XOSSALARI
Indiy plastik va yumshoq, kukunsimon oq yaltiroq metall. Indiy havoda odatdagi temperaturada barqaror modda. U galliy va boshqa metallar bilan qotishmalar hosil qiladi. Indiy HCl da yaxshi eriydi. Sulfat kislotada sekin eriydi, nitrat kislotada esa sekin eriydi. Ishqorlar bilan reaksiyaga kirishmaydi. Indiy o`z birikmalarida uch va bir valentli bo`ladi. Indiy ximiyaviy xossalari bilan galliy elementiga o`xshaydi. Indiy suyuqlanish temperaturasidan yuqori temperaturaga qadar havoda qizdirilganda In2O3 ga aylanadi. Xlor va brom bilan odatdagi temperaturada yod bilan qizdirilganda reaksiyaga kirishib InCl3, InBr3 va InI3 larni hosil qiladi. Indiy nam havoda karroziyaga uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |