Atamalar ma’lum bir aniq tushunchani ifoda etadi. Ular dialekt va shevaga
oid so‘zlardagi kabi fonetik, leksik va morfologik ko‘rinishlariga ega bo‘lmaydi.
Atamalar, odatda, barcha sheva vakillari uchun umumiy bo‘ladi va kasb egasi
tomonidan qaysi hududda yashashidan qat’iy nazar, hamma joyda bir xilda
qo‘llanadi va yoziladi.
Atamalarning adabiy tilga kirib kelishida vaqtli matbuot va adabiyotning roli
juda katta. Ko‘pgina atamalarlarning ommalashuvida joylardagi gazeta va jurnallar
bilan bir qatorda A.Qahhorning «Qo‘shchinor chiroqlari», «Sinchalak» kabi
asarlari muhim rol o‘ynadi. Matnda tushunilmaydigan ilmiy-texnik terminlarning
haddan tashqari ko‘p uyib yuborilishi vaqtli matbuot materialining yorqin va
mazmundor, tilining to‘la tushunarli va ommabop bo‘lishiga putur etkazadi.
Adabiy tilning ommaga oson tushunarli bo‘lishi va tozaligi uchun kurashgan
yozuvchilardan biri «texnika terminlarini suiiste’mol qilish yaramaydi» deb
alohida ta’kidlagan edi.
Ayrim ixtisosga oid terminlarga izoh bermay o‘tish xato, bu mutaxassislikka
doir ilmiy-texnik adabiyotlarda ham xato hisoblanadi (ayniqsa, ommabop
adabiyotlarda va publitsistikada). Gazeta va jurnallarda quyidagi matnlardagi kabi
hech qanday izoh va tushuntirishsiz qo‘llanilgan terminlar uchrab qoladi: Bu
svecha zazorlaridan suyuqlik ichida ham uchqunlar chiqayotganligi ko‘rinib
turadi (Gazetadan).
Til an’analariga nomuvofiq, o‘rinsiz yasalgan terminlarni ishlatish ham
uslubiy nuqson sanaladi. Masalan: ...Volgograd oblastidan «Qiltiriqsiz-1»
ataladigan eng yaxshi bug‘doy urug‘i bizga etkazib berildi (Gazetadan).
Fan va texnikaga oid va ilmiy-ommabop kitoblar tilini, fikr bayonini sodda
qilish asarning ilmiy qimmatini pasaytiradi, deb noto‘g‘ri tushunmaslik kerak.
Odatda, «o‘ta olimona» til bilan ifoda qilingan oddiy narsalar va hodisalar,
ko‘pincha, murakkab va tushunarsiz bo‘lib qoladi.
Kanselyarizmning qo‘llanish doirasi. Rasmiy uslubga xos so‘z va nutq
oborotlari kanselyarizm deyiladi. Qonun, buyruq va ish-xizmatiga doir
yozishmalar, chaqiriq qog‘ozlari, taklifnomalar, telegrammalar tilida umumnutqqa
xos vositalardan tashqari, rasmiy uslubga xos maxsus so‘z va qolipdagi tayyor
formulirovkalar (
yuqoridagi ko‘rsatilgan, quyidagi bayon qilingan, maqsadga
ko‘ra, javoban, e’tiborga olingan holda kabi) keng qo‘llaniladi.
Kanselyariya qog‘oz va hujjatlaridagi qat’iy shaklga kirgan bunday tayyor
so‘z va iboralar matnga alohida rasmiylik ottenkasini beradi. Masalan: ...sohasida
erishgan juda katta muvafaqiyatlari uchun ...unvoni berilsin; ...belgilangan
tadbirlarni qarab chiqdi va ma’qulladi; ...keng joriy qilish vazifasi topshirildi;
...qarorlarini amalga oshira borib kabi.
Kanselyarizmlar o‘zi aloqador bo‘lmagan boshqa nutqda qo‘llansa, matn
yo‘nalishiga boshqacha uslubiy tus kiritadi. Masalan: Ishchilarga kino xizmatini
ko‘rsatish talab darajasida emas (Gazetadan). ...paxta chaman-chaman
ochilganiga qaramasdan, terim mashinalari to‘la quvvat bilan ishlamayotir
Do'stlaringiz bilan baham: