So‘zlarni keraksiz o‘rinlarda takrorlayverish ham nutqni g‘alizlashtiradi.
SHablon so‘zlar, odatda, o‘z juftlariga – doimiy sifatlovchilariga ham ega
siyqalashtiradi. Misollar: ...kolxoz dalalarida ertagi ekinlar parvarishi qizg‘in
Gaplarni ixcham va silliq tuzish katta ahamiyatga ega. Ortiqcha ezmalik
bilan gapni cho‘zib yuborish fazilat sanalmaydi.
Kanselyarizmlar ko‘pincha satira va yumorda stilistik priyom sifatida
qo‘llanadi. Bu priyomda A.Qahhor o‘zining hikoya va feletonlarida juda ustalik
bilan foydalanadi. Hikoyalaridan birida tasvirlangan notiq o‘z uyida xotini bilan
quyidagi rasmiy-idoraviy til bilan gaplashadi: ...ikkinchi masala, ya’ni ichki
imkoniyatlardan foydalanish masalasini olaylik. O‘zingizga ma’lum, bizda yuqori
sifatli mis choynak bor. Bu choynakning qopqog‘i bugungi kunda yo‘q. Bu haqida
biz bir-birimizga signal berdikmi. O‘, Yo‘q! Agar biz o‘zibo‘larchilikka uzil-kesil
barham berib, qopqoq masalasini kun tartibiga ko‘ndalang qo‘ysak, agar biz shu
choynakni o‘z vaqtida tegishli qopqoq bilan bevosita ta’min qilsak, samovarimiz
safdan chiqqan kunlarda hal qiluvchi rol o‘ynardi. Afsuski, biz bu masalaga
murosasozlik ko‘zi bilan qaradik. Bugungi kunda choynagimiz qopqoqqa ega
emas, mutlaqo ega emas!
Jargon so‘zlar. Umumxalq tilidan farq qilib, biror ijtimoiy guruh o‘rtasida va
ularning talablarini ifodalovchi maxsus so‘z va iboralarga jargon deyiladi.
Jargonlarning eng xarakterli belgisi o‘zaro so‘zlashuvda fikrni boshqalardan
maxfiy, sir tutishdir. SHunga ko‘ra jargonlarning yaratilish yo‘llari ham ko‘pincha
tilning so‘z yasash sistemasiga to‘g‘ri kelmaydi. Ular o‘ziga xos, shartli so‘zlardir.
Jargonlar ko‘pincha tildagi so‘zlarning tovush tomonini o‘zgartirish, buzib
qo‘llash, boshqa tillardan so‘z o‘zlashtirish va tildagi mavjud so‘zlarga maxsus
ma’no berish yo‘li bilan hosil qilinadi.
Jargonlarning biror kishi yoki tabaqa doirasida paydo bo‘lishiga qarab ikkiga
ajratish mumkin: professional jargonlar va ijtimoiy jargonlar.
Professional jargonlarga biror kasb-hunar kishilari orasida ishlatiladigan
maxsus so‘z va iboralar kiradi. Bu xil jargonlarning paydo bo‘lishi, odatda, ishlab
chiqarish ixtisosi, mehnatning umumiy sharoiti va ba’zan turmush-madaniyat
tarzlari bilan ham bog‘liq bo‘ladi.
Professional jargonlar ijtimoiy jargonlardan manfiy (nomaqbul) ma’no ifoda
qilishi va ba’zan vulgar xarakterga ega bo‘lishi bilan farqlanadi. Masalan:
aravasozlar nutqidagi so‘log‘ini o‘ynatmoq, chuvini chiqarmoq; otga ishqivozlar
nutqidagi dumini qo‘qoncha qilib tugmoq, dumini tugmoq; kaptarboz va
bedanavozlar nutqidagi dumini setara qilmoq, qatiq pariga tegmoq, qatiq parini
Do'stlaringiz bilan baham: