  biror  so‘z  bilan  almashtirish  aslo  mumkin 

emas. 


Ko‘p  ma’nolilik  hodisasi  turg‘un  birikmalarga,  ya’ni  frazeologik  iboralarga 

ham  xos.  Masalan,  «O‘zbek  tilining  qisqacha  frazeologik  lug‘ati»da  bosh 



ko‘tarmoq iborasining 6 xil ma’no ottenkasi ko‘rsatiladi. 

Quyidagi iboralar bir necha ma’noga ega: yo‘lga solmoq: 1) ketish tomoniga 

to‘g‘rilab  jo‘natmoq,  yurgizmoq;  2)to‘g‘ri  yo‘lga  qaytarmoq;  3)  manfaatdor 

bo‘lgani  holda  rag‘batlantirmoq;  4)  faoliyatini  yaxshilamoq;  bel  bog‘lamoq:  a) 

shaylanmoq,  otlanmoq;  b)  astoydil  kirishmoq;  5)  ahd  qilmoq;  tilga  kirmoq:  a) 

nutqqa ega bo‘lmoq; b) ma’lum fursat o‘tgandan so‘ng gapira boshlamoq. 

Frazeologik  iboralarning  ko‘p  ma’noliligi  ularning  sinonimik  holati  bilan 

bog‘liq.  Chunki  u  yoki  bu  iboraning  yangi  ma’nosi  turg‘un  iboralar  doirasida 




 

 

 



yangidan-yangi  semantik  bog‘lanishlarni  aniqlashga,  frazeologik  ma’nolar 

miqdorini kengaytirishga olib keladi. 

Frazeologik 

iboralarning 

sinonimiya 

hodisasiga 

boyligi 

ulardan 


foydalanishda  katta  uslubiy  imkoniyatlar  yaratadi.  Bu  imkoniyatlarni,  qisqacha, 

quyidagicha izohlash mumkin: 

Frazeologik  ibora  alohida  so‘z  bilan  sinonimik  munosabat  hosil  etadi. 

Masalan:  tepa  sochi  tikka  bo‘ldi  iborasi  achchiqlanmoq,  g‘azablanmoq  so‘zlari 

bilan,  ko‘zi  tor  iborasi  qizg‘anchiq  so‘zi  bilan,  nonini  tuya  qilmoq  iborasi 

aldanmoq so‘zi bilan sinonimik holatda bo‘ladi. 

Bir  sinonimik  uyani  tashkil  qiluvchi  iboralar  o‘zaro  obrazlilik  darajasi 

jihatidan farqlanadi. Masalan, boshiga etmoq - boshini emoq frazeologizmlari ayni 

bir  ma’noni  anglatsa-da,  ammo  obrazlilik  darajasiga  ko‘ra  farq  qiladi.  Ikkinchi 

iborada  «yo‘q qilmoq»,  «halok qilmoq»  ma’nosi kuchli  va qat’iyroq.  Boshi qotdi, 



boshi  shishdi,  miyasi  g‘ovlab  ketdi  iboralarining  so‘nggisi  ma’no  darajasining 

kuchliligi, obrazliligi va ifodaliligi jihatidan ajralib turadi.  

Xuddi  shuningdek,  mum  tishlamoq,  og‘ziga  talqon  solmoq,  og‘ziga  qatiq 

ivitmoq  sinonimik  uyada  ikkinchi  va  uchinchi  iboralar  birinchisiga  nisbatan 

obrazliroqdir.  Olib  borilgan  maxsus  «kuzatishlar  frazeologik  sinonimlarning 

ko‘pincha obrazlilik darajasi farq qilishini ko‘rsatadi».  

Frazeologik  sinonimlar  ham  nutq  ko‘rinishlariga  xoslangan  bo‘ladi.  Bir 

sinonimik  uyadagi  iboralarning  ba’zisi  umumnutqqa  xos  bo‘lsa,  ba’zisi  boshqa 

biron  nutq  ko‘rinishiga  xoslangan  bo‘ladi.  Masalan:  erga  tegmoq,  turmushga 




Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish