OLINISHI.
Tallini olishuchun ruh, qo`rg`oshin sulfidlar yonganida hosil bo`ladigan changdan xomashyo sifatida foydalaniladi. Bu changni issiq suvga eritilib, so`ngra unga ruh tasir ettirilib kadmiy va talliy aralashmasi cho`ktiriladi. Talliy olish uchun uning xloridini sulfadlariga aylantiriladi va hosil bo`lgan eritma elektroliz qilindi.
XOSSALARI.
Metall holidagi talliy fizik xossalari jihatdan qo`rg`oshinga o`xshaydi. U kulrang qattiq metalldir. Talliy plastik modda. U havoda (galliy va indiydan farq qilib) barqaror emas, tezda oksidlanadi. Talliy (I) birikmalari ishqoriy metallarning birikmalariga o`xshaydi. Talliy (III) birikmalari esa alyuminiy birkmalariga o`xshaydi. Talliy havoda oksidlanganda, Tl2O va Tl2O3 lar hosil boladi. Talliy suvga tasir etganida vodorod ajralib chiqadi. Talliy nitrat kislotada yaxshi, xlorid kislotada yomon eriydi. Chunki kam eruvchan TlCl hosil bo`ladi; sulfat kislotada ham yomon eriydi. Suyultirilgan ishqorlar bilan reaksiyaga kirishmaydi. Talliy gologenlar bilan odatdagi temperaturada reaksiyaga kirishadi. Talliy o`zining kimyoviy xossalari jihatdan kumushga va qo`rg`oshinga oxshaydi. Masalan, talliy xlorid xuddi kumush xlorid kabi suvda yomon eriydi. Talliy yodid, sulfid, xromat va oksidlari rangdor. Talliy ftorid suvda juda yaxshi eriydi. Boshqa talliy gologenidlar talliy xlorid, talliy bromid va talliy yodidlar suvda yomon eriydi. Talliy suvdagi eritmalarida ammiakli kompleks hosil qilmaydi, bu xossasi bilan talliy qo`rg`oshinga o`xshaydi. Uning birikmalari zaharli.
Talliy qattiq holatda α – va β – shakl o`zgarishlar hosil qiladi. Talliy 2320C da β – talliyga o`tadi.
Talliy quyidagi sohalarda ishlatiladi.
1) fоtоgrafiyada va mеditsinada.
2) Оptik shishalar ishlab chikarishda.
3) Tе2(SО4)3 – kеmiruvchilarga karshi zaхar sifatida.
4) kо-tishmalar tayyorlash uchun ishlatiladi.
Tl (suyuq. tem 305ºC) kislota bardosh qotishmalar tayyorlashda ishlatiladi. In va Tl podshipniklar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Bu metallarning uchalasi maksimal +3 valentlik namoyon qiladi. Tl ning o’ziga xos birikmalarda asosan +1 valentlik namoyon qiladi. +1 valentli TlOH talliy(I)-oksid Tl2O ning suv bilan bevosita birikishidan hosil bo’ladi, bu gidroksid suvda yaxshi eriydigan kuchli ishqor Ga2O3, In2O3, Tl2O3 suvda erimaydi. Gidroksidlari shu metallar tuzlarining eritmalariga ishqorlar ta’sir ettirib olinadi. Mn,
Ga2(SO4)3 + 6NaOH = ↓ 2Ga(OH)3 + 3Na2SO4
Ga va In gidroksidlarida amfoterlik xossalari bor. Shuning uchun ular kislotalarda ham ishqorlarda ham eriydi.
Ga(OH)3 + 3HNO3 = Ga(NO3)3 + 3H2O
Ga(OH)3 + NaOH = NaGaO2 + 2H2O
Tl(OH)3 faqat asos xossalariga ega va kislotalardagina eriydi. Tl birikmalari maxsus optik shishalar, shu'lalanuvchi moddalar ishlab chiqarishda, fotografiyada ishlatiladi.
.
Do'stlaringiz bilan baham: |